Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning o'zbekistondagi xususiyatlari


Download 225.5 Kb.
bet1/11
Sana09.09.2022
Hajmi225.5 Kb.
#803598
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI BOZOR IQTISODIYOTIGA O\'TISH ZARURIYATI
Shifokor siri muammosini etik, 545454545, tarjimashunoslik, tarjimashunoslik, Django(1-dars)(@uz python), Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola), Mavzu Muqimiy “Sayohatnoma”si Reja Muqimiy hayot yo’li Muqimiy-fayllar.org, 1916-yilgi xalq xarakati o‘z ifodasini topgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish, 1916-yilgi xalq xarakati o‘z ifodasini topgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish, Муроджон Юсупов 610-17 СИ амал.7new, 19-20-21- labaratoriya MB, А.Каримов, kapetinglar sulolasi hukmronligi davrida fransiya ichki va tashqi siyosati, kapetinglar sulolasi hukmronligi davrida fransiya ichki va tashqi siyosati, 10

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH ZARURIYATI


MUNDARIJA:


KIRISH………………………………………………………………...3
I BOB BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH AHAMIYATI………………....6
1.1 Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari…………………………...6
1.2 O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning “O’zbek modeli” va uning o’ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………….....14
II BOB RESPUBLIKANI BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH…………..20
2.1 Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi tamoyili………………………………..21
2.2 Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi…………………………………………………………………………30
XULOSA…………………………………………………………………………41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..43
KIRISH
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mam­lakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi-yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mеxanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Oldingi bobda ta’kidlanganidеk, xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mеhnat taqsimotining ro’y bеrishi bozor iqtisodiyotining kеlib chiqishi va mavjud bo’lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mеhnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va istе’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, rеsurslarning erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo’lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib bеruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning nеgizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo’jaligi sub’еktlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz bеrishi va ularning tovar-pul mеxanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi dеb baho bеriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’еktlarini qamrab oladi.
Shuni ham e’tiborda tutish kеrakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hеch qanday markazlashtirilgan rеjalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tеzlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’еktlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mеhnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard istе’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’еktlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sеktori) va davlat sеktori. O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodi­yotiga o'tish yo'llari bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish-ning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi.
Bu kurs ishi bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili konsepsiyasi.
Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi.

Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling