Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 376.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.02.2020
Hajmi376.73 Kb.
1   2   3   4   5

Masih anfosidin gar xastag’a bo’lmas davo paydo.(7,8) 

Baytning nasriy bayonida  ishq ko’yidagi xastaga Masih nafasi kor qilmaydi,  

unga Uning ko’yidaga yengil shabada bo’lsa bas.  Badiiy asarda ko`pincha Masih 

nafasi  — jon-baxsh etuvchi kuch  timsoli sifatida keladi.  Allohning  ko’yida kasal 

bo’lgan  lirik  qahramon  Uning  yengil  shabadachalik  javobidan  jon  topadi,  o’zini 

anglaydi,  Masihning  hayot  bag’ishlovchi  nafasi  ham  unga  yordam  bera  olmaydi. 

Shu  o’rinda  yana  bir  jihat  e’tiborliki,  Alisher  Navoiy  g’azallari  lirik  qahramoni 

komillikka  intiluvchi  shaxsdir.  ”Navoiy  hamd  g‘azallarining  qahramonlari  oddiy 

mo‘minlik  darajasi  bilan  cheklanib  qolmay,  Haq  siru  sinoatiga  yetishishga  bel 

bog‘lagan  komil  inson  bo‘lish  ishtiyoqida  “o‘zni  maqsud  manziliga  boshlagan” 

tolib,  Haqning  ulug‘  qudrati  oldida  o‘zini  xoru  xas  kabi  his  qilib,  “iksiri  a’zam” 

ishq olovida poklangan oshiq, ilmi ilohiyda barchadan bilimdon orif, faqr, Haqdan 

o‘zga narsaga qiziqmaydigan majzublik holatidagi g‘aniydir. Shariat hukmlaridan, 

Qur’oni  karim  va  Hadisi  sharif  asosida  Olloh  va  uning  cheksiz  sifatlaridan 

xabardorlik, o‘zining mohiyatan shu qudrat sohibi bilan birligini payqash natijasida 

oddiy  hukmlar  ijrochisi  bo‘lish  bilan  qanoatlanmay,  ichki  ruhiy  hurlikka,  ilmi 

g‘aybga  ehtiyoj  sezgan  solik  Alisher  Navoiy  hamd  g‘azallarining  umumiy 

qahramonidir.”  [12,3]  Mana  shu  ma’noda  hamd  g’azallaridagi  qahramonga 



14 

 

munosabat  bildirganda,  uning  haq  ishqi  bilan  sug’orilgan  ruhiyati,  marifat  bilan 



boyigan ongini ham  inobatga olib fikr yuritish lozim. Bu holat Navoiyning jamiki 

hamd g’azallaridagi oshiq uchun xos xususiyatdir. 

Maryam kibi ano edi tuqqanda ul Masih 

Tarso emon desamki, ki erdi ato anga. (8,14) 

 

Qurʼonga  koʻra,  Iso  Masih  —  Allohning  oʻgli  emas,  Xudo  ham  emas.  Iso 



Masih  —  Allohning  bandasi  va  bokira  qiz  Maryamdan  mo’jiza  bilan  tugʻilgan. 

Masihni tuqqan onasi Maryam  nasroniylardan bo’lgan. “ Injil” dagi ma’lumotlarga 

ko’ra,  turmush  qurmay,  ilohiy  nurdan  homilador  bo’ladi.  Shu  asosda  Iso 

payg’ambar  tug’iladi.  Nasroniylar  o’z  payg’ambarlari  Isoni  Xudoning  o’gli  deb 

talqin  qiladilar.  Aslida  esa  bu  holat  Islom  dinida  Allohga  shirk  keltirish  deb 

baholanadi.  Islom    dinining  Qur’oni  Karimdan  keyingi  asosiy  manbasi  bo’lmish  

Imom  Ismoil  al  Buxoriyning  “Al-  jome’  as-sahih”  kitobida  shunday  deyiladi: 

“Olloh azza va jallaning qavli: “Ey Kitob ahli, (Isoni xudo deb) diningiz xususida 

quyushqondan chiqmangiz, Ollohga nisbatan faqat haqiqatni aytingiz! Darhaqiqat, 

Al-Masih  Iso  ibn  Maryam  Ollohning  rasuli  va  uning  Maryamga  yo’llagan  so’zi 

hamda uning tomonidan (vujudga keltirilgan ) bir ruh (sohibidur), xolos. Shunday 

bo’lgach,  Olloh  birlan  uning  rasuliga  iymon  keltiringiz,  “(Xudo)  uchta  (ya’ni, 

Olloh,  Maryam  va  Iso  –  barchalari  xudodir)”  –  deb  aytmangiz!  (Ollohga  shirk 

keltirmoqni)  bas  qilingiz,  (bu)  o’zngiz  uchun  yaxshi  bo’lur!  Darhaqiqat,  Olloh 

yakka-yu  yagona  va  farzandli bo’lmoqdan pok zotdur, osmonlar-u  yerdagi barcha 

narsalar  unikidur.  Ollohning  o’zi  e’tiqod  qilinmog’iga  (ishonilmog’iga)  kifoya 

qilur”.[21,324]    Eng  muhimi,    islom  dinining  manbasi  “Qur’oni  karim”ning 

“Ixlos” surasida  “ U (Alloh) tug’magan, tug’ilmagan, tug’dirmagan va Azaliy va 

Abadiy  mo’jizasidir  ”  deb  keltiriladi.  Shuning  uchun  ham  Iso  payg’ambarning 

tug’ilishi bilan bog’liq voqealarga ilohiy mo’jiza deb qarash lozim.   



15 

 

Baytda  Masihning  tug’ilishi  bilan  bog’liq  voqealarga  ishora  qilinib,  agar  Masih 



nasroniy  emasman  desa,  kim  uning  otasi  edi  deya  Allohning  ilohiy  mo’jizasiga 

ishorat qilinadi.  

 

Hodisi pok-u nutqi jonfizoingdin topib Iso 



Ki, anfosi qilib ibro agar abras gar akmah. (8,364) 

 

Shoir asarlari lug’atida hodis- sodir bo’lgan;  jonfizo- jonga orom beruvchi; 



ibro-holi etish (gunohdan) ; abras-pes, moxov; akmah- tug’ma ko’r deb so’zlarning 

mazmuni  keltiriladi.  Bayt  Sening  pok,  jonlarga  orom  beruvchi  nutqing  sodir 

bo’lgach, Iso nafasi bilan moxov va ko’rlarni gunohlardan xoli etdi degan ma’noni 

beradi.  Iso  Masih  Islomda  Muhammad  (sav)dan  oldingi  paygʻambar  sifatida 

alohida  eʼzozlanadi.    Iso  payg’ambarga  Injil  nozil  qilingan.  Alloh  unga  "Bani 

Isroil" qavmini  hidoyatga boshlash  uchun  paygʻambarlik  darajasini  iroda etdi. Iso 

payg’ambar  odamlarni  oʻz  taʼlimotiga  ergashishlariga  daʼvat  qildi.  Yahudiylarni 

notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan 

keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham 

yetkazdi.  Mohiyatan  bayt  yuqoridagi  voqealarga  ishora  qiladi.  Iso  payg’ambarga 

“Injil” nozil bo’lgach, u o’z qavmining tom ma’nodagi  “tug’ma ko’r” va “moxov” 

larini gunohlardan xoli etib, to’g’ri yo’lga boshlashi kerak edi. Tagzamirida ushbu 

mazmun  yotgan  misralarda  Iso  Masihning  tug’ilishi  bilan  bog’liq  voqealar  

Allohning  inoyati,  Uning  ilohiy  mo’jizasi  ekanligini  va  Iso  nafasi  esa  insonlarni 

Allohni anglashiga,  o’lik qalblarning tirilishiga sabab bo’lishi badiiy ifoda etiladi. 

           Shuningdek,  Iso  Masih  obrazini  biz  Ruhulloh  nomi  bilan  ham  Alisher 

Navoiy  ijodida  uchratamiz.  Iso  Masihning  bunday  atalishiga  sabab  uning  onasi 

Maryamning  hech  qanday  erkak  bilan  yaqinlik  qilmasdan  ,  bokira  holida  ilohiy 

nurdan  homilador  bo’lganidir.  Shunga  nisbatan  Iso  payg’ambarga  Alloh  yaratgan 

ruhdan paydo bo’lganiga ishonib, uni Ruhulloh, ya’ni ruhi Alloh deb ataydilar. Bu 

fikrning  isbotini  hadislarda  ham  ko’rishimiz  mumkin:  “  Uboda  raziyallohu  anhu 

rivoyat  qiladilar:  “  Rasululloh  salallohu  alayhi  va  sallam  bunday  deb  marhamat 



16 

 

qildilar:  “  Kimki  “Lo  iloha  illallohu  vahdahu  ,  lo  shariyka  lahu  va  anna 



Muhammadan  abduhu  va  rasuluhu  va  anna  Iyso  abdullohi  va  rasuluhu  va 

kalimatuhu  alqoho  ila  Maryama  va  ruhun  minhu  val-janna  haqqun  van-nor 

haqqun”  (ya’ni,  “yakka-yu  yagona  Ollohdan  bo’lak  iloh  yo’qdur,  Muhammad 

uning  bandasi  va  rasulidir,  Iso  ersa  uning  bandasi,  rasuli,  Maryamga  yo’llagan 

so’zi hamda uning tomonidan vujudga keltirilgan ruh sohibidur. Jannat haqiqatdur, 

do’zax  ham  haqiqatdur  “  )  deb  shahodat  keltirsa  ,  Olloh  taolo  uni  (bu  dunyoda) 

qilgan  (yaxshi  va  yomon)  amallariga  ko’ra,  (o’zi  istagan  darajadagi)  jannatga 

kiritadi”.[21,324]  Bundan  kelib  chiqadiki,  Iso  Masih  Alloh  tomonidan  vujudga 

keltirilgan ruh, uning inoyati. E’tibor beraylik: 

 

La’li jonbaxshing erur go’yoki Ruhullohkim , 



Sochilur jon har taraf qilg’on soyi izhor lafz. (6,234) 

 

Ya’ni    Sening  so’zlaganing  sari  jon    har  taraf  sochiladi    jon  bag’ishlovchi 



so’zing go’yo Ruhulloh , ya’ni Iso Masih nafasidir deyilishi, Alloh so’zi bo’lmish 

oyatlarning,  Ruhulloh  nafasi  bilan  jon  bag’ishlaganidek,  ular  ham  insonga  tom 

ma’noda jon bag’ishlashi ifodalanadi.  

Yuqoridagilardan  ayon  bo’ladiki,  hamd  g’azallarda    Xizr  va  Iso  Masih 

obrazlari  qo’llanishi  talmeh  san’atining  bir  ko’rinishi  bo’libgina  qolmay,  ular 

orqali  Qur’oni  karim  g’oyalari  ham  keng targ’ib qilingan.  Shuningdek,  Alisher 

Navoiy g’azallarida Xizr  va Iso Masih obrazlarini qalamga olish orqali  ular bilan 

bog’liq turli voqealar-u, ularning turli xususiyatlarga ishora qiladi.  Xususan, Xizr 

a.s. qalamga olinganda,  Allohning abadligini, obi hayvonni topib unga ega bo’lishi 

bilan  bog’liq  voqealarni,  ezguliklar  ulashuvchilik,  mushkullarni  oson  qiluvchilik 

xususiyatlarini  hamd  g’azallarda  ifodalab  keladi.  Iso  a.  s.    esa  hamd  g’azallarda  , 

avvalo,  Allohning  ilohiy  mo’jizalarini,  Uning  qodirlik  sifatini,  o’zi    Masih  nafasi 

bilan  o’lganlarni  tiriltirishini,  o’lgan  qalblarni  uyg’otishini  ifodalaydi.  Umumiy 

qaraganda,  ikkala  payg’ambar  ham  hamd  g’azallarda  murdadillarga  Allohni 



17 

 

anglatuvchi,  ularni to’g’ri yo’lga boshlovchi va hayotlari bilan Alloh mo’jizalarini 



dalillab keluvchi qahramonlardir.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


18 

 

1.2.  Na’t g’azallarida boshqa payg’ambarlar obraziga murojaat  



 

Na’t  g’azallarda  payg’ambar  madh  etiladi,  yaxshi  sifatlari  aytib  maqtaladi. 

Devon  tuzish  shartlari  bo’yicha  na’t  g’azallari  hamd  g’azallaridan  keyin 

joylashtiriladi. Alisher Navoiy  bu g’azallarda Muhammad payg’ambarning yaxshi 

sifatlarini  madh  etish  asnosida  uning  hayoti  bilan  bog’liq    turli  voqealar  islomiy 

g’oyalarni  ifoda  etadi.  Na’t  g’azallarda  payg’ambarlar  timsoliga  murojaat 

etilganda,  Muhammad  alayhis-salom  bilan  bog’liq  quyidagi  jihatlarni  yoritishga 

harakat qilinadi: 

-  Muhammad  alayhis-salomning  so’ngi  payg’ambar  ekanligi,  dunyo 

Nuri  Muhammaddiyadan  yaratilgani,  payg’ambarlar  orasida 

mukammallik Muhammad alayhis-salom ekanliklari; 

-  Muhammad alayhis-salomning notiqliklari, hadislarning ahamiyati; 

-  Me’roj tuni tavsifi; 

Yuqorida qalamga olingan jihatlar yuzasidan baytlarning tahlillarini quyida ko’rib 

chiqamiz. 

 

Ey, nubuvvat xaylig’a xotam baniy Odam aro 

  

Gar alar xotam, sen ul otkim, erur xotam aro. (6,29) 



 

Ushbu  bayt  matla’  bo’lib,  unda  Odam  atodan  boshlangan  payg’ambarlar 

silsilasining  so’ngisi  Muhammad  payg’ambar  ekanligini  ifodalaydi.  “Ba’zi  islom 

olimlari: «Qur’ondagi «Odam» umuman «Inson»ni tamsil etadi. Qur’oni karim bir 

necha  oyatlar  bilan  insonning  tuproqdan  yaratilganligini  xabar  beradi.  Odam 

bizning otamizdir. «Odam hikoyasi» faqatgina insonlarning otasi bo‘lmish birinchi 

payg‘ambar Hazrati Odamninggina emas, har bir insonning hikoyasidir. 

Qur’onning  bildirishicha,  Odamning  Yer  yuziga  bir  xalifa  qilib  yuborilishi 

insonning  butun  tabi’at  quvvatlariga  hokim  bo‘lishiga  ishoradir»,  -  deydilar” 

[31,5]. Bundan anglashiladiki,  Alloh tomonidan payg’ambarlikka  tanlanganlar  va 

boshqa insonlar ham , avvalo, odam. Barcha odamlar ichida so’ngi payg’ambar esa 


19 

 

Muhammad  (s.a.v.)dir.  ”Payg‘ambarimiz  (s.a.v.)  barcha  odamlarga  umumiy 



payg‘ambar bo‘lishlari bilan birga, eng oxirgi payg‘ambar ham hisoblanadilar: 

«Muhammad  sizlarning  erkaklaringizdan  birortasining  otasi  emasdir,  balki  u 

Allohning  elchisi  va  payg‘ambarlarning  so‘nggisidir».  (Ahzob,  40.)  (By  yerda 

Alloh  Taolo sollallohu  alayhi  va  sallamni  «Payg‘ambarlarning  muhri  deb  atagan. 

Zero, har bir muhim yozma ish so‘ngida muhr bosilgani kabi Payg‘ambarimiz ham 

oxirgi  payg‘ambar  bo‘lganlari  va  endilikda  to  Qiyomatgacha  boshqa  payg‘ambar 

kelmasligi aniq bo‘lgani uchun payg‘ambarlar kitobiga muhr bosilgandek bo‘ldi.) 

”[31,7].  Mana  shu  mazmunda  davom  etgan  fikrlardan  ushbu  baytning  umumiy 

mazmuni  xususida  shunday  xulosa  chiqadiki,  shoir  butun  insoniyat  va 

payg’ambarlar guruhi orasida Muhammad (s.a.v) so’ngi rasul ekanligini ta’kidlash 

bilan uning tilga olinganlardan ko’ra alohidaligini ta’minlaydi. 

Alisher Navoiy ijodida Muhammad payg’ambarning usta notiq ekanliklariga 

ishora  qilingan  baytlar  ko’pchilikni  tashkil  etadi.  Ularning  ba’zilari  boshqa 

payg’ambarlardan  ustunliklarini  ta’kidlab  kelsa,  ba’zilari  to’g’ridan-  to’g’ri 

hadislarga ishora qiladi. 

 

Gar habibim qilsa izhori kalom, ey piri dayr, 



Isoyi Maryamni ul dam gungi modarzod bil. (6,292) 

 

Alisher Navoiy g’azallarida Muhammad payg’ambarga nisbatan rasul, nabiy 



atamalari bilan bir  qatorda  habib,  ya’ni do’st so’zini ham  qo’llaydi. “Ey ko’ngul, 

yer-ko’k  asosin  asru  bebunyod  bil…”  deb  boshlanuvchi  g’azaldan  olingan  ushbu 

bayt tasavvufiy mazmunga ega bo’lib, unda shoir piri dayrga, mayxona boshlig’iga 

murojaat qilib agar habibim so’zlasa Maryamning o’g’li Iso gungi modarzod, ya’ni 

tug’ma  soqov  bo’lib  qoladi  deya  uni  ko’kka  ko’taradi.    Mayxona  boshlig’i  (dayr 

piri  )  bu  o’rinda    (may)    ilohiy  ishq  ulashuvchi  shaxs.  Tasavvuf  ahli  bo’lmish 

so’fiylarga  pir  ilohiy  ishqni  anglashga  ko’maklashadi.  Bu  baytda  dayr  piriga 

murojaat  qilish  uning  ta’sir  ko’lamini  kengaytirish  bilan  bir  qatorda,  Alloh 

ishqining  davomi  sifatida  uning  elchisiga  muhabbatni-da  ifoda  etadi.  Iso  Masih  


20 

 

tiriltiruvchi  nafas  egasi  ekanligi  yuqorida  ta’kidlangan  edi.  U  kasallarni 



davolagani,  o’liklarni  tiriltirgani  haqidagi  rivoyatlar  ko’plab  keltiriladi.  Diniy 

manbalarda  shunday  keltiriladiki,  Iso  Masih  Muhammad  payg’ambardan  oldingi 

rasuldir.  Ularning  vaqt  oralig’i  o;ti  yuz  yil  bo’lib,  bu  muddatda  boshqa  hech 

qanday payg’ambar bo’lmagan. ” Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: 

”  Men  Rasululloh  sallollohu  alayhi  vasallamning  bunday  deganlarini  eshitdim: 

”Men  Maryam  o’g’liga  (  ya’ni,  Iso  alayhissalomga)  eng  munosib  odamman. 

Payg’ambarlar  (alayhimisallotu  vas-salomu)  (bir  otaning  turli)  xotinlaridan 

tug’ilgan  bolalaridur  (ya’ni,  payg’ambarlarning  dinlari  asosi  bir  bo’lib,  shariat 

borasidagina farq qiladi). Men birlan ul kishi (ya’ni, Iso alayhissalom ) o’rtamizda 

payg’ambar  yo’qdur  (ya’ni,  Iso  alayhissalomdan  keyin  mening  payg’ambarlik 

davrimga qadar birorta ham payg’ambar mustaqil shariat bilan yuborilmagan, ular 

Iso  alayhissalomning  shariatlari  hukmiga  tayanib  ish  ko’rganlar)  ”[21,325]. 

Qurʼonda,  shuningdek,  "al-Masih"  ("xudo  yarlaqagan"),  Ibn  Maryam 

("Maryamning  oʻgʻli"),  Abdulloh  ("Allohning  quli"),  Rasululloh  ("Allohning 

elchisi"), Allohning muqarrabi (yaqini), "Haqni soʻzlovchi", deb taʼriflanadi. “Bani 

Isroil”  qavmini  o’z  da’vatlari  bilan  to’g’ri  yo’lga  boshlaganligi  “al-  Masih”  va  

“Haqni so’zlovchi”lik  ta’rifiga mos  va xosdir. Allohning do’sti   so’zlaganda, Iso 

a.s.dek  shuncha  ilohiy  xususiyatlar-u,  ezgu  harakatlarga  ega  rasulning  tug’ma 

soqov  bo’lishi, Muhammad a.s.ning  yakka-yu yagona Tangridan keyin ishq ahli 

sevuvchi  shaxs  ekanligiga  ishoradir.  Bu  o’rinda  ikkala  payg’ambar  qiyoslanishi 

orqali  islom  dinining  asosi  tasavvufona    yo’sinda  o’quvchiga    yetkazib  beriladi. 

Ya’ni  Bir-u bor yagona Alloh va uning rasuli Muhammad. 

 

Masihoyin agar minbarda zohir qilsa dam voiz, 

Nabiy o’rnig’a urmoq behayolig’dur qadam voiz. (6,235) 

 

Voiz  ya’ni  vaz  aytuvchi,  pand-nasihat  qiluvchi  Masihday  minbarda  va’z 



aytsa  ham,  nabiy  o’rniga  o’zini  qo’yish  behayolikdir.  Bu  baytda  va’z  aytishda 

payg’ambarimizga hech kim tenglasha olmasligi badiiy ifoda etilgan bo’lib, uning 



21 

 

o’rniga  o’zini  qo’yishga  uringan,  hatto  Masihday  nafasli  voizning  qilmishi 



behayolik deb baholanadi. Muhammad payg’ambar tengsiz voiz, notiq bo’lganligi 

tarixan  bizga  ma’lum.  Shu  bilan  birga  hadislarda  ham  uning  va’zlari  to‘g’risida 

ko’plab 

voqealar 

bayon 

etiladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    



“Ibn  Mas’ud  raziallohu  anhu  aytganlar:  Rasululloh  sallolohu  alayhi  va 

sallam”Anas  raziyallohu  anhu  aytib  berganlar:  bizga  malol  kelmasin  deb,  va’z 

aytmoq  uchun  ma’lum  kunlarni  belgilab  qo’ygan  edilar.  Rasululloh  sallolohu 

alayhi  va  sallam:”Osonlashtiringiz,  qiyinlashtirmangiz!  Xushxabar  aytingiz, 

qiziqtiringiz,  nafratlantirmangiz(o’zingizdan  bezdirmangiz)!”-deganlar”[21,19].     

Bundan  anglashiladiki,  Muhammad  (  s.a.s)  qanchalar  usta  notiq  ,  yaxshi  voiz 

bo’lmasin 

tinglovchini 

o’zidan 

bezdirishdan 

qo’rqqan.                                          

“Anas  raziyallohu  anhu  aytib  berganlar:  «Janob  Rasululloh  sallallohu  alayhi  va 

sallam biz birlan birga namoz o‘qidilar, so‘ng minbarga ko‘tarilib, namoz va uning 

ruku’lari  (arkonlari)  to‘g‘risida  gapirib:  «Men  sizni  oldimdan  ko‘rgandek, 

orqamdan 

ham 


ko‘rg‘ayman»,— 

dedilar».”[21,88].                                                        

Shunday  xususiyatlari  nazarga  olingan  nabiyning  shaxsi  ulug’lanib  ,  Masihdek 

tiriltiruvchi  nafas  egasi  bo’lgan  voiz  harakati  qoralanadi.    Hadislarda  yana  bir 

voqea keltiriladiki, yuqoridagi bayt shunga ishora qilishi ham mumkin: “Abu Sa’id 

al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro‘za hayiti 

va Qurbon hayitida namozgohga chiqar erdilar. Dastlab namoz o‘qir erdilar, so‘ng 

o‘rinlaridan  turib  odamlarga  yuzlanar  erdilar.  Odamlar  ersa,  saf  tortib  o‘tirishar 

erdi.  Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga va’z aytar erdilar, vasiyat qilar 

erdilar  hamda  halollikka  da’vat  etib,  haromdan  hazar  aylamakni  buyurar  erdilar. 

Agar  biror  tomonga  askar  yubormoqchi  bo‘lsalar,  buyurar  erdilar.  So‘ng, 

Madinaga qaytar erdilar.  Odamlar shu tartibga ko‘nikib qoldilar. Bu tartib Madina 

amiri  Marvon  davrigacha  davom  etdi.  Bir  kuni  men  va  Marvon,  Qurbon 

hayitimidi, Ramazon hayitimidi, namozgohga chiqdik. Namozgohga yetganimizda 

Kasir  ibn  Salt  yasab  bergan  minbarga  nazarim  tushdi.  Shu  vaqt  Marvon  namoz 

o‘qimasdan avval minbarga chiqmoqchi bo‘ldi. Men uning etagidan tortdim, ul esa 

etagini  mendan  tortib  olib,  minbarga  ko‘tarildi-da,    namozdan  avval  xutba  aytdi. 


22 

 

So‘ng   men  unga:  «Xudo  haqqi, o‘zgartirib yubordingiz!»  -  dedim. Marvon: «Ey 



Abu Sa’id, bilgan narsalarimiz unut bo‘ldi!»-dedi. Men unga:  «Bilgan narsalarim, 

xudo  haqqi,  bilmagan  narsalarimdan  afzalroqdir!»  -  dedim.  Marvon:    «Odamlar 

namozdan keyin xutbaga quloq solib o‘tirmay qo‘ydilar, shuning uchun 

xutbani namozdan avval aytdim»,- dedi»”[20,188]. 

 

Ne nutqi dilkash erur , vah, ne dilrabo alfoz, 



Masih nutqida yuq bo’yla jonfizo alfoz. (7,206) 

 

Bayt Muhammad payg’ambarning so’zlari shu darajada jozibali, shunchalar 



dilni  tortuvchiki,  hatto  Masih  nutqida  ham  bunchalar  jonbaxshlik  yo’q  degan 

mazmunni  beradi.  Aynan  mana  shu  baytda  Masih  nafasi  bilan  emas  hayot  baxsh 

etuvchi so’zlari bilan  insonlarni  tiriltirganligi  ifoda etiladi.  Yana bir  muhim jihat 

shundaki, baytda Muhammad payg’ambar nutqi ilohiylashtirilmasdan, uning soda, 

samimiy,  dilga  yoquvchi  nutqi    hayot  bag’ishlovchi  Masih  nutqidan  ustun 

qo’yiladi.  Hadislarda  Muhammad  (s.a.s)ning  goh  minbarda,  goh  minbarsiz; 

ko’pchilik  oldida,  kamchilik  oldida  qilgan  va’zlari  haqida  ,  ularning  mazmuni 

haqida ancha ma’lumotlar keltirilgan. Barchasidan faqat bitta narsa anglashiladiki, 

u  ham  bo’lsa  yer  yuzidagi  so’ngi  payg’ambar  sanalmish  Muhammad  (s.a.s) 

va’zlarida qisqalik, aniqlik va tushunarlilik yo’lidan borgan. 

Na’t g’azallarida  boshqa  payg’ambarlar  timsoli  qo’llangan  shunday  baytlar 

borki,  ularda  Muhammad  (s.a.s)  va  keltirilgan  boshqa  payg’ambarlarning  meroj 

kechasi voqealari chog’ishtiriladi. Bunday baytlarda faqat Muhammad payg’ambar 

ulug’lanadi deyish xato. Chunki shoir qiyoslanayotgan payg’ambarni ham bor bo’y 

basti bilan  uning  ilohiy  mo’jizalari-yu, salohiyatlarini  g’azalxonga  yetkazib keyin 

u  bilan  payg’ambar  Muhammadni  solishtiradi.  Yana  bunday  baytlarda  ko’k, 

anjum, anjum shohi, oy,quyosh singari turli go’zal timsollar keltiriladi.  

 

Rafiqing toyir andoqkim Sulaymon oldida hudhud, 



Buroqing soyir anjum shohi ustida sipehroso. (6,30) 

23 

 

 



  

“Zihe  javlongahing  aflok  uza  maydoni  av  adno”…  ”  deb  boshlanuvchi 

g’azaldan  olingan  ushbu  baytdagi  tushunarsiz  so’zlar  adib  asarlari  lug’atida  :  

rafiq-do’st;  toyir-davlat  qushi,  soyir  –sayr  qiluvchi;  anjum  shohi-yulduzlar  shohi 

deb  izohlanadi.  Sulaymon  —  islomda  payg`ambar  va  shon  —  shavkatli  podshoh 

hamdir.  Rivoyatlarga  ko`ra,  unga  yer-u  osmon,  shamol,  dev-u  pari,  barcha 

hayvonot olami bo`ysungan. Uning taxtini devlar ko`tarib shamol  uchirib, qushlar 

esa boshiga soyabon bo’lishar ekan. Bir kun Hudhud Sulaymonga Sabo shahri va 

uning  malikasi  Bilqis  haqida  xabar keltiradi.  Birinchi  misrada shunga  ishora qilib 

talmeh  orqali  Jabroilning  Muhammad  payg`ambarga  xabar  yetkazib  turishini 

Hudhudning Sulaymonga xabar yetkazishiga qiyos etilmoqda. Buroq  Muhammad 

payg’ambarning me’roj kechasida ko’kka minib chiqqan tulpori. Ikkinchi misrada 

payg’ambarning  o’zini  maqtash  asnosida  uning  yaqinlari  va  ko’makchilarining 

sifatlarini  ham  badiiy  tasvirlaydi.  Ko’rib  turibmizki,  bu  baytda  Sulaymon 

payg’ambar  va  uning  yordamchisi  Hudhud  munosabatlariga  Muhammad 

payg’ambar va Jabroil munosabatlari o’xshatilib, ularning qay darajada yaqinliklari 

badiiy  tasvirlanmoqda.  E’tibor  bergan  bo’lsangiz,  yuqorida  Hudhud  Sulaymon 

payg’ambarga    malika    Bilqis  haqida  xabar  keltirganini  qayd  etgan  edik.  Bu 

o’rinda  mana  shu  voqea  orqali  Jabroilning  sevikli  Allohdan  uning  yagona 

payg’ambariga Undan darak berganligi juda go’zal dalillangan.  

 

Qo’lin bu barq yorutti, damin bu yel ochdi, 



Agar sipehr uza Muso edi va gar Iyso. (7,11) 

 

Ushbu  “Zihe  buroqing  izi  mehru  sayri  barqoso…”  deb  boshlanuvchi    na’t  



g’azalidan  olingan  baytda  Muso  payg’ambarning qo’liga  Alloh  inoyat  qilgan  nur 

va  Iso  Masihga  ravo  bo’lgan  tiriltiruvchi  nafas  haqida  so’z  ketadi.  Falak  uzra 

chaqmoq Musoning qo’lini yoritdi, yel Isoning nafasini ochdi. Baytdagi “bu barq” 

va  “bu  yel”  Allohni  nazarda  tutadi.  Muso  a.s.ning    “qo’l”  i  bilan  bog’liq  diniy 

manbalarda  quyidagicha  ma’lumotlar  keltiriladi:    “«(Alloh  dedi):  «Ana  u 


24 

 

qo‘lingdagi  nima,  ey,  Muso?!  (Muso)  dedi:  «U  asoyim,  unga  tayanurman  va  u 



bilan  qo‘ylarimga  barg  qoqib  berurman.  Yana  unda  boshqa  xojatlarim  ham  bor». 

(Alloh)  aytdi:  «Uni  yerga  tashlagin,  ey,  Muso!»  Bas,  Muso  uni  tashlagan  edi, 

birdaniga  u  harakatlanuvchi  jonli  ilon  bo‘lib  qoldi.  (Alloh)  dedi:  «Uni  ol! 

Qo‘rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz. Qo‘lingni qo‘ltig‘ingga 

tiqqin,  u  hech  qanday  yomonliksiz  oppoq  bo‘lib  chiqur.  Bu  yana  boshqa  bir 

mo‘jizadir». (Toha, 17-22.) Alloh taolo Muso (a.s.) uchun to‘qqizta payg‘ambarlik 

mo‘jizasi  berganini  va  undan  bittasi  «qo‘l»  ekanligini  «Naml»  surasida  bayon 

etgan: «Qo‘lingni qo‘yningga tiq, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo‘lib chiqur. 

Bu  mo‘jizalar  sen  Fir’avn  va  uning  qavmiga  olib  boradigan  to‘qqiz  mo‘jiza 

ichidadir.  Darhaqiqat,  ular  itoatsiz  qavm  bo‘ldilar».  (Naml,12)”[31,96]. 

Keltirilganlardan anglashiladiki, Muso a.s.ga payg’ambarlik nasib bo’lganda unga 

Alloh to’qqizta mo’jiza ato etgan va uning bittasi “qo’l”dir. Muso a.s.ning qo’liga  

nur jo bo’lgan. Muso va Iso a.s.lar payg’ambarlikka erishgan vaqtlaridagi voqealar 

va  ularning  ilohiy    xususiyatlarini  keltirish  orqali  shoir  bundan  oldingi  baytdagi 

Muhammad  (s.a.v)ning me’roj kechasidagi Alloh  visoliga  yetib, payg’ambarlikka 

erishganini qiyosan tasvirlash va ustunligini ko’rsatishni maqsad qiladi.  



Download 376.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling