O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Ro‘yxatga olindi
__________________
«____» __________ 2021yil.
|
“Tasdiqlayman”
BuxDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
__________________R.G‘.Jumayev
“___”__________________2021
|
|
|
Bilim sohasi: 200000 – San’att va gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 230000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili, sirtqi )
“ARUZ VA MUMTOZ POETIKAGA KIRISH” FANIDAN SILLABUS
ISHCHI DASTURI
1-jarayon
Mashg‘ulot turi
|
Semestr
|
1
|
|
Ma’ruza
|
10
|
|
Amaliy mashg‘ulot
|
10
|
|
Seminar mashg‘uloti
|
10
|
|
Jami auditoriya soatlari
|
30
|
|
Mustaqil ta’lim
|
60
|
|
Umumiy o‘quv soatlari
|
120
|
|
ECTS – Kreditlar soni
|
6
|
|
Buxoro – 2021
Fanning ishchi dasturi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil № BD-5120100-2.09-sonli bayonnoniasi bilan ma'qullangan o`quv dasturiga muvofiq a ishlab chiqilgan
Ishchi dastur Buxoro davlat universiteti Kengashining 2021-yil 30 avgustdagi 1 - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
H.R.Latipov – BuxDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi, f. f.f.d.
Taqrizchilar:
H. O. Safarova – BuxDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.
Z. Q. Amonova – BuxDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.
Ishchi dastur “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan (kafedra majlisining № 1-sonli bayonnomasi, 27 avgust 2021-yil).
BuxDU Filologiya
Fakulteti dekani
2021 yil “____” ______________________________________D.Z.Rajabov
O‘zbek tili va adabiyoti
kafedrasi mudiri:
2021 yil “____»___________________________________ H.P.Eshonqulov
KIRISH
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.
Mumtoz poetikaning asosini ilmlar uchligi tashkil etadi. Bular: ilmi aruz, ilmi badi’ hamda ilmi qofiyadir. Adabiyotimiz tarixida bu uch ilm birgalikda mumtoz she’rning nafosati va shoirning salohiyatini belgilovchi mezon hisoblangan. Ular orasida aruz ilmi nisbatan murakkab hisoblanib, uni yaxshi bilmaslik mumtoz janrlarda yaratilgan badiiy namunalar mohiyatini anglashda qiyinchilik tug‘diradi. Shu ma’noda “Aruz va mumtoz poetikaga kirish” fani aruz vazni va uning qoidalari, aruzda yozilgan asarlarning o‘lchovini aniqlash yo‘llari, aruz tizimining o‘zbek mumtoz adabiyotidagi o‘rni, mumtoz janrlar va ularning badiiyati, ilmi badi’ va ilmi qofiya bo‘yicha aniq va muhim ma’lumotlarni talabaga yetkazishda belgilovchi asos vazifasini o‘taydi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili va adabiyoti ta’limini yo‘lga qo‘yishda ushbu fan alohida ahamiyat kasb etadi.
“Aruz va mumtoz poetikaga kirish” fanini to‘liq o‘zlashtirish bakalavriat bosqichi talabalarining bilimlarini mustahkamlash, badiiy did va adabiy idrokini o‘stirish hamda ularda tadqiqotchilik malakasini shakllantirish uchun zamin hozirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |