Botanika 5 sinf Mundarija: Gulli o’simliklar


Download 500 b.
Sana29.12.2017
Hajmi500 b.
#23257


Botanika 5 sinf


Mundarija:

  • Gulli o’simliklar

  • Ildiz

  • Poya

  • Barg



Gulli o’simliklar

  • Gullari turlicha shakl уа rangli gulqo'rg'on (gulkosa, gultoj), uning ichida o'rnashgan changchi hamda urug'iga ega bo'lgan, urug'langandan so'ng mеуа hosil qiladigan

  • o'simliklarga gulli o'simliklar deyiladi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug’lardan tashkil topadi.



Ildiz

  • Ildiz - o'simlikning роуа yoki tanasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv vа unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan vа ularni o'simlikning yer usti qismiga yetkazib beradigan organ. Ildizga xos muhim xususiyatlardan biri shuki, u barg hosil qilmaydi.

  • Ko'pchilik o'simliklarning ildizida oziq moddalar to'planadi. Ba'zi o'simliklarning ildizi esa vegetativ ko'payish organi hisoblanadi. O'simliklar yaxshi o'sishi vа riyojlanishi, daraxt vа butalar yirik, baquvvat shox-shabba hosil qilib, uzoq yashashi ko'p jihatdan ildizga bog'liq.



Ildizlar turlicha bo’ladi



Poya

  • Роуа - o'simlikning barcha уег usti organlarini o'zaro bog'lab ularni ildiz bilan birlashtirib turadigan markaziy tayanch organi. U ildiz bilan barglar orasidagi moddalarning harakatini ta'minlaydi va o'zida oziq moddalar to'playdi.

  • Poyaning shakllanishi, bajaradigan vazifasi

  • biг xil bo'lsada, daraxt poyasi odatda tana, barcha o'tlarniki poya deb ataladi va ular ayniqsa ichki tuzilishi bilan farq qiladi.



Poyalarning xilma-xilligi:

  • l-qayrag'och; 2-qovun;3-qulupnay.



Barg

  • Barg - novdaning bir qismi bo'lib, o'simliklarning muhim hayotiy jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug'latuvchi vа nafas oluvchi asosiy vegetativ organi.



BARGLARNING TASHQI TUZILISHI

  • Barg asosan ikki qismdan: barg yaprog i va barg bandidan tashkil topgan . Ayrim o'simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar hаm bo'ladi. Ba'zi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi. Bunday barglar bandsiz barg deyiladi. Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan birikadi. Bandsiz barglar poyaga уарrog'ining pastki (ostki) qismi bilan birikadi.



Bandli barglar tabiatda ko'p tarqalgan. Masalan, olma, o'rik, nok, terak, yong'oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o'simliklarning bargi bandli; lola, bosh piyoz, shirach, gulsafsar, bug'doy, makkajo'xori, arpa, sholi kabi o'simliklarning bargi bandsiz bo'ladi.



Ikki urug'pallali o'simliklarning bargi odatda patsimon vа panjasimon (to'rsimon) tomirlangan. Ularni ayniqsa, terak, chinor, olma, o'rik, nok, tut, g'o'za kabi o'simliklar bargida yaxshi ko'rish mumkin . Bir urug'pallali o'simliklardan bug'doy, arpa, makkajo'xori, oqjo'xori, g'umay vа boshqalar bargining tomiri barglar chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Вundау tomirlanish parallel yoki yoysimon tomirlanish деb ataladi .

  • Ikki urug'pallali o'simliklarning bargi odatda patsimon vа panjasimon (to'rsimon) tomirlangan. Ularni ayniqsa, terak, chinor, olma, o'rik, nok, tut, g'o'za kabi o'simliklar bargida yaxshi ko'rish mumkin . Bir urug'pallali o'simliklardan bug'doy, arpa, makkajo'xori, oqjo'xori, g'umay vа boshqalar bargining tomiri barglar chetiga parallel yoki yoysimon joylashgan. Вundау tomirlanish parallel yoki yoysimon tomirlanish деb ataladi .



Barglarda organik moddalarning hosil bo'lishi.

  • Роуадаn kelayotgan suy vа unда erigan oziq moddalar tomirlar bо'ylab barglarga keladi vа barglarda hosil bo'lgan fotosintez natijasida hosil bo'lgan organik moddalar poyaga o'tadi.

  • O'simliklar bargi orqali nafas oladi vа suv bug'latadi. Barglarda fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bо'ladi



XAZONREZGILIK

  • Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga keladigan yorug'lik vа harorat kamayadi. Уorug'lik vа harorat yetishmasligi tufayli xlоrоfil yemiriladi. Natijada barg hujayralaridagi sariq, qizil уа binafsha rangdagi bo'yovchi moddalar sezilarli bo'lib qoladi.



Barglarning to’kilish sxemasi

  • Barglarning to'kilishida suv bug'lanishining ham ahamiyati katta. Kech kuzda ildiz tuklari sovuq suvni so' rib ololmaydi, natijada o'simliklarning yer ustki qismi suv bilan ta'minlanmay qoladi. Barglar suv bug'latishdan to'xtaydi. Shunday qilib, xazonrezgilik - barg to'kish yo'li bilan o'simliklar qishga tayyorlanadi.



Download 500 b.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling