Bradmauer bu ishonchli tarmoq bilan ishonchli bo'lmagan tarmoqni
Download 15.2 Kb.
|
Braundmaur(2)
output, kurs ishim, 9-sinf biologiya, 6. А.П. Чехов. «Человек в футляре», test с ответаси 9klass, 3-chorak 2022, 6,7,8,9,11-синф т, 5-A SINF QIZLAR RO`YXATI, 441-447, daftar, Mustaqil ishlar, 4.2 LAB uslubiy qo\'llanma-21, 1, AMALIY DARS TAHLILI, NAZARIY DARS TAHLILI
Bradmauer – bu ishonchli tarmoq bilan ishonchli bo'lmagan tarmoqni ximoyalovchi vositadir. Brandmauer bu bitta komponenta emas, balki Internetdan olish mumkin bo'lgan resurslarni ximoyalovchi dastur yoki apparat qurilmadir. Brandmauer Internet bilan tarmoq o'rtasidagi ishonchli xavfsizlikni ta'minlovchi vositadir. Umumiy foydalanadigan tarmoqqa chiqishda xavfsizlikni ta'minlashning eng samarali usullaridan biri sifatida Windows brandmauer tizimini o'rnatishni aytish mumkin. Ushbu majmua berilgan qoidalar asosida o'tuvchi tarmoq paketlarini filtrlovchi va nazorat qiluvchi apparat yoki dasturiy vositalardir. Windows brandmauer ning asosiy vazifasi kompyuter tarmoqlari yoki ayrim uzellarni ruxsat etilmagan foydalanishlardan himoyalash hisoblanadi. Dasturiy Windows brandmauer ga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: Agnitum Outpost, Symantec Firewall, Zone Alarm. Brandmauerning asosiy funksiyasi markazlashgan boshqarishni amalga oshirish. Agar masofadagi foydalanuvchilar ichki tarmoqga brandmauerni chetlab o'tib kirish imkoniyatini topishsa, u xolda uning effekt darajasi nolga yaqindir. Brandmauerlar bir necha tur ximoyani ta'minlaydi: • Ular kerak bo'lmagan trafikni bloklashlari mumkin • Ular kiruvchi trafikni ishonchli ichki tarmoqlarga yo'naltirishlari mumkin • Ular xavfsiz qilib bo'lmaydigan tizimlarni boshqa usul bilan xavfsizligini ta'minlay olinmasa, ularni yashirishlari mumkin. • Ular ichki va tashqi trafikni protokollashtirishlari mumkin • Ular Internetdan quyidagi ma'lumotlarni yashirishlari mumkin: tizim nomlarini, tarmoq topologiyasini, tarmoq qurilmalari turlarini, ichki foydalanuvchilar identifikatorini Ular autentifikatsiyaning ishonchli usullarini sizga havola qilishlari mumkin. Brandmauer – xujum qiluvchining birinchi ximoya chizig’idir. Brandmauerga to'g’ridan to'g’ri xujum qilishning foydasi kamroqdir, chunki xujum qiluvchi brandmauer administratorining maxfiy so'zini kiritishga xarakat qiladi, bu esa to'g’ridan to'g’ri xujumning foydasiz yakunlanishiga olib keladi. Administrator nomi va maxfiy so'zi qattiq ximoya qilingan bo'lishi zarurdir. Bunda xujumdan eng yaxshi ximoya vositasi bu xaqiqiy jismoniy xavfsizlikni ta'minlash va brandmauerni lokal terminaldan administratorlashdir. Lekin oxirgi paytlarda brandmauerlarni ko'p xollarda masofadan turib sozlashlarga to'g’ri kelayapti. Shuning uchun ularning autentifikatsiya jarayonini qattiq muxofaza qilish kerak. FireWall - so'zi inglizchadan olingan bo'lib “Olovli devor” ma'nosini anglatadi. Uning asosiy maqsadi shuki, ichki tarmoqni tashqi xujumlardan ximoya qilish va ichki tarmoq strukturasini yashirishdan iboratdir. Masalan, Internetdan kelayotgan IP adresni ichki tarmoqga, ichki tarmoq adresini Internetga havola qilmaydi. Bugun ko’pgina kompaniyalar Intеrnеtga lokal tarmoqka taqiqlangan murojaat qilishga to’sqinlik qiladigan maxsus dastur ta'minoti bilan ta'minlangan kompyutеrlar - brandmauerlar (tarmoqlararo ekranlar yoki fire Wall) orqali ulanmoqdalar. Lokal tarmoqda brandmauerli o’rnatilishni asosiy sababi uning har doim chaqirilmagan mеhmonlardan himoya qilinishidir. Yomon niyatli kishi tomonidan olingan axborot korxonaning raqo-batbardoshligini va uning mijozlarini ishonchini jiddiy buzib qo’yishi mumkin. Ichki tarmoqlar uchun eng ehtimolli xavflarni bartaraf etish bo’yicha bir qator masalalarni brandmauerlar xal qilish qobiliyatiga egadirlar. Kompyutеr muhitidan tashqarida yonmaydigan matеriallardan va yong’inni tarqalishiga to’sqinlik qiladigan dеvorni brandmauer (yoki fire will) dеb ataladi. Kompyutеr tarmog’i muhitida tarmoqlararo ekran figurali yong’indan yomon niyatli kishilarni ichki tarmoqqa, axborotni nusxalash,o’zgartirish yoki o’chirish uchun yoki bu tarmoqda ishlayotgan kompyutеrlarning xotirasidan yoki hisoblash quvvatidan foydalanish uchun kirib olishga intilishi tushuniladi. Download 15.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling