Bts 104- gurux talabasi Alavdinova Mohira Avazxon qizi 1- mustaqil ish Glossariy Fan: Yosh fiziologiyasi anatomiysai va gigiyenasi Mavzu: Bosh miya


Download 23.25 Kb.
Sana05.08.2022
Hajmi23.25 Kb.
#790992
Bog'liq
Bosh miya
Llythyr cynnig (1), abilities-can-for-kids, Language Hub Placement Test with key, ijt (2), kurs ishi, Документ Microsoft Word, Навруз презентация, Relative-Pronouns


BTS 104- gurux talabasi
Alavdinova Mohira Avazxon qizi


1- Mustaqil ish
Glossariy

Fan: Yosh fiziologiyasi anatomiysai va gigiyenasi
Mavzu: Bosh miya

Bosh miya


Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo’lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o‘sadi. Bosh miyaning o‘sishi 20-30 yoshlarga borib to‘xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o‘sadi, so‘ng orqa miyaning o‘sishi tezlashadi.
Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to‘qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo‘ladi. Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko‘prigi, miyacha, o‘rta miya, oraliq miyadan iborat bo’lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o‘rab turadi.
Uzunchoq miya
Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo’lib, uzunligi 3-3,5 sm. Uzunchoq miya va varoliy ko‘prigi reflektor hamda o‘tkazish funksiyasini amalga oshiradi.
Uzunchoq miyaning reflektor ishida bosh miyadan chiqqan 5-12 ta nerv yadrolari ishtirok etadi. Uzunchoq miyadan chiqqan uchlamchi nerv yuz terisi, ko‘z, burun, qisman tilni nerv bilan ta’minlaydi va tishlardan sezuvchi impulslarni o‘tkazadi. Bundan tashqari, uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakatining nerv markazi, qo‘sish, yutish, ter ajratish, solak ajratish, ko‘z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo‘talish nerv markazlari bor. Bosh miyaning yuqori bo‘limlari uzunchoq miyaning reflektor funksiyasini boshqarib turadi. Uzunchoq miyaning morfologik jihatdan shakllanishi bilan nafas olish, yurak tomirlari, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalar takomillashib boradi.
Homila 16-17 haftalik bo`lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi shakllanadi, 21-22 haftalarda nafasni chiqarish nerv markazlari shakllanib tugaydi. Yangi tug‘ilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksa urish, yo‘tal va boshqalar) rivojlangan bo‘ladi. Unda so‘rish, yutish kabi ovqatlanishga bo`lgan shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlangan.
Miyacha
Miyacha bolalarda bir oz yuqori joylashgan bo‘lib, bosh miya qutisining ensa qismini to‘ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim sharlar bo’lib, ular bir biri bilan chuvalchangsimon qism orqali birikadi. Miyacha muskullarning uyg‘un qisqarishida va harakatlarida, bir guruh muskullarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi va hokazo. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa, odam uyg‘un harakatlar qila olmay qoladi, tez charchab, oyoqlarini katta kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so‘ng harakatlar yaxshilanadi. Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va uyg‘unligini reflektor yo‘l bilan boshqariladi. Chap yarim sharlar miyachaning o‘ng yarim sharlar funksiyasini, o‘ng yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlar funksiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funksiyalar yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalami boshqaradi. Yangi tug‘ilgan bola miyachasining vazni 20,5-23 g, 6 oylikda esa 62- 65 g bo‘ladi. Bolada miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib, 7-8 yoshida tugallanadi. Miyachadagi reflektor funksiyaning shakllanishi uzunchoq miya, o‘rta va oraliq miyaning shakllanishiga bog‘liq.
O’rtamiya
O’rtamiya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan, ko‘z soqqasini harakatga keltiruvchi 3-4 juft va 4 juft g‘altaksimon nervning yadrolari bor. O’rtamiya yadrolari faoliyatiga ko‘ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo`linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita ta’sir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko‘rishda ishtirok etadi. O’rtamiyasi shikastlangan odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda to‘g‘rilovchi reflekslar buziladi, chunki bosh miya po‘stloq qismi muskullar tonusini boshqarib turadi. O’rtamiyada yana katta yarim sharlarga boradigan o‘tkazuvchi yoilar joylashgan. o’rtamiya ishtirokida hosil bo`ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bolada ko‘z qorachig‘i refleksi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Tovush va teri ta’siriga javoban ko‘z qorachig‘ining kengayishi bola 10 haftalik bo`lgandayoq seziladi. 2-3 oylikdan boshlab labirint refleksi to‘la namoyon bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan tanani makonda tutib turish refleksi ham yaxshi rivojlanib boradi. Yangi tugilgan bolada o‘rta miyaning vazni 2,5 g. Qizil yadro yaxshi rivojlangan bo`ladi.
Oraliq miya.
Oraliq miya o ‘rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq miyaga - ko‘rish, bo‘rtioiari, bo‘rtiq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miyaning bo‘rtiq osti qismi turli yoshda rivojlanadi. Bola yeti yoshga kirguncha tabaqalashadi. Jinsiy balog‘atga yetish davrida bo‘rtiq osti qismi bosh miyaning tuili bo‘laklari bilan bevosita aloqador bo’lib qoladi. Organizmdagi markazga intiluvchi barcha nerv tolalari ko'rish bo'rtiqlariga kelib tutashadi. Ko‘rish bo‘rtiqlari shikastlanganda ko‘z butunlay yoki qisman ko‘rmay qoladi, bosh og‘riydi, falajlik yuz beradi, uyqu buziladi. Bo‘rtiq osti qism funksional jihatdan oqsil, yog‘, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bogiiq. Bundan tashqari, u yerdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta’sir etadi. Gipotalamus yadrolari 2-3 yoshda shakllanadi. Kulrang bo‘rtiq hujayralari differensiyalashuvi kechroq, 13-15 yoshda tugaydi. Gipotalamus bosh miya katta yarim sharlariga nisbatan tezroq shakllanishi kuzatiladi. Yangi tugilgan bolada ta’m bilish, hid, harorat va og‘riq ta’sirotlariga, achchiq, nordon, sho‘r, shirinlikka reflektor reaksiyalar vujudga keladi. Bog‘cha yoshi davrining oxiriga borib, po‘stloq va po‘stloq osti harakat nerv markazlari mexanizmi ma’lum darajada mutanosiblashadi. Bola harakatlari ancha uyg'unlashib, 13 yoshda esa oichamlari kattalarnikidek bo`ladi. Yangi tugilgan va 1yoshgacha bo`lgan bolalarda issiqlikni boshqaruvchi nerv markazlari yaxshi takomillashgan bo`ladi. Bolalarda maza bilish, haroratga, og‘riq va boshqa turli ta’surotlarga javob qaytarish refleksi yosh kattalashgan sari ortib boradi.
Download 23.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling