Boyjumanova Namunaning " Tovush haqida tushuncha berish"


Download 32.14 Kb.
bet1/4
Sana03.11.2022
Hajmi32.14 Kb.
#900114
  1   2   3   4
Bog'liq
Savod mashg\'ulotlari
Лабораторная работа горовик, 2 Разработка мобильного приложения, 315-18 q.jamshid DUVP fanidan 1-amaliy ishi, 315-18 Q.Jamshid DTTL 3-TAJRIBA ISHI, 1. Reja. O’zbekistonning eng yangi tarixi o’quv fanining predme, BIO everest maxsus, Рухий статус (2) (2), Mavzu vijiner shifiri, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, fxxWF4G4gbq4FyEixWtteRab4rgcj45iO92qAhfL, An’anaviy xonandalik., Bizning do\'stlar., med

Tasdiqlayman”
7-DMTT direktori:
___________Razakova D.M


Angren shahar
7-DMTT musiqa rahbari
Boyjumanova Namunaning
Tovush haqida tushuncha berish”
Mavzusidagi


MASHG’ULOT ISHLANMASI
Mavzu: Tovush haqida tushuncha berish
Maqsad:
Bolalarga hayvonlarning ovozi, odamlar nutqidagi tovush haqida tushuncha berish bilan «tovush» haqida tushunchalarini mustahkamlash. Unli tovush haqida tushuncha berish.
Kerakli jihozlar:
Ayiqcha, xo‘tikcha echki o‘yinchoqlari, bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilgan kubik.
Mashg‘ulotning borishi: Bolalar, bugun sen bilan tovushlar haqida suhbatlashamiz. Quloq eshitadigan har qanday ovoz tovush deyiladi. Qulog‘imiz nimalarni eshitadi? Gapirganimizni, kuylaganimizni, qichqirganimizni, yomg‘irning shivirlab yog‘ishini, mamaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqqanini, qushlarning sayrashini, hayvonlarning ovozini eshitadi. Mana shu eshitilgan ovozlarni tovush deyiladi. Hozir men sen bilan «Ovozidan top» o‘yinini o‘ynayman. Bu juda qiziq o‘yin.
Tarbiyachi «Ovozidan top» o‘yinini tashkil etadi. Bola qaysi hayvonning ovozi ekanini farqlashi kerak.
Tarbiyachi bolaga ayiqcha, xo‘tikcha echki o‘yinchoqlarini ko‘rsatadi va ular haqida so‘zlab berishni mashq qildiradi.
Ayiqchani bolaga ko‘rsatadi. Bu ayiq. Ayiqning qulog‘i kichkina, jigar rangda, ayiq asalni yaxshi ko‘radi. Ayiqcha «Eee-eee» deb ovoz chiqaradi. Ayiqcha qanday ovoz chiqarar ekan? Bola Tarbiyachi bilan birga va yakka «Eee-eee» ovozini taqlid qiladi.
Tarbiyachi bolaga xo‘tikni ko‘rsatadi. Bu xo‘tikcha. U kichkina, uzun quloqlari, uzun dumi bor. Xo‘tikcha «Iooo-iooo» deb ovoz chiqaradi. Bola Tarbiyachi bilan birga va yakka «Iooo-iooo» ovozini taqlid qiladi.
Tarbiyachi bolaga echki bolasini ko‘rsatadi. Bu echkicha.U kichkina, kichkina shoxi, qulog‘i bor. Echkichaning dumi ham kalta. Echkicha «Meee-meee» deb ovoz chiqaradi.
Bola «Meee-meee» ovozini taqlid qiladi.
Buzoqlar qanday ma’rashadi? «muu... » deb ma’raydilar. Bola Tarbiyachi bilan birga va yakka «muu...» ovozini taqlid qiladi.
Bolalar, biz hozir hayvonlarning qanday ovoz chiqarishini taqlid qildik. Endi odamlarning nutqdagi tovushlarini taqlid qilamiz. YAqindagina Nodirning tomog‘i og‘rib qoldi. SHifokor Nodirning tomog‘ini tekshirmoqchi bo‘ldi-da, kichkina qoshiqchani olib Nodirga nima dedi? «A» deb og‘zingni och, dedi. Nodir «A» deb og‘zini ochganida «A» tovushini talaffuz qildi. Bu uning nutqdagi tovushi. «A» tovushi unli tovushlar sirasiga kiradi. «A» tovushini talaffuz qilganda cho‘zib aytish mumkin. CHo‘zib aytiladigan tovushlar unli tovushlar bo‘ladi. Men «A» tovushini istagancha cho‘zishim mumkin, chunki ularni talaffuz qilayotganimda hech narsa to‘siq bo‘lmaydi. Mana kuzatinglar «A-A-A» Endi birgalikda aytamiz «A-A-A». Nimani kuzatdinglar? Talaffuz vaqtida o‘pkadan chiqayotgan havo hech qanday to‘siqqa uchramadi. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda «A» tovushini talaffuz qiladi.
Unli tovushlarni o‘rganayotganimizda ularni qizil rangda belgilaymiz. (Tarbiyachi qizil kvadrat shaklni ko‘rsatadi) Kubiklarda esa (Tarbiyachi kubikni ko‘rsatadi) unli tovushni kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilanadi. Sen kubiklarni o‘ynayotganingda bilginki, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, qolgan tomonlarga harflar ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak bu kubikdagi harflar unli harflar bo‘ladi. Mana qaranglar, kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib, boshqa tomonida «A» harfi yopishtirilgan. Demak, «A» unli tovush ekanligini bildiradi.

Tasdiqlayman”



Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling