Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari


Download 63.11 Kb.
bet1/4
Sana14.11.2023
Hajmi63.11 Kb.
#1771876
  1   2   3   4
Bog'liq
Burun qonashi


Burun qonashi sabablari va uni to‘xtatish usullari
Epistaksis yoki burundan qon ketishi – ancha ko‘p uchraydigan, kattalarda ham bolalarda ham yuz beradigan hodisa. Unga sabab turli xil patologiya va kasalliklar bo‘lishi mumkin. Burun teshiklaridan qon oqishining har xil darajalari bor.
Burundan qon ketishi ikki guruhga bo‘linadi: oldingi va orqa. Uning asosida burunning qon bilan ta’minlanishi yotadi.

Burundan qon ketishi qanday sodir bo‘ladi?


Ko‘pchilik holatlarda qon ketishiga sabab Kisselbax qon tomir chigallari sabab bo‘ladi. Bunday qon ketish xavfli emas, o‘z-o‘zidan 3-5-7 daqiqada to‘xtaydi. Oldingi qon ketishlarning manbasi 90-95 % hollarda Kisselbax chigallari bo‘lib, ular burun shilliq qavati ostida joylashgan mayda vena va arteriolalar chigalidan tashkil topgan. Ular burun tog‘ayining oldingi qismini qon bilan ta’minlaydi. Ushbu sohadagi epistaksis holati unchalik katta xavf tug‘dirmaydi, chunki ketgan qon hajmi kam bo‘ladi. Burundan qon tomchilab yoki sizib oqishi mumkin. Normal qon ivishida qon o‘z-o‘zidan bir necha daqiqalarda to‘xtaydi.
5-10 % hollarda qon ketishining orqa guruhida burunning yirik arteriyalaridan qon ketadi. Ular burun tog‘ayining orqa yoki o‘rta qismlarida bo‘ladi. Bu arteriyalardan qon ketish hajmi ko‘p bo‘lib, turli xildagi og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi, kam hollarda qon ketishidan inson o‘limi ham kuzatiladi. Qon to‘q qizil rangda bo‘lib, to‘xtamay oqib turaveradi. Bunday qon ketishi o‘z-o‘zidan to‘xtmaydi. Orqa epistaksisning yana bir ko‘rinishi qon faqatgina burundan emas, balki og‘izdan ham oqadi, qonli qayt qilishlar kuzatiladi. Bunda qon burundan og‘izga oqadi, uni yutib yuborish natijasida inson qayt qiladi. Og‘ir hollarda qon ko‘zdan, yosh chiqish kanallaridan ham oqadi. Bunda burundagi qon ko‘z yoshi kanali orqali yuqoriga ko‘tariladi.

Burundan qon ketish darajalari


Burundan oqayotgan qon hajmiga va miqdoriga qarab qon ketish darajalari farqlanadi:
Kam miqdordagi qon ketishi. Bir necha tomchidan bir necha millilitrgacha qon yo‘qotish. Bunday qon ketish hayot uchun xavf tug‘dirmaydi, hech qanday asoratlar qoldirmaydi. Faqatgina bolalarda qo‘rqib ketganligi sababli vahima qilish va hushdan ketish holatlari kuzatilishi mumkin.

Download 63.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling