- Broyler (ing. broiler, broil — olovda qovurish) — tez yetiladigan va yuqori sifatli gusht beradigan goʻshtdor joʻja. 6—9 hafta boqilib tirik vazni 1,5—2 kg boʻlganda suyiladi. Goʻshti yumshoq, mazali. B. goʻshtidan parhez taomlar tayyorlanadi. B. olish uchun joʻja qisqa muddatda yetarli darajada semirtiriladi. Buning uchun ogʻir vaznli va tez yetiladigan „kornish“, „oq plimutrok“, „Susseks“, „nyugempshir“ kabi sergoʻshtsertuxum va sergoʻsht zotli tovuq joʻjalaridan, zotlararo va liniyalararo chatishishdan olingan duragay joʻjalardan foydalaniladi. Shuningdek oʻrdak (8 haftalik), gʻoz va sesarka (12 haftalik), kurka (19 haftalik) joʻjalarini goʻshtga boqish ham B. deyiladi. Oʻzbekistonda B. davlat naslchilik xoʻjaliklarida, parrandachilik fabrikalarida yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |