Botanika. 6-sinf (1-5) mavzular
Download 330.5 Kb.
|
6-sinf biologiya test 2020
Botanika. 6-sinf (1-5) mavzular 1.Bir yillik o`t o`simliklar keltirilgan qatorni ko`rsating. A) shuvoq, izen, teresken B) arpa, rayhon, zig`ir C) qoqi, andiz, shashir D) sabzi, piyoz, karam 2.Ikki yillik o`t o`simliklar keltirilgan qatorni ko`rsating. A) shuvoq, izen, teresken B) arpa, kungaboqar, zig`ir C) qoqi, andiz, shashir D) sabzi, lavlagi, karam 3.Saksovul qanday o`simlik? A) daraxt B) buta C) yarim buta D) ko`p yillik o`t 4.Irg`ay va singirtak qanday o`simliklar? A) daraxt B) buta C) yarim buta D) ko`p yillik o`t 5.Buta o`simliklar berilgan qatorni ko`rsating. A) floks, andiz, lola, nizomgul B)izen, keyreuk, teresken, sarsazan C)gulsafsar, shuvoq, zirk, do`lana D)uchqat, nastarin, irg`ay, singirtak 6.Quyidagi o`simliklardan qaysi biri yem-hashak o`simligi emas? A) shuvoq B) sebarga C) burchoq D) shirach 7.Quyidagi o`simliklardan qaysi biri "Qizil kitob"ga kiritilmagan? A) jumagul B) sallagul C) shirach D) chakanda 8.Poyasi suv tagida bo`lib, guli suv yuzasida ochiladigan o`simlikni aniqlang. A) suv qirqqulog`i B) safsan C) jumagul D) nilufar 9.Seyshel palmasining mevasini aniqlang. A) dukkak B) yong`oq C) qo`zoq D) ko`sak 10.Raffleziya Arnoldi o`simligi qaysi orolda uchraydi? A) Kanar B) Seyshel C) Sumatra D) Galapagos 11.Qoraqat (1), kovrak (2), kanakunjut (3) o`simliklarning hayotiy shakli jihatidan qaysi guruhlarga mansub? a) yarim buta; b) buta; c) bir yillik o`t; d) ko`p yillik o`t; e) daraxt.A) 1 b, 2 d, 3 c B) 1 a, 2 d, 3 c C) 1 b, 2 c, 3 d D) 1 e, 2 a, 3 c 12.Ko`p yillik o`tlarni aniqlang. A) shirinmiya, kovrak va andiz B) shashir, kanakunjut va kanop C) qoraqat, andiz va machin D) oq sho`ra, jag`-jag` va baliqko`z 13.Yer yuzida tabiiy holda o’sadigan yuksak o’simliklarning qancha turi bor? A)500000 dan ortiq B)5000 dan ortiq C)150000 ga yaqin D)4500 dan ortiq 14.Qishda poyasining yuqori qismi sovuq urib qurib qoladigan o’simlikni toping: A)qoraqat B)sigirquyruq C) sarsazan D) andiz 15.Shox-shabbasi sharsimon bo’lgan daraxt qaysi? A) olma B)qarag’ay C) sadaqayrag’och D) archa 16.Momaqaldirmoqning hayotiy shakli qaysi javobda to’g’ri berilgan? A)ko’p yillik o’t B)ikki yillik o’t C)bir yillik o’t D)chala buta 17.Quyida berilgan o’simliklarni hayotiy shakllari bilan juftlab ko’rsating. 1-shuvoq; 2-iloq; 3-sigirquyruq; 4-gulsafsar a-chala buta; b-ko’p yillik o’t; c-ikki yillik o’t; d-bir yillik o’t A) 1,2-a; 3-c; 4-b B) 1-b; 2-d; 3-b; 4-a C) 1-a; 2-b; 3-c; 4-b D) 1-b; 2-c; 3-d; 4-b 18.Bo’yi 1 m ga yetadigan bir yillik o’t qaysi? A) ajriq B)kanop C)momaqaldirmoq D)achambiti 19.Tabobatimiz gavhari hisoblangan o’simlikni ko’rsating? A)nilufar B)suv qaroqchisi C)suvsunbul D)suvqalampir 20.Quyidagi o’simliklardan qaysi biri O’zbekiston “Qizil Kitobi”ga kiritilgan? A) xurmo B)shuvoq C)drosera D) xolmon 21.Yarim butalar asosan qayerda keng tarqalgan? A) to’qayda B)cho’lda C)tog’da D)sernam joylarda 22.Poyasi yog’ochlashgan, bo’yi 2-3m.dan oshmaydigan, bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan ko’p yillik sershox o’simliklarni toping: A) irg’ay, izen, kuchala B) keyreuk, sarsazan C) irg’ay, zirk, singirtak D) anor, iloq, qoraqat 23.Poyasining yuqori qismi qishda sovuqdan qurib qoladigan ko’p yillik o’simliklarni toping? A) irg’ay, izen, kuchala B) keyreuk, shuvoq C) irg’ay, zirk, singirtak D) anor, iloq, qoraqat 24.Yer yuzida gulli o’simliklarning qancha turi bor? A)250000 dan ortiq B)120000 ga yaqin C)13000 dan ortiq D)500000 ga yaqin 25.Cho`llarda keng tarqalgan yem-hashak o`simligini aniqlang. A) sarsazan B) burchoq C) shirach D) andiz 26.Bitta hujayrasi 3-4 sm uzunlikka ega bo`lgan o`simlikni toping. A) piyoz B) tarvuz C) g`o`za D) pomidor 27.Qaysi o`simlikning barglari bir qavat hujayralardan iborat bo`lib, uni mikroskopda butunligicha ko`rish mumkin? A) piyoz B) spirogira C) g`o`za D) elodeya 28.Qaysi o`simlikning hujayralari cho`ziqligi, zichroq joylashganligi va leykoplastlardan iboratligi bilan farqlanadi? A) piyoz B) spirogira C) kungaboqar D) elodeya 29.Qaysi organizmlar hujayrasida mag`iz shakllanmagan? A) piyoz, achitqi zamburug`iB) ko`k-yashil suvo`tlar, bakteriya C) elodeya, xlorella D) xlamidomonada, ko`k-yashil suvo`tlar 30.Qaysi plastida(lar) rangsiz bo`lib urug`lar, ildizlar tarkibida uchraydi? A) xromoplastlar B) leykoplastlar C) xloroplastlar D) xromoplastlar va xloroplastlar 31.O`simlik hujayrasining vakuolasi tarkibida suvning miqdori qancha? A) 50-65% B) 98-99% C) 70-95% D) 40-65% 32.Hujayra shirasi tarkibida qanday moddalar bo’ladi?A)oqsil, shakar B)moy, shakar C)oqsil, moy D)barcha javoblar to’g’ri 33.Chigit yuzasidagi tola(tuk) 3-4sm.ga yetadi, u nechta hujayradan iborat? A)2 ta B)3-4 ta C)1 ta D)10 ta 34.Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to’lgan pufakcha nima deyiladi?A)protoplast B)mag’iz C)vakuol D)plastida 35.Mevalarning ta’mi nimaga bog’liq? A)mag’izga B)sitoplazmaga C)hujayra shirasiga D)plastidaga 36.Bo’linadigan hujayralarda dastlab qanday jarayon kuzatiladi? A)vakuola yiriklashadi B)yadro yo’qoladi C) yadro yiriklashadi D)vakuola yo’qoladi 37.Yer yuzidan 5-20 sm ko`tarilib o`sadigan o`simlik? A.Momaqaldirmoq,qo`ytikan B.kanop kanakunjit,makkajo`xori C.keyreuk , saarsazan D.bug`doy arpa 38.Bo`yi 1 m ga yetadigan o`simlik? A.Momaqaldirmoq,qo`ytikan B.kanop kanakunjit,makkajo`xori C.keyreuk , saarsazan D.bug`doy arpa 39.Yraim butalar berilgan qatorni toping? A.Momaqaldirmoq,qo`ytikan B.kanop kanakunjit,makkajo`xori C.keyreuk , saarsazan D.bug`doy arpa 40.Qazilma holdagi o`simliklarni o`rganuvchi fan?A.Algologiya B.briologiya C.paleontologiya D.lixinalogiya 41. Suvo`tilarni o`rganuvchi fan?A.Algologiya B.briologiya C.paleontologiya D.lixinalogiya 42. Yo`sinlarni o`rganuvchi fan?A.Algologiya B.briologiya C.paleontologiya D.lixinalogiya 43.Lishayniklarni o`rganuvchi fan?A.Algologiya B.briologiya C.paleontologiya D.lixinalogiya 44.O’zb tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning qanchaga yaqin turi bor? A)8000 B)4500 C)500 000 D)13000 45. Yer yuzida tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning qanchaga yaqin turi bor? A)8000 B)4500 C)500 000 D)13000 Download 330.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling