Buxgalteriya hisobi va audit


Download 141.36 Kb.
bet6/9
Sana02.01.2022
Hajmi141.36 Kb.
#193356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KREDIT TIZIMINING TARKIBIY TUZILISHI VA KREDIT MUNOSABATLARI
Bolalarni sahna va ijodiy faol o`r 1 kurs 1 sem , Bolalarni sahna va ijodiy faol o`r 1 kurs 1 sem (1), Bolalarni sahna va ijodiy faol o`r 1 kurs 1 sem , 2-boshlang'ich sinflarda mehnat ta'limining mazmuni, «O’tkinchi jarayonlar» fanidan ma’ruzalar matni buxoro – 2013 yi
birinchidan, uning ijtimoiy mahsulot yaratish, milliy daromad va pul resurslarini qayta taqsimlashga bogʼliqligi;

ikkinchidan, kreditning harakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega ekanligi;

uchinchidan, takror ishlab chiqarishdagi harakatning asosiy hal etuvchi belgisi (qarz) ekanligi va h. k.

Kredit munosabatlarida subʼektlar ikki xil boʼladi:

1. Kreditor (qarz beruvchi)

2. Qarz oluvchi

Kreditning ahamiyatini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va ragʼbatlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funktsiyalarining natijasi sifatida aniqlashtirish mumkin.

1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funktsiyasi.

Kredit va pul mablagʼlari oʼrtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funktsiyasi oldinga surilgan. Lekin bu funktsiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «sahnasidan» chiqib ketgan.

Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funktsiyasini keltirib chiqaradi.

2. Qayta taqsimlash funktsiyasi.

Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga - ishlab chiqarish, taqsimlash, muomala va isteʼmolga xizmat koʼrsa-tadi.

Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʼliq holda kredit, ishlab chiqarish, taqsimlash yoki isteʼmol jarayonida kechadigan funktsiyalardan farqli oʼlaroq qayta taqsimlash funktsiyasini bajaradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha boʼsh moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yoʼnaltiruvchi va natijada yuqori foydani taʼminlovchi oʼziga xos dastak sifatida namoyon boʼladi.

Qayta taqsimlash funktsiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning boʼsh pul mablagʼlari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan toʼlov asosida beriladi. Bu funktsiya yordamida ishlab chiqarishdagi proportsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.

Oʼzining turli tarmoqlar va mintaqalarda tabaqalanish darajasiga tayanib, kredit iqtisodning stixiyali makroboshqaruvchisi sifatida namoyon boʼladi. Baьzi hollarda bu funktsiyaning amalga oshirilishi bozor tizimida nomutanosiblikning chuqurlashuviga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday holat MHD davlatlarida bozor iqtisodiga oʼtish bosqichida namoyon boʼlmoqda. Shuning uchun kredit tizimini davlat tomonidan boshqarishning muhim vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni oqilona tavsiflash va kredit resurslarini u yoki bu tarmoqqa jalb qilishni ragʼbatlantirishdan iboratdir.

3. Muomala xarajatlarini tejash funktsiyasi.

Kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, kumush) kredit pullari – veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashinishini taʼminlab kelgan. Lekin, oltinning monetar ahamiyati yoʼqolishi tufayli kredit shu funktsiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisob-kitoblarning tezligini va kam xarajatligini taʼminlamoqda. Kapitalning muomalada boʼlish vaqtining iqtisod qilinishi uning ishlab chiqarishda boʼlish vaqtini oshiradi va bu ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi.

Shuning uchun korxona va tashkilotlarning oʼz aylanma mablagʼlarining vaqtinchalik yetishmovchiligini toʼldirish uchun ssudalar berish keng tarqalib borgan.

4. Kapital toʼplanishining jadallashuvi va kontsentratsiyalashuvi funktsiyasi.

Kapital toʼplanishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xoʼjalik yurituvchi har bir subʼektning maqsadga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu masalani hal qilishga va ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuning bilan birga qoʼshimcha foyda olishga qarz mablagʼlaridan foydalanish yordam beradi. Shuni taʼkidlab oʼtish zarurki, iqtisodiy inqiroz davrida bu resurslarning qimmatliligi koʼpchilik xoʼjalik faoliyati jabxalarida kapital toʼplanishini jadallashtirish masalasini xal qilishda toʼsqinlik qiladi. Shunga qaramasdan, koʼrib chiqilayotgan funktsiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablagʼlar bilan taʼminlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablagʼlar bilan taʼminlanish jarayonini sezilarli tezlashtirdi.

5. Muomalaga toʼlov vositalarini chiqarish funktsiyasi.

Bu funktsiyaning amalga oshishi jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, toʼlovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga vekselь, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni naqdsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinuvining kerakli elementi sifatida muhim oʼrin tutadi.


Download 141.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling