Bozor iqtisodiyoti va biznes tayanch so’z va iboralar


Download 278.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi278.7 Kb.
#230745
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.Bozor iqtisodiyoti va biznes



 

 

1-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI VA BIZNES 

 

Tayanch  so’z  va  iboralar:  bozor  iqtisodiyoti,  bozor  iqtisodiyoti  belgilari,  bozor 

munosabatlarini rivojlantiruvchi kuchlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari, tadbirkorlik va 

biznes, kichik biznes va tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlari, biznes reja ahamiyati va uning 

funktsiyalari. 

 

1.1. Bozor iqtisodiyoti va biznes 

 

Hozirgi  kunda  har  bir  jamiyat  a’zosining,  ayniqsa  tadbirkorlar  oldida  bozor  iqtisodiyoti 



qonuniyatlarini,  uning  O’zbekiston  Respublikasida  qanday  amalga  oshirilayotganini,  bu 

qonuniyatlarni  ishlab  chiqarishga  tadbiq  etishni,  pirovard  natijada  talab  darajasida  tovar  ishlab 

chiqarishni va xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishning sirlarini bilib olish kabi dolzarb vazifalar 

ko’ndalang bo’lib turibdi.  

Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar 

asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir.  

Boshqacha qilib aytganda, yer yuzasidagi barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lgan 

erkin  tadbirkorlik  xukmron  joylarda  iqtisodiyotning  asosiy  turi  hisoblangan,  mustaqil  iqtisodiy 

faoliyat  asosida  kishilarning  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  zarur  tovar  ishlab  chiqarish  hamda 

tovarlarning oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorlarning erkin, ixtiyoriy munosabatlariga asoslangan 

iqtisodiyotdir.  

Bozor iqtisodiyotining tub belgilari quyidagilardan iborat: 

1. 

Iqtisodiy  plyuralizm,  ya’ni    mulkchilik  shakllarining  va  xo’jalik 



yuritishning turli-tuman bo’lishidir. Bunda turli shakaldagi mulklar erkin, yonma-yon va 

teng  huquqli  tarzda  rivojlanadi.  Xo’jalik  yuritishning  yakka  tartibda,  jamoa-uyushmaga 

birikkan holda, sherikchilik-paychilik yoki aktsionerlik asosida o’z mablag’iga yoki qarzga 

olingan mablag’larga tayanib ish yuritish kabi shakllaridan keng foydalaniladi.  

2. 

 Bozor  iqtisodiyoti  –erkin  iqtisodiyotdir.  Bunda  mulk  egalarining    to’la 



mustaqilligi tushuniladi. 

3. 


Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o’zaro  munosabatlar  manfaatlarni  ko’zlagan 

holda o’rnatiladi.  

4. 

Bozor  iqtisodiyotining  yana  bir  belgisi-narxlarning  liberallashuvi,  ya’ni 



narx-navoning  erkin  tashkil  topishidir.  Aksariyat  tovar  va  xizmatlar  narxlari  bozordagi 

talab va taklif nisbati asosida xaridor va sotuvchining kelishuviga binoan yuzaga keladi.  

5. 

Muhim  belgilardan  yana  biri  bu  –  raqobatdir.  Zamonaviy  bozor 



iqtisodiyotida, birinchidan  manfaatlar to’qnashib raqobat yuz bersa, ikkinchidan suhbatlar 

o’z faoliyatini, binobarin manfaatlarni ham muvofiqlashtirishga intiladilar.  

Bozor  iqtisodiyoti  sub’ektlari  jumlasiga  har  xil  shakldagi  mulk  resurslar  egalarini,  firma, 

korxona,  tadbirkorlarni,  davlat  mahkama  va  idoralari  kiradi.  Iste’molchilar  va  ishlab 

chiqaruvchilar  o’rtasida  ishonchli  raqobat  mavjud  bo’sagina  bunday  oldi-sotdilar  uzoq  davom 

etadi va har ikkitomon ham manfaat topadi. Shuning uchun raqobat to’g’ri va halol bo’lishi lozim.  

6. 

Bozor  iqtisodiyotida  raqobatdan  tashqari  bozor  regulyatorlari  (tartibga 



soluvchi  vositalar)  mavjudligi  uning  muhim  belgilaridan  biridir.  Ular  bozordagi 

o’zgarishlarni  ishlab  chiqaruvchilarga  yetkazib,  ularning  bozorga  moslashuvini 

ta’minlaydilar. Masalan,  marketing orqali ishlab chiqarish iste’molga bog’lanadi.  

7. 


Bozor  iqtisodiyotining  o’ziga  xos  ijtimoiy  adolat  qoidalari  bor. 

Iqtisodiyotdagi  resurslar  miqdori,  ularning  samarasiga  qarab  ishlab  chiqilgan  tovar  va 

xizmatlarni  taqsimlash  va  shunga  mos  ravishda  daromadga  ega  bo’lish,  yuqori  turmush 

darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Ammo adolat hammani tenglashtiradi degan emas, 

balki  jamiyatning  tabaqalashuviga  olib  keladi.  Iqtisodiy  sub’ektlar  o’z  mehnatlariga 



tadbirkorligiga  va  mulkiga  qarab  ularning  daromadi,  turmush  darajasi  va  jamiyatdagi 

mavqei bir-biridan farqlanadi.  

8. 

Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o’zgarishiga 



darhol javob bera oladi. Bozorda nima yetishmasa, shuni ishlab chiqarishga va iste’molchi 

talabini qondirishga undaydi. 

9. 

Bozor  iqtisodiyotining  yana  bir  muhim  belgilaridan  biri  inovatsiyaga 



(yangiliklarga)  moyillikdir.  U  fan-texnika  yangiliklarini  tezda  qabul  qiladi,  yangi 

texnologiyalarni qo’llash orqali tovarlar sifatini oshirishga, tannarxni pasaytirishga xizmat 

qiladi.  

Lekin bozor iqtisodiyotining o’ziga yarasha salbiy  jihatlari ham mavjuddir. U millionlab 

ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyati bo’lgani uchun tarqoqlik xarakteriga ega bo’lib, 

davlat va jamoatchilik ishtiroki cheklanganligi sababli tabiat muhofazasini, ekologik muvozanatni 

izdan chiqarishi  mumkin.  

Jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin katta mablag’ talab etadigan, qaytishi sekin boradigan 

inshootlar  qurilishini,  fundamental  fan,  kelajak  uchun  muhim  izlanishlar  uchun  ketadigan 

harajatlarni bozor iqtisodiyoti alohida sub’ektlari yoqtirmaydi. Bundan tashqari bozor iqtisodiyoti 

siklli ravishda rivojlangani sababli yuksalishlar bilan birga inqirozlar ham paydo bo’lishi mumkin.   

Shunday qilib bozor munosabatlari iqtisodiyotning jadal rivojlanishini  ta’minlovchi uchta 

kuchni yuzaga keltiradi. 

1. 


Iqtisodiy  faoliyat  erkinligi  –  bu,  tadbirkorlik  uchun  keng  imkoniyatlar 

beradi. 


2. 

Raqobatlar  kurashi  –  bu,  kim  o’zdi  qoidalarini  yuzaga  keltiradi  va 

novatsiyaga undaydi, mehnat unumdorligini oshirishga, qattiq mehnat intizomiga olib 

keladi.  

3. 

Daromadlarning  cheklanmaganligi  –  bu  qo’shimcha  daromad  topishga 



intilishni paydo qiladi.  

Bozor iqtisodiyotida xususiy mulkchilik, iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishda talab va 

taklif  qonunlariga  amal  qilish  bilan  bir  qatorda  har  bir  mamlakatning  o’z  yo’li  mavjud  bo’lib, 

bunga uning milliy kelib chiqishi, joylashgan hudud va boshqa omillar sabab bo’ladi.  

Bozor  iqtisodiyotining  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri,  shubhasiz,  uning  ijtimoiy  ishlab 

chiqarishni  demokratlashuvini,  aholi  bandligini ta’minlashi,  biznes  va  tadbirkorlikka  keng  yo’l 

ochish bo’lib hisoblanadi.  

Biznes atamasi ingliz tilidagi “bisiness” so’zidan olingan bo’lib, “ish” ma’nosini anglatadi. 

Biznes bilan shug’ullanuvchi kishilarni “biznesmen”, ya’ni –“ishbilarmonlar” deb yuritiladi.  

Agar  biznesning  asosiy  sharti  biron  bir  foydali  ish  qilish  bo’lsa,  biznesning  o’zi  bozor 

iqtisodiyotining asoslaridan biridir. 


Download 278.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling