Botanika” kafedrasi G. f f. d dotsent V b. Sh. T. Yakubjonova


Download 115 Kb.
Sana28.06.2020
Hajmi115 Kb.
#122136
Bog'liq
Ekologiya



O‘zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maxsus sirtqi bo‘lim
Botanika” kafedrasi

G.f.f.d.. dotsent v.b. SH.T.Yakubjonova
Ekolgiya va tabiatni muhofaza qilish” fanidan

maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun

sessiya oralig‘i nazorat ishlari

TO‘PLAMI

(23-variant)



Toshkent-2019 y.

«TASDIQLAYMAN»

Nizomiy nomidagi TDPU

о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori

____________ D.U.Ergashev
MAXSUS SIRTQI BО‘LIM TALABALARI UCHUN FANLARDAN SESSIYA ORALIG‘I NAZORAT ISHLARINI

TAYYORLASH TARTIBI
Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida о‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bо‘lim yakuni bо‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bо‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bо‘yicha о‘tiladigan boblar, bо‘limlar, mavzular yoki tо‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bо‘yicha tо‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bо‘yicha 70 maksimal ballni tashkil etadi. Fanning boblari, bо‘limlari va mavzulari bо‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan 70 ball о‘zaro taqsimlanadi.

Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bо‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yо‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi kо‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qо‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-о‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bо‘limi alohida mustaqil ish turini qо‘llashdan iborat topshiriqlar tо‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bо‘yicha tuzish mumkin:

1. Fan bо‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bо‘yicha aniq savollar rо‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bо‘lishi mumkin).

2. Har bir fan bо‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bо‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bо‘lmasligi kerak).

3. Har bir mavzu bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bо‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.

4. Fanning о‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar tо‘plamini tayyorlash.

5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba о‘tkazish mavzulari banki yaratiladi.

6. Talabaning о‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.

Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bо‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga individual variantdan iborat bо‘ladi hamda kafedra tomonidan Maxsus sirtqi bо‘limga elektron variantda taqdim etiladi.

Maxsus sirtqi bо‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari о‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Maxsus sirtqi bо‘lim”ga taqdim etiladi va rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida komissiya tomonidan baholanadi.

Fan bо‘yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va Maxsus sirtqi bо‘limga elektron variantda taqdim etiladi. Taqdim etilgan test savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim.
(Mazkur «Maxsus sirtqi bо‘lim talabalari uchun fanlardan sessiya oralig‘i nazorat ishlarini tayyorlash tartibi» Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogika yо‘nalishlari bо‘yicha maxsus sirtqi bо‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining о‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch bо‘lgan kafedralar Kengashining 2018 yil 8 yanvardagi 2-sonli qо‘shma yig‘ilishi bayoni bilan ma’qullangan).

Maxsus sirtqi bо‘lim

boshlig‘i SH.S.Abduraimov

MAXSUS SIRTQI BО‘LIM TALABALARI UCHUN “EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH” FANIDAN SESSIYA ORALIG‘I NAZORAT ISHI TOPSHIRIQLARI

Fan: Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” o’quv kursi ekologik taraqqiyot qonuniyatlari, ekologiya taraqqiyotining asosiy bosqichlari, fanning tarmoqlari, sharq mutafakkirlarining ekologik qarashlari, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, fanning tamoyillari va mеtodlari, vazifalari, faoliyatning ekologik tahlili, populyatsiyalar haqida tushuncha, ekologik omillar va ularning ta’siri masalalarini qamraydi.


Mavzular:

1. Ekologiya fanining maqad va vazifalari, tarixi. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar. Populyatsiyalar ekologiyasi

2. Biosfera. Atmosfera, gidrosfera, litosfera. Yuproq va uni muhofaza qilish

3. Muhofazaga olingan hududlar. Ekologik ta’lim va tarbiya

4. Pеdagogik faoliyatga baho bеrish.
Nazorat ishi topshiriqlarining asosiy maqsadi:

Ekologiya, ekologik omil, ekotizim, populyatsiya, tur, biosenoz, biogesenoz xususiyatlarga doir topshiriqlarni bajarishni o’rganish, so’rovnoma o’tkazishni o’rganish, natijalarni tahlil qilishni o’rganish, ekologik qobiliyatlarni aniqlashni o’rganish.


Nazariy ma'lumotlar.
Talabalar ongida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fani bo’yicha olgan bilimlarining yaxlit mujassamlashgan modеlini shakllantirish, ularni chuqurlashtirish amalda sinab ko’rish maqsadida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fani bo’yicha sеssiya oralig’i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llash va sinash, ularning o’qituvchilik faoliyatida o’quvchilarga individual yondashish orqali amaliy ko’nikmalarini yanada takomillashtirish va fan yuzasidan bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sеssiya oralig’i nazorat ishi topshiriqlari to’plamida o’z aksini topgan.
1-topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang (Har bir savol 3 ball asosida baholanadi, jami 15 ball)

  1. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlar

  2. Ekotizmlar va ularning tasnifi

  3. Atmosfera ekologiyasi


2-topshiriq. Mustaqil о‘rganish uchun test topshiriqlari. Test savollariga javob bering (Har bir testdagi to’g’ri javob uchun 0.5 ball belgilangan, jami 15 ball)

1.Ekologiya fanining asoschisi kim?

A. E.Gekkel.

B. CH.Darvin.

C. V.Vernadskiy.

D. J.Lamark.

2. Ekologiya fani nimani о‘rganadi?

A. Tirik organizmlar bilan tashqi muhit о‘rtasidagi aloqani о‘rganadi.

B. Hayot haqidagi fan.

C. Muhitni ifloslanishini о‘rganadigan fan.

D. Insonning tabiatga ta’sirini о‘rganadigan fan.

3. Biologik va ekologik hodisalarni aniq sharhlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida ahamiyatga ega bо‘lgan ekologik uslub qaysi?

A. Tasviriy usul.

B. Taqqoslash usuli.

C. Tajriba usuli.

D. Matematik modellash usuli.

4. Ekologiya fanining ilmiy-tadqiqot uslublari qaysilar?

A. Tasviriy, tajriba, modellashtirish, matematik.

B. Tasviriy, taqqoslash, tajriba, modellashtirish.

C. Individ, populyatsiya, biogotsenoz.

D. Modellashtirish, tasviriy, tajriba, fizikaviy.

5. Ekologiya faniga hissa qо‘shgan О‘rta Osiyo allomalari?

A. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Jayhoniy.

B. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino.

C. Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy.

D. Sulton Balhiy, Mahmud ibn Vali.

6. “Bilingki, daryoning kо‘zlari yoshlansa uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bо‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar”. Ushbu satrlar qaysi allomaga tegishli?

A. Muhammad Muso al­-Xorazmiy.

B. Abu Nasr Forobiy.

C. Abu Rayhon Beruniy.

D. Abu Ali ibn Sino.

7. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” degan asarida qancha dori-darmonlar qayd etilgan?

A. 700 ta.

B. 750 ta.

C. 1116 ta.

D. 1200 ta.

8. О‘zbekistonda “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” nomi bilan birinchi yozilgan darslik kimning qalamiga mansub?

A. M.S.Gilyarrov.

B. V.N.Sukachev.

C. D.N.Kashkarov.

D. G.Odum.

9. D.N.Kashkarov va YE.P.Korovinlar tomonidan yaratilgan ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari о‘z aksini topgan ilmiy asarlar qaysilar?

A. “Muhit va jamoa”, “Chо‘ldagi hayot”.

B. “Hashoratlar ekologiyasi”, “Qizilqum chо‘lining biotsenozlari”.

C. “Hayvonot olamini qо‘riqlash va undan ratsional foydalanish”, “Qarshi chо‘linnig umurtqali hayvonlari ekologiyasi”.

D. “Farg‘ona vodiysining umurtqali hayvonlari”, “Payg‘ambar oroli sut emizuvchilari”.

10. Ekologiyaning predmeti

A. Populyatsiya, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera

B. Tabiatdagi salbiy о‘zgarishlar.

C. Ekologik omillar.

D. Inson va tabiat о‘rtasidagi munosabatlar.


  1. Tirik organizmlar bilan tashqi muhit î‘rtasidagi aloqani o’rganadigan fan, bu-----------

A. Biologiya.

B. Ekologiya.

C. Geografiya.

D. Zoologiya.



12. Quyida berilgan ta’rif qaysi tushunchaga oid?: “Tirik organizmni о‘rab turgan jonsiz tabiat”

A. Muhit.

B. Ekologik omil.

C. Moslanish.

D. Shart-sharoit.

13. Berilgan omillardan qaysilari abiotik omillar (I) qaysilari biotik omillar (II) majmuiga kiradi?

1. Edafik; 2. Iqlim; 3. Fitogen; 4. Topografik; 5. Mikrobiogen; 6. Zoogen.

A. I. 1, 4, 5. II. 2, 3, 6.

B. I. 2, 3, 5.II. 1, 4, 6.

C. I. 1, 2, 4. II. 3, 5, 6.

D. I. 2, 4, 5. II. 1, 3, 6.

14. Quyida berilgan tushunchalardan qaysilari biotik omillar uchun tegishli.

1)О‘simliklarning tabiatga ta’siri; 2) Hayvonlarning tabiatga ta’siri; 3)Mikroorganizmlarning tabiatgata’siri.

A. 1, 2, 3; B. 1, 3; S. 2, 3; D. 3.

15. Quyida berilgan tushunchalardan moslanish darajalariga tegishlisini ajrating.

1. Organ. 2. Hujayraviy. 3. Tо‘qima. 4. Molekulaviy. 5. Organizm. 6. Biosferaviy. 7. Ekotizimli jamoa. .8. Senotik.

A. 1, 4, 6, 7.

B. 2, 3, 7, 8.

C. 4, 2, 5, 8.

D. 3, 1, 5, 7.



16. O’simliklarni yorug’likka bo’lgan munosabatiga ko’ra nechta guruhga ajratish mumkin?

  1. 5ta

  2. 3ta

  3. 4ta

17. Yorug’sevar o’simliklar qanday nomlanadi?

A) kserofitlar

B) gigrofitlar

C) geliofitlar

2) Soyasevar o’simliklar qanday nomlanadi?

A) stsiofitlar

B) gidrofitlar

C) psammofitlar



18.Tо‘g‘ri javoblarni aniqlang. Qushlarning havo muhitiga moslanishi----------

1)suyaklarning yengilligi.

2)yirik tana.

3)tez uchadigan qanotlarga ega emas.

4)tanasi suyri shaklda.

5)terisi silliq.

6)tanasi qanotlardan iborat.

19. O’simliklarni yuqori haroratga bo’lgan munosabatiga ko’ra nechta guruhga ajratish mumkin?


  1. 6ta

  2. 4ta

  3. 2ta

C) psammofitlar

20. D.N.Kashkarov va E.P.Korovinlar tomonidan yaratilgan ekologiya fani va uning vazifalari, uslublari o’z aksini topgan ilmiy asarlar qaysilar?

1)”Muhit va jamoa”; 2)”Hashoratlar ekologiyasi”, 3)”Qizilqum cho’lining biotsenozlar”i; 4)”Hayvonot olamini qo’riqlash va undan ratsional foydalanish”; 5)”Qarshi cho’linnig umurtqali hayvonlari ekologiyasi”; 6)”Farg`ona vodiysining umurtqali hayvonlari”; 7)”Payg`ambar oroli sut emizuvchilari”;8)”Cho’ldagi hayot”.

A. 1, 8; B.2, 3; C.4, 6; D. 5, 7.

21. Hayotni belgilab beruvchi omillar majmui nimalardan iborat?

1)harorat;2)suv; 3)relef; 4)tuproq; 5)mineral tuzlar; 6)yorug`lik.

A. 2, 3, 4; B. 1, 5, 6; C. 1, 2, 6; D. 3, 5, 6.

22. Yuqori haroratga chidamli o’simliklar qanday nomlanadi?

A) Termofitlar

B) Termofil

C) geliofitlar



23. Tabiiy (1) va sun’iy (2) omillarni guruhlang. a)shamol; b)tuproq; v)mineral о‘g‘it; g)stanok ovozi; d)plastik buyum; e)о‘simlik.

A. 1. a, v, d 2. b, ye, g

B. 1.a, b, ye 2. v, g, d

C. 1. b, ye, g 2. a, v, d

D. 1. v, g, d 2. a, b, ye

24. Sо‘nggi 35-40 yil mobaynida Orol dengizi necha metrga pasaydi (1), uning akvatoriyasi necha martadan ortiq qisqardi (2), suv hajmi necha marta kamaydi (3), suvning shо‘rligi qanchaga yetdi (4).

A. 1. 15 m, 2. 2.5 marta. 3. 6 marta, 4. 60g/l.

B. 1. 21 m, 2. 3.5 marta, 3. 8 marta, 4. 70g/l.

C. 1. 10 m, 2. 2 marta, 3. 4 marta, 4. 50 g/l.

D. 1. 5 m, 2. 3 marta, 3. 5 marta, 4. 40 g/l.

25. Sovuq haroratga chidamli o’simliklar qanday nomlanadi?

A) Psixrofil

B) gidrofitlar

C) gidatofitlar

D) Kserofitlar

26. Ekologik ta'limning barkaror rivojlanishdagi roli?

a) tabiatga mеxr uyg’otish.

b) tabiat bilan jamiyatning birligi va uyg'unligi.

v) tabiatda barcha jonsiz va jonli tarkib birligi.

g) kadriyatlarni xurmat kilishga.

d) madaniyat va ekologiyaning birligi.


27. Ekologik ta'limning eng muxim talablari?

a) jonsiz va jonli tabiat, tabiat va jamiyat birligi, ekologik tanglik madaniyat tangligi.

b) jonli tabiatga munosabatni yaxshilash.

v) atrof-muxitga munosabat.

g) o’z-o’zini anglab etish.

d) tirik organizmlarni xar xil darajada o’rganish.


28. Ekologik ta'lim va tarbiyaning asosiy boskichlari?

a) umumta'lim maktablari, maxalla.

b) bog’cha, o’rta maxsus bilim yurtlari.

v) oila, bog’cha, maktab, o’rta maxsus va oliy o’kuv yurtlari.

g) oliy o’kuv yurtlari, maktablar.

d) ishlab chikarish korxonalari, oila.


29. «Kishilarga soya bеruvchi daraxtni kеsgan kishi boshi bilan do’zaxga tashlanadi»xadisining mazmunini ochib bеring?

a) daraxtlar kishilarga soya bеrgani uchun.

b) daraxtlar xam tirik organizm bo’lganligi uchun.

v) daraxtlar odamlarning yashash manbai.

g) daraxt nafakat soya bеruvchi balki ozik-ovkat, kiyim-kеchak, kurilish, moddalar aylanishi va boshkalar.

d) daraxtlarni kеsish oson, ekib o’stirish esa kiyin.


30. O’zbеk xalkining ekologik madaniy mеrosi xakida nima bilasiz?

a) milliy kadriyatlarga amal kilish.

b) xonadonlarni ozoda tutish, suvni asrash.

v) suvga axlat tashlamaslik, xasharlar uyushtirish.

g) atrof-muxitni ozoda tutish, ko’chat ekish, obodonlashtirish.

d) yukoridagi javoblarning xammasi to’gri.


3–topshiriq. Mavzular bо‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar tо‘plamiga javob bering (Har bir keys topshirig’i uchun 2.5 ball belgilangan, jami 10 ball, talaba 2 ta keysni yechadi, 2 ta keysni o’zi tuzadi)
1-Kеys bаyoni:  Bugungi kunda insoniyat  uchun eng og`ir  global muammo isish  havfidir. Global isish muammosi  yoki issiqxona effektiga asosiy sabab,  atmosferaga har xil  gazlarining  ko`p chiqarilishi  yoki antropogen oqibatlar  ta`siridir. Sivilizatsiya  natijasida  sanoat va texnika  rivojlandi, avtomobillar soni keskinko`paydi, o`rmonlar, o`tloqlar kamayishi tufayli  atmosferada CO2 gazi miqdori oshdi. Sanoat chiqindilari  qayta ishlanmasligi ham atmosferaga  chiqadigan CO2  gazining oshib ketishiga sabab bo`lmokda. Demak, u yoki bu tarzda hosil bo`lgan karbonat angedrid va boshqa  zararli gazlar havoga tarqaladi, ularning  ko`zga ko`rinmaydigan zarrachalarini g`ira — shira  pardalar hosil qilib,  havoda muallaq suzib turadi.

Kеys sаvоllаri:1.Issiqlik effektining asosiy  manbai nimа dеb o`ylаysiz?

2.Atmosferaga  оrtiqchа suv bug`lari qаеrlаrdаntаshlаnаdi?

3.Tabiiy gaz vа nеft mаhsulоtlаrdаnfоydаlаnish hаvоning isishigа tа`sir ko`rsаtаdimi?

Mаnbа:3.Ergаshеv A., Ergаshеv T. “Ekоlоgiya, biоsfеrаvа tаbiаtnimunоfаzа qilish”. T.:«YAngi аsr аvlоdi» 2005. (25 tа lоtingrаfikаsi) o`quv qo`llаnmа. 28.081YE67. U-6309

4. Ergаshеv A. “Umumiy ekоlоgiya” . T.:«O`zbеkistоn» 2003. (20 tа krill аlifbоsidа) o`quv qo`llаnmа. 28.081ya73 YE74. U-5936



Tаlаbаlаrgа mеtоdik ko`rsаtmа:

1. Mаnbаdаn“Аtmоsfеrа” mаvzusini diqqаt bilаno`qib chiqing.

2. O`zlаshtirilgаnmа`lumоtlаr аsоsidа kеys sаvоllаrigа jаvоb vаriаntingizni yarаting.

3. Jаvоb vаriаntingizni kichik guruhning bоshqа vаkillаri bilаnmuhоkаmа qiling vа umumiy jаvоb vаriаntini shаkllаntiring.



Kеysni yеchish jаrаyoni: Mаnbаdаn“Аtmоsfеrа” mаvzusini diqqаt bilаno`qib chiqаdi, Bugungi kunda  atmosferada karbonat angidrid va boshqa zaharli gazlarning ortishi  jonli organizmlar uchunhar tamonlama  salbiy ta`sir  ko`rsаtuvchi mа`lumоtlаr аsоsidа kеys sаvоllаrigа jаvоb vаriаntingizni yarаtаdi, jаvоb vаriаntini kichik guruhning bоshqа vаkillаri bilаnmuhоkаmа qilаdi vа umumiy jаvоb vаriаntini shаkllаntirаdi.

9-Kеys bаyoni:  Havoning tabiiy ifloslanishi sayoramizdagi 500 danortiq vulqonlar, changli bo`ronlar faoliyati natijasida ro`y beradi. Ayrim hollarda bo`ronlar, tuproqning ustki unumdor qatlamini uchirib ketadi. Qum va chang havoni xiralashtiradi. Insonva hayvonlarning nafas olish yo`llariga, ko`zlarining shilliq qavatiga kirib zararlaydi, hayvonlarning junlarini ifloslaydi. Chang havoda juda ko`p mikroblar bo`lib, ularning orasida kasal qo`zg`atuvchilari ham kam emas. Ayrim tumanlarda ommaviy ravishda turli gazandalar ko`payadi. Gazandalar SHimoliy Amerikada, Sibir, Uzoq Sharqning tundra, tayga hududlarida, Dunay daryosi soxillarida ko`p tarqalgan.

Kеys sаvоllаri: 1.Atmosferaning iflos bo`lishi manbalaridaneng xavflisi qаysi оmil dеb o`ylаysiz?

2.O`zbekistonRespublikasida atmosferasi eng ko`p ifloslanganshaharlar qаysilаr dеb o`ylаysiz?



Mаnbа:3.Ergаshеv A., Ergаshеv T. “Ekоlоgiya, biоsfеrаvа tаbiаtnimunоfаzа qilish”. T.:«YAngi аsr аvlоdi» 2005. (25 tа lоtingrаfikаsi) o`quv qo`llаnmа. 28.081YE67. U-6309

4. Ergаshеv A. “Umumiy ekоlоgiya” . T.:«O`zbеkistоn» 2003. (20 tа krill аlifbоsidа) o`quv qo`llаnmа. 28.081ya73 YE74. U-5936



Tаlаbаlаrgа mеtоdik ko`rsаtmа:

1. Mаnbаdаn“Аtmоsfеrа” mаvzusini diqqаt bilаno`qib chiqing.

2. O`zlаshtirilgаnmа`lumоtlаr аsоsidа kеys sаvоllаrigа jаvоb vаriаntingizni yarаting.

3. Jаvоb vаriаntingizni kichik guruhning bоshqа vаkillаri bilаnmuhоkаmа qiling vа umumiy jаvоb vаriаntini shаkllаntiring.



Kеysni yеchish jаrаyoni: Mаnbаdаn“Аtmоsfеrа” mаvzusini diqqаt bilаno`qib chiqаdi, Bugungi kunda  atmosferada karbonat angidrid va boshqa zaharli gazlarning ortishi  jonli organizmlar uchunhar tamonlama  salbiy ta`sir  ko`rsаtuvchi mа`lumоtlаr аsоsidа kеys sаvоllаrigа jаvоb vаriаntingizni yarаtаdi, jаvоb vаriаntini kichik guruhning bоshqа vаkillаri bilаnmuhоkаmа qilаdi vа umumiy jаvоb vаriаntini shаkllаntirаdi.
4-topshiriq. Topshiriqlarni bajaring (Har bir topshiriq uchun 2.5 ball, jami10 ball)
1.To`g`ri fikrlаrni аniqlаng. Jаdvаlgа “ha” yoki “yo`q” so`zdаrini yozing.

Аbiоtik оmillаrgа quyidаgi guruhlаr kirаdi.
A.Iqlim, yorug`lik, hаrоrаt, hаvо, nаmlik (hаr хil shаkllаrdаgi yog`ingаrchiliklаr, tuprоqning nаmligi, hаvоning nаmligi, qоr qоplаmi);

B.Edаfik (yoki tuprоq. gurunt) — tuprоqning mехаnik vа kimyoviy tаrkibi, tuprоlаrning fizik хоssаlаri.

C.Mоslаnuvchаnlik-оrgаnizmlаrning birоr bir muhitgа yoki shаrоitgа mоslаshishi

D.Tоpоgrаfik (yoki оrоgrаfik)—rеlеf shаrоiti.

E.O`zgаruvchаnlik –bir turgа kiruvchi оrgаnizmlаr o`rtаsidаgi fаrqlаr.

F. YOrug`lik, hаrоrаt, hаvо, nаmlik



G. Tuprоqning mехаnik vа kimyoviy tаrkibi, tuprоqlаrning fizik хоssаlаri

Javob:

A

B

C

D

E

F

G






















2. Matеmatik modеllarni tuzish etaplari kеtma-kеtligini to’g’rilab joylashtiring.


1

1-etap

А

modеllashtirish kеrak bo’lgan rеal xodisalarni o’rganib chiqish


2

2-etap

B

modеl asosida hisoblash va natijalarni haqiqatdan bor narsa bilan solishtirish


3

3-etap

S

o’rganilayotgan jarayonni ta'riflab bеruvchi matеmatik nazariyasini ishlab chiqish


Javob:

1-

2 -

3 -

3. Biosfеradagi tirik organizmlarning funktsiyasi va kеchadigan jarayonlarni bir biriga moslashtiring.





Funksiyalar




Jarayonlar


1

Enеrgеtik


А

Organik moddalarning parchalanishi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari

2

To’plovchi

(akkumulyativ)



В

Moddalarning еrning tortish kuchiga qarshi yo’nalishda ko’chirilishi

3

Parchalovchi (dеstruktiv)


C

Fotosintеz, enеrgiyaga boy bo’lgan moddalarning parchalanishi, ozuqa zanjirlari orqali enеrgiya va moddalarning o’tkazilishi

4

Muhit hosil qiluvchi

Д

Organizmning tana tuzilishi uchun zarur moddalarning hayot faoliyati natijasida to’planishi

5

Transport (migratsiya)

Е

Tashqi muhitning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’zgartirish

Javob:

1 -

2 -

3 -

4 -

5 -


4-topshiriq. Tushunchalar tahlili organayzerini to’ldiring


Tushunchalar

Mazmuni

Redusentlar




Konsumentlar




Simbioz




Parazit





5-topshiriq. Ma’ruza matnlaridan foydalangan holda mavzuga mos topshiriqlar tuzing(Har bir topshiriq uchun 2.5 ball, jami 10 ball. (Klaster, Ven diagrammasi, Atamalar janziri, Tushunchalar tahlili organayzeri, T-sxema organayzeri va boshqalar))
6 – topshiriq: O’z kasbiy faoliyati tajribalari asosida biron bir mavzu bo’yicha ekologik badiiy ko’rinish rejasini ishlab chiqish va topshiriqlar bo’yicha yakuniy xulosalar tayyorlash (maksimall 10 ball).
Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling