Boyjumanova Namunaning " Tovush haqida tushuncha berish"


Download 32.14 Kb.
bet4/4
Sana03.11.2022
Hajmi32.14 Kb.
#900114
1   2   3   4
Bog'liq
Savod mashg\'ulotlari
Лабораторная работа горовик, 2 Разработка мобильного приложения, 315-18 q.jamshid DUVP fanidan 1-amaliy ishi, 315-18 Q.Jamshid DTTL 3-TAJRIBA ISHI, 1. Reja. O’zbekistonning eng yangi tarixi o’quv fanining predme, BIO everest maxsus, Рухий статус (2) (2), Mavzu vijiner shifiri, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, xp5XMtk0EXWStzqZRWkM6fRGedYUfwfwrN9gSNlh, fxxWF4G4gbq4FyEixWtteRab4rgcj45iO92qAhfL, An’anaviy xonandalik., Bizning do\'stlar., med
O‘ylaganimni top! o‘yini
Maqsad: Bolalarga so‘zni qismlarga bo‘lib talaffuz qilish bilan bo‘g‘in tushunchasini tushuntirish.
O‘yining borishi:
Ona bolaga: men ikki bo‘g‘inli mevaning nomini o‘yladim. Top-chi, qaysi mevaning nomini o‘ylagan ekanman? (ol-cha, ol-ma, be-hi, an-jir)
Endi qaysi sabzovotning nomini o‘yladim? (sab-zi, shol-g‘om, pi-yoz, kar-tosh-ka, pomidor) Bolajonim, so‘zlar necha bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin ekan?To‘g‘ri so‘zlar bir, ikki, uch bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin ekan.
O‘qish va savodga tayyorgarlik. Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish.
Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish.
Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish.
Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:
- gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
- ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
- so‘zda tovushlar ketma-ketligini aniqlash;
- bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzishga o‘rgatish;
- so‘zlar ishtirokida gap tuzish;
- tovushlarni eshitib farqlashga o‘rgatish.
Ilmoq, chiziq, tayoqcha, gajak elementlarini chizishga o‘rgatish.
Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish.
Kesma bosma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintezi bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish;
Kesma bosma harflar bilan ishlashda bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdirish va o‘qitish. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan so‘z tuzdirish va o‘qitish. O‘z ismini kesma bosma harflardan tuza olish. So‘zning bo‘g‘in-tovush tahlilini o‘tkazish.Bo‘g‘in o‘qishda undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qilishini tushuntirishda davom etish. Bunda bolalarga undosh (D) tovushini ichda saqlab, keyin unlini (a)qo‘shib birga o‘qish lozimligini amaliy ko‘rsatish.
Kesma bosma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatishda davom etish.
Namunadan turli so‘zlarni olib yozish va chizishga, o‘z ismini va 2-3ta so‘zlarni bosma harflarda mustaqil ravishda yozishga o‘rgatish.
Izoh: Tayyorgarlik davridagi tushunchalar asosiy davrda ham mustahkamlanib, chuqurlashtirilib boriladi.
Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling