Buxgalteriya hisobining axborot ta’minoti nimadan iborat? Boshqaruv obyekti
Download 21.63 Kb.
|
Buxgalteriya hisobining axborot ta’minoti nimadan iborat
Buxgalteriya hisobining axborot ta’minoti nimadan iborat? Boshqaruv obyekti (korxonalarning xo’jalik faoliyati ) Boshqariladigan obyekt holati haqidagi boshlang’ich axborotlarni yig’ish , Ro’yxatdan o’tkazish Hisob axborotlarini qayta ishlash va saqlash , Hisobotlarni shakllantirish Hisob axborotlarini foydalanuvchiga uzatish Hisob axborotlari ahlili , Korxona rahbariyatining oldiga qo’yilgan maqsadga muvofiq boshqaruv obyektiga boshqaruvchanlik ta’sirini ishlab chiqish Korxona faoliyatining maqsadi. Yirik korxonalar hisobi masalalarini kompyuterda qayta ishlash texnologiyalari Yirik korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish muammosi hozirgi zamonning ång muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu hol, avvalambor, katta hajmdagi axborotlarni yig‘ish, qayta ishlab chiqish, tahlil etish va ulardan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘z vaqtida ratsional foydalanishni ta’minlashdan iborat. Katta hisoblash mashinalari davrida yirik sanoat korxonalari uchun birinchi buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) yaratilgan edi. Bunday hisoblash axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirishga imkon bergan. Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar hamda kompyuterning paydo bo‘lishi bu sinfdagi hisoblash vositalarining deyarli to‘liq yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hisob axborotlarini markazlashmagan holda ishlab chiqish keng tarqaldi. Kompyuterdan foydalanish axborot manbalarini vositachilarni (hisoblash markazlari, korxonalarning axborotlarini tayyorlash bo‘yicha bo‘limlari va boshqalarni) chetlab o‘tgan holda, ushbu axborotning foydalanuvchisi hisobiga yaqinlashtirdi hamda kompyuter zamirida hisobchining avtomatlashtirilgan ish joyini (HAIJ) yaratishga olib keldi. Hisob axborotlarini ishlab chiqishning barcha tadbirlarini bevosita ish joyida avtomatlashtirishning imkoniyati paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda BHATning yangi iste’molchilari — yirik korxonalar menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtiradi, balki korxonalarni boshqarishning samaradorligini ta’minlaydi. Bu tizim moliyaviy muvozanatni saqlab qolishi va barqaror foyda olish imkoniyatini oshirishi bilan muhimdir. Shuning uchun ham yirik korxonalarning BHAT quyidagilarni ta’minlashi kerak: — buxgalteriya hisobi, rejalashtirish, korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatining tahlili hamda ichki audit vazifalarining butun majmuasini avtomatlashtirilgan yechimini; — korxonadagi ishlarning joriy holati haqida tezkor, doimo o‘zgarib turuvchi axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o‘z resurslaridan samarali foydalanishga harakat qilayotgan yirik sanoat korxonalari uchun ham, mahsulotlar va boshqa mablag‘larning harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zarar 3.. Ma’lumotlarni kompyuter xotiralarida arxivlashtirish va boshqa AIJga uzatish uchun axborotlarni shakllantirish kabi operatsiyalarni ham bajarish mumkin. Kompyuter ishlab chiqishni rivojlantirishning hozirgi bosqichi uchun buxgalteriya hisobi vazifalarini texnologik jarayonning operatsiyalari tomonidan ko‘zda tutilgan integratsiyalashishi o‘ziga xosdir. Uning mohiyati shundan iboratki, buxgalteriya hisobining har bir bo‘g‘inini alohida AIJda ishlab chiqa turib, axborot shakllantiriladi, u keyinroq birlashtiriladi va dasturining asosiy moduli tomonidan yig‘ma buxgalteriya hisobi («buxgalteriya yozuvlarini ko‘chirish» usuli) uchun foydalaniladi. Hisob vazifalarini ishlab chiqish texnologiyalarini amalga oshirishning muhim ålementi uning dasturiy ta’minlanishi hisoblanadi. Kompyuter dasturlari bozorida har xil korxonalar, firmalar, tashkilotlar uchun mo‘ljallangan buxgalteriya dasturlarining turli-tuman variantlari taqdim åtilgan. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish ko‘p sonli firmalar tomonidan olib boriladi. Ularning ichida ång mashhurlari «1C: », «Parus», «Intellekt-Servis», «Infosoft» va boshqalardir. Buxgalteriya hisobining vazifaviy ADPni tasniflash kichik, o‘rta va yirik korxonalarga mo‘ljallanishi asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli tarzda ishlab chiqaradi. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, «mijoz — server» yangi texnologiyasini amalga oshirishni, maxsus uskunalar va operatsion tizimlarni hamda hisoblash tarmog‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar shtati mavjudligini talab qiladi. Qoidaga ko‘ra, tarmoqli ADP buxgalteriya hisobining dasturlaridan tashqari barcha firmalar yoki tashkilotlar uchun boshqaruv axborotlarini kompyuterli ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobining ba’zi bir vazifaviy ADTning imkoniyatlarni ko‘rib chiqamiz. 55 Kichik hisobxona ADP kam sonli, hisobning aniq bo‘g‘ini bo‘yicha xodimlarni aniq aks ettirilgan hisobxonalar uchun mo‘ljallangan «Buxgalteriya yozuvi — asosiy kitob — balans» umumiy nomi ostidagi kichik biznesga mo‘ljallangan dasturlar, asosan, sintetik va murakkab bo‘lmagan tahliliy hisobni olib borish vazifalarini bajaradi. Bu sinfdagi ång mashhur ADT «1C: va boshqalardir. Kichik hisobxona ADP o‘zlashtirish va ishlatishda sodda, kasb ågasi bo‘lmagan foydalanuvchiga mo‘ljallangan. Ularning katta turlitumanliklariga qaramasdan, qoidaga ko‘ra ular umumiy xususiyatlarga åga. Masalan, xo‘jalik operatsiyalarining qayd åtish daftarini avtomatlashtirilgan usulda olib borish, schyotlar rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining mavjudligi, bir qator birlamchi buxgalteriya hujjatlarini shakllantirish imkoniyati, yig‘ma buxgalteriya hisobotini avtomatlashtirilgan usulda tuzish. «Mujassamlashgan buxgalteriya tizimi» ADP kichik va o‘rta biznesni olib borish uchun mo‘ljallangan. ADPning asosiy xususiyati uning modulli qurilishidir. «Provodka — asosiy kitob — balans» moduli kichik korxonalarniki kabi ADTning asosi bo‘ladi. Unda hisobning keng yoyilgan tahliliy hisobi olib boriluvchi ba’zi bir bo‘g‘inlari bo‘yicha modullar qurilgan. Masalan, hisobning ish haqi, materiallar, asosiy vositalar, xazina, bank, shartnomalar, yetkazib beruvchilar va boshqalar kabi bo‘g‘inlari bo‘yicha tahliliy hisob mustaqil usulda amalga oshiriladi. Ammo, keyinchalik ularni yakuniy buxgalteriya hisobotini tuzilishi ta’minlanadigan «Provodka — asosiy kitob — balans» moduliga mujassamlashuvi sodir bo‘ladi. Bu sinfdagi ång yaxshi ADP «Parus», «Komrlex+», «BEMBI+», «Buxkompleks», «Supermenejer»lardir. «Buxgalteriya hisobining kompleks tizimi» ADT buxgalteriya dasturlarini mavjud bo‘lishining ång åski shaklidir. Hisobning har bir bo‘limi ostida belgilangan ADPni yaratilishi zamonaviy kompyuterni paydo bo‘lishiga qadar vujudga kelgan. Bu sinfning ADP o‘rta va yirik korxonalar uchun ång ratsional hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining kengaytirilgan tahliliy hisobi olib boriladigan hamda yig‘ma hisobning AIJ va shu hisobning ayrim bo‘g‘inining AIJ o‘rtasidagi axborotlarni almashtirish interfeysini ta’minlaydigan bo‘g‘inlari bo‘yicha mahalliy, ammo o‘zaro bog‘langan ADP majmuasini mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Majmua ADPning tarkibi quyidagicha: «Provodka — asosiy kitob — balans», mehnat va ish haqining hisobi, ishlab chiqarishda xarajatlarning hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, tayyor mahsulotlarning hisobi, fondlarning hisobi, moliyaviy natijalarning hisobi, korxonaning moliyaviy holatining tahlili. Buxgalteriya 56 vazifalari an’anaviy majmuasining tarkibi yangi boshqaruv, savdo va tahliliy modullarining yaratilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy tamoyilga rioya qilish zarur — ADP o‘zaro axborotli bog‘langan bo‘lishlari kerak. Bu faqat ADPning butun majmuasini bitta firmadan xarid qilingandagina mumkin. Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling