Bulajak ukituvchining kasbiy kompetentligini shakllanishi


Download 26.41 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi26.41 Kb.
#1538472
Bog'liq
1-3-reja dissertatsiya


1.3.Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga qo’yiladigan talablar.
O’qituvchilik kasbi kasblarning murakkab turiga mansub bo’lib u ko’p mutaxassisliklarni o’z ichiga oladi.Bo’lajak o’qituvchi pedagogic faoliyatning quyidagi turlariga tayyor bo’lishi kerak :kasbiy ta’lim va tarbiya ,ishlab chiqarishga oid pedagogic faoliyat,o’quv-metodik ishlar ,tashkilotchilik va boshqaruv faoliyati,ilmiy-tadqiqot faoliyati,madaniy ma’rifiy ishlar kabilardir.
Bulajak ukituvchining kasbiy kompetentligini shakllanishi
uning ukuv-pedagogik vaziyatlarda uziga xos xususiyatlarining
ifodalanishi bilan namoyon buladi. Ukuv jarayonida akliy, predmetli-amaliy va motivatsion omillar bilan boglik xislatlar
ayniksa yorkin namoyon buladi.
Ukituvchining kasbiy kompetentligini shakllanishi uzok
davom etuvchi jarayon bulib, uni kuyidagi bir necha boskichga
ajratish mumkin:
1)boshlang’ich ta’limi yunalishida umumkasbiy va ixtisoslik bilimlari asoslarini uzlashtirish;
2)boshlang'ich ta’limi buyicha uzlashtirilgan nazariy bilimlarning
amaliy-laboratoriya mashgulotlari, shuningdek, pedagogik amaliyot
jarayonida amaliy kunikma va malakalarni shakllanishiga
erishish;
3)ta’lim muassasalarida boshlang'ich ta’lim yunalishida ta'lim
faoliyatini olib borish davrida uz ustida mustakil ishlash,
ijodiy izlanish asosida umumkasbiy va ixtisoslik bilimlarini
takomi llashtiri sh;
4) pedagoglarni kayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish kurslari yoki fakultetlarida ta’lim olish yordamida
ta'lim jarayonini samarali tashkil etishning zamonaviy metodik va
texnologik yondashuvlari moxiyatidan xabardor bulish.[14]

Kompetentlik yondashuv boshlang’ich ta’limni rivojlantirishning asoslaridan biri sifatida hisoblanadi.Bugungi kunda har bir operatsiyani amalga oshirish ko’nikmalaridan tashkil topgan kasbiy mahoratning o’zidan tashqari ,kasbiy mahorat ,ijtimoiy axloq ,jamoada faoliyat yurita olish qobilyati,tashabbuskorlik kabi shaxsiy va kasbiy sifatlarning majmuidan iborat bo’lgan kompetentlik talab etiladi.


Bugungi ta’lim jarayonida aynan bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish orqali boshlang’ich ta’lim sifatini oshirish mumkin.Ta’lim amaliyotida kasbiy kompetentlikni rivojlanishini amalga oshiradigan texnologiyalarni ishlab chiqarish boshlang’ich ta’limni modernizatsiya qilishning eng zarur vazifalaridan biri bo’lmog’i darkor.
Bitiruvchilarning ta’lim tarbiya jarayonidagi faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib ketishlari uchun tayyorligi kasbiy ta’lim sifatlarining asosiy mezonlaridan biri sanaladi.
Boshlang’ich ta’lim mazmunini loyihalashtirishda mutaxasislarning buyurtmachilari talablarini tahlil qilish muhimdir ,chunki bugungi kunda ish beruvchilar mutaxassislarga zamonga mos ravishda ko’pgina talablar qo’ymoqda. Bu talablar kasbiy mahorat,ta’lim jarayoniga mos ravishda kasbiy moslashuvchanlik,raqobatbardoshlilik,o’z mutaxassisligi bo’yicha kasbiy kompetentlilik va ijtimoiy-kasbiy kompetentlilik (huquqiy,pedagogic,didaktik,madaniy,kasbiy rivojlanish kabi jihatlar bo’yicha )singarilardan iborat.
Pedagog olim N.A.Muslimovning tadqiqotlarida kompetentlik asosida yondashuv oliy ta’limning yangilangan davlat ta’lim standartlarining tayanch elementlaridan biri hisoblanadi .Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarida :”kompetentlik –shaxsning muayyan ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha olgan bilim malaka va ko’nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli qo’llay olish qobilyatidir ;kompetensiya –bilim ,malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyati uchun qo’llay olish “degan ta’riflarni keltirgan.
Pedagogika yo’nalishi (o’qituvchi(boshlang’ich ta’lim))-pedagogika sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib,umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar ,ilmiy va estetik kategoriyalar asosida inson hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan jarayonlarni obyektlarini yaratish va samarali ishlab chiqarish jarayonlari,pedagogic faoliyat vositalari ,usullari va metodlari majmuini qamrab oladi.
Ilmiy dalillarning nazariy taxlili, ularni umumlashtirish
va tizimlashtirish, shuningdek, ilgor pedagogik tajribalarni
urganish boshlang'ich ta’limi ukituvchisining kasbiy kompetentligini
shakllantirish va pedagogik tayyorgarligini ta’minlash jarayonida
muxim axamiyat kasb etuvchi mezon, yunalish va psixologik-pedagogik sharoitlarni aniklash usullarini ochib beradi. Bular kuyidagilardan
iboratdir:
- boshlang'ich ta’limi ukituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishga kuyilayotgan talablarning kasb-xunar ta’lim muassasalari xamda jamiyat extiyojlari bilan uzaro mosligi;
- boshlang'ich ta’limi ukituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishning ta’lim xamda ijtimoiy-madaniy muxitga aloqadorligi;
- boshlang’ich ta’limi ukituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishning yukori darajadagi refleksiv boshkaruvlaridan tashkil topgan bo’ladi;
Boshlang’ich ta’lim ukituvchisining kasbiy kompetentligini shakllanish jarayonining birinchi boskichida kursatib utilganidek,
ta’lim muassasasida kasbiy bilimlar asoslarini uzlashtirish
davrida talabalarga bilim berishda shunday ta’lim texnologiyasi
va vositalaridan foydalanish kerakki, olgan bilimlarini
amaliyotda kullash uchun xar kanday vaziyatga yechim topa olishi kerak.
Buning uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan beriladigan
bilimlarni talabalarga yetkazishda ukuv-uslubiy majmualarning
urni bekiyosdir, chunki bu majmualarning tarkibiy kismidagi
ma’lumotlar bulajak ukituvchining xar kanday sharoitlarda xam
imkoniyatlarni topa olish kunikmasini xam shakllantiradi.
Ushbu ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr o’z kasbiy tayyorgarligiga muvofiq o’quv –metodik,tarbiyachilik va boshqa faoliyat turlari qatori - Global kompetentlik , Ijtimoiy-madaniy kompetentlik , Ijtimoiy-faoliyatga oid kompetentlik , Axborot olishga oid kompetentlik, Kommunikativ kompetentlik, Ukuv-bilishga oid kompetentlik, Amaliy faoliyatga oid kompetentlik, Intellektuallikka oid kompetentlik, Kreativlikka oid kompetentlik , Xissiylikka oid kompetentlik,loyihaviy –konstruktorlik hamda tashkiliy boshqaruv kabi kasbga oid faoliyat turlarini egallagan bo’lishi kerak va ta’lim dasturlarini o’zlashtirish natijasida maxsus tayyorgarligiga mos ravishda loyihaviy-konstruktor va tashkiliy –boshqaruv kabi kasbga oid faoliyat turlarini egallagan bo’lishlari kerak hamda ta’lim dasturini o’zlashtirish natijasida maxsus tayyorgarligiga mos ravishda loyihaviy-konstruktorlik va tashkiliy –boshqaruv faoliyati bo’yicha kasbiy vazifalarni yechishi kerak.
Oliy ta’lim muassasasida kuyidagi kasbiy kompetentlik
talablari shakllantiriladi:
- Global kompetentlik. Mustakil xayot yulini topa olishi,
jamiyatdagi roli va urnini anglab yetishi. Ijtimoiy borlikni kis
eta bilish va tushu nish. Ukuv va boshka vaziyatlarda anik maksadni
belgilash xamda karor kabul kilish. Mustakil xayot yulini topa
olishi, jamiyatdagi roli va urnini anglab yetishi.[9]
Bizning fikrimizcha bo’lajak o’qituvchi mustaqil ta’lim olishga intilib unga qodirligini hamda ta’lim jarayonini maqsadini tushungan holda mustaqil ravishda ta’lim olish va o’zlashtirish strukturasini aniqlay olishi kerak.
- Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Chukur uzlashtirishi zarur
bulgan bilim va faoliyat tajribasining doirasini kengaytirish.
Inson va insoniyat xayotining ma’naviy-axlokiy asoslariga oid
bilimlar majmuasi. Bagrikenglik - bugungi dunyoning ijtimoiy
va madaniy jixatdan turli-tumanligini anglash va kabul kilish,
odamlar bilan ularning jinsi, yoshi va diniy e’tikodidan, kaysi
ijtimoiy, siyosiy, irkiy va etnik guruxga mansubligidan katiy
nazar tinch-totuv yashamoklik. Xushxulklik - umuminsoniy axlokiy
kadriyatlarni anglamok va kabul kilmok, shaxsiy faoliyatida
ularga tayanmok, amal kilmoklik. Nizolarni xal eta olish va
muzokaralar olib borishga kodirlik - tashkilotdagi odamlar yoki
guruxlar urtasidagi nizoli vaziyatlarda makbul yechimlarni topa
bilish. Uz extiyojlarini kondirish uchun ichki faoliyatida
mas’ullik va extiyojni xis etish - uz imkoniyatlari chegaralarini
tugri baxolagan xamda ularni kengaytirishga intilgan xolda
kuyilgan vazifalarni mas’uliyatli ravishda va puxtalik bilan
bajarish.[9]
Yuqoridagi kompetentlik asosida bo’lajak o’qituvchi murakkab vaziyatlarga to’g’ri yechim topa olishi kerak.Bo’lajak o’qituvchi odamlar bilan muloqot qilish ,ularni tinglay olish va tushunish ,og’zaki muloqotda o’z o’rniga ega bo’lmog’i lozim .Jamoa bilan tez tezda til topa olish hamda faoliyat sohasiga tezda kirishib keta olishi kerak.

-Ijtimoiy-faoliyatga oid kompetentlik. Fukarolik,


ijtimoiy mexnat soxasi, oilaviy munosabatlar, iktisod va xukuk
masalalar xamda kasbga oid bilimlar va tajribalarni egallash.
Kasbiy, shaxsiy mavkeini rivojlantirish borasidagi bilim va
tajribalarni egallash.
Ushbu kompetensiyani egallashdan maqsad bo’lajak o’qituvchining kasbiy bilimlarini boyitish borasida muttasil izlanishda bo’lib , o’z malakalarini oshirishdan iborat.
- Axborot olishga oid kompetentlik. Kasbga oid axborotlarni
jamlash, saklash, uzatish, ularning mantikiy tuzilmasini yaratish.
Axborot yordamida olingan ma’lumotlarni taxdil etish va
uzgartira olish. Zarur axborotlar tanlab olish, ularni taxlil
etish va uzgartirish maxorati. Internet, elektron
darsliklar yordamida mustakil izlanish. Audio-video vositalari
va axborot texno logiyalari yordamida mustakil izlanish.[9]
Bizning fikrimizcha bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayoniga qo’yilgan talablardan bo’lgan ushbu kompetentlikni egallashdan maqsad bo’lajak o’qituvchi kompyuter savodxonligidan egallab ma’lumotlar bazasini yarata olishi ,taqdimot tayyorlash va muloqot jarayonida foydalanishi lozim .O’z faniga oidaxborotlarni jamlash ,saqlash,uzatish va bu ma’lumotlarni tahlil eta olishi va o’zgartirish kirita olish kabilarni bajarishi kerak.
- Kommunikativ kompetentlik. Mulokot jarayonida ustuvor
o'rin tutuvchi tilni uzlashtirganlik. Egallagan kasbini va jamoa
faoliyatini kadrlash. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil
kilish va utkazishni bilish. Ogzaki mulokot madaniyati - vaziyatdan kelib chikkan xolda uz fikrlari va xis-tuygularini ogzaki
shaklda anik ifodalay bilish. Yozma mulokot kunikma va malakalari - yozma shaklda, shu jumladan axborotni takdim etishning grafik vositalaridan foydalangan xolda uz fikrlari va xis-tuygularini anik ifodalay olish. Chet tillarni bilishlik – chet tilida boshkalarni tushuna bilish va uz fikrlarini ifodalay
olish.[9]
Bugungi kunning bo’lajak o’qituvchisi zamon talablariga javob beradigan yetuk kadr bo’lish shartlaridan biri ham bu chet tilini bilish bo’lib ,har bir o’qituvchi muloqot jarayonida chet tilida o’z fikrini erkin ,keng ma’noda ifodalay olishi olmog’i lozim.
- Ukuv-bilishga oid kompetentlik. Maksadni kura bilish,
faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini taxlil kilish buyicha
bilim va malakalar majmuasini egallash. Kasbiy faoliyatga egallangan bilim va malakalar majmuasini egallash. Urganilayotgan anik ob’ektlar bilan boglik faoliyatda kat’iyatlik. Kasbiy faoliyatda mustakil fikrlash va tadkikotchilik. Kasbiy faoliyatda ijodiy fikrlash va yangiliklar yaratish.[9]
Bo’lajak o’qituvchi o’rganilgan bilimlarni qayta ishlab chiqarib ,kasbiy faoliyatda qo’llab,uning yangi qirralarini ochish uchun tajriba sinov ishlarini amalga oshiradigan mustaqil fikrini bayon eta oladigan bo’lishi kerak.
- Amaliy faoliyatga oid kompetentlik. Xarakat va amallarni
yangi vaziyatlarda kullay olish, yangi axborotlar ichida tez yunalish
olish kunikmalarini shakllantirish. Maksadga intiluvchanlik -
vakt, kuch va imkoniyatlardan unumli foydalangan xolda kuyilgan
maksadlarga erishish. Peshkadamlik (liderlik) - Boshka odamlarga
ta’sirini utkaza olish, ularning kasbiy va shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chikishiga yordam bera olish.[9]
Bo’lajak o’qituvchi o’rgangan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llash ,o’rgangan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish ,jamoa va odamlar orasida o’z rahnamoligini ko’rsata olishi talab etiladi.
- Intellektuallikka oid kompetentlik. Taxlil kila olish -
tizimning tuzilish prinsiplarini va uni tashkil etuvchi elementlarini aniklash uchun yaxlitni tarkibiy kismlarga ajrata
olish, tizimli (tizimning aloxida kismlarini bir butunga birlashtira olish, ob’ektlar va jarayonlarning uzaro alokadorliklarini aniklay olish), mantikiy (uzining biri boshkasini inkor kilmaydigan ichki muloxazalarini va tugri xulosalarini shakllantira olish, ilmiy bilimlari va kundalik turmush tajribalarini tizimlashtira olish) va amaliy (muayyan vaziyatlarda mavjud bulgan axborotlarga asoslangan xolda eng makbul (optimal) yulni tanlay bilish va kuyilgan maksadlarga erishish uchun amalga oshirilishi kerak bulgan xarakatlarning samarali rejasini tuza olish) ravishda fikrlay olish.[9]
Bo’lajak o’qituvchidan mavjud bilimlarni taqqoslab ilmiy jihatdan asoslangan bilimlarni tanlay olish va kundalik faoliyatda qo’llay olish kabilar talab etiladi.
- Kreativlikka oid kompetentlik. Tankidiy fikrlashga
kodirlik - uzining va boshkalarning goyalari, fikrlari va ishlarining asoslanganligini tekshira olish. Noan’anaviy (nestandart) fikrlay olish - turmushning turli soxalaridagi muammolarni xal etishda yangicha, noan’anaviy (nostandart) yechimlarni topa
bilish.[9]
Bizning fikrimizcha bo’lajak o’qituvchi tashabbuskor ,tadbirkor,noananaviy fikrlaydigan bo’lishi kerak chunki u yangicha fikrlaydigan ,turli muammolarni hal etishda yangicha ,noananaviy yechimlarni topa olishi kerak.U o’z faoliyatida tashabbus ko’rsatib ,mavjud imkoniyatlardan unumli foydalana bilish va yangi usullarni yarata olishi kerak.
- Xissiylikka oid kompetentlik. Refleksiyaga kodirlik (uz
ruxiy xolatini taxlil kila olish) - vokea va xodisalarning
moxiyatini anglay bilish, muammolarning konstruktiv yechimlari
variantlarini taklif eta bilish. Jamoaviy (jamoaviy
fikrlashning uziga xos xususiyatlarini anglay olish, birgalikda
muammolarning yechimini izlashda uzining muloxazalarini gurux
yoki jamoadagi boshka fikrlar bilan solishtira olish) va
mas’uliyatli (puxta, taroziga solib, uzining va boshkalarning
fikrlarini va karorlarini kabul kilishdan oldin, ularning
asosliligini, yutuk va kamchiliklarini baxolay olish) fikrlashga
kodirlik.[9]
Bo’lajak o’qituvchi har bir muammoda yechimlar ko’rsata olishi ,bildirilgan fikrlarni mazmunini anglashi o’z mas’uliyatini biladigan boshqalar fikrini asosli va ishonchliligini aniqlay oladigan bo’lishi talab etiladi.
- Loyixalash kompetentligi. Muammolarning yechimini topa
bilish — muammoni muvaffakiyatli xal etish uchun uning turli
jixatlarini aniklay olish va taxlil eta bilish. Karorlarni
kabul kilishga kodirlik - Muayyan sharoitlarda makbul yulni
tanlay olish va kabul kilingan karorlarning okibatlari uchun
mas’uliyatni xis etish. Loyixalarni boshkarishga kodirlik -
turli loyixalarni samarali ravishda rejalashtirish, boshkarish,
baxolash va monitoringini amalga oshira olish. Sifatni (faoliyatning xar kanday soxasida xam eng yaxshi natijalarga erishishga,
uz-uzini takomillashtirishga va bor imkoniyatlarini yuzaga
chikarishga intilish) va natijani (muvaffakiyatli natijalarga
erishishni ta’minlaydigan zarur choralarni kura bilish) kuzlash[9]
- Pedagogik faoliyatda loyihaviy-konstruktorlik umumiy o’rta ,o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim tizimining ta’lim muassasalarida tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha mutaxassislik fanlaridan nazariy hamda amaliy mashg’ulotlarni olib borish;
-o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazilishiga ko’maklashish ,ilmiy izlanishlarda ishtirok etish ,ma’lumotlarni to’plash ,umumlashtirish va tahlil etish ;
- o’qilayotgan fanlar bo’yicha dars mashg’ulotlarini olib boorish uchun zarur bo’lgan o’quv-metodik hujjatlarni shakllantirish ,tuzish va ularni amaliyotga tadbiq etish;
-o’z ustida ishlab o’qitilayotgan fanga tegishli metodlar va vositalarni muntazam takomillashtirib borish qobilyatlariga ega bo’lmog’i lozim.
- Boshkaruvchanlik va tashkilotchilikka oid kompetentlik. Uz
vaktini (uz oldiga kuygan maksadlarini kiska muddatli, urtacha
muddatli va uzok muddatliligiga karab ajratib ola bilgan xolda
vaktini samarali rejalashtirish va tashkillashtira olish) va
faoliyatini (mavjud bulgan vakt va vositalarni xisobga olgan
xolda, faoliyatning maksadlarini, muximlik darajasini, metodlarini va bajariladigan ishni nazorat kilishning shakllarini
samarali ravishda aniklashtirib olish) rejalashtirish xamda
tashkillashtira olish.[9]
Bizning fikrimizcha har bir bo’lajak o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadini oldindan rejalashtirib uni tashkillashtira olishi kerak.Maqsadning amalga oshish davomiyligini muntazam ravishda nazorat qilib borishi darkor.
Download 26.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling