Bu yilgi yozgi ta’til boshqalaridan farq qildi. Har yili yozgi ta’tilda oromgohga borib, dam olib keladigan Sarvarni bu yil negadir uydagilari jo’natmoqchi emas
Download 14.42 Kb.
|
YOZ.
YOZ Bu yilgi yozgi ta’til boshqalaridan farq qildi. Har yili yozgi ta’tilda oromgohga borib, dam olib keladigan Sarvarni bu yil negadir uydagilari jo’natmoqchi emas. Buning sababini tushunmagan, endi 4-sinfni tugatgan Sarvar darrov ota -onasidan xafa bo’lib, araz ham qilib oldi. Lekin keyinchalik bu ishi uchun o’zidan o’zi ancha payt uyalib yurdi. Sarvar har doimgidek soat 8 larda uyqudan turib, oyisi Saodat opa tayyorlab qo’ygan nonoshtani tanavvul qilish uchun endi dasturxon to’shalgan xontaxta yoniga borib o’tirgan ham ediki, uy ichkarisidan dadasi Sobir akaning baland-baland ovozda kimgadir gapirayotganini eshitdi. “Sizga aytdim-ku, bu yil to’y qilmoqchiman, shu olgan qarzimni kelasi yil bersam bo’lmaydimi? Do’st degan ham shunaqa bo’ladimi? Hatto shu yil ancha qiynalib qolganimizdan o’g’limni ham oromgohga jo’nata olmadim! Aksiga olib, ishdan ham ayrilib o’tiribman”. Bu gaplarni eshitgan Sarvarning ko’zlaridan yosh tomchilay boshladi. Bola ko’ngli bilan dadasiga achindi. Bechora oyisining nima uchun mahallaning ayollari bilan har kuni ertalab qayergadir ishga ketishi, kechga yaqin qorong’u tushishi bilan uyga kelishini, shoshib ovqatga undashini, singlisi Jamilani har kuni ertalab buvisinikiga qo’yib kelishi sababini endi tushunganday bo’ldi. Shu ondan boshlab Sarvar o’z qalbida dadasi-yu oyisiga bo’lgan mehrni yana o’n baravar oshganligini his qildi. Va o’ziga -o’zi vada berdi: endi hech qachon erkalik qilmayman, ota-onamdan arazlamayman, aksincha, har doim ularga yordam beraman. Download 14.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling