Buxdupi 1-2mig‘-21 guruh talabasi Hamroyeva Ruxsoraning 7-maydan 23-may sanasigacha Armechan mfyda o‘tagan amaliyot hisoboti
Download 20.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqhisobot
BuxDUPI 1-2MIG‘-21 guruh talabasi Hamroyeva Ruxsoraning 7-maydan 23-may sanasigacha Armechan MFYda o‘tagan amaliyot HISOBOTI O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son hamda 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-iyundagi 198-sonli qarorining 6-bandiga asosan malakaviy amaliyotni o`tkazish uchun biz Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi talabalariga 10-maydan 24-mayga qadar o`z hudud mahalla fuqarolar yig`inimizda amaliyot o`tkazish vazifasi yuklatildi. Men 10-may kuni soat 9:00da hududimizdagi Armechan MFYga tashrif buyurdim. Ilk kunimda amalga oshirilgan birinchi vazifam mahalla fuqarolar yig`ini ichki a`zo guruhi va ularning faoliyati bilan tanishish bo`ldi. Mahallada mavjud xonadon xo`jaliklari, aholi soni, aholi tarkibi, milliy va etnik tarkib topishi va bosh qa bir qator funksiyalar orqali bo`linish prinsiplarini o`rganib chiqdim. Yaqinlashib kelayotgan mahalla raislariga bo`ladigan saylov tufayli mahallamizda deyarli har kuni yig`ilish tadbirlari bo`lib o`tayotgan ekan. Biz ham mahalla xotin qizlari faolimiz bilan birgalikda 11-may kuni viloyat targ`ibot guruhi a`zolari bilan bo`ladigan yig`ilishga tayyorgarlik ko`rdik. 11-may kuni soat 7:55da Armechan mahalla fuqarolar yig`inimizga tashrif buyurdim. Soat 9:00da targ`ibot guruhi a`zolarimiz bilan bo`lishi rejalashtirilgan yig`ilish uchun joy va kerakli bo`lgan xotin –qizlar faoliyati, kiyinish madaniyatiga oid hujjatlarni tayyorladik. BuxDUPI da anonym so`rovnoma o`tkazilishi munosabati bilan men ham soat 10:00da institut binosining 218-xonasida onlayn yig`ilishga chaqurtirilgan edim. Shu sababli institutimizga ketdim. Mahallamizdagi yig`ilish tadbiri yaxshi bo`lib o`tganligi to`g`risida mahalla faollarimizdan bilib oldim. Armechan mahalla fuqarolar yig`inimizga soat 16:00da qaytib keldim. Mahalla fuqarolar yig`ini raisining huquq tartibot masalasi bo`yicha o`rinbosari Qo`ldoshev Feruz Muhiddinovichning faoliyat yuritish tizimini o`rgandim. Aynan shu kuni profilaktika inspektorlarimiz ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan va tuzalish yo`lida bo`lgan shaxslar bilan yakka profilaktik suhbatlar o`tkazishni rejalashtirishgan ekan. Aynan shunday ro`yxatda turganlar oyida 2marotaba profilaktik suhbatga kelishlari va o`zlari va hozirgi kundagi faoliyatlari to`g`risida ma`lumot berib, inspektorlar tomonidan ular to`g`risida yana qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda bayonnoma tuzilish holatlari bo`lib o`tar ekan. Bugungi rejalashtirilgan faoliyatim shu bilan o`z nihoyasiga yetdi. 12-may kuni mahalla yoshlar yetakchimiz bilan birgalikda mahalla yoshlari bo`sh vaqtini unumli tashkil etish maqsadida sportning mini futbol yo`nalishi bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi. Bu tanlovda turli yosh toifasidagi yoshlar ishtirok etishdi. Musobaqa ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi. G`olib bo`lgan ishtirokchilar esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi. 13-may kunida mahallamizda joylashgan maktab o`quvchilari o`rtasida “ZUKKO KITOBXON” tanlovini tashkillashtirdik. Bu tanlovni tashkillashtirishda 18-maktab MMIBDO`: S.Sharopova, maktab kutubxonachilari yordam berishdi. Tanlovga muhokama uchun “Alpomish” dostoni, “O`tgan kunlar”, “Shum bola”, “Alkimyogar “ asarlari taqdim etilgan edi. Asarlar ichidan yoshlarga test savoillari taqdim etildi. Tanlovda g`oliblikni 6savolga to`g`ri javob berib 7-sinf o`quvchisi Begmurodova Xurshida egalladilar. 14-may soat 8:00da mahalla fuqarolar yig`iniga tashrif buyurdim. Bu kuni men ayollar balansining onlayn platformasi bilan ishlashni o`rgandim. Soat 14:00da Armechan mahalla hududi tarkibidagi yoshlar o`rtasida “Yoshlar ovozi" ko`rik tanlovini tashkillashtirdik. Tadbirni tashkil etishdan maqsadimiz yoshlarni musiqa, raqs, san`atning turli sohalariga oshno qilib voyaga yetkazish edi. Tadbirdan ko`zlangan maqsadimizga oz bo`lsada erishdik deb hisoblayman. Tanlovda yoshlar opera, maqom, klassika yo`nalishlari bo`yicha ishtirok etishdi. Tanlov juda ham raqobatga boy tarzda bo`lib o`tdi. O`zining yosh bo`lishiga qaramasdan 7yoshdan 30yoshgacha bo`lgan ishtirokchilar orasidan 11yoshli qizimiz Madinabonu tanlovda 1-o`rinni qo`lga kiritdilar. Esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. 16-may kuni yana bir tadbir marosimini ashkillashtirdik. Tadbirimiz soat 9:00da hududimizdagi 37maktabda bo`lib o`tishi rejalashtirilgan edi. Tadbirimizga yoshlar o`zbek va jahon adabiyotining yirik namoyondalari ijodlarini ne chog`lik bilishlari va o`z ijod mahsullari orqali bellashishdi. O`quvchilar she`r, g`azal, qo`shiq, raqslarni mahorat bilan ijro etib berishdi. Tadbirda barcha ishtirokchilar ham bu tadbirda haqqoniy ishtirok etishayotganini va kelajakda o`z sohasining yetuk mutaxassisi bo`lib yetishishini o`zining ijod mahsullari orqali isbotlab berishdi. Tadbirimiz ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi. Tadbirimizda 9-sinf o`quvchisi Tohirova Parizod 1-o`rinni qo`lga kiritdi va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Soat 13:00da mahalla yoshlar yetakchimiz bilan birgalikda Armechan MFY binosiga qaytdik va men xotin qizlar faolimizga ayollar onlayn platformasini shakllantirishda ko`maklashdim. 17-may kuni soat 8:00da mahalla fuqarolar yig`iniga tashrif buyurdim. Bugun yoshlar daftari yuzasidan onlayn tarzda ariza kelib tushdi. Arizani yoshlar yetakchimiz bilan birgalikda oi`rganib chiqdik. Ariza beruvchining 92-sonli qarorning tegishli bandlariga to`g`ri kelmasligi, propiska bo`yicha bizning hududda ro`yxatda turmasligi aniqlandi va yuborilgan ariza rad etildi. Bu ariza bilan saytni yopganimizda so`ng, tushlik vaqtigacha xotin qizlar faolimizga ayollar platformasi ro`yxatini shakllantirishda ko`maklashdim. Shu kuni mahalla xotin qizlar faollari o`rtasida sporning turli yo`nalishlari bo`yicha musobaqa tashkil etildi va musobaqada faol ishtirok etgan xotin qizlar faollari esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. 18-may kuni armechan mahalla fuqarolar yig`ini hududidagi 20-maktabda Download 20.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling