Buxgalteriya balansining iqtisodiy mazmuni va mohiyati


Download 158 Kb.
bet5/5
Sana20.09.2020
Hajmi158 Kb.
1   2   3   4   5

40 000










300 000

Shunday qilib, schyotning boshlangich koldigi mablaglar yoqi ularning manbalarini ma`lum muddatga (oyning birinchi kuniga) bulgan xolatini anglatadi. Schyotlarning debet va kredit tomonlar oboroti summasi usha tomonlarda aks ettirilgan operatsiyalar summalari yigindisini va yakuniy koldik esa usha mablag yoqi mablag manbasining oy yakuniga bulgan xolatini bildiradi.

Demak korxona mablaglari va ularning manbasi uchun, ya`ni ularning xar bir turi uchun aloxida schyotlar joriy qilingan. Ularning umumiy soni 97 ta.

Schyotlarning turkumlanishi.

xisob ishlarini yaxshm yulga kuyilishi va xar xil schyotlar xususiyatlarini urganishuchun schyotlar klassifikatsiyasi zarur.

Schyotlarni iqtisodiy mazmuniga kura bunday guruxlash, ularda nimalar, ya`ni kanday iqtisodiy obyekt va uni xar tamonlama izoxlash uchun yana kaysi schyotlardan foydalanish mumkinligini kursatadi.

Iqtisodiy mazmuniga kura schyotlar kuyidagicha guruxlanadi:


  1. Asosiy schyotlar;

  2. Tartibga soluvchi schyotlar;

  3. Taksimlovchi schyotlar;

  4. Kalkulyatsiya schyotlar;

  5. Takkoslovchi schyotlar;

  6. Balansdan tashkari schyotlar.

Ushbu guruxlarni aloxida kurib chikamiz.

Asosiy schyotlar korxona xujalik mablaglari yoqi ularnin manbalari turlari buyicha ma`lumot beruvchi va nazorat qiluvchi schyotlardir. Umumiy tarzda bu schyotlarda korxona mulki xisobga olinadi.

Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, joriy oy yakunida ushbu schyotlar buyicha yakuniy koldik mavjud bulsa, ular albatta balansda kursatiladi. Tarkibiy tuzilishiga kura bu schyotlar aktiv, passiv va aktiv-passiv schyotlarga bulinadi.

Asosiy aktiv schyotlar korxona xujalik mablaglari va debitorlar bilan xisob-kitobda kullaniladi. Masalan, 01 "Asosiy vositalar", 10 "Materiallar", 51 "Xisob-kitob schyoti", 62 "Xaridorlar va buyurtmachilar bilan xisob-kitoblar" va 76 "Xar-xil debitor va kreditorlar bilan xisob-kitoblar" schyotlari shular jumlasidandir.

Asosiy passiv schyotlar esa korxona mablaglari manbalarining va majburiyatlarining xolatining xisobi uchun foydalaniladigan schyotlardir. Masalan, 85 "Ustav kapitali", 87 "Taksimlanmagan foyda", 90 "Kiska muddatli kreditlar", 60 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan xisob-kitoblar" schyotlari.

Asosiy aktiv-passiv schyotlar korxona debitorlik va kreditorlik karzlarining xolati tugrisida ma`lumot beradi. Schyotlarning debet bolangich koldigi - korxonaning debitorlik karzini yoqi zararni, kredit koldigi esa kreditorlik karzini yoqi foydani bildiradi. Agar joriy oy mobaynida korxonaning debitorlik karzi ortsa - schyotning debet tomoniga, kreditorlik karzi esa kredit tomoniga yoziladi.

Tartibga soluvchi schyotlar - bu korxona xujalik mablaglari va ularning manbalari xolatini tugirlovchi schyotlardir. Tugirlash jarayoni ushbu schyot ma`lumotlarini oydinlashtirish maksadida unga kushimcha va usha schyot bilan boglik boshka schyot ochish orkali amalga oshiriladi. Masalan, korxona asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va arzon baxoli va tez eskiruvchi buyumlariga eskirish summasi xisoblanadi. Shu sababli ular balansda ikki xil baxoda, ya`ni boshlangich va koldik kiymatda aks ettiriladi.

Korxona ushbu mulklar tugrisida anik va tugri ma`lumotlar olish uchun ularga eskirish summalarini xisobga oluvchi schyotlar ochilgan. Bunda, korxona mulkini xisobga oluvchi 01 "Asosiy vositalar", 04 "Nomoddiy aktivlar" va 12 "Arzon baxoli va tez eskiruvchi buyumlari" schyotlar tartibga solinadigan schyotlar, ularning eskirish summalarini xisoblovchipassiv 02 "Asosiy vositalar eskirishi", 05 "Nomoddiy aktivlar eskirishi" va 13 "Arzon baxoli va tez eskiruvchi buyumlari eskirishi" schyotlari esa tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.

Tartibga soluvchi schyotlar summalarini tartibga solinuvchi schyotlar summasidar chegirib tashlash orkali korxona mulkining xakikiy xolati aniklanadi.

Taksimlovchi schyotlar - bu korxona xarajatlarini yigish va ularni tugri taksimlashni nazorat qiluvchi schyotlardir. Bunday schyotlar aktiv xisoblanib, xarajatlar summalari, avvalo, ushbu schyotning debet tomonida joriy oy mobaynida yigilib boriladi va oy yakunida boshka schyotlarga kredit tomonidan xisobdan chikariladi. Bunga aktiv 23 "Yordamchi ishlab chikarish xarajatlari", 25 "Umumishlab chikarish xarajatlari" va 26 "Davr xarajatlari" schyotlari misol buladi.

Shunday qilib, oy yakunida taksimlovchi schyotlarda yakuniy koldik kolmaydi va shu sababli ular korxona balansida kuosatilmaydi.

Kalkulyatsiya schyotlari - korxonaga kelib tushgan materiallar va ishlab chikarilgan maxsulot, kursatilgan xizmat va bajarilgan ishlarga sarflangan xarajatlarni xisoblovchi schyotlardir.

Ma`lum xisob obyektlariga sarflangan xarajatlar shu obyekt bilan boglik schyotlarda yigilib boriladi va oy yakunida barcha xarajatlar summalari kushilib, obyekt tannarxi xisoblab chiqiladi. Tannarxni xisoblash jarayoni kalkulyatsiya qilish deb ataladi.

Masalan, korxona ishlab chikargan iaxsulotlarga sarflangan xarajatlarni xisobga olish uchun aktiv 20 "Asosiy ishlab chikarish" schyoti joriy qilingan. Joriy oy davoimda schyotning debet tomonida yigilgan xarajatlar maxsulot tannarxini tashqil qiladi. Kalkulyatsiya schyotlariga 20 "Asosiy ishlab chikarish" va 23 "Yordamchi ishlab chikarish xarajatlari" schyotlari misol buladi.

Takkoslovchi schyotlar korxona faoliyati xujalik jarayonlarining moliyaviy natijasini aniklash uchun kullaniladigan schyotlardir. Bu jarayon schyotning debet va kredit oborotlarini solishtirish orkali aniklanadi. Masalan, 80 "Foyda va zararlar" schyotining debet tomoniga korxona faoliyatida yuzaga kelgan zararlar, kredit tomonida esa foyda aks ettiriladi. Joriy oy yakunida schyotnig debet va kredit oborotlari takkoslanib, yakuniy koldik aniklanadi. Agar koldik schyotning debet tomonida shakllansa - zararni, kredit tomonida esa foydani anglatadi.

Bundan tashkari, 46 "Maxsulot (ish, xizmat) sotish", 47 "Asosiy vositalarni sotish va boshka chikarishlar" va 48 "Boshka aktivlarni sotish" schyotlari xam takkoslovchi schyotlar xisoblanadi. Bunda, korxona mulkini sotishdan kurilgan foyda schyotning kredit tomoniga, zarar esa debet tomoniga yeziladi.

Balansdan tashkari schyotlarda korxonaga tegishli bulmagan va maksadlar uchun korxonada vaktinchalik saklanayetgan xujalik mablaglarini aks ettiuvchi schyotlardir. Bu schyotlarning balansdan tashkari deb nomlanishiga sabab, ular balansda kursatilmaydi, chunki bu schyotlardagi mablaglar korxonaga tegishli emas. Bu schyotlarni balansda kursatish korxona mulkining notugri xolatini anglatgan bular edi.

Balansdan tashkari schyotlar uch xonali rakamlar orkali ifodalanadi va ularga ikkiyoqlama yezuv usuli kullanilmaydi. Akti balansdan tashkari schyotlarda kupayish fakat debet tomonga, kamayish esa kredit tomonga yeziladi. Passiv schyotlarda esa buning aksi buladi. Masalan, bkorxonaga vaktinchalik ma`suliyatli saklashga maxsulot kabul qilinganda kuyidagi buxgalteriya yozuvi yoziladi:

Д-т К-т Суммаси

002 100 000


Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya xisobining fan sifatida shakllanishiga sabab bulgan usuldir. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, buxgalteriya juda kadim zamonlarda (eramizdan oldin) paydo bulgan. Lekin 1494 yilda italiyalik monax Luko Pacholli tamonidan ikkiyoqlama yozuvning kashf etilishi buxgalteriya xisobining anik fan bulib shakllanishiga katta ta`sir kursatdi.

Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati shundan iboratki, bunda korxona xujalik faoliyatida sodir bulgan operatsiyalar summalari bir vaktning uzida ikkita schyotda, bir schyotning debet tomoniga, ikkinchi schyotning kredit tomoniga yoziladi.

Bunga sabab, xar bir xujalik operatsiyasi ta`sirida korxona mablaglari, ularning manalari va majburiyatlari tarkibida uzgarish sodir etiladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 120 000 sumlik asosiy vosita sotib olindi.

Д-т К-т Summasi

01 60 120 000

Demak, 01 "Asosiy vositalar" schyotining D-t tomonida asosiy vositalar tarkibidagi kupayish, 60 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan xisob-kitoblar" schyotining k-t tomonida esa ularga bulgan majburiyatning ortishi aks ettiriladi.

Chizma kurinishida bu operatsiya kuyidagi kurinishga ega:


Д-т 60К-т




Д-т01 К-т


































120 000




120 000


















Korxona xujalik faoliyatini yuritishda ikkiyoqlama yozuvnig axamiyati bekiyosdir. Ikkiyoqlama yozuv bulmaganda edi, balkim buxgalteriya xisobi fani xam bulmas edi.

Ikkiyoqlama yozuvning axamiyatlik tomonlaridan yana biri shundan iboratki, u xujalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish uchun operatsiyaning tulik mazmunini yozishni talab qilmaydi, ya`ni ularni buxgalteriya yozuvlari orkali yozish bilan vaktni tejash mumkin.

Xulosa:


Buxgalteriya balansi - buxgalteriya xisobining asosiy usullaridan biri xisoblanib, korxona xujalik mablaglari va ularning manbalarini iqtisodiy xususiyatlariga kura guruxlashni uzida mujassamlashtiradi. Buxgalteriya schyotlari - korxona xujalik mablaglari va ularning manbalarini buxgalteriya xujjatlarida aks ettirish uchun kabul qilingan shartli belgilardir. Ikkiyeklama yozuv - korxona faoliyatida sodir bulgan xujalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish usuli.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Ostonokulov M. Buxgalteriya xisobi nazariyasi. -T.: Ukituvchi, 1993.

  2. Kiryanova Z.V. Teoriya buxgalterskogo ucheta. -M.: Finanso` i statistika, 1996.

  3. Yuldashev S.SH. Osnlvo` buxgalterskogo ucheta. -Vashington, 1997.

  4. Kondrakov N.P. Buxgalterskiy uchet. -M.: INFRA M, 1998.

  5. Kamo`shanov I.P. Prakticheskoye posobiye po buxgalterskomu uchetu. -M.: AO "DIS", 1997.

  6. www.ziyonet.uz

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling