Bugungi kunda mamlakatimizda suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini zomanaviylashtrilishiga katta e’tibor berilmoqda


Download 169.72 Kb.
bet1/16
Sana04.10.2022
Hajmi169.72 Kb.
#830276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Suv olish va Tozalash Inshooti Word yozuvlari va hisobi
'Дарс ишланма ЖИИГ, Doc1, Абдиева 3.1, 11, ЛҲИ-1 Ҳимоя, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, Choʻkindi togʻ jinslari - Vikipediya, ReadMe UzTransLit, LAVOVOZIMLAR, 16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010, 111Тақриз НФР га Назарий электротехника ЭЭЭ қабул 2021 қабул, дарвозакент 2 тор имзо, LAVOVOZIMLAR, LAVOVOZIMLAR, Qobilov

Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini zomanaviylashtrilishiga katta e’tibor berilmoqda.
Yurt obodligi, xalq faravonligi ko’p jihatdan aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash,kommunal xizmat sohasini rivojlantirish bilan bog’liq. Maskur omlning ahamiyatini chuqur his etgan holda, axolini kommunal xizmatlar bilan ta’minlash darajasini oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Uy joy-kommunal xizmat ko’rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi farmoni sohaning davlat siyosati darajasida olib borilayotganidan dalolatdir .
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilanO’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi (keyingi o’rinlarda-“Uyjoykomxizmat” vazirligi)tashkil qilindi va uning tarkibida Qoraqolpog’iston Respublikasi Uy-joy-kommunal-xizmat ko’rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi hamda tumanlar (shaharlar)dagi bo’limlari “Ko’p xonali uylar issiqlik ta’minoti obyektlari qurilishi bo’yicha injiniring kompaniyasi’’ davlat unitary korxonasi (DUK) hududiy filiallari tashkil qilindi.
Farmonga mos ravishda O’zbekiston Respublikasi Uy-joy xizmat ko’rsatish vazirligining vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi:
Uy joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
Ko’p xonadonli arzon uylar qurilishi bo’yicha davlat dasturini amalga oshirilishini ta’minlash,ko’p xonadonli arzon uylar ,suv ta’minoti ,kanalizatsiya,issiqlik ta’minoti obyektlarini qurilishi bo’yicha buyurtmachi funktsiyalarini amalga oshirish ,eski va avariya holatidagi uy-joylarning buzilishini tashkillashtirish;
Ko’p xonadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish,shu jumladan,ko’p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’minlash ishlarini tashkil qilish;
Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigagan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Belgilansinki. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hisobot beradilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi;
Viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarining va Toshkent shahri uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining boshliqlari o‘z maqomiga ko‘ra tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladilar.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
Ko‘p xonadonli uy-joy fondini, uning atrof hududini saqlash va undan foydalanish qoidalariga rioya qilish hamda ko‘chmas mulk egalari tomonidan xonalarning o‘zboshimchalik bilan qayta rejalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni;
Umumiy foydalaniladigan joylar, fasadlar, uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi hamda ularni ta’mirlash-tiklash ishlari tizimli amalga oshirilishini;
Ko‘p xonadonli uyko‘p xonadonli uylarni saqlash va ulardan foydalanishning mavjud qoida buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha – xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga va ko‘chmas mulk egalariga;
Tegishli kommunal xizmatlar ko‘rsatishda texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etish bo‘yicha – uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlariga bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim etish huquqi berildi.
“O‘zkommunxizmat” agentligi obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin va uning mintaqalararo filiallari tuzilsin hamda u O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bevosita bo‘ysunadilar..
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zkommunxizmat” agentligi “Kommunxizmat” agentligi etib qayta tashkil qilinsin va u O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tuzilmasiga kiritilsin hamda uning zimmasiga uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari yuklandi;
“O‘zkommunxizmat” agentligi obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etilsin va uning mintaqalararo filiallari tuzilsin hamda u O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bevosita bo‘ysunadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish, uning mablag‘larini birinchi navbatda ko‘p xonadonli arzon uy-joy fondini, suv ta’minoti, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, mukammal va joriy ta’mirlashga, maxsus texnika, uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan jihozlashga hamda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa maqsadlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi.



Download 169.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling