Bozorga chiqibdi qulupnay, Yetkazdi, Xudodan aylanay


Download 6.85 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi6.85 Kb.
#1021233
Bog'liq
Onamni ko\'rgani boraman


Bozorga chiqibdi qulupnay,
Yetkazdi, Xudodan aylanay.
Ilinib-ilinib olvolay –
Onamni ko`rgani boraman.

Ishlarim yo`limni to`ssa ham,


Poyimda tikanlar o`ssa ham,
Bir dasta gul olib bo`lsa ham,
Onamni ko`rgani boraman.

Kelsam ham ikkita non bilan,


Bag`riga bosadi jon bilan.
Aytadi: “keldingmi, jon bolam?”,
Onamni ko`rgani boraman.

Onam, onam,


Onam, jon onam.
Onam, onam,
Oq bulutdek ko`ngli oppog`im onam.

Aytmayin bolamning g`amini,


Bildirmay ro`zg`orim kamini,
O`chirib yuragim shamini,
Onamni ko`rgani boraman.

Akamning yaxshisin oshiray,


Ukamning aybini yashiray.
Quvnatib, mehrini toshiray,
Onamni ko`rgani boraman.

Uy talash, mol talash qilmayin,


Unga ko`p, menga oz demayin,
Boshini og`ritib kelmayin,
Onamni ko`rgani boraman.

Erkalay, oymomom o`zimni,


Quvnatib turasiz ko`zimni.
Kuladi eshitib so`zimni,
Onamni ko`rgani boraman.

Hammadan go`zalsiz deb atay,


Soddagina ko`nglini yashnatay.
Kuldirib-kuldirib yayratay,
Onamni ko`rgani boraman.

O`shadir buyugim, davlatim,


Eng go`zal farzim-u sunnatim.
Oyog`im ostida Jannatim,
Onamni ko`rgani boraman.

Onam, onam,


Onam, jon onam.
Onam, onam,
Oq bulutdek ko`ngli oppog`im onam.
Read more: https://uz.lyricsus.com/elyor-toychiyev/onamni-korgani-boraman/
Download 6.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling