Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 376.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.02.2020
Hajmi376.73 Kb.
  1   2   3   4   5

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA  



MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 

   FILOLOGIYA FAKULTETI 

O’ZBEK  FILOLOGIYASI  KAFEDRASI 

IV KURS KUNDUZGI BO’LIM BITIRUVCHISI 

HOJIMUROTOVA MADINANING 

“ALISHER NAVOIY G’AZALIYOTIDAGI 

PAYG’AMBARLAR OBRAZI 

” 

mavzusidagi 

5220100 – Filologiya (o’zbek filologiyasi) yo’nalishida bakalavr 

ilmiy darajasini olish uchun yozgan 

 

MALAKAVIY BITIRUV ISHI 

(2015-2016 - o’quv yili) 

Ilmiy rahbar:     ____________________                

 

 

Buxoro  -  2016 

 

 



 

 

KIRISH 



Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati 

O’rganilish tarixi 

Malakaviy bitiruv ishining maqsad, vazifalari 

BIRINCHI BOB 

Alisher  Navoiyning  hamd  va  na’t  g’azallaridagi  payg’ambarlar  obrazlarining 

poetik xususiyatlari  

1.1. Hamd g’azallarida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat   

1.2. Na’t g’azallarida boshqa payg’ambarlar obraziga murojaat 

 

IKKINCHI BOB 



 Ma’shuqa  vasfi  va  oshiq  holati  tasvirida  Xizr  va  Iso  Masih  timsollarining 

qo’llanilishi  

2.1. Ma’shuqa vasfi tasvirida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat 

2.2. Oshiqning ruhiy holati tasvirida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat 

 

XULOSA 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI  

 

 

 

 

 

 

 

 

KIRISH 

Mavzuning  dolzarbligi  va  ilmiy  ahamiyati.    Alisher    Navoiy  jahon 

adabiyotining  eng  yirik  namoyandalaridan  biridir.  U  yuqori  kamolot  bosqichidagi 



 

buyuk  aql  egasi  –  chin  ma’nosi  bilan  buyuk  shoir,  mutafakkir  va  ulug`  inson  edi. 



Navoiydan  qolgan  buyuk  adabiy  meros  bir  necha  asrlar  davomida  Orta  va  Yaqin 

Sharq xalqlarining adabiyoti va fikriy taraqqiyotiga zo‘r ta’sir ko‘rsatib keldi.  

  

O‘zining  bebaho  badiiy  va  ilmiy  asarlari  bilan  Sharq  xalqlari taraqqiyotiga 



kuchli  ta’sir  ko‘rsatgan  ulug‘  mutaffakkir  Alisher  Navoiyning  bebaho  asarlarida 

insoniy  tuyg‘ularning  oliy  darajadagi  talqinini  ko‘ramiz.  Prezidentimiz 

I.A.Karimov o‘zining ma`naviyat, madaniyat tarixiga doir so‘zlagan deyarli barcha 

nutq  va  ma’ruzalarida  Alisher  Navoiyni  yuksak  ehtirom  ila  tilga  oladilar,  uning 

asarlari  zamonamizning  komil  insonlarini  tarbiyalashda  muhim  qurol,  vosita 

bo‘lishini  ta’kidlab  o‘tadilar.  Jumladan,  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch” 

asarida  ulug’  shoirga  nihoyatda  yuksak  baho  berilgani,  uning  ijodining  mohiyati, 

bugungi kunimiz uchun ahamiyati nuktadonlik bilan yoritib berilganligi kuzatiladi. 

Ushbu  asarda  ulug’  shoir  ijodi  borasida  quyidagi  mulohazalar  ham  o’rin  olgan:  

“Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun 

bir  davrni  tashkil  etadigan  buyuk  shaxs,  milliy  adabiyotimizning  tengsiz 

namoyondasi,  millatimizning  g‘ururi,  shan-u  sharafini  dunyoga  tarannum  qilgan 

o‘lmas  so‘z  san’atkoridir.  Ta’bir  joiz  bo‘lsa,  olamda  turkiy  va  forsiy  tilda 

so‘zlashuvchi  biron-bir  inson  yo‘qki,  u  Navoiyni  bilmasa,  Navoiyni  sevmasa, 

Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa” (5, 47-48)

1

 



O‘zbek  adabiy  tili  va  adabiyoti  so‘nggi  besh  asr  ichida  Navoiy  merosi 

asosida taraqqiy etdi, uning ilg‘or an`analarini davom ettirdi. 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta`biri  bilan  aytganda,  “Inson  qalbining 

quvonch-u  qayg‘usini,  ezgulik  va  hayot  mazmunini  Navoiydek  teran  ifoda  etgan 

shoir  jahon  adabiyoti  tarixida  kamdan-kam  topiladi.  Ona  tiliga  muhabbat,  uning 

beqiyos  boyligi  va  buyukligini  anglash  tuyg`usi  ham  bizning  ong-u  shuurimiz, 

yuragimizga  avvalo  Navoiy  asarlari  bilan  kirib  keladi.  Biz  bu  bebaho  merosdan 

xalqimizni,  ayniqsa,  yoshlarimizni  qanchalik  ko‘p  bahramand  etsak,  milliy 

                                                             

1

 Qavs ichidagi birinchi raqam mavzuning adabiyotlar ro’yxatidagi tartibi bo’lib, ikkinchisi sahifani ko’rsatadi. 



Bundan keyin shu tartibga amal qilinadi – M.H. 

 


 

ma’naviyatimizni  yuksaltirishda,  jamiyatimizda  ezgu  insoniy  fazilatlarni  kamol 



toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz”. [5, 47-48] 

Bugungi  kun  adabiyotshunoslarning  vazifasi  Yurtboshimizning  ana  shu 

fikrlariga suyangan  holda,  Alisher Navoiy  asarlarini  mustaqillik davri talablaridan 

kelib chiqqan holda yanada chuqurroq o‘rganish va keng targ‘ib etishdan iboratdir. 

Hazrat Alisher Navoiyning buyuk nazmiy va nasriy asarlari so‘z boyligi bilan ham, 

uslubi  bilan  ham  ulkan  bir  xazina  hisoblanib,  ularning  lisoniy-uslubiy 

xususiyatlarini o‘rganish hamon dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda.  

Navoiy  ijodi  biz  uchun  betimsol  maktab.  Buyuk  shoir  o‘z  asarlari  bilan 

mangu  barhayot  ekan,  biz  uni  o‘rganishda  va  yangi  –  yangi  qirralarini  kashf 

etishda  davom  etmog‘imiz  lozim.  O‘z  buyuk  farzandining  xotirasini  muqaddas 

saqlash,  uning  adabiy  merosiga  chuqur  e’tiqod  qo‘yish,  sidqidildan  o‘rganish 

xalqimizning sharafli ishi va muqaddas burchidir. Alisher Navoiy bizning shamsul 

millatimiz, ya’ni millatimizning quyoshidir.  

Biz, yosh tadqiqotchilarning vazifasi Yurtboshimizning ana shunday fikrlari,  

mustaqillik  davri  talablaridan  kelib  chiqqan  holda    Alishrer  Navoiy  asarlarini 

yanada chuqurroq o‘rganish va keng targ‘ib etishdan iboratdir. 

O‘zbek  adabiyotshunosligida  Navoiy  ijodi  bo‘yicha  qator  tadqiqotlar 

qilingan  va  yana  bu  an’ana  davom  etmoqda.  Jumladan,  uning  lirik  merosi, 

g’azaliyotining  obrazlar  olami  xusisida  ham  olimlarimizning  ilmiy  izlanishlarida 

bu  obrazlarning  ramziy-majoziy  xususiyatlari,  ularni  qo’llashdagi  ulug’  shoirning 

adabiy  mahorati  kabi  masalalar  o’rni  bilan  yoritib  borilgan.  Jumladan,  shoir 

g’azaliyotida 

payg’ambarlar 

obrazining 

qo’llanishi 

xususida 

ham 

adabiyotshunoslarimiz  tomonidan  qimmatli  fikrlar  e’tirof  etilgan.  Ta’kidlash 



lozimki, ulug’ shoir g’azaliyotida Iso Masih, Muso alayhis-salom, Ya’qub, Yusuf, 

Ayub,  Xizr  alayhis-salom  singari  payg’amlar  obrazi  ko’p  uchrashi  kuzatiladi. 

Shuningdek,  na’t  g’azallarda  ulug’  shoir  payg’ambarimiz  Muhammad  alayhis-

salomning qator muhim axloqiy xususiyatlarini vasf etadi va Me’roj tuni tasviriga 

oid  g’azallar  bitadi.  Biz  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  shoirning  “Xazoyin  ul-

maoniy”  devoni  tarkibidagi  g’azallarda  qo’llangan  Xizr  va  Iso  Masih 



 

timsollarining poetik  xususiyatlariga e’tibor qaratib,  ularni yaxlit tadqiqot sifatida 



o’rganishga  harakat  qildik.  Navoiy  ijodidagi  Iso  Masih  va  Xizr  alayhis-salom 

obrazlarining  qo’llanishidan  shoirning  ko’zlagan  adabiy  niyatini  ilmiy  o’rganish 

asosida  ulug’  shoirning  muhim  ijtimoiy-siyosiy,  ilohiy-irfoniy,  axloqiy-ta’limiy 

qarashlarini  oydinlashtirish  mumkin.  Ayni  choqda  bu  obrazlar  vositasida  ulug’ 

shoir  ijodida  badiiyatning  yuksak  namunalari  ijod  etilgan.  Masalaga  shu  nuqtayi 

nazardan  yondashadigan  bo’lsak,  shoirning  ushbu  timsollarga  murojaatini  ilmiy 

o’rganish muhim ahamiyat kasb etishi ayonlashib qoladi. 

Mavzuning  o‘rganilish  tarixi.  Alisher  Navoiy  asarlari  ko‘pgina 

adabiyotshunoslar  tomonidan  tadqiq  qilingan.  Xususan,  yirik  navoiyshunos 

olimlarimizdan 

A.Hayitmetovning 

“Navoiy 

lirikasi”, 

A.Rustamovning 

“Navoiyning  badiiy  mahorati”,  “So’z  xususida  so’z”,  Y.Is’hoqovning  “Navoiy 

poetikasi”  singari  muhim  tadqiqotlari  e’lon  qilindi.  Mamlakatimiz  istiqlolga 

erishgandan  so’ng,  ulug’  shoir  she’rlarining  tayanch  g’oyaviy  asosini  Qur’oni 

karim,  Hadisi  sharif  va  tasavvuf  ta’limoti  tashkil  etishiga  alohida  e’tibor  berila 

boshlandi.  Shu  yo’nalishda  ulug’  o’zbek  shoirining  550  yillik  to’yi  munosabati 

bilan  “Alisher  Navoiy.  G’azallar.  Sharhlar”  (Toshkent,  1991)  nomli  kitob  e’lon 

qilindi.  Unda  S.G’aniyeva,  E.Vohidov,  N.Komilov,  A.Abdug’afurov,  I.Haqqulov, 

N.Jumaxo’ja,  M.Abdulhakim  singari  olim  va  ijodkorlarimizning  yangicha 

talqindagi  sharhlari  e’lon  qilindi.  Mustaqilligimizdan  so’ng  bunday  izlanishlar 

yanada ravnaq topdi. “Alisher Navoiyning badiiy mahorati masalalari” (Toshkent, 

1993)  nomli  maqolalar to’plami nashr etildi.  Shoir  g’azallarining g’oyaviy-badiiy 

talqiniga bag’ishlangan I.Haqqulning “Tasavvuf va she’riyat” (1991) nomli kitobi, 

N.Jumayevning  “Satrlar  silsilasidagi  sehr”  (Toshkent,  1996)  qo’llanmasi  vujudga 

keldi.    Taniqli  olimlar  N.Komilovning    “Tasavvuf”  (Toshkent,  1996),  “Tavhidi 

asror”  (Toshkent,  1999),  R.Vohidovning    “Navoiy  va  ilohiyot”  (Buxoro,  1994), 

R.Vohidov,  H.Ne’matov,  M.Mahmudovlarning  “So’z  bag’ridagi  ma’rifat” 

(Toshkent, 2001), D.Salohiyning “Badoye’ ul-bidoya malohati” (Toshkent, 2004), 

R.Vohidovning  “Yog’di  o’t  ustiga  qor”  (2005),  H.Eshonqulovning  “Samovot  – 

ishq  mazhari”  (Toshkent,  2008),  “Navoiy  g’azaliyotida  ishq  mavzusi”  (2011) 

singari risola, qo’llanma  va  maqolalar to’plami e’lon  qilindi.  Ushbu  bitiruv  ishini 


 

yozishda  ana  shu  manbalarga  suyanildi.  Ishni  yozishda  ulardan  unumli 



foydalanildi. 

         Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsad  va  vazifalari.  Bitiruv  malakaviy 

ishining asosiy maqsadi  Alisher Navoiy  g’azallarida Xizr va Iso Masih timsollari 

bilan  bog’liq  fikr  mulohazalarni,  bu  timsollarning    turli  xil  ma’nolarda 

qo‘llanilganligini tadqiq etishdan  iborat.  Bu  maqsadni amalga oshirish jarayonida  

quyidagi vazifalarga e’tibor qaratildi: 

-  Navoiyning  hamd  g’azallaridagi  Xizr  va  Iso  Masih  timsollariga  murojaat 

etilishining mohiyatini ilmiy yoritish; 

 -  na’t  g’azallarda  qo’llangan  boshqa  payg’ambarlar  timsolidan  shoirning 

ko’zlagan maqsadi, g’oyasini oydinlashtirish; 

- ma’shuqa vasfi talqinida Xizr va Iso payg’ambar obrazlariga murojaatning 

mohiyatini tahlillar asosida ilmiy yoritish; 

 -  oshiq  ruhiy  holati  tasvirida  Xizr  va  Iso  Masih  timsollariga  murojaatning 

zaminida turuvchi ma’no-mohiyatni oydinlashtirish; 

Bitiruv  malakaviy  ishining  obyekti  va  manbalari.  Alisher  Navoiyning  

yig’ma  devoni    “Xazoyin  ul-maoniy  ”  bitiruv  malakaviy  ishimizning  asosiy 

manbasi  sanaladi.  O’rni  bilan  ulug’  shoirning  boshqa  asarlariga  ham  murojaat 

etildi. 


Bitiruv  malakaviy  ishining  metodlari.  Bitiruv  malakaviy  ishida 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  milliy  g‘oya,  ma’naviy 

qadriyatlarga  munosabat  va  ilm-fan  taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  fikrlariga  suyanildi. 

Shuningdek,  adabiyotshunos  olimlar  A.Hayitmetov,  N.Mallayev,  A.Qayumov,  

A.Abduqodirov,  S.G‘aniyeva  R.Vohidov,  Y.Is’hoqov,  I.Haqqul,  H.  Eshonqulov, 

N. Bekova kabi olimlarning tadqiqotlaridan foydalanildi.  

 Ishning  ilmiy  yangiligi.    Alisher  Navoiyning  “Xazoyin  ul-maoniy” 

devonidagi  g’azallarida  qo’llanilgan  Xizr  va  Iso  Masih  timsollari  birgalikda  tahlil 

qilinmagan.  Shuningdek,  na’t  g’azallarida  qo’llangan  boshqa  payg’ambarlarning 

qaysi  xususiyatlari  bilan  shoir  ijodida  namoyon  bo’lishi  va  ular  qalamga  olingan 



 

o’rinlarda  Muhammad  payg’ambarning  qaysi  jihatlari  e’tiborga  olinganiga  ham 



alohida e’tibor berildi.  

Bitiruv malakaviy ishining  nazariy  va amaliy ahamiyati.  Ishda Alisher 

Navoiyning  “Xazoyin  ul-  maoniy”  devonidagi    Xizr  va  Iso  Masih  timsollari 

qo’llangan  baytlarning  mohiyatini  ochib  berishga  harakat  qilindi,  ayni  choqda 

ushbu timsollarga murojaatining sabablari xususida atroflicha mulohazalar yuritilib 

shoirning san’atkorlik mahorati tahlilllar asosida yoritildi.  

-  ishda  Navoiyning  “Xazoyin  ul-maoniy”  devonidagi  g’azallarida 

uchraydigan  Xizr  va  Iso  Masih  timsollari    o‘zbek  adabiyotshunosligining  so‘nggi 

yutuqlari  asosida o‘rganildi;  

-  ishda    olingan  ilmiy  natijalardan  o‘zbek  adabiyotidan  o‘quv 

qo‘llanmalari,  ma`ruza  matni  tayyorlashda,  referat,  seminar,  amaliy  mashg‘ulot 

darslarida foydalanish mumkin;  

-  shuningdek,      o‘zbek  adabiyoti  tarixi    kursi  bo’yicha  Navoiy  asarlarini 

o‘rganishda qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qiladi.  

Ishning  hajmi  va  tuzilishi.  Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  ikki    bob, 

umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar  ro‘yxati, jami 54 sahifadan iborat.  



                                       

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

BIRINCHI BOB 

 

 



   ALISHER  NAVOIYNING  HAMD  VA  NA’T G’AZALLARIDAGI  

PAYG’AMBARLAR  OBRAZLARINING POETIK  XUSUSIYATLARI. 

 

1.1.  Hamd g’azallarida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat. 

       


Hazrat  Alisher  Navoiyning  o‘lmas  merosini  ba`zida  tubsiz  ummonga, 

ba`zida  bahosini  hech  bir  mezon  bilan  o‘lchab  bo‘lmaydigan  dur-u  javohirlar 

xazinasiga  qiyoslaymiz.  Asrlar  davomida  jahonning  ko‘zga  ko‘ringan 

tilshunoslari-yu,  adabiyotshunoslari  uning  bebaho  ijodiyotining  badiiyligi  va  til 

xususiyatlarini  yoritib  berishga  harakat  qilmoqdalar.  Natijada,  Alisher  Navoiy 

ijodining yangi-yangi qirralarini zabt etishga muyassar bo‘lmoqdalar. Ammo bular 

Navoiy  ijod  ummonidan  bir  qatra,  bebaho  xazinasidan  bir  misqol,  xolos.    Biz 

bitiruv  malakaviy  ishining  ushbu    qismida    Alisher  Navoiyning  devonlaridagi 

hamd  g’azallarida  Xizr  va  Iso  Masih  timsollariga  murojaat  talqiniga 

to‘xtalmoqchimiz.  Negaki,  ulug’  shoirning  hamd  g’azallarini  ko’zdan 

kechirganimizda  ,  nomlari  qayd  etilgan  payg’ambarlar  timsollariga  tez-tez 

murojaat  etilganligi  ko’zga  tashlanadi.  Qur’oni  karimda  nomlari  qayd  etilgan 

payg’ambarlar orasidan Xizr va Iso alayhissalom timsollariga qayta-qayta murojaat 

etishdan, tabiiyki, salohiyatli shoir  muayyan adabiy  niyatdan kelib chiqadi. Ulug’ 

shoir bu adabiy niyatini tahlillar asosida o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Hazrat  Alisher  Navoiy  ijodida    Sharq  mumtoz  adabiyoti  an’analari 

takomillashtirilgani,  hamd,  na’t,  ma’viza  yo’nalishidagi  she’rlarga  keng  o’rin 

berilganini kuzatish mumkin .“Hamd” so‘zi shoir asarlari lug‘atida maqtov, madh, 

deb  berilgan.  Alloh  ta’rif  va  tavsif  etilgan  g‘azallar  hamd  g‘azallardir.  Alisher 

Navoiy  Xalloq qudrat-u salohiyati, sifat-u  siyratini Qur’oni karim oyatlari asosida 

ifodalagan  bo‘lsa,  olam  go‘zalligini  Sharq  falsafasida  keng  o‘rin  tutgan  tasavvuf 

aqidalari, g‘oyalari zaminida talqin etadi. Shuning uchun hamd g‘azallarda Ollohni 

vasf qilish bilan bir qatorda, uning yaratuvchilik xususiyati ulug‘lanadi. Mutafakkir 

shoirning  yaratish  va  yaralish  to‘g‘risidagi  falsafiy  qarashlari  mazkur  g‘azallarda 



10 

 

yuksak badiiy  talqinini topgan.  Bu  mavzuga daxldor  g‘azallarda Olloh  mo‘jizaviy 



siymosi markaziy o‘rinda turadi.” [12,3] 

 Adabiyotshunos olima Ziyoda G‘afforova hamd g‘azallar haqida fikr yuritar 

ekan,    shunday  yozadi:  “Bu  g‘azallardagi  murojaat  etiladigan  va  ta’riflanadigan 

asosiy  qahramon-bevosita  Xudoning  o‘zi.  Lirik  qahramon  bir  banda  sifatida 

Yaratuvchisiga  o‘z  qalb  tuyg‘ularini  oshkor  qiladi”.[35,8]  Xuddi  shunday 

mazmundagi  g’azallarda  payg’ambarlar  obrazi  ,  xususan,  Xizr  va  Iso  Masih 

obrazlarining    qo’llanishi  birinchidan,  talmeh  san’atining  go’zal  namunasi 

yaratilishiga,  ikkinchidan, tasavvufiy g’oyalarning ta’sir qamrovinig kengayishiga 

sabab bo’lgan:   

 

   



 

Navoiy nafs zulmotig’a qolmish,  

   

 

Sen o’lmay Xizri rah chiqmoq ne , yoro?! (6,28) 



 

Ushbu  bayt  shoirning  “Iloho,  podshoho,  kirdigoro...”  satri  bilan 

boshlanuvchi  g’azalning  maqtasi  bo’lib,    tasavvufiy  mazmunga  ega.  Baytning 

nasriy bayoni: Navoiy  nafs qorong’uligida qolgan, Sen, ya’ni Alloh, bo’lmasang,  

Xizrning  yo’liga  chiqish  qayda  ?!  Ushbu  baytdagi  nafs  shoir  asarlari  lug‘atida 

kishida    turli  maishiy  orzu-havasga  bo’lgan    tabiiy  mayl,    istak  deb  keltiriladi  . 

Tasavvufiy atama sifatida  esa “…inson badanini yemiradigan, qurtday o’yadigan 

bir baloyi azimdir.” [11,47]  Xizr a.s. haqida hadislardan birida shunday keltiriladi: 

“ Abu Hurayra raziyallohu anhu hikoyat qiladilar: “Rasululloh sallollohu alayhi va 

sallam:  “(  Xizr  alayissalomning)  “Xizr”  deb  atalishlarining  boisi  shulki,  ul  kishi 

o’t-o’lansiz oppoq yer ustida (po’stida) o’ltirganlar , ortlarida ersa ko’m-ko’k o’t-

o’lanlar (shamoldan) tebranib turgan ”, - dedilar ”. (Mujohid raziyollohu anhuning 

aytishlaricha  ,  “Xizr”  deb  atashlarining  boisi-  ul  kishi  namoz  o’qisalar, 

atroflaridagi  barcha  narsalar  ko’karib  ketar  ekan.  Asl  nomlari  esa  “Balyo” 

erkan)”.[21,316] 

Yuqoridagi  baytda  Hazrati  Xizrning  aynan  mana  shu  hadisda  keltirilgan 

xususiyatlariga ishora qilinadi va Navoiy nafsi bilan kurashib uni yengsagina Xizr 


11 

 

alayhissalom    darajasiga  ko’tarilishini,  nafsini  yengish  uchun  esa      Allohning 



bo’lishi  ya’ni  Allohni  tanish  kerakligi  badiiy  tasvir  etiladi.  Allohni  tanish  esa 

berilganiga ishora etilganini xotirga keltirsak, Navoiy o’zining “ nafs zulumotig’a 

qolganligini  ana  shu  oyati  karimadan  kelib  chiqib  badiiy  ifodalayotganligini  his 

etish  mumkin. Tabiiyki, Xizr alayhissalom shoirning barcha asarlarida bo’lganligi 

kabi  g’azallarida  ham  g’ayb  ilmidan  xabardor  payg’ambar  sifatida  talqin  etiladi. 

Ayni  holat  ulug’  shoirga  o’zini  malomat  qilish  uslubida  yozilgan  ,  deya  talqin 

etilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 

 

Taxt-u johing kishvari mulki Skandar bo’ldi, tut, 



Xizr umri ham bu mulk uzra muyassar bo’ldi, tut. (8,54) 

 

Shoir  asarlari  lug’atida    joh-  mansab,  yuqori  martaba  ; kishvar  –mamlakat, 



o’lka  ;  mulk  –mol,  boylik  degan  ma’nolarni  bildiradi.  Ey  tut,  taxt-u  mansabing  

Iskandar  mamlakaticha  bo’ldi,  yana  senga  bu  boylik  bilan  birga    Xizrning  umri 

ham muyassar bo’ldi, deydi shoir. Iskandar shunday shoh bo’lganki, undan oldingi 

va  undan  keyingi  sultonlar    u  qilgan  ishlarni  qilmaganlar.  Ham  hakim  ham  vali  

bo’lgan.  Bu  hukmdorning  to’rt  yuz  ming  hakim  ,  sakkiz  ming  shoh  va  shahzoda 

xizmatida bo’lganlar.  Jahon  hukronligini olgan  Iskandar  “obi hayvon”  ya’ni  “ 

tiriklik  suvi”ga ega bo’lish uchun zulmat tubiga  Xizr a. s. hamrohligida tushadi. 

Lekin    ”  obi  hayvon”    Xizr  a.  s.  ga  nasib  qiladi.    Mana  shu  jihatdan  bu  baytda 

Iskandar mulki butun borliq va yo’qlik  Allohning  mulki ekanligini va Xizr umri 

esa  Uning  abadiyligini  ifodalagan.  Ayni  choqda  tut  daraxti  ham  uzoq  umr 

ko’rishiga  ko’pchilik  shohid  bo’lgan.  Ulug’  shoir  tutning  ana  shunday 

yashovchanligini  ham  ,  tabiiyki,  Allohning  cheksiz  inoyatidan  deb  biladi  va  ana 

shu  tasvirlar  bilan  hamd  g’azalda  Allohning  yaratuvchanlik  xususiyatini 

ulug’lashga  kirishadi.    Yana  Alisher  Navoiy  g’azallarida  shunday  o’rinlar  borki,  

ularda Xizr va Iso Masih obrazlari barobar tilga olinadi:  

 

Xamiri moyayi jismingdin ortqanni qazo, 



12 

 

Iki badanda qilib ruh atadi Xizr-u Masih. (6,100) 



 

          Bunda  Allohga  murojaat  qilinadi  va  sening  asosingdan  ortganni  taqdir  ikki 

tanaga  ruh  qilib  joyladi  va  ularni  Xizr  va  Masih  deb  atadi  degan  zohiriy  ma’no 

chiqadi. Ma’lumki,   Xizr  a. s. ladun   ilmi (botiniy  ilm) sohibi   va    umrboqiylik 

timsoli.  Rivoyat  qilishlaricha,  zulmat  tubida  pinhon  obi  hayot  –  tiriklik  suvini 

Iskandari  Maqduni  va  Xizr  alayhis-salom  birga  izlashgan.  Iskandar  qolib,  Xizr 

payg‘ambarga o‘sha majoziy obi hayot nasib bo‘lgani uchun ham ul zoti bobarakot 

ezgulik tug‘i ostida yaxshilik urug‘ini  sochishda davom etayotgan ekanlar... 

Yuqoridagi rivoyatga uyg’un mulohazalarni adibning yana bir asari “ Tarixi anbiyo 

va  hukamo” da  uchratamiz:  “Va ba’zi debdurlarkim,  haq taolo Xizr a. s.g‘a ilmi 

ladunni  nasib  qildi  va  hayvon  suyi  iborat    ondindur.  Ahli    islom  mu’taqidi 

uldurkim,  Xizr a. s. umri jovid topibdur “[10,127]. Ya’ni ba’zilar deydilarki, haq 

taolo Xizr a. s. ga  ladun ilmini nasib qildi va hayot suviga ega bo’lishi shundandir. 

Islom dini vakillari Xizr a. s. umrboqiyligiga ishonadilar.           Masih laqabi bilan 

mashhur  bo’lgan  Iso  payg’ambar  diniy  rivoyatlarga  ko`ra,  o`liklarga  jon  ato  qila 

olgan,  tiriltira  olgan  ekan.  Bu  o’rinda  Masih  obrazining  qo’llanilishi  Allohning 

qodirlik  sifatiga  ishora.  Xizr  obrazi  esa  uning  abadiyligini  nazarda  tutadi.  Ulug’ 

shoir  ana  shu  boqiy  yashash  maqomiga  ega  bo’lgan  ikki  payg’ambar  timsoliga 

murojaat  etish  bilan  ruhning  ham  abadiyligini  badiiy  tasvirlashga  muvaffaq 

bo’ladi. 

  

Azalda vasling-u hajring magar nasib o’ldi 



Ki, jon toparni Xizr oldi, jon berurni Masih. (8,78) 

 

Adib  asarlari  lug’atida  azal-  ibtido,  boshlanish,  noma’lum  o’tgan  zamon 



deyilgan. Baytda Allohga murojaat qilinadi va o’tgan zamonda  vasling va hajring 

nasib bo’lgan Xizrga jon toparlik, Masihga jon, hayot beruvchilik nasib qildi degan 

tashqi  mazmun  yotadi.  Botinan    bayt  Allohning  rasullari  bo’lmish    Xizr  a.  s.ga   

majoziy  obi  hayotni  topish,    Iso  Masihga  esa  o’lganlarni  tiriltirish      nasib 



13 

 

bo‘lganini  ifoda  etadi.  Ayni  choqda  bu  hol  Allohning  vasfi-yu  hajriga  bog’lanib 



chiroyli  dalillanadi.  Allohning  vasliga  yetgani  bois  u  abadiy  yashashga  muyassar 

bo’lgan.  Iso  Masih  esa  bunday  inoyatga  noil  ko’rilmagan  esa-da  ,  u  o’likni 

tiriltirishga muyassar etilgan. Ayonlashadiki, Allohning hijronidagi iztiroblar unga 

ana  shunday  sharafni  nasib  etgan.  Ulug’  shoir  ikki  payg’ambar  timsollariga 

murojaat etish  bilan Allohning  vasli-yu hajri xushligini san’atkorona tasvirlaydi. 

             Iso  Masih  o’likni  tiriltirish  fazilatiga  ega  bo’lsa-da  Alisher  Navoiy  hamd 

g’azallarida  ba’zan  uning  bu  fazilati  xastani    davolashga  ham  kor  qilmaganiga 

guvoh bo’lishimiz mumkin: 

 

Sening ko’yung nasimig’a  o’zin soldekki jon  toptin 



Download 376.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling