Boʻz (kulrang) tulki


Download 19.02 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi19.02 Kb.
#168126
Bog'liq
Tulki


Tulki

Tulkilar (Vulpes) — boʻrisimonlar oilasigamansub sut emizuvchilar urugʻi; tanasining uz. 40—90 sm, dumi 60 sm cha. Tanasi choʻziq, oyoklari nisbatan kalta. Uzun dumidagi moʻynasi baroq. Juni sariqdan to kumushqizgʻish (deyarli qoramtir) tusgacha. T.da mavsumiy va geografik dimorfizm kuchli namoyon boʻladi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerikadatarqalgan. Avstraliyaga ham olib kelingan. Oʻzbekistonda 2 turi (oddiy tulki, korsak) uchraydi. Ularning oziqlanish va yashash joyi xilmaxil: oʻrmontundradan boshlab sahro mintaqasigacha. In quradi. Asosan, kemiruvchilar, sut emizuvchilar va qushlar bilan oziqlanadi. Odatda, 4—6 ta, baʼzan 17 tagacha bola tugʻadi; eng yirik vakili oddiy tulki. Tanasining uz. 90 sm gacha, dumi 60 sm cha. Kechqurun qorongʻi tushishdan oldin faol boʻladi. Moʻynasi moʻyna sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi. T.ning qoramtir rangli moʻynasi ayniqsa yuqori baholanadi.T. ovchilik va parrandachilik xoʻjaliklariga birmuncha ziyon yetkazadi. Ular kemiruvchi zararkunandalar sonini kamaytirib, qishloq xoʻjaligi. va tibbiyotga katta foyda keltiradi.

Ushbu guruhning faqat 11 ta turigina xususan tulkilar (lot. Vulpes) turiga kiritiladi. Eng tanish va koʻp tarqalgan vakili — oddiy tulkidir (Vulpes vulpes). Tulkilar butun dunyo boʻyicha koʻpchilik xalqlarning oʻgzaki ijodida uchraydi.
Itlar filogeniyasi boʻyicha hozirgi zamon tasavvurlariga muvofiq ushbu maqolada foydalanilayotgan izohdagi tulkilar guruhi — polifiletik, shunday ekan, takson sifatida foydalanishga yaroqsiz.

Boʻz (kulrang) tulki

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra "tulki" atamasi maʼnosini zoologik turlar qatorida qatʼiy qiyoslash imkoni yoʻq. Umuman olganda, oʻziga xos "tulki" tashqi koʻrinishiga asoslangan subyektiv baholash mezonlariga tayangan holda, quyidagi hayvonlarni tulkilar deb hisoblash mumkin:

Boʻrilar (Caninae) kenja oilasi

Tulkilar (Vulpes) turi

Oddiy tulki (Vulpes vulpes)

Amerika tulkisi (Vulpes macrotis)

Afg‘on tulkisi (Vulpes cana)

Afrika tulkisi (Vulpes pallida)

Bengal tulkisi (Vulpes bengalensis)

Korsak (Vulpes corsac)

Amerika korsaki (Vulpes velox)

Qum tulkisi (Vulpes rueppelli)

Tibet tulkisi (Vulpes ferrilata)

Fenek (Vulpes zerda)

Janubiy-afrika tulkisi (Vulpes chama)

Shimol tulkilari (Alopex) (koʻpincha (Vulpes) turi bilan birlashtiriladi. qar.[2]) turi

Shimol tulkisi (Alopex lagopus)

Bo‘z tulkilar (Urocyon) turi

Bo‘z tulki (Urocyon cinereoargenteus)

Orol tulkisi (Urocyon littoralis)

Folklend tulkilari (Dusicyon) turi

Andoza:Oʻlgan Folklend tulkisi (Dusicyon australis)

Maykonglar (Cerdocyon) turi

Maykong (Cerdocyon thous)

Mayda tulkilar (Atelocynus) turi

Mayda tulki (Atelocynus microtis)

Janubiy Amerika tulkilari (Lycalopex), yoki Pseudalopex turi

And tulkisi (Lycalopex culpaeus)

Janubiy Amerika tulkisi (Lycalopex griseus)

Darvin tulkisi (Lycalopex fulvipes)

Paragvay tulkisi (Lycalopex gymnocercus)

Braziliya tulkisi (Lycalopex vetulus)

Sekura tulkisi (Lycalopex sechurae)

Katta quloqli tulkilar (Otocyoninae) kenja oilasi.
Arslon

TahrirlashSahifani kuzatishBoshqa tilda oʻqish

Arslon, sher (Panthera leo) –mu-shuksimonlar oilasining bir turi. Uz. 240 sm gacha (urg‘ochisi kichikroq), og‘irligi 280 kg gacha. Yuz qismi cho‘ziq, dumining uchida uzun qora qildan ibo-rat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining ol-dingi qismi (bo‘yni, ko‘kragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi (jinsiy demorfizm). Rangi sarg‘ish, yoli qoramtir. Qadimgi areali Afrika (G‘arbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oro-li, Zakavkaze – Armaniston), Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Janubiy Osiyo – Sharqda Hindistongacha) o‘z ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan Markaziy Afrikaning qo‘riqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan iborat. A. cho‘l, savanna va daryo yaqinidagi o‘rmonlarda yashaydi. Po-ligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3 – 4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4 – 5 oy, 6 -7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. A. kechasi guruh bo‘lib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador A. odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. A. hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.

Bo‘ri

Boʻri, qashqir (Canis lupus) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻl, dashtlari, oʻrmon, toʻqay, togʻ va togʻ etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland togʻlar va tundrada ham yashaydi. B. qoyalar orasiga, toʻqaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. B. inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi. Chorvachilik r-nlarida podalardan uzoqqa ketmaydi. B. yanvar oyidan boshlab urchiydi. Urchish vaqtida erkaklari urgʻochisini talashib qattiq urishadi. B. monogam hayvon. Jufti uzoq muddat saqlanib qoladi. Homiladorlik davri 62— 65 kun. Yosh boʻri 3—5 ta, qarisi 6—8 ta, baʼzan 10—13 ta bola tugʻadi. Bolasini 5—6 hafta emizadi. Bolasi 3 haftaligida inidan chiqa boshlaydi. Urgʻochisi emizikli davrida erkagi ovqat olib kelib turadi. Bolalari goʻsht bilan oziqlanishga oʻtgandan soʻng ona boʻri ham oʻlja tutib kela boshlaydi. Avg . oxiridan boshlab yosh boʻrilar har xil mayda kemiruvchilarni tutib yeya boshlaydi. Sentabrda kattalari bilan birgalashib, uy hayvonlarini va yovvoyi hayvonlarni ov qilishga oʻrganadi. Noyab.ga qadar 10—15 ta buri gala boʻlib yuradi. Oʻlja topish qiyin boʻlib qolganda bitta yoki ikkitadan boʻlib, tarqalib ketadi. Erkagi 2 yoshida, urgʻochisi 2—3 yoshida voyaga yetadi. B. 15—16 yil yashaydi. Yilda ikki marta — bahor va kuzda tullaydi. B. kuchli, chidamli va chaqqon, hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan hayvon. Goʻsht bilan oziqlanadi, baʼzan olma, qovun, tarvuz kabi mevalarni ham yeydi. Asosan, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quyon, yumronqoziq kabi kemiruvchilar, qushlar, hatto oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. B. juda ochkoʻz va xoʻra, ikkitasi bitta qoʻyni yeb qoʻyishi mumkin. Podaga hujum qilganda koʻp qoʻyni nobud qiladi. Bir nechta B. birgalikda yoki tuda boʻlib ov qiladi. Quturgan va ochiqqan boʻrilar odamga ham hujum qilishi mumkin. B.ning 12 ta kenja turi bor. Oʻrta Osiyoning choʻl, dasht va past togʻlarida choʻl boʻrisi (S. 1. campestris), Pomir togʻlarida tibet boʻrisi (S. 1. laniger) kenja turlari yashaydi. Baʼzan qora B. ham uchraydi, uning terisi qimmatbaho hisoblanadi. Oʻzbekistonda choʻl boʻrisi tarqalgan.



Sut emizuvchilarning tabiatda va inson hayotidagi roli.

Sut emizuvchilarning tabiatdagi roli beqiyos katta. Ularning yavvoyi turini ham, xonaakilashtirilgan zotlari ham tabiatga, uning taraqqiyotiga ma`lum darajada ta`sir etadi. Hasharotxo`rlar, kemiruvchilar, yirtqichlar tabiatda yashab o`simliklarni kemiradi, bargi, poya va ildizmevalariniyeydi. Bo`ri kabi yirtqichlar esa kasal hayvonlarni yeb tabiat mutanosibligini saqlashda ba`zi kasalliklarni tarqalmaslikda katta rol o`ynaydi. Ular o`simliklarni yeb, go;ngi bilan yerni boyitadi. Yerqazar, sichqonlar esa tuproqni kovlab, uning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishida aktiv ishtirok etadi.

Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati ham juda katta. Uni bir necha qismga bo`lish mumkin. Masalan, mo`ynachilik, yiqichilik va chorvachilik sohalarida yetkazadigan foydasi hammaga ma`lum. Bizda ovlanadigan asosiy hayvonlar: olmaxon, suvsar, ondatra, qunduz, tulki, quyon, shimol bug`isi, yovvoyi cho`chqa, kiyik, alqor va boshqalar juda katta ahamiyatga ega. Ular turli maqsadlarda qimmatbao mo`ynasigo`shti, terisi, yog`I, juni, shoxi uchun ovlanadi.

Chorvachilik sohasidaqo`lga kiritiyotgan yutuqlarimiz yanada cheksiz. Bular yilqichilik, qoramolchilik, qo`ychilik, cho`chqachilik, echkichilik kabilardan iborat. CHorva mollaridan olinadigan bebaho mahsulotlar: sut, go`sht, yog`, teri, jun va boshqalar halqimizning boyligi hisoblanadi. Inson hayotini, turmushini bularsiz tasavvur etib bo`lmaydi.

Hozirgi paytda jumhuriyatimizda chorva mollari zotini yanada yaxshilash, ko`paytirish, sermahsul zotlar yaratish uchun tinimsiz ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mamlakatimizda va jumxuryatimizda maxsus qoramolchilik, yilqichilik, maynachilik xo`jaliklari, yirik chorvachilik fabrikalari tashkil qilinmoqda.

Sut emizuvchilarning roli beqiyos ekan, navbatdagi muhim vazifa ularni muhofaza qilish, qo,riqlash, ba,zi yovvoyi turlarini iqlimlashtirishdan iborat bo`lmog`I lozim. Ko`pgina qimmatli hayvonlarni noto`g`ri ovlash va shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish oqibatida ular butunlay yer yuzida yo`qolib ketdi. Masalan, Amerika bizonlari va Yevropa zubrlari deyarli butunlay yo`q bo`lib ketgan. Hozir ham ko`pgina qimmatli mushuksimonlar, karkidonlar, yirtqichlar, hatto odamsimon maymunlar ham kamayib ketgan.

Bizning vazifamiz ularning naqadar katta ahhamiyatga ega ekanligini aytib, yoshlarni tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalashimiz kerak.


Mavzu: Hayvonot olami.


Bajardi: ___________________

Tekshirdi: _________________

Toshkent 2019y.
Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling