Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
Download 376.73 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Ma’shuqa vasfi tasvirida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat
- Masihu
- Masih
Masih dam ura olmas anga uruj tuni, Magar bizing mahi ulviy xirom qildi hadis. (6,91)
Diniy manbalarga ko`ra, Muhammad payg`ambarning Makkadan Quddusga borishi va u yerdan Buroq otiga minib ko`kka chiqishi va Alloh bilan muloqotda bo`lib qaytgan tuni — uruj (me`roj) tuni deb ataladi. Mahi ulviy xirom – eng yuqorida yuradigan oy. Bayt Masih me’roj kechasida unga (payg’ambarga) nafas ham qilolmaydi, agar bizning eng yuqorida yuradigan oyimiz so’zlasa ya’ni Alloh so’zlarini aytsa degan ma’noni beradi. Hadislarda Muhammad payg’ambarning me’rojga ko’tarilishi bilan bog’liq ko’plab voqealar bayon etiladi.Ularga ko’ra, Muhammad payg’ambar osmon qavatlariga chiqadi. Jannatni, do’zaxni , Muso, Iso, Ibrohim, Odam, Idris alayhissalomlarni ko’radi.Yuqoridagi baytda eng 25
yuqorida yuradigan oyimiz deganda shoir Muhammad payg’ambarning yetti qavat falakka ko’tarilganlarini nazarda tutadi. Payg’ambarning so’zlagan so’zlari hadis deb yuritilishi ko’pchilikkka ma’lum. Aynan mana shu uruj tunida payg’ambarning ummatlariga Alloh tomonidan besh vaqt namoz farz qilingan. Yana ko’plab me’roj kechasi bilan bog’liq voqealarni Muhammad payg’ambar sahobalariga so’zlab berganlar. Bayt mana shu voqealarga ishora qilib, bizning payg’ambarimiz so’zlaganda Masih nafas ham ololmaydi deya Muhammad payg’ambar Iso Masihdan ustun qo’yiladi. Xuddi shu mazmundagi yana bir baytga e’tibor qarataylik:
Uruj aqshomi tegrangda oy-u kavkablar, Masih girdida andoqki, bir necha xaffosh. (7,177)
«Xaffosh» bu - ko‘rshapalak. Bu baytda Muhammad payg’ambarning uruj tunida atrofidagi oy va yulduzlar Masih atrofidagi ko’rshapalaklarga o’xshatiladi. Ma'lumki, ko‘rshapalaklar gumbazlarning ichini o‘zlariga uya qilib oladilar. Ko’r bo’lishlariga qaramay to’da bo’lib turli shakllar hosil qiladilar. Iso Masih atrofini ko’rshapalaklar egallashi bu ko’zi ochiq nodonlardan ko’ra ularning ustunligini ko’rsatishdir. Bu o’rinda oy- yulduzlar ham ko’ngli bilan ilohiy ishqni anglagan timsollar sifatida gavdalangan . Na’t g’azallaridan olingan yuqoridagi baytlar tahlilini bir umumiy xulosa ipiga tizganda, ulardagi qo’llangan payg’ambarlar obrazi mohiyatni qiyosiy o’rganish uchun xizmat qilganligini ko’rishimiz mumkin. Har bir xususiyat tilga olinganda, u bilan birga nabiyning alohidaligi dalillangan. Hamda shoir bir baytga butun bir tugal tasavvur hosil qilishga yetarli voqealar tizimini joylashtirganligi hayratlanarlidir. Islomiy g’oyalar bilan sug’orilgan na’t g’azallari o’zida butun bir diniy tarixni aks ettiradi. Odam , Iso, Sulaymon, Muso payg’ambarlar obrazlari qo’llangan baytlar tahlili misolida olib borgan kichik izlanishimizda, Alisher Navoiy devon tuzish qoidalariga qat’iy amal qilganligi, na’t g’azallarida ham insonlarni tasavvufiy, diniy g’oyalar asosida iymon- e’tiqodga chaqirganligini va 26
eng muhimi, talmeh san’atidan ustalik bilan foydalanib tugal tarixlarni baytlarda aks ettirganini aniqladik. Shu bilan birga, payg’ambar maqtoviga bag’ishlangan bu xildagi g’azallarda mubolag’asiz oddiy haqiqatlar tasvirlanganligi g’azalxonni zeriktirmaydi. Aksincha, uni tubsiz ilm dengizida suzib zavqlanayotgan g’avvosga aylantiradi. 27
MA’SHUQA VASFI VA OSHIQ HOLATI TASVIRIDA XIZR VA ISO MASIH TIMSOLLARINING QO’LLANISHI 2.1. Ma’shuqa vasfi tasvirida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat Alisher Navoiyning olamshumul ijodi asrlar davomida zamonlar elagidan tushmay, bizning istiqlol nash’idasi qalblarga surur bag‘ish etib, yangi ulug‘vor g‘oyalar, yangicha tafakkur va ijod shakillarining kurtak yozishiga zamin hozirlayotgan ayni zamonamizda o‘zining badiiy qimmatini, ilmiy ahamiyatini saqlab qolishida sabrning o‘rni g‘oyatda beqiyosdir. U o‘z qalbida jo bo‘lgan go‘zal xislatlar qatorida ishq va oshiqlikni ham o‘lmas asarlar g‘oyasiga singdirishga intilgan. Bu orqali insonlarni har bir narsaga muhabbat bilan qarashga undaydi. Bu undash mohiyatan insonni kamolotga chorlaydi. ”Kamolotga riyozat yo‘li orqali boriladi. Ruhiy-ma’naviy kamolot bosqichidan o‘tish jarayonida jismning imkoniyatlari qisqarib, ruhning yukasalishi uchun to‘siq o‘zlik (jism, nafs), “menlikdan nishon” mahv bo‘ladi. Natijada inson Iloh va Hayotning, ya’ni o‘zining asl mohiyatini anglaydi. Bu esa komillik mezonidir. Xuddi shunday xolis dunyoqarash jamiyat va odamlarda ustuvor bo‘lsa, xudparastlik, zuhdfurushlik, nohaq qon to‘kish, turli qarama-qarshi guruhlar, mazhablar o‘rtasidagi kelishmovchilik o‘z-o‘zidan yo‘qoladi”.[12,3] Alisher Navoiy ijodida Alloh madhi, payg'ambar maqtoviga bag'ishlangan g'azallar bilan bir qatorda yana oshiqona, orifona g'azallar ham borki, ularda ma'shuqa ta'rif-u tavsif etiladi. Vasf - ta'riflash , maqtash deganidir. Bunday g'azallarda shoir lirik qahramoni e’tibor markaziga yorni, ya'ni suyukli ayolni yana ko'p hollarda ilohiy ishqni tarannum etib, Allohnida ma'shuqa obrazi o'rnida ulug'laydi. Bunda oshiq butun mohiyati bilan ko’zga tashlanadi. B. Valixo’jayev shoir g’azaliyotida ishq, oshiq va ma’shuq munosabatlari xususida fikr yuritib quyidagi xulosaga keladi: “… Navoiy g’azaliyotida ham insoniy (ayol-erkak o’rtasidagi), ham ma’naviy (jinsi farq 28
qilmaydi), ham haqiqiy (Olloh taologa nisbatan) ishq o’z ifodasini topgan bo’lib, ana shu asosda uning timsollari ham belgilanadi: oshiq – ma’shuqa, do’st – yor, Olloh va solih va boshqalar”. Ishq, avvalo poklik, qolaversa, sadoqat-u chinakam e’tiqod bilan muqaddasdir. Mana shu ma’noda oshiq o’z yorini shunchalar yuksaklarga ko’taradiki, bunda bir vaqtning o’zida ikki mohiyat ravshanlashadi: birinchisi –yor go’zalligi, ikkinchisi – lirik qahramonning ma’naviy olami. Shoir ijodida ma’shuqaning qoshi, labi, qaddi, so’zlari kabilar ta’riflanadi. Izlanishimizning ushbu o'rnida mana shunday ma'shuqa vasfi tasviridagi g'azallarda Xizr va Iso Masih timsollariga murojaatni tahlilga tortamiz.
Xating ul Xizriki, terlasa yuzung, Obi hayvon aro bo'lg'ay g'avvos. (9,190)
Keltirilgan misralar “ Ey, sening dardu g’aming jonima xos” misrasi bilan boshlanuvchi g’azalning beshinchi bayti. Unda ma’shuqaning qoshi yuzi terlagan vaqtda hayot suvida suzayotgan g’avvos Xizrga o’xshatiladi. Xizr umrboqiylikka yetishtiruvchi obi hayvonga ega bo’lgani diniy manbalardan ma’lum. U bunga Allohga muhabbati, e’tiqodi bilan erishgan, albatta. Bu o’rinda, Xizr alayhis- salomga Allohning ilohiy mo’jizalari, ne’matlari chin e’tiqodi, unga nisbatan haqiqiy muhabbati sabab g’avvos darajasida nasib etgani va shu orqali yor go’zalligiga o’zgacha ixlos ufurib turadi. Ma’shuqaga nisbatan shunchalar sof va pokiza o’xshatishlar bilan lirik qahramon unga nisbatan sof muhabbatini-da ifoda etadi.
Ko'zni afsunsoz etib jonbaxsh labdan nukta ayt, Somiriy sihrin, Masiho mujizin izhor qil! (6,310)
Ushbu bayt ilohiy ishqni tarannum etadi. U “Uyg’onib subh uyqusidin mehr shamin tor qil, …” misrasi bilan boshlanuvchi g’azaldan olingan. Bayt mazmunida ko'zingni usta hikoyachi qilib jonbag'ishlovchi labingdan Somiriy nayrangi va 29
Masih mo'jizasini ayt deyiladi. Muso alayhis-salom Alloh bilan muloqotga ketayotib, qavmlariga men o'ttiz kunda qaytaman, deb va'da qilgan . Ammo tog'ga yetib borishning o'ziga o'ttiz kun ketib qoladi va Alloh muloqotning muddatini qirq kunga uzaytiradi. Bundan foydalangan Somiriy Muso alayhis-salom qavmini yo'ldan uradi. Somiriy nayrangi xususida diniy manbalarda quyidagicha ma'lumotlar keltiriladi: "Alloh taolo Qur'oni karimning "Toho" surasida Muso alayhis-salom bilan Somiriy o'rtasida bo'lib o'tgan hodisani bayon etadi. Muso alayhis-salomning o'z vaqtida qaytib kelmaganidan foydalangan Horun as-Somiriy nomli kohin Isroil avlodlaridan barcha tilla taqinchoqlarni so'rab oldi, ularni olovda eritib, buzoq shaklida but yasadi va uning ustiga Jabroilning oti tuyog'i ostidan olgan bir siqim tuproqni sochib yuborgan edi, buzoq tirikdek mo'ray boshladi. Somiriy boshchiligidagi yo'ldan ozgan kimsalar buzoqning atrofida tavof qilishib, raqs tushishib, xursandchilik qila boshladilar." Somiriy harakatlari va Masih mo'jizalari haqida Qur'oni karim oyatlarida ma'lumotlar borligi yuqoridagi fikrdanda anglashiladi. Baytda Alloh ko'yidagi oshiq Undan ikki xil voqeani so'zlashni so'raganida yaxshi va yomon amallarni chog'ishtirgandek bo'ladi. Va bu o'rinda Masih ezgu amallar egasi sifatida talqin qilinadi.
Orzu aylar labing ollinda jon bermakni Xizr, Xizr suyidin o'lug umr aylagandek orzu. (6,398)
"Belingu zulfing xayolin sharh etarmen mo'-bamo', … " deb boshlanuvchi g'azaldan keltirilgan bu baytda lirik qahramon fikriga ko'ra, ma'shuqa oldida Xizr jon berishni istaydi, xuddi Xizrning hayotbaxsh suvidan o'lik umr orzu qilgandek. Oshiq ma'shuqani shu qadar ta'riflaydiki, umrboqiylik nasib etgan Xizr ham hatto uning labi oldida jon berishni orzu qiladi. Shoirning bu xil o’xshatishlardan maqsadi Xizrdek payg’ambarni qadrsizlantirish emas, balki uning ulug’ligini ta’kidlagan holda, yorning oshiq nazaridagi mavqeini dalillab, qay darajada ekanini g’azalxonga yetkazib berishdir. Umuman olganda, Xizrning umrboqiyligiga ishora qilingan baytlar bu xildagi g'azallarda ko'plab uchraydi. 30
La'li labingda ter bo'lub obi hayot qatrasi, Yoki Xizr suyi labing, qatra bo'lub hubob anga. (7,13)
Keltirilgan bayt "Chin kiyigi desam ko'zin, vah, nedurur itob anga, … " deb boshlanuvchi g'azalning ikkinchi bayti. Shoir ma'shuqaning qip- qizil labi atrofidagi terni hayot suvining qatrasi deydi va fikrida davom etib yoki labing atrofidagi Xizrning umrbaxsh suvi qatrasi suv yuzidagi pufakdir deb o'xshatishini yakunlaydi. Yorning labi atrofidagi mayda tomchilarni shu darajada ustalik bilan shoir o’xshatganki, beixtiyor tabiiy voqelik haqida so’z ketayotgandek tuyuladi. Ayniqsa, suv yuzidagi pufaklar misraga o’zgacha go’zallik va yorga munosabatda oshiqning ayricha mehrini dalillaydi. Ko'rib turganinggizdek, bu baytda ham Xizrning umrboqiylik suviga qiyosan ma'shuqa maqtalyapti, lekin o'zgacha timsollar va o'xshatishlar bilan.
Yer-u ko'kta istabon paydo emas Xizr-u Masih, Qochtilar go'yo dudog'ing obi hayvonin ko'rub. (6,68)
Dudog'ingdagi hayot suvini ko'rgan Xizr-u Masih go'yo qochdilar. Yor dudog'idagi obi hayvon shu darajadaki , uni ko'rgan Xizr ham Masih ham yo'qlar, yer-u ko'kdan ham topilmaydilar. "Xasta jonim za'fin angla, ko'nglim afg'onin ko'rub, …" misralari bilan boshlangan g'azalning beshinchi bayti bo'lgan ushbu parchada Xizr va Masih timsollari birga qo'llanishidan maqsad ulardagi ilohiy xususiyatlarni yor dudog'idagi tiriklik suvi bilan qiyoslab , ma'shuqani ularning har ikkisidanda yuksakroqqa ko'tarishdir. Xizr ega bo'lgan abadiylik va Masihdagi tiriltiruvchilikdanda ma'shuqaning dudog'idagi hayot suvi oshiqga ustun ko'rinadi hamda shu vajdan ikkala qahramonni qochgan gumon qiladi. Baytdan maqsad abadiy hayot egasi, hanuzgacha yer yuzining turli burchaklarida ezgulik ulashish maqsadida kezib yuruvchi, namoz o’qigan joyi yashillikka burkanuvchi Xizrdek payg’ambarni yoxud nafasi bilan o’lganlarni tiriltiruvchi, kasallarni davolovchi,
31
Alloh yaratgan ilohiy nurdan yaralgan Masihdek payg’ambarni ojiz qilib ko’rsatish emas , balki ularning mavqeini, e’tiqodi darajasini g’azalxonga bir eslatib, shundan so’ng ularning yorning dudog’ini ko’rib qochganlarini keltirish bilan ham talmeh, ham mubolag’a san’atini ustalik bilan qo’llaydi shoir. Hamda diniy g’oyalar bilan sug’orilgan mazmunda ma’shuqaga nisbatan lirik qahramon bahosini to’la yetkazadi. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, bu baytda faqatgina yorning labi ta’riflanyapti.
Sahfayi husnungda jonbaxsh irining, ey siymbadan, O'xshashurkim, aylagay Iso quyosh ichra vatan. (6,371)
Ushbu bayt g'azal matlasi. Baytda shoir yorning yuzini quyoshga, undagi jonbag'ishlovchi labini quyoshni vatan qilgan Isoga o'xshatadi. Bu bayt mazmunida ham e'tibor Masihning jonbaxshligiga qaratiladi. Oshiq o’zining yorini birinchi misraning o’zidayoq yuzi, labi va tanasini maqtaydi. Ikkinchi misrada esa umumiy holatda yorning yuzini quyoshga va labini unda vatan qilgan Isoga o’xshatishi, birinchi misradagi ta’riflarning izchil davom etishiga ko’mak bergan.
Quyoshingg'a falak hayron, Masihingga quyosh maskan. (6,380)
Bayt labing Masihdan chechan yuzing quyoshdan chiroyli, quyoshingga ya'ni, yuzingga falak hayron, Masihdek labingga quyoshdek yuzing maskan degan mazmunni beradi. Ma'shuqaning go'zal orazi bu qadar bir mazmun chizig'ida, izchil ta'rif berish shoir ustamonligini amalda yana bir bor isbotlaydi. Bu bayt matla’ bo’lib, avvalgisidan farqli o’laroq, ma’shuqaning labi Masihdan, yuzi quyoshdan ustun qo’yiladi.
Labing Masihu aning nutqi nuktapardozi Ki, ruhi qudsiy erur bu Masih e'jozi. (7,469) 32
Bu baytda ham Masih mo'jizasi tilga olinib, uning tiriltiruvchi so'zlari nazarda tutiladi. Ma'shuqaning labi Masih, uning so'zlari esa ma'nolidir. Bu toza ruh Masih mo'jizasidir. Bu baytda Masihning tug’ilishi bilan bog’liq voqealarga ishora qilinadi. uning onasi Maryamning e’tiqodi sabab unga farzand ilohiydan ato etiladi. Shuning bilan Alloh yaratgan ruhdan Masih dunyoga keladi. Alisher Navoiy esa mana shularga ishora qilib lirik qahramon tilidan yorni Masihga mo’jiza sifatida nasib etgan toza ruh kabi deya tasvirlaydi. Yorning labi va u orqali voqelanadigan so’zlari maqtalgan ushbu baytda Masih mo’jizalari deb turib Alisher Navoiy to’laligicha Masih bilan bog’liq mo’jizalarga ishora etadi.
So'z demay jonbaxsh la'lingkim o'lukni tirguzur, Ko'rsa Ruhullah ani dam urmag'ay e'jozdin. (7,320)
"Benavomen ayru xayli hamdamu hamrozdin,…" misrasi bilan boshlanuvchi g'azaldan olingan misralarda ma'shuqa shu darajada ko'kka ko'tariladiki, u so'zlamasdan turib ham o'likni tiriltira oladi. Buni ko'rgan Ruhulloh mo'jiza haqida gapirmaydi ham. Islom dinining muqaddas kitobi bo’lmish Qur’oni Karimda Iso alayhis-salomga nisbatan qo’llangan nomlardan biri bo’lgan Ruhullohning baytda qo’llanishi ma’shuqaning oshiq ishqida tutgan o’rnini dalillagan. Chunki, shoir birinchi misrada labing o’likni tiriltiradi deyishi, o’z- o’zidan Iso alayhis-salomning Masih degan nomini qo’llashni taqozo etadi. Allohning yaratgan ruhligiga ishora qilingan bu nomdan foydalanish vazn va mazmun talabini qondirgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Iso Masih Allohning Maryamga yo’llagan so’zi va u yaratgan ruhdir. “Olloh taoloning qavli: “(Ey habibim), eslangiz, farishtalar: “ Yo Maryam, darhaqiqat Olloh senga o’zidan bir so’zni xushxabar qilib yo’lladiki, uning ismi Al-Masih Iso ibn Maryam…” (“Bo’l”- desa, bas o’sha ish bo’ladi” degan qavligacha, “Oli Imron” surasi, 45-47- oyatlar )”[21,323].
33
La'li bir so'z birla yuz yilliq o'lugni Xizr etar, Go'yiyo Ruhullah ushbu obi hayvon ichradur. (6,147)
Yorning qizil labi bir so'z bilan o'likni Xizrdek abadiy qiladi, Ruhulloh ham shu hayot suvi ichida go'yo. Yuqorida ta'kidlanganidek, Xizr hayot suvini ichib umrboqiy bo'lgan. Bir so'z bilan yor o'likni Xizr etadi deganda shoir ana shu hayot suvini ichgandek bo'lishini nazarda tutadi va ikkinchi misrada Ruhullah yani Iso Masih bilan bog’liq mo’jizadan darak beruvchi yana bir nomni keltirish orqali Alloh yaratgan ruh ham shu hayot suvida mavjud ekanini aytib ma'shuqaning bitta so'zini shunchalik ilohiylashtiradi. Bu bayt “Barmog’i hayrat bilakim la’li xandon ichradur, …” misrasi bilan boshlanuvchi g’azaldan olingan.
Yo'q og'izdan nukta aytur mahvashimdek bo'lmag'ay, Gar quyosh har zarrasidin bir Masiho aylasa. (6,43)
"Ko'nglum o'rtansun agar g'ayringg'a parvo aylasa,.." deb boshlanuvchi g'azaldan olingan baytda Masih obrazining qo'llanishi, talmeh , mubolag'a singari bir necha she'riy san'atlarning qorishib kelishi baytdagi misralar nazokatini ko'tarishga xizmat qilgan. Agar quyosh har bir zarrasidan bitta Iso Masih yaratganda ham, yo'q hisobi og'zidan so'z aytadigan mahvashimdek bo'lmaydi. Masih obrazi ushbu o'rinda ham tiriltiruvchilik xususiyatini namoyon qilgan. Hamda ma’shuqaning so’zlari oshiq uchun hayot baxsh etishi badiiy ifodalangan. Yana uning og’zini kichkina, yo’q hisobi deya o’ta ustalik bilan ta’rif etadi. Mumtoz adabiyotimizda yor og’zining kichikligi g’unchaga o’xshatilishini ko’p uchratganmiz. Lekin bu o’rindagi “yo’q og’iz” o’xshatilmishi shoir tomonidan keltirilgan ajoyib topilmadir.
O'lukni tirguzur la'ling Masihoho kalom aylab Takallum choshniysin sharbati yuhyil-izom aylab. (6,69)
34
Takallum -so'zlash; choshniy - totish; yuhyil izom-suyaklarni tiriltirish deya adib asarlari lug'atida izohlanadi. Bayt, qip-qizil labing Masihday so'zlab o'likni tiriltiradi, so'zing sharbatidan totish suyaklarni tiriltiradi degan ma'noni beradi. Ushbu matla’ bilan boshlangan g'azalda ilohiy ishq aks etgan. Bu o'rinda ma'shuqaning labi jonbaxshlik yuzasidan Masihga o'xshatiladi.
Nutqi jon bermak qilur ul la'li xandon birla bahs, Rost Isodekki qilg'ay obi hayvon birla bahs. (6,92)
Mazkur matla’da ma'shuqa bilan so'z tortishuv qilish o'limga olib borishini Iso obi hayvon bilan bahs qilishiga o'xshatib badiiy tasvirlaydi shoir. O'liklarni tiriltiruvchi Iso, ichganlarni umrboqiy qiluvchi hayot suvi bilan bahsi uni-da o'limga olib boradi go'yo. Bu o’rinda hayot suvi Iso alayhis-salomdan ustun qo’yiladi. Masih ignasi Maryam igirgon ip bila go'yo Chigilib, egniga jonbaxshlik to'ni tikilibdur.
Agar Masih duosi o'lugni tirguzur erdi, Ne nutq erurki, so'kunchung bila o'lug tirilibdur. (6,134)
Yuqorida "Pariyvashim qora bo'rkinki, bir yon egri qilibdur, …" deb boshlanuvchi g'azalning beshinchi va oltinchi bayti keltirildi. Ularda dastavval Iso Masihning tug'ilishi bilan bog'liq voqealar keyin esa uning ilohiy xususiyatga ega bo'lishi keltirilib so'ngra ma'shuqa maqtaladi. Shoir har bir baytni bir voqea asosiga quradi. Maryamning Allohga e'tiqodi tufayli ilohiy mo'jiza sifatida Iso tug'ildi va Masih , jonbaxshlik unga ato qilindi. Masih duosi o'liklarni tiriltiradi , sening nutqing qanday nutqki, so'kinching o'liklarni tiriltiradi. Ko'rib turibmizki, yorning so'kinchi bilan Masih duosi qiyosan go'zal mazmun kasb etmoqda va mana shu
35
to'qqiz baytlik g'azalning bor yo'g'i ikki baytida butun bir voqealar tizimi badiiy tasvirlanmoqda.
Chashmayi hayvondin , ey jonim, su ichmaydur ko'ngul, Xizrvash xatting aro shirin zuloling borida. (6,408)
"Anbari tar istaman yuz uzra xoling borida,…" misrasi bilan boshanuvchi g'azaldan olingan ushbu baytda oshiq ma'shuqasining Xizrdek xatidagi shirin ziloli yani so'zlari borligi uchun ko'ngli hayot suvidan ichmasligini ta'kidlaydi. Bu o'rinda Xizr ega bo'lgan abadiy umr baxsh etuvchi hayot suvi tilga olinib undan ma'shuqaning xatidagi so'zlari ustun qo'yiladi. Bu xildagi baytlar ham Alisher Navoiy devonlarida ko'plab uchraydi, lekin ularning har biri o'zgacha badiiy san'atlar, timsollar bilan sayqallanib keladi. Xizrvash xatting deyish bilan shoir yorning ezgulikdan darak beruvchi xatini tasvirlaydi. Oshiq uchun yorning ahamiyati, uning birgina xatida tajassumlangan ma’noni shunchalar ulug’lash Alisher Navoiy lirik qahramonining tabiatini, marifatini ko’rsatib bergan.
Erdi jon bermak Masih anfosi , bukim, yuz Masih, Jon topar anfosidin - bas bul ajab e'jozdur. (9,116)
Masih nafasi jon beradi. Bu qanday mo’jizaki, yuzta Masih nafasidan jon topadi. Mazmuni ma’shuqani mo’jiza sifatida talqin etgan bu bayt “ Ruh gulzorida, yo rab, ul ne sarvi nozdur, …” deb boshlanuvchi g’azaldan olingan. Masihning so’zi-yu nafasi bilan o’lganlarni tiriltirib, pes va moxovlarni davolagani xususida izlanishimizning avvalgi o’rinlarida aytgan edik. Endi shu jihatlar va boshqa ilohiy mo’jizalarni dalillovchi, shuningdek, yaqin kelajakda ikki farishtaning ikki qanotiga kaftini tutgan holda kelib, salb va to’ng’izni yo’qotuvchi deya diniy manbalarda qayd etilgan Allohning elchisini oshiq ta’rif-u tavsif etayotgan ma’shuqaning nafasi tiriltirsa. Yana yuztasini!. Bu qadar ma’shuqaga ehtirom va muhabbat kishini hayratda qoldiradi.
36
Nukta surgach la'li o'lg'onlar topar umri abad, Umrida Iso qachon mundoq takallum aylagay. (7,457)
Yuqoridagi bayt mazmuniga hamohang ushbu parcha “ Necha men mehnat chekib, ul oy tana’um aylagay, …” deb boshlanuvchi g’azalning uchinchi bayti. Ma’shuqa so’zlaganda o’lganlar abadiy umr sohibi bo’lib tiriladilar. Umrida Iso bunday so’zlamaganligi tasvirlangan bu o’rinda. Bilamizki, Iso alayhis-salom o’lganlarni tiriltiradi. Ularni abadiy hayot bilan ta’minlay olmaydi. Yuqorida keltirilgan baytlardan birida ham Iso alayhis-salom va hayot suvi chog’ishtirilib, Iso payg’ambardan hayot suvi ustun qo’yilganligining guvohi bo’lgan edik. Bu o’rinda ham mana shu jihatdan Iso alayhis-salomdan yorning abadiy umr baxsh etuvchi so’zlari ustun qo’yiladi.
La'lu g'amzang birla baskim nuktadon ustodsen, Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen. (6,376)
Qizil labing, ko'z qisishing bilan ma'noli so'zlar aytuvchi ustozsan, bir nafasing bilan Masihdek jon bag'ishlaysan, bir vaqt jallodga aylanasan. Ushbu bayt g'azal matla’si bo'lib, unda Masih tiriltiruvchi nafasi bilan jallodga zid qo'yiladi va misra betakror mazmun kasb etadi. Ikkinchi misrada bir vaqtning o’zida uchta san’at qo’llangan. Talmeh (Masih), tazod (Masih-jallod), tanosib(nafas-zamon). Bu qadar ustamonlik bilan she’riy san’atlardan foydalanish, unumli foydalanish faqat Navoiygagina xos.
Qad ermas ravza sarvi nozidur bu, Kalom ermas, Masih e'jozidur bu. (7,378)
Ma’shuqaning so’zi bilan birga qaddi ham maqtalgan baytlar ham Navoiy ijodida uchratish mumkin. Keltirilgan bayt g’azalning matla’si bo’lib, unda Masih 37
nafasi uning mo'jizasi sifatida keltiriladi. Qad emas bog'ning sarvinozi yani tik o'sadigan daraxti nazarda tutilyapti. So'z emas Masih mo'jizasidir .
Ul Masih anfosi tarso saydidur ko'nglum qushi Kim, malak dayri ravoqi kunjida xuffosh erur. (7,145)
" Orazing husnin fuzun qilg'an hiloliy qosh erur, …" misralari bilan boshlangan g'azaldan olingan baytdagi ayrim so'zlar izohi shoir asarlari lug'atida quyidagicha izohlanadi: tarso-nasroniy; sayd-ov; dayr-mayxona; ravoq-gumbaz; kunj-burchak . ko'nglim qushi u Masih nafaslini ovlovchi nasroniy ovchidir , ul malak mayxona gumbazi burchagidagi ko'rshapalakdir. Baytda ma'shuqa mayxona gumbazi burchagidagi ko'rshapalakka o'xshatilishi , uning ko'ngil ko'zi ochiq ekanligini badiiy ifoda etadi. O'zgacha tasvir, o'zgacha o'xshatishlar qo'llangan bu baytda ham Masihning hayotbaxsh nafasi qo'llangan, ammo butunlay yangi taassurot oladi kitobxon. Mana shu o'rinda yana bir fikrni ta'kidlash lozimki, Alisher Navoiyning oshiqona g'azallari markazida turgan lirik qahramon yuksak ma'naviyatli shaxs. U o'z ma'shuqasining faqat tashqi qiyofasini emas, balki uning go'zal insoniy fazilatlarini, pok tuyg'ularini sevadi. Maqsud Shayxzoda A.Navoiyning "G'aroyib us-sig'ar" devonini tadqiq qilgach, undagi lirik qahramon aynan Navoiyning o'zi degan xulosaga keladi. Shunga asosan, Navoiy g’azallaridagi lirik qahramon, oshiq uning o’zi deb qarasak to’g’ri bo’ladi.
Chamanda tozalig'din har quruq shoxe erur Xizriy, Magarkim ondin o'tmish obi hayvonim xirom aylab. (6,69)
Keltirilgan baytda oshiq ma'shuqasini shu darajada ulug'laydiki, agar u chamandan o'tsa Xizr quruq shoxga o'xshab qoladi. Xizr a.s namoz o'qiganda hammayoq yashillikka burkanishi diniy manbalardan bizga ma'lum. Ushbu bayt mazmunida ham shoir aynan mana shu voqealarga ishora qiladi va Xizrdek avliyodan ma'shuqani yuqori ko'tarishga erishadi. “O’lukni tirguzur la’ling 38
Masihoso kalom aylab, …” misrasi bilan boshlanuvchi g’azalning uchinchi bayti. Chaman ma’shuqa o’tgunigacha Xizr tashrifidan yashillikkka burkangan. Lekin yorning yurishidan chaman birinchi holati quruq shox kabi ko’rinadi.
Hayvon suyidur shudrun, Iso damidur salqin, Bo'ston sari jononim go'yoki xirom etmish. (6,213)
"To ko'z bila ko'nglumni ul g'amza maqom etmish, …" misrasi boshlanuvchi g'azaldan olingan ushbu baytda lirik qahramon jononi o'tgan gulzorni tasvirlab, undagi shudringni hayot suviga, gulzor havosini esa Iso nafasiga o'xshatadi. Ma'shuqa o'tgan gulzorning shudringiyu havosi-da oshiqga jon baxsh etadi. Bu o’rinda ma’shuqaning yurishi gulzorni jonbaxsh holatga keltirgani badiiy tasvirlanadi. Ma'shuqa ta'rif -u tavsif etilgan g'azallarda ham Xizr va Masih alayhis- salomlar birga qo'llangan o'rinlarni uchratish mumkin.
Qading niholiki bog'i hayot tarfini tutmish, Magarki Xizru Masiho suyu havosida butmish. (8,182)
Keltirilgan baytda ma'shuqaning hayot bog'ini ta'rifi tutgan qaddini maqtayotgan lirik qahramon, uning niholdek qaddi Xizr suvi va Masih nafasidan o'sgandek hayotbaxshligini ta'kidlaydi. Bayt matla’ bo’lib, uning to’la mazmunida ma’shuqaning sifatlari keng tasvirlangan. Lekin ushbu birinchi bayt mazmunga kirish uchun mustahkam poydevor bo’lgan.
Kirdi jon jismimg'a xatti sahfasin ko'rgach, magar Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur. (6,147)
Arqom shoir asarlari lug'atida yozuvchi deb izohlanadi. Ushbu baytda oshiqga xat yuborgan ma'shuqa elga jon ato qiluvchi mehribon Masihning 39
yozuvchisiga o'xshatiladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda ham Masih jon ato etuvchi sifatida tilga olinadi. Bu misralar “ Vahiy nozil bo’ldi yoxud yorning payg’omidur, …” misrasi bilan boshlanuvchi g’azalning to’rtinchi bayti. Baytda ma’shuqa go’yo xati bilan Masihdek jon ato etadi. Xulosa qilib aytganda, ma'shuqa vasfi tasvirida Alisher Navoiy Xizr va Iso Masih timsollarini qo'llash orqali mazmunning ta'sirchanligini oshirishga, badiiy san'atlarni ham shunchaki qo'llamasdan ularda butun bir mohiyat yaratishga erishgan. Ko'pchilik o'rinlarda Xizr umri, Iso nafasi tilga olingan bo'lsada, boshqa kichik o'xshatishlar va timollar vositasida ular o'zgacha taasssurot uyg'otgan. Biz izlanishimizning ma’shuqa vasfi tasvirini uning qoshi, ko’zi, labi, so’zi, qaddi va yurishi kabilar misolida qisqa baytlarda ko’rib chiqdik. Hamda shunday tasvirlarda Xizr va Iso Masih timsollari badiiyatni qanday hosil qilishini nazardan o’tkazdik.
Download 376.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling