Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi


Download 334 Kb.
bet1/13
Sana16.02.2023
Hajmi334 Kb.
#1203278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
JAVOBLAR BUXGALTERIYA


  1. Buxgalteriya xisobining tavsiflanishi

Aktiv va balanslar qismlarga, qismlar alohida guruhlarga,guruhlar esa balanslar tarmoqlariga bo‘linadi. Buxgalteriya balanslaritarmoqlari deb mulkning alohida turlarini uning shakllanish manbalarini, korxonaning majburiyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga aytiladi.
Korxonaning balans aktivi ikki qismdan iborat:
1. Uzoq muddatli aktivlar.
2. Joriy aktivlar.
«Uzoq muddatli aktivlar» qismida asosiy mablag‘larning va nomoddiy aktivlarning qiymati uzoq muddatli investitsiyalar yig‘indisi, qurilmalar jihozlari, kapital jamg‘armalar, uzoq muddatli ebitor qarzlar va uzoq muddatga kechiktirilgan xarajatlar ochib berilishi kerak.
Asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar boshlang‘ich (tiklovchi) qiymat, ishlatib bo‘lmagan (amortizasiyalar) yig‘indilarida, qoldiq qiymatda ochib berilishi kerak.
Uzoq muddatli investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar qiymati,tarmoq xo‘jalik jamiyatidagi investitsiyalar yig‘indisi, korxonadagi chet el kapitali investitsiyasi va boshqa uzoq investitsiyalar
bo‘yicha ochilishi kerak.
«Joriy aktivlar» qismida Tovar moddiy zaxiralar yig‘indisi
kelgusida qilinadigan xarajatlar, kechiktirilgan xarajatlarning,
joriy qismi debitor qarzdorlik, pul mablag‘lari, qisqa muddatli
moliyaviy jamg‘armalar va boshqa joriy aktivlar ochilishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralariga quyidagilar kiradi va ular alohida
ta’riflanishi kerak:
a) ishlab chiqarish zaxiralari;
b) tugallanmagan ishlab chiqarish;
d) tayyor mahsulot;
e) tovarlar.
Debitorlik qarzlarida iste’molchilar va byurtmachilarning
qarzlari, alohida ajratilgan bo‘linmalarning qarzlari, tarmoq va
xo‘jalik jamiyatlariga qaram bo‘lganlarning qarzlarining miqdori ochilishi lozim. Shuningdek, xodimlarga, Mol yetkazib beruvchilarlarga,
pudratchilarga berilgan bo‘naklar, soliq to‘lovlari
bo‘yicha bo‘naklar davlatning maqsadli jamg‘armalari, sug‘urta
ustav kapitalidagi qarzlari, xodimlarning boshqa operatsiyalari va
boshqa debitorlik qarzlari bo‘yicha qarz miqdorlari ochilishi
kerak.
Pul mablag‘lari bo‘yicha g‘aznada qolgan hisob raqamidagi
valuta hisobidagi va boshqa pul mablag‘lari (bankdagi maxsus
hisoblar, yo‘ldagi pul mablag‘lari) ochilishi zarur.


  1. Download 334 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling