Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti. Buddaviylikning yo’nalishlari. O’rta Osiyoda Buddaviylik madaniyati


Download 0.97 Mb.
Sana27.05.2022
Hajmi0.97 Mb.
#718809
Bog'liq
Презентацияbuddism1 190522100603
Masofaviy talim, 2020 IUT SOL MATH Sample Problems, grimms-fairy-tales, O’zbekistonning aholisi va mehnat resurslari, 16319558754946994, 2-ОN, San\'at sohasidagi mashxur shaxslar, E.S 1 mustaqil ish , kreativ yoshlar forumi, Qazib chiqarish lahimlarida sodir bo\'luvchi geomexanik jarayonlar, Ekinshi tártipli iymek sızıqlardıń polyarlıq koordinatalar sistemasındaǵı, Маъруза № 17, mustaqil talim. sirtqi gafurov, 12

Buddaviylik dini tarixi va falsafasi.
  • Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti.
  • Buddaviylikning yo’nalishlari.
  • O’rta Osiyoda Buddaviylik madaniyati

Buddaviy dini — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (Xristian dini va Islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kambodja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 qismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi.
Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini taʼkidlaydilar. Bu taʼlimot toʻgʻrisida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Jina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar maʼnolari quyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urugʻ nomi, Shakyamuni — "Shakya qabilasidan chiqqan donishmand", Budda — "nurlangan", Tadxagata — "shunday qilib, shunday ketgan", Jina — "gʻolib", Bxagavan — "tantana qiluvchi". Ular ichida eng mashhuri "Budda" boʻlib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.
Yo’nalishlari
Lamaizm
Xinayana
maxayana
Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat: 1) axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik. 1. Axloq normalari — "Pancha shila" (Buddaning besh nasihati):
  • qotillikdan saqlanish;
  • oʻgʻrilikdan saqlanish;
  • gumrohlikdan saqlanish;
  • yolgʻon, qalbaki narsalardan saqlanish;
  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

2. Meditatsiya.
  • toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;
  • toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;
  • oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
  • toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;
  • toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuygʻularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;
  • toʻgʻri hayot kechirish — noʼmaqul hayot tarzidan saqlanish;
  • toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning toʻrt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;
  • toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.
Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling