Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan sanaladi


Download 275.02 Kb.
Sana22.05.2022
Hajmi275.02 Kb.
#688205
Bog'liq
02.02.2022
2 5332444494916750366, Абдураимов Самар анкетаси, economist, BOOK1640534807078, analytical oraliq, Результат - 123732011, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini rivojlantirish yollari- 1 , iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarini rivojlantirish yollari (1)

02/02/2022 6-sinf
Assalomu alaykum. Bugungi informatika darsimizda mavzu:
Grafik, audio va video ma’lumotlarni izlash. Elektron pochta yaratish va xabarlar almashish
Internetning tezkor sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida milliardlab veb-sahifa va fayllar orasidan kerakli ma’lumotni topish muammosi paydo bo‘ldi.
veb-saytning URL manzili yoki qidirilayotgan ma’lumotni qayerdan izlash aniq bo‘lmagan hollarda qidiruv tizimlaridan foydalaniladi. Qidiruv tizimlari ma’lumotni butunjahon tarmog‘idan qidirish imkonini beradi.
Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan sanaladi:
1) Google(https://www.google.co.uz/);
2) Microsoft Bing (https://www.bing.com/);
3) Yahoo(https://www.yahoo.com/);
4) Baidu (https://www.baidu.com/);
5) Yandex (https://www.yandex.ru/);
6) DuckDuckGo (https://duckduckgo.com/);
7) Kiddle (https://www.kiddle.co/).


Rasmda Google qidiruv tizimi berilgan. Uning “Введите поисковый запрос или URL” deb yozilgan maydonchaga qidirilayotgan ma’lumotga doir kalit so` yoziladi. Masalan: “matematikadan testlar”


Grafik, audio yoki video ma’lumot

Topilgan ma’lumotlardan rasm yoki video ma’lumotlarni ajratib olish uchun suratdagi КАРТИНКИ yoki ВИДЕО kategoriyalaridan birini tanlaysiz.
Elektron pochta (ing. Electronic Mail, E-mail) – elektron xabarlarni qabul qilish va yuborish bo‘yicha xizmat turi.
Unikal – yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q degan ma’noni bildiradi.
ESLAB QOLING! Elektron pochta manzili lotin harflarida bo‘sh joy (probel)siz yoziladi.
O`quvchilar. Bugun Sizdan quyidagilarni bajarish talab etiladi.

  1. Yuqorida berilgan ma’lumotlarni daftaringizga yozib oling.

  2. Yozganingizni rasmga olib guruhga tashlang.

  3. 20-dars mavzusi bilan mustaqil tanishib chiqing.

02/02/2022 9-sinf


Assalomu alaykum. Bugungi informatika darsimizda mavzu:
Amaliy mashgʻulot . Pythonda operator va ifodalar
O`tilganlarni biroz eslan
a= “Modernizatsiya” bo`lgan hol uchun quyidagilarning natijasini toping.
1. print(a[5])
2. print(a[3:6])
3. print(a[:5])
4. print(a[7:])
5. print(a[1:8:2])

O`quvchilar. O`garuvchiga qiymat berish ikki xil usulda amalga oshirish mumkin.



  1. O`zlarshtirish operatori yordamida (M: a=8 yoki s= ‘virus’)

  2. Kiritish operatori yordamida.

1-usulni siz bilasiz. 2-usul bilan tanishib chiqamiz.
a=input() # a o`zgaruvchiga qiymat so`raydi. Qiymat kiritamiz. M: 47
b=input() # b o`zgaruvchiga qiymat so`raydi. Qiymat kiritamiz. M: 72
print(a+b) # a va b ning qiymatini ulab chiqaradi. 4772. Chunki, ular matn sifatida qabul qilingan.
Kiritilgan qiymatni butun songa aylantirish uchun int() funksiyasidan foydalanamiz:
a=int(input()) # a o`zgaruvchiga qiymat so`raydi. Qiymat kiritamiz. M: 47
b=int(input()) # b o`zgaruvchiga qiymat so`raydi. Qiymat kiritamiz. M: 72
print(a+b) # a va b ning qiymatini qo`shib chiqaradi. 119.
Masala: Supermarketga 1-bazadan n kg, 2-bazadan k kg kartoshka keltirildi. Supermarketdagi keltirilgan kartoshkalar m so`mdan bo`lsa, bazalarning har biriga qancha so`mdan pul o`tkazilishi kerakligini hisoblovchi dastur tuzing. K, n, m lalning qiymati kiritish operatori yordamida kiritilsin.
k=int(input())
n=int(input())
m=int(input())
print(k*m+n*m)
O`quvchilar, yuqoridagilarni daftaringizga yozib oling.
Kitobingizning 69-sahifasidagi uyga vaifaning 1-mashqini bajaring va barcha yozganlaringini rasmga olib guruhga tashlang.

9-sinf
04/02/2022 9-sinf


Assalomu alaykum. Bugungi informatika darsimizda mavzu:
Amaliy mashgʻulot / Pythonda sodda masalalarni dasturlash
1. Bog‘dagi olma daraxtidan Anvar a dona, Dilshod b dona va Mahmud c dona olma terdi. Bolalar tergan olmalarini o‘zaro teng taqsimlashsa, har biriga qanchadan olma to‘g‘ri keladi? Qancha olma ortib qoladi? Har bir bolaning tergan olmasi soni foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Masala dasturini tuzing
a=int(input())
b=int(input())
c=int(input())
print(‘Teng bo`lishsa ’ (a+b+c)//3 )
print(‘Ortib qoladi’, (a+b+c)%3, ‘ta’)
O`quvchilar, Yuqorida berilganlarni daftaringizga yozib oling va kitobingizning 71-sahifasidagi uy vazifasining 1- va 3-misollariga dastur tuzing.
Bajarganingizni rasmga olib, guruhga tashlang.

Assalomu alaykum. Bugungi informatika darsimizda mavzu:


QR kod, AR muhitda ishlash / Mobil ilova tushunchasi, mobil ilova yaratish dasturlari.
QR-kod (Quick Response Code) — tezkor aniqlanadigan kod hisoblanadi. Ushbu kod obyekt haqidagi maʼlumotni oʻzida mujassam etadi.
U Yaponiyada ixtiro qilingan va faqat avtomobil sanoatida ishlatilgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan bu tizimning afzalliklari, xususan, maʼlumotni tezkor aniqlaydigan qobiliyati mavjudligi tufayli nafaqat avtomobil sohasida, balki boshqa yoʻnalishlarda ishlatilib kelinmoqda.
QR-kod oq rang ustida kvadrat setkasida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlib, smartfon kamerasi kabi tasvirni qayta ishlaydigan moslamalar yordamida oʻqish mumkin.
Ushbu kod asosan giperhavola sifatida ishlaydi va bunday rasm (QR-kod)da matn shaklida joylashtirish noqulay boʻlgan yoki qimmatga tushadigan maʼlumotlar mavjud. Ular 4296 belgigacha (simvol) boʻlishi mumkin.
Mobil ilova (inglizcha: Mobile app) — maʼlum bir platforma (iOS, Android, Windows Phone va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan smartfonlar, planshetlar va boshqa mobil qurilmalarda[1] ishlashga moʻljallangan dastur. Koʻpgina mobil ilovalar qurilmaning oʻzida oldindan oʻrnatiladi yoki ularni App Store, Google Play va boshqalar kabi onlayn dastur doʻkonlaridan bepul yoki pullik bilan yuklab olish mumkin.
Mobil dasturlar turli xil dasturlash tillarida (Java; PHP/JavaScript; ActionScript; Swift va Objective-C) yoziladi. Ilova yaratish jarayonida bir necha bosqichlardan oʻtadi.
Download 275.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling