Bu buyuk vatanda inson


Download 72.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.07.2017
Hajmi72.86 Kb.
#12413

 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 



Respublika bolalar kutubxonasi 

 

 

 

 

 

 

 

BU BUYUK VATANDA INSON –

ULUG‘, XOTIRA – MUQADDAS 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent – 2016 

 

Ushbu 



uslubiy 

tavsiyanoma 

Axborot-resurs 

markazlariga  uslubiy  yordam  ko‘rsatish  bo‘limi  tomonidan 

tayyorlandi. 

Respublika 

bolalar 

kutubxonasi 

ilmiy-uslubiyot 

kengashining  yig‘ilishida  2016-yil  ___-maygi  ____-sonli 

bayonnomasi bilan tasdiqlandi. 

 

 

 

Nashr uchun mas’ul: 

M.Mamatxanova  –  Axborot-resurs-markazlariga  uslubiy 

yordam ko‘rsatish bo‘limining yetakchi kutubxonachisi. 

 

 



 

Ushbu  tavsiyanomada  yurtimizda  9-may  “Xotira  va 

qadrlash” bayramining keng nishonlanishi va ushbu bayramning 

ahamiyati 

haqida 

ma’lumotlar 



keltirilgan. 

Shuningdek, 

“Qadriyatlar  ulug‘langan  kun”  deb  nomlangan  tadbir  ssenariysi 

taqdim etilgan. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xotira  va  qadrlash  –  xalqimizning  asriy 



qadriyatlari,  ulug‘  fazilatlaridan.  El-

yurtning  tinchligi,  osoyishtaligi,  erki  va 

ozodligi 

uchun 

kurashgan 

insonlar 

hamisha xalqimiz ardog‘idadir. 

Islom Karimov 

 

O‘TGANLARNI XOTIRLASH, KEKSALARNI  

E’ZOZLASH – BIZNING FARZANDLIK BURCHIMIZ  

 

Xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni 

ulug‘laydi,  jamiyatni  bezaydi.  Xotira  va  qadrlash  kunining  mazmun-

mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. 

Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir. Ikkinchi 

jahon  urushida  xalqimiz  ko‘rsatgan  matonat,  mardlik  va  qahramonlik 

namunalarini  avlodlarimiz  aslo  unutmaydi,  jang  maydonlarida  bizning 

o‘g‘lonlarimiz  nimaga  qodir  ekanini  doimo  g‘urur  va  iftixor  bilan 

eslaydi.  Biz  hayotimizning  bir  haqiqatini  hech  qachon  esimizdan 

chiqarmasligimiz 

kerak. 

Mana 


shu 

beshavqat 

urushda, 

jang 


maydonlarida  qurbon  bo‘lgan  ota-bobolarimiz  qandaydir  tepalik  yoki  

qandaydir “ulug‘ dohiy” uchun emas, avvalo o‘z yurti, ota-onasi, sevgan 

yori,  farzandlari  uchun  jon  bergan,  “Qani  endi,  yurtimni,  o‘zimning 

azizlarimni yana bir bor ko‘rsam”, deb hayotdan ko‘z  yumganlar. 

Vatan ozodligi va erkinligi, el-yurtimizning tinch va osuda hayotini 

himoya  qilishda  kurashib  jon  bergan  o‘g‘lonlarning  nomlari  va  xotirasi 

ko‘pni  ko‘rgan,  hech  qachon  yovuz  dushman  oldida  bosh  egmagan 

xalqimizning  yodida  umrbod,  abadiy  saqlanadi.  Bu  fazilat  el-

yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan.  

9-may  Xotira  va  qadrlash  kunida  poytaxtimiz  Toshkent  shahrining 

markazida  va  joylarda  barpo  etilgan  Xotira  maydonlari  ayni  shu 

kunlarda  urushdan  qaytmaganlarni  eslash,  ularni  xotiralari  oldida  bosh 

egish ushun yosh-u qariyalar va mehmonlar bilan gavjumdir. 

Beshavqat  urushda  qatnashgan  va  o‘zini  jonini  ayamasdan  mehnat 

qilgan  vatandoshlarimizni  qadrlash,  e’zozlash,  ularni  holidan  xabar 


 

olish,  ruhini  ko‘tarish  –  bunday  ezgu  ishlar  barchamizning  oliyjanob 



burchimiz.  Bugungi  tinch-totuv,  osuda  hayotimiz  yo‘lida  kurashgan 

matonatli  ajdodlarimizning  xotirasi  qalbimizda  abadiy  saqlanajak. 

Ularning  beqiyos  jasorati,  so‘nmas  irodasi  oldida  doimo  qarzdormiz. 

Bugun oramizda  keksalik  gashtini  surayotgan  aziz  nuroniylar,  urush  va 

mehnat  fahriylariga  hamisha  ta’zimdamiz.  Janggohlarda  halok  bo‘lgan 

ota-bobolarimizning o‘chmas xotirasi oldida bosh egamiz.  

Xotira deganda, barchamiz qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib 

ketgan  muqaddas  tuyg‘uni  tushunamiz.  O‘tganlarni  xotirlash,  ularning 

ruhini  yod  etish  xalqimiz  uchun  asrlar  davomida  ezgu  odatga  aylanib 

qolgan.  Tarixiy  xotira  –  bu,  avvalo,  hayot  mazmunini,  avlodlar 

o‘rtasidagi  vorislik  tuyg‘usini  anglash,  uzoq-yaqin  o‘tmishda  sodir 

bo‘lgan  voqea-hodisalardan  bugungi  va  ertangi  kun  uchun  zarur  saboq 

va xulosalar chiqarib yashash demakdir.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

BOQIY XOTIRA 



 

O‘ylayman, ochilsa har yil navbahor 

Moviy kengliklarda alvon lolalar, 

Bular lola emas, yod ellarda zor 

Lolaga aylangan askar bolalar. 

 

O‘ylayman, oftob uyg‘onib sahar, 



Kunchiqar ufqiga tikkanda yalov, 

Bu gulgun shafaqmas, osmonga qadar 

Bevalar ohidan tutashgan olov. 

 

O‘ylayman, har kech shams etsa zavolga, 



Borliqning tugamas motami rostdir. 

Tun emas, onalar egnida qolgan 

To mahshar yechilmas qora libosdir. 

 

Yur, bolam, Maydonga boraylik bugun, 



Qo‘lingda dona gul yanog‘ingdek ol. 

Bu gul sening baxting, shod kulging uchun 

Fido bo‘lgan bobong qalbiga timsol. 

 

Yo‘q, sen o‘zing gulsan, vataning – chaman, 



Ulg‘ay, asl zoting unutma sira. 

Bilki, qadr bilmak aslida – vatan, 

Vataning ma’nosi boqiy xotira. 

Erkin Vohidov 

 

 



 

 

 



 

 


 

“QADRIYATLAR ULUG‘LANGAN KUN” 



deb nomlangan tadbir ssenariysi 

 

(Sahna to‘rida “9-may – Xotira va Qadrlash kuni” deb yozilgan 

plakat  osilgan.  O‘rtadagi  “Motamsaro  ona  haykali”  surati  tagiga  

“Sen mangu qalbimdasan, jigarim”, so‘zlari bitilgan. 

Nazin  kuy  taraladi.  Sahnaning  chap  tomonidan  savatda  gul 

ko‘targan ikki o‘quvchi chiqib kelib, tomoshabinlarga  yuzlanadilar va 

ohista qadamlar bilar oldinga tomon yurishda davom etishadi. Qiz va 

o‘g‘il  bola  boshini  xiyol  egib,  o‘ng  tizzasi  bilan  yerga  cho‘kkalab, 

o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.) 

 

1-boshlovchi:  Assalomu  alaykum,  hurmatli  tadbir  ishtirokchilari! 

Muhtaram,  aziz  mehmonlar!  9-may  –  Xotira  va  Qadrlash  kuni 

munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz! 

 

2-boshlovchi:  Inson,  xalq,  millat  tarixiy  xotira  bilan  tirik, 

barhayotdir.  Ayniqsa,  o‘tganlarning  xayrli  ishlarini  yodga  olmoq  biz 

uchun ham farz, ham qarzdir.  

 

1-boshlovchi:  9-may  ilgarilari  ikkinchi  jahon  urushida  qozonilgan 

g‘alaba  sharafiga  “G‘alaba  kuni”  sifatida  nishonlanar  edi.  Mustaqillik 

yillarida  bu  bayram  Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  Xotira  va  Qadrlash 

kuni deb e’lon qilindi. Bunda juda katta va chuqur ma’no bor. 

 

2-boshlovchi:  Bu  sananing  mazmuni  istiqlolga  erishgach,  qayta 

idrok  etilib,  xalqimizning  ko‘p  asrlik  an’ana  va  qadriytlariga  mos 

ravishda  inson  xotirasi  va  qadriga  berilayotgan  yuksak  e’tiborning 

endilikda yaqqol ifodasini o‘zida namoyon etmoqda. 

 

1-boshlovchi:  Ikkinchi  jahon  urushi  qatnashchilari,  nogironlar, 

urush  ostida  –  mamlakat  ichkarisida  xizmat  qilgan  faxriylar,  yolg‘iz 

qariyalar,  Afg‘on  urushida  qatnashgan  va  bevaqt  halok  bo‘lgan 

jangchilar… 



 

Ularning saflari  yildan-yilga kamayib bormoqda. Ammo oldimizda 



shunday  ulug‘  va  nurli  kunlar  bor  ekan,  o‘tganlarning  xotirasi  hamisha 

barhayot. Ularning ruhlari doimo shod etilishiga ishonamiz. 



 

1-boshlovchi:Mangu olov – yoniq xotira, 

Yuraklardan o‘chmaydi sira. 

O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan, 

Goho tiniq, gohida xira. 

Qadr nima?Xotira nima? 

Unutilsa, g‘arq bo‘lar kema. 

Qadr topgan umri e’zozda, 

Xotirasiz qadr bor, dema. 

Shahidlarga el-yurt hurmati, 

Ehtiromi, cheksiz himmati. 

Jasoratning abadiy, o‘g‘lon – 

Sof oltinning baland qimmati. 

Noming bugun zar varaqlarda, 

Har bir yurak, qalb charoqlarda. 

Mangu olov so‘nmagay toki, 

Qalbimizda sen, ardoqla. 

 

2-boshlovchi:  Urush  davrlarini  eslash  juda  og‘ir,  axir  qanchadan-

qancha  yurt  farzandlari  ota-bobolarimiz  va  momolarimiz  yovuz 

urushning  qurboni  bo‘lganlar.  Ularning  ko‘pchiligi  bugun  oramizda 

yo‘q,  biroq  o‘tganlarning  porloq  xotirasi  hamisha  qalbimizda  biz  bilan 

birga yashaydi. 

 

1-boshlovchi:  Biz  bugun  jangovar  frontlarda  1,5  million 

o‘zbekistonlik  vatandoshlarimiz  ishtirok  etganini  yaxshi  bilamiz. 

Ulardan 450mingdan ziyodi el-yurt ozodligi yo‘lida jon fido qilgan, 130 

ming  kishi  bedarak  yo‘qolgan.  Yurtimizda  o‘sha  vaqtda  qariyb  6-6,5 

mln  aholi  yashaganini  inobatga  olinsa,  bu  xalqimiz  uchun  juda  katta 

yo‘qotish edi.  


 

2-boshlovchi:  Ayni  kuchga  to‘lgan  minglab  zabardast  yigitlarning 

qurbon  bo‘lgani,  nogironlik  azobini  tortganini  tasavvur  qilishning 

o‘ziyoq  qalblarni  larzaga  keltirdi,  yuraklarni  iztirobga  to‘ldirdi.  Yurt 

tinchligi  yo‘lida  jon  fido  qilgan  mard-u  maydon  o‘g‘lonlarimiz  hoki 

oldida mudom bosh egamiz. 

 

(O‘quvchilar tomonidan she’r o‘qiladi.) 

 

1-o‘quvchi: Mening bobom urushda, 

Qonlar kechib jang qilgan. 

Jasorat, mardlik bilan  

Dushman holin tang qilgan. 

Dorilamon kunlar deb, 

Jon berganlar jangohda. 

Urishning nomi o‘chsin, 

Doim bo‘ling ogohda. 

Urishning nomi o‘chsin, 

Jasorat qolar mangu. 

Har inson topar qadr – 

Niyat, orzular ezgu. 

 

2-o‘quvchi: Qariya, mo‘ysafid kim o‘zi, 

Insonni qadrlash maqsadning ko‘zi. 

Hayotiy falsafa har faxriy so‘zi, 

O‘zlari yurtga ko‘rk bo‘lgan faxriylar. 

Sizning duoingiz ijobat bo‘lsin, 

Sizni ardoqlagan sevinchga to‘lsin. 

Kelajak avlodlar o‘ynasin, kulsin, 

Bizni duo qiling, aziz faxriylar.  

 

(Kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Sahnada bobo va buvi 

nabirasi bilan suhbatlashmoqda.) 

 


 

Bobo:  Obbo  qizalog‘imey,  bizlarni  ko‘rgani  kelibsan-da.  Yaxshi 

yuribsanmi? Ukalaring, oying, dadang sog‘-salomat yurishibdimi? 

 

Nabira:  Ha,  bobojon,  bizlar  yaxshimiz.  Ukalarim  ham,  oyim, 

damlar  ham  sog‘-salomat  yurishibdi.  Hali  zamon  sizlarni  ko‘rgani  ular 

ham kelib qolishadi. 

 

Buvi  (nabirasini  bag‘riga  bosib):  Qizim,  sen  nega  bir  o‘zing 

kelding? Ishqilib uydagilar bilishadimi? 

 

Nabira:  Ha,  buvijon,  bilishadi.  O‘qituvchimiz  bugun  bizlarni 

«Xotira  xiyoboni»ga  olib  bordilar.  Biz  noma‘lum  askar  haykali  poyiga 

gullar  qo‘ydik.  Ziyorat  davomida  nuroniy  bobolarimiz,  momolarimiz 

suhbatini  tingladik.  Shundan  so‘ng  sizlarni  ko‘rgani  to‘g‘ri  bu  yoqqa 

kelaverdim. 

 

Bobo:  Xo‘p  yaxshi  ish  qilibsizlar.  Mana  shunday  tinch  zamonda 

yashashimiz aslida o‘sha yurtimizning mard, jasur o‘g‘lonlari tufaylidir. 

Eh-he,  ularning  qanchasiga  tug‘ilib  o‘sgan  ona  yurtiga  qaytib  kelish 

nasib etmadi. Ularni sharaflash, yod etish barchamizning burchimizdir. 

 

Nabira: Bobojon, siz ham urushda bo‘lganmisiz? 

 

Bobo:  Yo‘q,  bolam,  biz  unda  yosh  edik.  Ammo  onalarimiz  bilan 

birga front ortida mehnat qildik. 

 

Buvi:  Ha,  jonim  qizim,  urush  yillari  juda  og‘ir  damlarni 

boshimizdan  kechirganmiz.  Lekin  yosh-u  qarida  g‘alabaga  bo‘lgan 

ishonch,  Vatanga  sadoqat  tuyg‘usi  hamma  narsadan  ustun  bo‘lgan. 

Barchamiz  mana  shunday  dorilomon  kunlarning  qadriga  yetishimiz 

kerak. 

 

Nabira:  Dadamlar  ham  bu  to‘g‘rida  ko‘p  gapiradilar.  Yaqinda 



o‘qituvchimiz  Xotira  va  Qadrlash  kuni  munosabati  bilan  uyga  insho 

10 

 

yozishni  topshirgan  edilar.  «Men  bobom  va  buvimni  yaxshi  ko‘raman» 



mavzusida yozdim. Sizlar haqingizda dadamdan eshitganlarimni hikoya 

qildim. O‘qituvchim besh baho qo‘ydilar. 

 

Bobo: Barakalla,  mening bilimdon qizim. Hamisha besh baholarga 

o‘qigin. 

 

Nabira:  Albatta,  bobojon  kelajakda  buvim  va  sizga  o‘xshab 

o‘qituvchi  bo‘lishni  orzu  qilaman.  Bobojon,  bayram  munosabati  bilan 

tinchlik haqida she‘r yodladim, aytib bersam maylimi? 

 

Bobo: Aytaqol qizim. 

 

Nabira: Tinchlik qo‘shig‘ini kuylaymiz, 

Biz – baxtiyor el farzandlari. 

Kelajakning tayanchi bo‘lgan, 

Jannatmakon yurt dilbandlari. 

Tinch hayot nafasi ufurgan, 

Vatanimiz bog‘lari go‘zal. 

Osmoni musaffo, bahavo, ko‘rkam, 

Qushlar navosi-la tonglari go‘zal. 

Bobolardan merosdir bizga, 

Muqaddas yurt, osuda hayot! 

Asragaymiz qalb qo‘rimiz-la, 

Ajdodlar o‘giti bizlarga qanot. 

 

Bobo: 

Ko‘p 


yasha, 

ona 


qizim. 

She’ringda 

aytilganidek 

O‘zbekistonimizdagi  tinch,  osoyishta  hayotga  hech  qachon  ko‘z 

tegmasin! 

 

(She’r  tugagach,  tadbir  ishtirokchilari  sahnaga  chiqishadi. 



Musiqa yangrab, Vatan haqida qo‘shiq kuylanadi.) 

 

 

11 

 

1-boshlovchi: Osmoni tinch O‘zbekistonning, 

Bo‘g‘larida qushlar sayraydi. 

Gul, chechakka burkangan yurtim, 

Jamolidan dillar yayraydi. 

Doim omon bo‘lgin, Vatanim, 

Jannatmisol ko‘rkam chamanim. 

Tinchlik so‘zi niyatlarga esh, 

Momolarim duosin boshi. 

O‘zin to‘kis baxtli deb bilar, 

Shu zaminning keksa-yu yoshi. 

Doim omon bo‘lgin, Vatanim, 

Jannatmisol ko‘rkam chamanim. 

 

1-boshlovchi: 

Bugun 

Vatanimizda 



amalga 

oshirilayotgan 

olamshumul o‘zgarishlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan uzoqni ko‘zlab 

bunyodkorlik 

va 

tinchlik 



uchun 

qilinayotgan 

sa’y-harakatlar 

farzandlarimizga,  qolaversa,  keyingi  avlodlarga  ham  ulkan  kuch-qudrat 

bag‘ishlaydi. 

 

(Shu  yerda  Nuriddin  Hamroqulov  ijrosidagi  “Tinchlikni  asrang, 



do‘stlar” qo‘shig‘i va raqs ijro etiladi.) 

 

2-boshlovchi:  Bu  foniy  dunyoda  hammamiz  mehmon.  Mard,  jasur 

bobolarimiz,  sadoqatli  momolarimiz  o‘z  umrlarini  yashab,  farzandlar 

oldida burchini o‘tab, endilikda bu aziz tuproqqa  manguga bosh qo‘yib 

yotibdilar.  

 

1-boshlovchi:  Xotira  iborasi  urishda  halok  bo‘lganlarga  tegishli 

bo‘lsa, qadrlash so‘zi tiriklarga xosdir. Xotira abadiy  yashar ekan, qadr 

ham u bilan yonma-yon yashayveradi. 

 

2-boshlovchi: Hayot hamon o‘z yo‘lida davom etayotgan ekan, har 

lahzani, har bir kunimizni qadrlashimiz kerak. Odam odamga g‘animat. 

Biz  uchun  g‘animat  bo‘lgan  tabarruk  ota-onalarimizning,  keksalarning 



12 

 

xizmatlarini  qilib,  duo-yu  olqishlarini  olsak,  ikki  dunyo  saodatiga 



erishmog‘imiz tayin. 

 

1-boshlovchi:  Ushbu  kun  o‘tganlarni  yana  bir  bor  yod  etib, 

osmonimiz  musaffoligi,  xalqimiz  tinchligi  yo‘lida  jonlarini  fido  etgan 

ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz 

Yillar umrimizga qilarmi shafqat, 

Biror ish bormikan aylagali yod. 

Qayta tiklash mumkin barchasin faqat 

Qayta tiklanmagay o‘chsa xotirot. 

 

2-boshlovchi:  Mana,  azizlar,  bugungi  tadbirimiz  ham  o‘z 

nihoyasiga yetmoqda. Barchangizga sog‘liq, uzoq umr tilaymiz. 

 

1-boshlovchi:  Biz  xotirlagan  marhumlarning  ruhlari  shod  bo‘lsin! 

Biz qadrlagan insonlarga ezguliklar yor bo‘lsin! 

 

Hamma:  Jannat  yurtimizda  tinchlik,  osoyishtalik  mangu  barqaror 

bo‘lsin! 

 

(Musiqa sadolari ostida kechaga yakun yasaladi.) 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


13 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 



 

1. “Demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqorolik 

jamiyatini  shakllantirish  –  mamlakatimiz  taraqqiyotining  asosiy 

mezonidir”. I.Karimov. –T: O‘zbekiston, 2011. T.19. 

 

2. “Ma’rifat” gazetasi. 2015-yil, 10-may,№37. 



 

3.O‘zbegim: She’rlar. Erkin Vohidov. – T. “O‘zbekiston milliy 

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2006-yil. 297- bet 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 72.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling