Boyjumanova Namunaning " Tovush haqida tushuncha berish"


Download 32.14 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2022
Hajmi32.14 Kb.
#900114
1   2   3   4
Bog'liq
Savod mashg\'ulotlari
Лабораторная работа горовик, 2 Разработка мобильного приложения, 315-18 q.jamshid DUVP fanidan 1-amaliy ishi, 315-18 Q.Jamshid DTTL 3-TAJRIBA ISHI, 1. Reja. O’zbekistonning eng yangi tarixi o’quv fanining predme, BIO everest maxsus, Рухий статус (2) (2), Mavzu vijiner shifiri, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, fxxWF4G4gbq4FyEixWtteRab4rgcj45iO92qAhfL, An’anaviy xonandalik., Bizning do\'stlar., med
7-DMTT direktori:
___________Razakova D.M


Angren shahar
7-DMTT musiqa rahbari
Boyjumanova Namunaning
Unli va undosh tovushlar haqida tushunchalarni mustahkamlash”
Mavzusidagi


MASHG’ULOT ISHLANMASI

Mavzu: Unli va undosh tovushlar haqida tushunchalarni mustahkamlash
Maqsad:
Bolalarga unli, undosh tovush haqidagi tushunchalarini mustahkamlash. Undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishini tushuntirish. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va so‘zda «N» tovushini o‘rnini aniqlashga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar:
«Non yopdik» mavzusida rasm, «N» tovushi ishtirok etgan rasmlar.
Mashg‘ulotning borishi:
Bolajonim, avvalgi mashg‘ulotimizda tovushlarni o‘rgandik. Qanday tovushlar bo‘lar ekan? To‘g‘ri, unli, undosh tovushlar. Unli tovushlarni qanday rangda belgiladik? Undosh tovushlarni qanday rangda belgiladik?
Ona bolasiga rasm ko‘rsatadi.
Rasmda nima tasvirlangan?
Ona nima qilyapti?
Qiz onasiga qanday yordam beryapti?
Biz rasmga qarab nima tuzdik?
To‘g‘ri, bolajonim, gap tuzdik. Ona non yopyapti. Bu gap nimalardan tuzilgan? To‘g‘ri, bu gap so‘zlardan tuzilgan. SHu gapning birinchi so‘zini ayt. Ona. Gapning ikkinchi so‘zini ayt. Non. Gapning uchinchi so‘zini ayt. YOpyapti. Kel, non so‘zini bo‘g‘inga bo‘lamiz. Non. Bir bo‘g‘indan iborat. Men so‘zni qayta talaffuz qilaman. Sen birinchi tovushni aniqlaysan. N...on. Endi ikkinchi tovushni aniqla. No-o-n. So‘zdagi uchinchi tovushni top. No...n. Kel «N» tovushini birga talaffuz qilamiz. Barakalla. Endi men n tovushini talaffuz qilaman. Sen diqqat bilan kuzat. Men «N» tovushini talaffuz qilganimda qaysi nutq organi qatnashayotganini aytasan. To‘g‘ri, tish va til qatnashyapti. Havo og‘izga kelgach, til yuqori tishlarga tegadi va n tovushi hosil bo‘ladi. Ana shu til va tish tegib turgan joy to‘siq bo‘ladi. SHuning uchun «N» to‘siqqa uchraydi, qisqa aytiladi, «N» tovushini aytganimizda ovoz bilan shovqin ham eshitiladi. Demak «N» undosh tovush ekan. Undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi. Hozir «N»
tovushi so‘z boshida kelgan so‘zlarni aytamiz. Non, narvon, novvoy, no‘xat. SHu so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lamiz. Nar-von, nov-voy. So‘zlar ikki bo‘g‘indan iborat. «N» tovushi so‘z o‘rtasida kelgan so‘zlarni aytamiz. Igna, oyna, ona. SHu so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lamiz. So‘zlar ikki bo‘g‘indan iborat. Endi «N» tovushi so‘z oxirida kelgan so‘zlarni aytamiz. O‘tin, o‘yin, ayvon. Ona bola bilan qolgan so‘zlarni ham bo‘g‘inlarga bo‘lib aytadi, bolaga «N» tovushi so‘zning qaysi o‘rinda kelganini aniqlatadi.

Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling