"Boychechak " kichik guruhimizni nafaqat tarbiyalanuvchilari balki joylashuv o’rni ham juda yaxshi


Download 3.16 Mb.
Sana04.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1746233
Bog'liq
a


“Boychechak ” kichik guruhimizni nafaqat tarbiyalanuvchilari balki joylashuv o’rni ham juda yaxshi. Joylashuv o’rni deyilganda 5 ta rivojlantirish markazlarining, tarbiyalanuvchilar yotoqxonasining, oshxona, hojatxona hamda kiyim ilishga mo’ljallangan shkaflar turadigan joylarning o’rni nazarda tutiladi.
Markazlarga keladigan bo’lsak, ularning kerakli jiholar bilan ta’minlanganligi juda yaxshi. Chunki har bir kazda o’ziga taalluqli bo’lgan materillar yetarlicha joylashgan hamda ularning yaroqliligi, sifati, xavfsizlik va gigienik jihatdan ham talabga javob beradigan ahvolda.

Tarbiyalanuvchilar yotoqxonasida ham hamma shart-sharoitlar mavjud. Bunda har bir bolaga alohida o’rin, yostiq - ko’rpalar yetarlicha bor va gigienik tomondan toza, ozoda qilib qo’yilgan. Yuvish vaqti kelganida alishtirilib, o’rniga boshqalari to’shaladi va kir bo’lganlarini yuvishga berishadi.

Hojatxonadan ham har bir bolaga alohida suyuq sovunlar va bir marta ishlatiladigan quruq salfetkalar mavjud. Har bir o’z o’rnida turadi. Hech biri adashib ketmagan holda. Bu xona ham juda yaxshi tozaligi jihatidan ham tartibliligi jihatidan ham gigienik talablarga javob beradi.

Guruhimiz oshxonasi ham doimiy ravishda toza-ozoda bo’lib turadi. Chunki bu eng muhimi hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarimiz ovqatlanadigan hamda turli xildagi ichimliklar ichadigan idishlari doimiy yaxshilab yuviladi. Ya’ni gigienik talablarga javob beradigan holda.








Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling