Buksa qismini foydalanishdagi nosozliklarini o‘lchash


Download 145.2 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi145.2 Kb.
#1029988
Bog'liq
BUKSA QISMINI FOYDALANISHDAGI NOSOZLIKLARINI O


BUKSA QISMINI FOYDALANISHDAGI NOSOZLIKLARINI O‘LCHASH
1. Buksa uzelini visual ko’rikdan o’tkazish.
2. Buksa qizish darajasini aniqlash.
3. Buksa uzelining potensial nosozliklarini aniqlash.

Tebranma podshipniklarda mahkamalanadigan buksa uzellarining asosiy nosozliklariga quyidagilar kiradi:


- podshipniklar yon elemetnlarining nosozliklari
- ichki halqadagi yoriqlar;
- ichki g’ilirak o’lchamining susayishi;
- separatorlarning yemirilishi;
- moylashning yetarli emasligi.
Buksa uzellarining nosozliklaridan biriga podshipniklar birikmasining susayishi va buzilishi kiradi. Bu nosozlikning sababi esa roliklarning dumalanish o’qi bo’ylab qattiq ishqalanishga uchrashi hisoblanadi. Bunda o’q kuchni shunday yo’nalishda yuborishni boshlaydiki, moylash elementlarni bir-biridan to’liq ajrata olmaydi.
Bu esa rezbaning deformatsiyasi tufatli zatyajkaning susayishiga olib keladi.
Susaytirilgan yon birikuvning keyingi ishlashi rezba chuqurligidagi juda katta mexanik kuchlanishlar bilan bog’liq bo’ladi va rezbaning birinchi o’yig’idan boshlab yoriqlar paydo bo’ladi.
Nosozliklarning bunday ko’rinishi kattalashish xarakteriga ega bo’ladi, chunki harakat tezligi va vagonning massasi ham ortib boradi.
Shuning uchun, buksa uzelalrining mustahkamligini oshirish maqsadida rezbani qo’shimcha plastik deforamatsiyaga chidamli qilib tayyorlanadi. Rezbaga esa “Stupor” germetik elementi suriladi.
Yon birikuvning shaybali varianti keng tarqalgan bo’lib, amalda kattaroq samara beradi. Ammo bunday variantda deformatsiya darajasi katta bo’ladi va boltlar tez-tez sinib turadi.
Ichki halqalarning yorilishi va uzilishi kichik yo’lda (kilometrajda) ekspluatatsiyaning erta paytlarida yuzaga keladi. Bunday nosozlikning sababalari esa metallning past sifatliligi, termik ishlov sifatining pastligi, montaj texnologiyasining mukammal emasligi, halqalarni sheykalariga kiydirishdagi montaj xatoliklari hisoblanadi.
Bundan tashqari, podshipnik po’lati ko’ndalang teshiluvchanligi darajasi katta bo’lgani uchun turli kuchlanganlik konsentratorlariga sezgir bo’ladi.
Natyag posadkasining susayish o’q sheykasida posadka natyagi o’lchamining noto’g’ri tanlanganligidan kelb chiqadi. Detallarning termik rejimiga amal qilmaslik ham shunday nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ichki halqalarning natyagi instruksiyaga mos holda 30-65 mkm ni tashkil etishi kerak. Ammo o’lchovlarning noaniqligi tufayli yoki texnologik nazariy bilimlarning yetarli emasligi sababli xatolioklarga tez-tez uchrab turialdi.
Amalda o’q sheykalarining natyaglarini aniqlash uchun ularni oldin issiq suyuqlikda yuvib olish lozim. Natijada sheykaning effektiv posadkasi o’zgarishi mumkin. Shuning uchun podshipnik o’q sheykalarini o’rnatishdan oldin ularni atrof-muhit temperaturasidagi suyuqlikda yuvib olinadi.
Yuvish mashinalarida yuvish jarayonini 12 soat davomida yoki charxlash ishlaridan so’ng 2 soat davomida; podshipniklarni o’lchashni esa yuvishdan 8 soat o’tgach bajarish mumkin.
Separatorlarning yemirilishi va buzilishi podshipniklarda moylash elementlarining yetarli emasligidan yuzaga keladi.
Moylashning suyulishi moylash elementiga nam tegishi sababli yuzaga kelib, uning noto’g’ri saqlanishi va buksa montaji talablarining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Moylash elementini ochiq muhitda, atmosfera yog’ingarchiliklaridan himoyalanmagan holda saqlash man etiladi. G’ildirak juftliklarini yuvishda, buksaga yoki uning ichiga suv kirmasligi uhcun uni oldindan himoyalab qo’yish zarur bo’ladi. Monatajda barcha rezina halqalarini o’rnatish va ularning vaziyatini mustahkamlab qo’yish talab etiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan barcha nosozliklar buksalarning qizishiga va yuqori haroratga erishishiga olib keladi. Boshlang’ich holatgacha defektlar hech qanday alomatlarni namoyon qilmasligi, ammo avariya holatlarini yuzaga keltirishi mumkin bo’ladi. Bunday yashirin nuqsonliklarni ko’rsatilgan tashqi ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mumkin bo’ladi.
CTBU kasseta tipli podshipniklar (130x250x260), TBU (130x250)ning tashqi farqlariga halqali boltning tashqi labirintda 4 mm li bo’rtiqqa egaligi, 185mmli tashqi diametri farqi “K SKF” yozuvlarining 100-150 mm oraliqda joylashganligi hamda ikki holda “K” harfining 5 yoki 10 mm balandlikda qizdirib bosilganligi bilan farqlanadi. Birkadagi kleymo (qizdirma belgi) talablarga mos ravishda qo’yib chiqiladi. (2.1-rasm.)



. Kasseta tipli buksa uzelining markirovkasi.

Lokomotiv buksa uzellarining tashqi nosozliklariga:
1) Moyning halqa obodi, richagli uzatma yoki disk zichlanish elementlaridan siqib chiqilayotgan izlari. Moylash izlarida metall aralashma qoldiqlari (latun, po’lat) bo’lib, korpusning orqa (labirint) qismidagi qora valikda metall rangli izlar (latun, po’lat) hosil bo’ladi.
Nosozlik sababi. Podshipnik roliklarning dumalanib qolishi, ichki halqaning haddan tashqari aylanib ketishi, ichki halqaning buzilishi, moylashning suyulishi, yon birikuvning susayishi, ichki halqa bortining sinishi kabi sabablardan yuzaga keladi.
2) Buksaning ixtiyoriy qismida yuqori temperatura uchastkasi hosil bo’lishi (buksaning aniq bir qismining normadan ortiq qizib ketishi).
Nosozlik sababi. Buksaning buzilishi, ortiqcha moylash elementlarining mavjudligi.
3) Ko’rik qopqog’ida okalina ko’rinib, qopqoq alohida chiziqsimon halqalarning bo’rtib chiqqan relyefiga ega bo’ladi. Qopqoq deformatsiyalangan va unda visherbina hamda proboinalar (zarb yoriqlari) mavjud.
Nosozlik sababi. Yon birikuv elmentlari uzilgan (stopor boltlari, planka sinishi, M110 gaykaning ochilib qolishi, undagi rezbaning sinishi va M20 tarelkasimon bolt gaykalarining uzilishi).
4) Mustahkamlov qopqog’iga yengil taqillatganda, uning markazidan pastroqda g’izillashlar yoki juft aks-sado keladi (otboylar).
Nosozlik sababi. Yon birlashma buzilgan (M110 gaykasi plankalari buzilgan, gayka chiqib ketgan, M20 tarelkasimon shaybalar uzilgan).
5) Yon birikuv elementlari buzilgan (stopor plankasi boltalri singan, M110 gayka joyidan chiqib ketgan, M20 tarelkasimon bolt golovkalari uzilgan).
Nosozlk sababi. Buksada ortiqcha moylashning mavjudligi (ta’mirlash va buksa reviziyasidan so’ng kuzatiladi). Buksa 500-600 km li yo’l bosib o’tilgandan so’ng soviydi.
6) Korpusning old qismi orqa qismidan yanada kuchli qizigan
Nosozlik sababi. Old podshipnik buzilgan
7) Buksaning orqa qismi old qismidan kuchliroq qizigan
Nosozlik sababi. Buksa korpusi labirint qismi va labirint halqasi orasidagi zazorning yo’qolib qolishi yoki orqa podshipnikning buzilishi.






Download 145.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling