Buxoriylar maktabi


Download 36.52 Kb.
bet1/2
Sana03.04.2023
Hajmi36.52 Kb.
#1322167
  1   2
Bog'liq
TARIX TEST BUXORIYLAR01.04.2023


T ARIX FANIDAN NAZORAT TESTI 01.04.2023 “BUXORIYLAR MAKTABI” O’QUV MARKAZI

1. Quyidagi qaysi voqealar so'nggi paleolit davrida sodir bo'lgan edi?

1) toshga ishlov berish texnikasining o'zgarishi; 2) neandertal odamlarining keng yoyilishi; 3) chopperlarning paydo bo‘lishi; 4) qoyatosh rasmlari; 5) turar joylarning qurilishi; 6) ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikning vujudga kelishi; 7) urug'chilik jamoalarining ajralib chiqishi; 8) yoyning ixtiro qilinishi


A)2,4,5,7 B)1,2,5,6,8 C)1,4,5,7 D)3,4,6,8


2. Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni bo’lgan xudo qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Memfis shahri homiysi bo’lgan
B) yerosti saltanati xudosi
C) uni asl ko’rinishida ko’rish mumkin bo’lmagan
D) 6 ming km.li, O’rtayer daryosiga quyiluvchi daryo xudosi bo’lgan
3.Iqto bilan bog’liq ma’lumotlarni aniqlang.
1)yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va usvdan iborat katta-katta mulklar iqto shaklida in’om qilina boshlandi;
2)Movarounnahr va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylandi;
3)Yerdan foydalanishda iqto tartibori juda keng yoyildi;
a)XI asrdan boshlab; b)XI-XII asrdan boshlab;
c)X asrdan boshlab;
A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c
4.Rossiyada birinchi podsholik va birinchi imperatorlik tojini kiygan hukmdorlarni toping.
1) Ivan III; 2) Ivan IV; 3) Pyotr III; 4) Pyotr I; 5) Vasiliy III
A)2,4 B)1,3 C)2,5 D)2,3
5. Kiyev Rusi knyazi Vladimir Monamax 1097 yilda Lyubech shahrida Rus knyazlarining 1- syezdini chaqirishdan maqsadi nima edi?
A) keng ko’lamli bosqinchilik urushlari olib borish
B) o’zaro qonli urushlarga chek qo’yish
C) qipchoqlar hujumlariga qarshi ittifoq tuzish
D) knyazlar hokimiyati mavqeyini kuchaytirish
6. Qaysi asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari surilgan?
A) “Yevrosentizm” B) “Imperiya”
C) “Zardusht tavollosi”
D) “Tom tog’anning kulbasi”
7. Qaysi hujjatga «Ost-Indiya» kompaniyasining bir shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning
Hindistondagi barcha mustamlakalari general- gubernatori etib tayinlandi?
A) «Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qonun»ga ko’ra
B) «Hinsdiston ishlar bo`yicha nazorat kengashi» haqidagi qonunga ko’ra
C) «Ost-Indiya» kengashi tuzish haqidagi qonunga ko’ra
D) Qirol huzuridagi «Tashqi ishlar vazirlik kengashi» haqidagi qonunga ko’ra
8. Tarixiy-mantiqiy ketma-ketlik (moslik) berilgan javobni toping.
A) imperator Yustinian I –– ostgotlar ––Ravenna
B) knyaz Vatslav –– Piastlar sulolasi –– xristian dini
C) qirol Karl Martell –– Puate janggi –– Muqaddas Rim imperiyasi
D) qirol Filipp IV –– "Yuz yillik urush" –– Tyudorlar sulolasining tugashi
9. Tarixdan ma'lumki, 1914-yilda Yuan Shikay Prezident sifatida cheklanmagan hokimiyatga ega boʻldi. Keyinchalik mamlakatda qanday ishlar amalga oshirildi?
1) Mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi; 2) Yuan Shikay 5 yil muddatga prezident etib saylandi; 3) Inqilob qoʻshini qurolsizlantirildi. 4) Respublika boshqaruv organlari tugatildi
A)1,4 B)2,3 C)2,4 D)1,2,3,4
10. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni belgilang?
A) Qurolsiz va yolg’iz saroyga tashrif buyurgan Abu Muslim xalifa buyrug’iga binoan o’ldiriladi va Arab xalifaligidan birinchi mustaqil amirlik Ispaniyada tashkil topdi
B) Abu Muslim boshliq qo’zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo’l oldilar va Arab xalifaligining poytaxti Damashqdan Bog’dodga ko’chiriladi
C) Buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurdirgan Somoniy hukmdorning hukmronlik davri nihoyasiga yetdi va “Kitob at-tavhid” asarining muallifi vafot etdi
D) Turkman va qipchoqlarni o’ziga bo’ysundirgan Xorazmshohning hukmronlik davri nihoyasiga yetdi va Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog’ (Tyanshan) tizmasining g’arbiy etaklarigacha bo’lgan viloyatlarni o’z davlati tasarrufiga birlashtirgan hukmdor vafot etdi
11. Qo’qon xonligida Norbo’tabiy(a), Buxoro xonligida Subxonqulixon(b) hukmronlgidan so’ng taxtga kelgan hukmdorlarni belgilang.

1.Erdonabiy. 2. Olimxon. 3. Abdulazizxon.


4. Ubaydullaxon II.
A) a - 2, b – 3 B) a - 1, b – 3
C) a - 1, b – 4 D) a - 2, b – 4
12. Mali davlati taraqqiyotini asrlarda ko’rsating.
1) VIII asr 2) XI asr 3) XIII asr 4) XIV asr oxiri
5) XV asr
a) o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishdi
b) vujudga keldi c) islomni qabul qildi
d) parchalanib ketdi e) zaiflashdi
A) 1-b, 2-a,3-e,4-c,5-d B) 1-b, 2-a,3-e,4-d,5-c
C) 1-b, 2-a,3-c,4-e,5-d D) 1-b, 2-c,3-a,4-e,5-d
13. Mil. avv. VI asr oxirgi choragida bo’lgan voqeani toping?
A) Drakon xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozdi.
B) Ossuriya zavolga yuz tutdi
C) Doro I saklar ustiga yurish qildi
D) Solon islohoti ,Demokratiyaga o’tildi
14. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik paydo bo’lgan hududda kimning davrida misrliklar hukmronligi o’rnatilgan?
A) Tutmos III B) Tutmos II
C) Yaxmos D) Menes
15. Xaritada yulduzcha bilan belgilangan davlat tarixiga oid to’g’ri ma’lumotni toping.

A) Yer dehqonlami ekspluatatsiya qilib kelayotgan mulkdorlar qo‘lida bo’lgan.
B) 1888-yili harbiy-tibbiy bilim yurti kursantlari yashirin „Birlik va taraqqiyot“ tashkilotini tuzdilar.
C) Siyosatchilar tomonidan davlatga Trializm atamasi ishlatilgan.
D) 1876-yilda xalq qo‘zg‘oloni boshlandi, qo‘zg‘olon hukmron tabaqalami qo‘rqitib yubordi.

Download 36.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling