Buxgalteriya balansining vertikal tahlili


Download 30.92 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2022
Hajmi30.92 Kb.
#762988
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vertikal tahlil moliyaviy tahlildan
18, XORIJIY TIL 3 KURS 2 OLIY TA\'LIM MUSTAQIL TA\'LIM 6 SEMESTR, pptttt, КЛИНИЧЕСКАЯ АНАТОМИЯ ТЕСТЫ на русском1, Курс иши мавзулари ва раҳбарлари 2022 Фармойиш — 01 06 22, 8, 10, 17, 12, 2, Фарма 31 талик саволлар, umumiy psixologiya kurs ishi bixeviorizm (2), 16, 2-курс МА

Buxgalteriya balansining vertikal tahlili




Vertikal tahlil – gorizontal tahlilni to‘ldiruvchi usul sifatida moliyaviy hisobot elementlari, moddalarining tarkibiy jihatlariga baho berishni xarakterlaydi. Ushbu jihatlarni moliyaviy hisobotlarning barcha shakllariga nisbatan qo‘llash mumkin. Umumiy tarkibda yakka birliklarning salmog‘i va ularning o‘zgarishlari asosida korxona moliyaviy holatini tashxislash yanada osonlashadi. Korxonani moliyaviy ahvolini anglash, bilishda asosiy jihatlar jami tarkibda birlik qatorlarni to‘g‘ri nisbatlashga qaratiladi.
Uzoq muddatli va joriy aktivlar, kapital va majburiyatlar qatorida ayrim tarkib qatorlar salmog‘ini balans jamiga nisbatan va ushbu tarkibning jamlangan qatoriga nisbatan ham hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bu tartib aktivlarning tarkibiy o‘zgarishlarini baholashga, aktivlar tarkibida alohida tarkiblar salmog‘ining o‘zgarishini, likvidlik va to‘lovga qobillik ko‘rsatkichlari ta’sirini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Ya’ni tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali moliyaviy holatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin.
Vertikal tahlil gorizontal tahlil asosidagina bir butunlikka erishadi. Shu sababli ularni doimo birgalikda va umumiylikda foydalanish kuzatiladi. Ularni bir-biridan holi tarzda qo‘llash orqali tahlilning to‘liqligini ta’minlab bo‘lmaydi.
Uzoq muddatli va joriy aktivlarning jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i quyidagi bog‘lanishlar orqali topiladi.


Buxgalteriya balansi moddalari va ularning tarkib bo‘yicha nisbiy ifodalari hisob-kitobi



Balans moddalarining nisbiy ifodalari

Aniqlanish tartibi

Buxgalteriya balansi satri bo‘yicha hisob-kitobi

Uzoq muddatli aktivlarning jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i

UMA/BJ*100

Satr130/Satr400*100

Joriy aktivlarning jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i

JA/BJ*100

Satr390/Satr400*100

Joriy aktivlar tarkibida TMZ salmog‘i

TMZ/JA*(JA/BJ*100)

Satr140/Satr390*(Satr390/Satr400*100)

Joriy aktivlar tarkibida debitorlik majburiyatlari salmog‘i

DM/JA*(JA/BJ*100)

Satr210/Satr390*(Satr390/Satr400*100)

Joriy aktivlar tarkibida pul mablag‘lari salmog‘i

PM/JA*(JA/BJ*100)

Satr320/Satr390*(Satr390/Satr400*100)

O‘z mablag‘lar manbasining jami manbalar tarkibidagi salmog‘i

O‘MM/JM*100

Satr480/Satr780*100

Majburiyatlarning jami manbalar tarkibidagi salmog‘i

M/JM*100

Satr770/Satr780*100

Majburiyatlar tarkibida uzoq muddatli majburiyatlar salmog‘i

UMM/M*(M/JM*100)

Satr490/Satr780*(Satr770/Satr780*100)

Majburiyatlar tarkibida joriy majburiyatlar salmog‘i

JM/M*(M/JM*100)

Satr600/Satr780*(Satr770/Satr780*100)

Balans moddalarining jamlangan qatorlar bo‘yicha tarkibiy salmog‘ini o‘rganish inflyatsiya ta’siri, shuningdek‚ baho o‘zgarishlarining mulk qiymatiga ta’sirini to‘g‘ri baholashga ham imkon beradi. Masalan, balans jamida o‘z mablag‘lari manbasi qiymat ifodada ta’minot bo‘yicha aniq holatni ifoda etmaydi. Agar uning balans jamiga nisbatan nisbiy ifodasi aniqlansa korxonaning moliyaviy ta’minotida mustaqillik, qaramlik darajasini yaqqol anglash mumkin.





Download 30.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling