Budjet hisobi
Download 7.57 Mb. Pdf ko'rish
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “Budjet hisobi” kafedrasi “ BUDJET HISOBI ” fanidan O’QUV–USLUBIY MAJMUA Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar soha 200 000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
110 000 - Pedagogika
230 000 - Iqtisod
5111000 – Kasb ta`limi (5230600 – Moliya, 5230700 – Bank ishi, 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit); 5231200 – Sug`urta ishi; 5230600 – Moliya; 5230700 – Bank ishi; 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (real sector bo`yicha), (ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish bo`yicha); 5231300 – Pensiya ishi; 5231500 – Baholash ishi.
1
TA’LIM VAZIRLIGI
“BUDJET HISOBI” FANIDAN O’QUV–USLUBIY MAJMUA Toshkent moliya institutida ishlab chiqildi Tuzuvchi: K.Sh.Ibragimov –TMI “Budjet hisobi” kafedrasi, katta o`qituvchi Taqrizchilar: K.R.Xotamov – O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit” kafedrasi mudiri, i.f.d. (turdosh
A.A.Ostonokulov – Toshkent moliya instituti, “Budjet hisobi” kafedrasi katta o`qituvchisi, PhD.
“Budjet hisobi” fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua 2018 yil __ ________da, № ___ bilan ro`yxatga olingan fan dasturi asosida, shuningdek kafedraning ( 2018 yil __ ________dagi “___” - sonli bayonnoma) majlisida muhokama qilingan va institut Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kafedra mudiri A.To`ychiyev
“Budjet hisobi” fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua institut Kengashida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2018 yil __ ________dagi “___” - sonli bayonnoma).
2
№ Bo`limlar nomi bet 1 Kirish…………………………………………………………………………. 3 2 “Budjet hisobi” fanidan ma`ruza matni…………………………..................... 4-181 3 “Budjet hisobi” fanidan amaliy mashg`ulot uchun materiallar…..................... 182-217 4 “Budjet hisobi” fanidan tarqatma materiallar.…………………....................... 218-363 5 “Budjet hisobi” fanidan test materiallari........................................................... 364-384 6 “Budjet hisobi” fanidan glossariy..................................................................... 385-410 7 “Budjet hisobi” fanining o`quv dasturi……………………………………….. 411-421
“Budjet hisobi” fanining ishchi o`quv dasturi………………………………...
3
“Budjet hisobi” fanining asosiy maqsadi – talabalarda moliya organlari, g‘aznachilik va xududiy bo‘linmalarida Davlat budjetining kassa ijrosi hisobi hamda budjet tashkilotlarida smetalar ijrosi hisobi bo‘yicha nazariy - amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga budjet hisobi fanining predmeti, metodi va uslubiy asoslari, moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari, G’azna ijrosi sharoitida Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi hisobi, budjet ssudalari va budjetlar o’rtasida sodir bo’ladigan hisoblashishlar hisobi, budjet ijrosi natijalari hisobi va hisobotlari, budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, uning nazariy-uslubiy asoslari, budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, tovar moddiy zahiralar hisobi, budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi, budjet tashkilotlarida moliyaviy natijalar hisobi, budjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarining tarkibi va ularni shakllantirish haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Fannining o`quv uslubiy majmuasining tarkibiy tuzilishi ma`ruza matnlari, amaliy mashg`ulot uchun materiallar, mustaqil ta`limni bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatmalar, glossariy, fanining o`quv dasturi, fanining ishchi o`quv dasturlari, talabalar bilimini baholash mezoni, tarqatma materiallar hamda test kabi materiallardan iborat. 4
“BUDJET HISOBI” fanidan
MA`RUZA MATNI 5
REJA: 1.Budjet hisobining predmetivametodi 2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari. 3.Budjet hisobi sub’ektlarivaob’yektlarining iqtisodiy mazmuni. 4.Budjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi. 5.Budjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti.
manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi. Budjet hisobi bu budjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir. Budjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Budjet hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari
shakllanishini ta’minlaydi. Budjet hisobining uslubiy asoslarini budjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi (3-chizma).
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. 1.Budjet hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishini tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari) 2.Budjet hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar (yo’riqnomalar, nizomlar) 3.Budjet xisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi, hususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari) 4.Budjet hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi xujjatlar 6
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet hisobi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi: - davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi; - budjet ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi; - respublika budjeti ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi.
Mamlakatimiz budjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida budjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda budjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Hozirgi kunda mamlakatimizda budjet hisobini yuritilishini uch yunalishga ajratish mumkin, ya’ni (4-chizma):
2- Chizma. O’zbekiston Respublikasida budjet hisobini yuritilishi chizmasi.
hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi; 2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli budjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi; 3. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -budjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi. Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida budjet hisobi yuritilib, Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida budjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika budjeti ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan budjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, budjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan budjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, budjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va uning hududiy B UD JE T HI S OB I 1. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosining hisobi 1 2 Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar byudjeti ijrosininghisobi 3
ijrosining hisobi 7
bo’limlarida davlat budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti g’azna ijrosi budjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan tartibda budjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda.
oshirish, hisoblashuvlar hisobi, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda. Budjet tashkilotlarida budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi
yuritilmoqda. Budjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda. 2. Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari Budjet hisobining vazifalari: - Budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; - Budjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish; - Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish; - Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; - Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; - Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi; Budjet ijrosini nazorat qilinishi; Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi; Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi; Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi; Budjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar. Budjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-budjet intizomiga rioya qilish va boshqalar. Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib budjet hisobi funktsiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1-chizma).
Budjet hisobining funksiyasi Nazorat Axborot
8
3-chizma. Budjet hisobining funktsiyalari. Nazorat funktsiyasi - orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. Budjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat;
budjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi. Joriy nazorat – budjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
Budjet hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari, Davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi. Budjet hisobining obektlari bo’lib, budjet ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (2-chizma). BUDJET HISOBINING OB’EKTLARI
4-chizma. Budjet hisobining ob’yektlari. O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi” to’g’risidagi qonuniga muvofiq davlat budjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi : 1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar; 2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; Moliyaorg anlari
, Davlatmaq sadlijamg ’armalari da
M oli yaor Katalog: images images -> valkurs.pdf [AQSh dollari] images -> The municipal franchise. Ashburton labour market images -> Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi images -> A. A. Qaxxorov images -> O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi images -> Dorothea Klotz Immobilien Heumadenstr. 3, 74199 Untergruppenbach Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling