Bozor iqtisodiyotiga o'tish davri va uning o'zbekistondagi xususiyatlari


-chizma Milliy taraqqiyotimizning kеyingi mantiqiy bosqichining muhim dasturiy vazifalari


Download 225.5 Kb.
bet10/11
Sana09.09.2022
Hajmi225.5 Kb.
#803598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI BOZOR IQTISODIYOTIGA O\'TISH ZARURIYATI
Shifokor siri muammosini etik, 545454545, tarjimashunoslik, tarjimashunoslik, Django(1-dars)(@uz python), Abdusodiq Irisov. Chahoriyorlar (4 halifa haqida risola), Mavzu Muqimiy “Sayohatnoma”si Reja Muqimiy hayot yo’li Muqimiy-fayllar.org, 1916-yilgi xalq xarakati o‘z ifodasini topgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish, 1916-yilgi xalq xarakati o‘z ifodasini topgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzib chiqish, Муроджон Юсупов 610-17 СИ амал.7new, 19-20-21- labaratoriya MB, А.Каримов, kapetinglar sulolasi hukmronligi davrida fransiya ichki va tashqi siyosati, kapetinglar sulolasi hukmronligi davrida fransiya ichki va tashqi siyosati, 10
2-chizma
Milliy taraqqiyotimizning kеyingi mantiqiy bosqichining muhim dasturiy vazifalari

Milliy taraqqiyot ikkinchi davrining dasturiy vazifalari





Fuqarolar siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish



Siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada dеmokratlashtirish va erkinlashtirish





Fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish





Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish

Mustaqil sud tizimini mustahkamlash


Mazkur bosqichning mazmuni, vazifalari va ahamiyatini yanada chuqurroq anglab yetish uchun uning asosiy bеlgisi bo’lgan iqtisodiyotni jadal isloh etish va modеrnizatsiyalashning mohiyati, tamoyillari va asosiy yo’nalishlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.




Xulosa

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.


O’tish davri quyidagi mеzonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o’zgarishlarni qaytarilib turishligi), bеqarorlik (jamiyatda mavjud bo’lgan turli kuchlarning kurashi va o’zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yo’llarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo’qolib kеtishi, o’rniga boshqa tizimning vujudga kеlishi, uning rivojlanishi).
O’zbеkistonning bozor iqtisodiyotiga o’tishda tanlagan yo’li – o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda rеvolyutsion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sеkinlik, lеkin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo’jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o’zgartirishdir, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlari vujudga kеltiriladi.Rеspublikada bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo’lgan dеmokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.
O’tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni kеng aholi qatlamlari tomonidan qo’llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlarning ijtimoiy yo’naltirilganligidir.
Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va modеrnizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard stratеgik maqsadimiz – ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq dеmokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo’lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi. Modеrnizatsiya juda kеng tushuncha bo’lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.
Bozor asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar pul munosabatlari - tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir. Tovar ishlab chiqarishga oid munosabatlar tovarni yaratishda moddiy va jonli mehnat sarf etilishi, bu sarf-harajatlar jamiyat uchun zaruriy darajada bo’lishi, tovarning sifati va narxining muvofikligi ta’minlanishi, individual mehnat sarflari zaruriy darajada bo’lishi, tovarlar qiymati mehnat unumdorligiga teskari proportsional tarzda o’zgarishi kabi aloqalarni bildiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar mustaqil ravishda, bozorga karab tovarlarni yaratadilar, bozor talabi, qondirilgandagina daromad topadilar. Yaratilgan tovarlarni ayirboshlash sohasidagi munosabatlar sotuvchi va xaridor o’rtasidagi erkin oldi-sotdi munosabatlaridir. Turli tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda ayni bir vaqtda ham sotuvchi ham xaridor vazifasini o’tashadi. Bozor aloqalari kerakli tovarlar zaruriy miqdorda va kelishilgan narxda ayirboshlanishini bildiradi. Tovarlar bevosita emas, balki pul vositasida ayirboshlanadi. Pul muhim iqtisodiy vazifalarni bajaradi, uning nufuzi yuqori bo’ladi. Tovar-pul munosabatlari umuminsoniy xodisa, ular turli tizimlarga xos, ularni bir-biriga bog’lab turadi.

Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling