Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 376.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.02.2020
Hajmi376.73 Kb.
1   2   3   4   5

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

40 

 

2.2. Oshiqning ruhiy holati tasvirida Xizr va Iso Masih timsollariga murojaat  



 

Alisher Navoiyning oshiqona g’azallarining  lirik qahramoni  ishq alangasida 

toblangan shaxs – chinakam oshiq. U goh o’z ma’shuqasidan mamnun , gohida esa 

uning  harakatlarini  bevafolikka  yo’yib,  undan  noliydi.  U  ma’shuqasini  ta’riflab 

turib,  ayni  vaqtda  o’z  ahvolini  ,  ruhiyatini  turli  bo’yoqlarda  yonma-yon  holda 

keltiradi. Navoiy g’azallaridagi oshiq sof muhabbat egasi. U sevadi. Sevgi yo’lida 

turli  tuman  musibatlarga  mubtalo  bo’ladi.  Ayriliq  azoblariga  chidaydi.  U  o’z 

ma’shuqasini  qattiq  e’zozlaydi:  o’zini  yor  yo’lida  fido  etmoqqa  tayyor…. 

Navoiyning  lirik  qahramoni  haqida  gap  ketganda,  Maqsud  Shayxzodaning 

“G‘aroyib  us-sig‘ar”  devoni  bo‘yicha  qilgan  tadqiqotlarida  qayd  etgan  fikrlarini 

eslab  o‘tish  o‘rinli,  nazarimizda:  “  “G‘aroyib  us-sig‘ar”da  ham  lirik  qahramon 

Navoiyning  o‘zidir.  Bu  –  murakkab  bir  zamonda  yashagan,  tushunuvchi, 

o‘ylovchi,  hassos  va  olijanob  bir  shaxsning  boy,  serohang,  rang-barang, 

sermazmun,  sof  ma’naviy,  botiniy  dunyosini  o‘zida  gavdalantirgan  bir 

qahramondir”  .  Bu  ta’rif  garchi  “G‘aroyib  us-sig‘ar”  devonidagi  barcha  g‘azallar 

borasida  aytilgan  umumiy  xulosa  bo‘lsa-da,  oshiqona  g‘azallar  markazida  turgan 

lirik  qahramon  qiyofasi  uchun  ham  xos  xususiyat  hisoblanadi.  Biz  ushbu 

izlanishimizni  “Xazoyin  ul-maoniy  ”  tarkibidagi  to’rt  devon  asosida  olib 

borayotgan  bo’lsakda,  Maqsud  Shayxzodaning  yuqoridagi  fikri  Alisher 

Navoiyning  barcha  oshiqona  g’azallari  uchun  muvofiq  keladi.  Oshiqning  ruhiy 

holati  aks  etgan  g’azallarda  ham  ikki  xil  tasvir  ko’zga  tashlanadi.  Birinchisi 

xursandchilik,  ikkinchisi  tushkun  bir  holat.  Mana  shunday  holatlar  bilan 

yo’g’rilgan  oshiq  ruhiyati  ifodalangan  baytlardagi    Xizr  va  Iso  Masih 

timsollarining qo’llanishini izlanishimizning shu o’rnida ko’rib chiqamiz. 

 

Ul kechakim yor ila yorutg’amen shami visol, 



Zinhor, ey subh, agar bo’lsang Masih , urma nafas. (7,163) 

 

  



“Bog’  aro  ne  sarv  etarmen  orzu,  ne  gul  havas,  …”  deb  boshlanuvchi 

g’azaldan olingan mazkur baytda oshiqning yorning visoli nasib qilguvchi kechani  

kutishi,    ruhiyatidagi  ko’tarinkilik  bilan  ifodalanadi.  Ishonchi  mustahkam  oshiq 


41 

 

subhga,  ya’ni  yorug’  tongga  murojaat qilib,    o’sha  kecha  yor  bilan  visol  shamini 



yoritgan vaqtda agar Masih bo’lsada, nafas ham olmasligini aytadi. Bu visolbaxsh 

tunning  tugamasligini  istayotgan  chin  e’tiqodli  oshiqning  ko’ngil  istagi.  Baytda 

Masih  nafasining  tilga  olinishi,  yorug’  tong  otishi  bilan  tabiat,  butun  jonzot 

,umuman, jamiki borliq uyg’onishini obrazli ifodalashni ta’minlagan. 

 

Sabo debon  xabar ul guldin, elni tirguzdi, 



Masihcha desa bo’lg’ay aning risolati bor. (8,103) 

 

Yuqoridagi  misralar  “Bukim,  ko’ngulning  ul  oysiz  ne  sa’b  holati  bor, 



…”deb  boshlanuvchi  g’azalning  to’rtinchi  bayti.  Birinchi  misrada    sabo  ,  tonggi 

yoqimli,  mayin shamol,  ul guldan ,ya’ni  yordan  xabar berib elni tiriltirdi  deyilsa, 

ikkinchi misrada aynan mana shu sabo Masihdek payg’ambar darajasiga ko’tarilib 

oshiq  tomonidan  maqtaladi.  Imom  Ismoil  al  Buxoriy  hadislarida  qayd  etilishicha, 

Iso  alayhissalom  yaqin  kelajakda  ikki  farishtaning  ikki  qanotiga  kaftini  tutgan 

holda    yerga  tushib,  xochni  va  to’ng’izlarni  yo’q  qilishni  buyuradi  jon  solig’i, 

jizyani  bekor  qiladi.  Islom  dini  aqidalariga  muvofiq  ish  ko’rishni  targ’ib  qiladi. 

Mana  shu  ma’lumotlarga  asosan  bayt  mazmunini  umumiy  xulosalaganda,  Iso 

Masihning  Allohning  elchisi  sifatidagi  ishlari  bilan  tonggi  shamolning  yordan 

darak  berishini  oshiq  muvofiq  ko’rmoqda  va  bundan  quvonchda  ekani  yaqqol 

sezilib turibdi. 

 

Hajr qatlidin meni tirguzdi la’li , ey Masih



Ojiz erding, sen nafas asra, gar o’rganding iloj. (8,72) 

 

Yor  hajridan  o’lar  holatga  kelgan  oshiqni  yorning  qip-qizil  labi  tiriltirdi. 



Shundan  ruhlangan  oshiq  Masihga  sening  nafasing  ojizlik  qilganda  ilojini 

o’rganding  deya  murojaat  qilyapti.  Bayt  “  Telba  ko’nglim  po’yasig’a  anbarin 

banding  iloj,  …”  deb  boshlanuvchi  g’azaldan  olingan.  Yorning  qip-qizil  labi  va 

Masih  nafasi  birgalikda  o’lganlarni  tiriltiruvchi  sifatida  talqin  qilinadi  va  bu 



42 

 

holatda  oshiqning  ishqdan  muddaosi  ushalganini  ham  bildiradi.  Iso  Masih 



tiriltiruvchi  nafasi  bilan  o’lganlarni  tiriltirishi  ,  shuningdek,  o’lgan  qalblarga 

Allohdan darak berib , ularni uyg’otuvchi payg’ambar ekanligi diniy manbalardan 

ma’lum bo’lgani holda, oshiq uchun yor undanda ustun ekanligi misralarda badiiy 

ifoda etilgan. 

 

O’yla ruhafzo labing anfosidin toptim hayot 



Kim, gar o’lsam, ko’rmagaymen Isoyu Maryam yuzin. (8,334) 

 

“Soqiyo,  ochting  chu  may  tutmaqqa  jomi  Jam  yuzin,  …”  misrasi  bilan 



boshlanuvchi g’azalning ikkinchi bayti. Bunda yorning nafasidan ruhlangan, hayot 

topgan  bearmon  oshiq  agar  o’lsa  Isoyu  Maryamning  yuzini  ham  ko’rishni 

istamaydi.  Bu  o’rinda  Iso  bilan  birga  uning  onasi  Maryamning  tilga  olinishi 

Allohning  ular  bilan  bog’liq  mo’jizalariga  ishora  qiladi  va  oshiq  uchun  yorning 

nafasidan  o’zga  mo’jizaning  keragi  yo’qligini  e’tirof  etib,  qazosi  yetganda  unga 

uchragan  Isoyu  Maryamning  yuziga  qarshni-da  istamaydi.  Shu  darajada  oshiq 

xursandki, uning ko’ziga Allohning o’zga ilohiy ne’matlari ko’rinmaydi. Mazmun 

Iso va Maryamni quyi o’ringa tushirishni emas, ulardek Allohning nazari tushgan 

bandalardan-da  ma’shuqaning  ustun  qo’yilishi  oshiqning  ishqi  ko’lamini,  botiniy 

xursandchiligini  ko’rsatib turibdi. 

 

Keldi tirguzgali za’fim ko’rub ul Iso dam, 



Kelgani ham o’z ishin qildi, vale ketgani ham. (8,294) 

 

Keltirilgan  ushbu  bayt  oshiq  ruhiy  holatidagi  ikki  xil  holatni  ham 



xursandchilikni,  ham  tushkunlikni  aks  ettiradi.  Oshiq  baytda  ma’shuqasini  Iso 

nafas  deb  ulug’laydi.  Iso  nafasli  yor  oshiqning  holsizligini,  xastaligini  ko’rib  uni 

tuzatish  uchun  keldi.  Uning  kelgani  ham,  ketgani  ham  o’z  ishini  qildi.  Ya’ni 

yorning  kelishi  oshiqni  qanchalar  xursand  qilgan  bo’lsa,  ketishi  shunchalar 

qayg’uga  botirdi.  Mazkur  bayt  matla’  bo’lib  ,  undagi  mazmun  keyingi  baytlarda 


43 

 

tadrijiy  rivojlana  borgan.  Ma’shuqaning    Iso  alayhissalom  timsoliga  qiyoslanishi 



esa  bu  o’rinda  Allohning  ilohiy  mo’jizalarini  dalillovchi  payg’ambarning 

moxovlarni, ko’rlarni  davolaganiga  ishora  qiladi. Yuqoridagilardan  farqli o’laroq, 

bu baytda ma’shuqa va Iso alayhis-salom timsollari  mutanosiblikda qo’llangan. 

Alisher Navoiy oshiq ruhiyatidagi tushkun kayfiyatlarni ifodalash o’rinlarida 

ham Xizr va Iso Masih timsollarini qo’llab, ular orq 

ali  talmeh  san’atining 

go’zal  na’munalarini  yaratgan  va  yana  tasvirning  ta’sirchanligini  oshirgan.  Shoir 

she’riyati  qahramonlari  ishqdan  yetgan  barcha  ozor-u  mashaqqatlarga  sabot  va 

matonat 

bilan 


bardosh 

berishga 

tayyordirlar. 

Adabiyotshunos 

Ibrohim 

Haqqulovning  “Tasavvuf  saboqlari”    kitoblarida  ishq  kalimasi  haqida  quyidagi 

fikrlar keltirilib o’tiladi: “Ishq so’zini tasavvufiy istiloh o’laroq birinchi bora Abu 

Husayn  Nuriy  qo’llagan  ekan.  Olloh  ishqi  va  xususida  keng  to’xtalgan  ilk  so’fiy 

esa Robiya  Adaviyadir. Tasavvufiy  maslakda ishq  – sevgining eng  oxirgi darajasi 

va  mukammal  ko’rinishi.  Ishq  maqomiga  ko’tarilgunga  qadar  oshiq  yana  yetti 

darajada  qalbi  va  ruhini  kamolga  erishtirish  kerak”  [41,  24].Alisher  Navoiyning 

ishq  bilan  bog‘liq  tasvirlari  rang-barang  va  boy  bo‘lib,  biz  unda  inson  hayoti  va 

holatining  cheksiz  ko‘p  qirralarini  —  shodlikni  ham,  xafachilikni  ham, 

takrorlanmaydigan  lahzalarni  ham,  har  kun,  har  soatda  yuz  beruvchi 

ko‘ngilsizliklarni  ham  ko‘ramiz.  Zotan,  o‘zbek  she’riyatida  inson  dardi  va 

hasratlarini,  o‘z  sevgilisiga  talpinishlarini  Navoiydan  o‘tkazib  ifodalagan  shoirni 

topish qiyin.  

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom, 

Soqiyo to tarki joh aylab gado bo’ldim sanga. (6,37) 

 

Bayt  “Ko’rgali  husnungni  zor-u  mubtalo  bo’ldum  sanga,  …”  misrasi  bilan 



boshlanuvchi  g’azaldan  olingan.  Ilohiy  ishqga  mubtalo  bo’lgan  oshiq  soqiyga 

murojaat qilib, Jamshid jomi bilan Xizr suvi doimiy nasibim, mansabimdan kechib 

senga gado bo’ldim deydi. Soqiy tasavvufiy timsol bo’lib, u ilohiy ishqni ulashadi. 

Jamshid  —  Eronning  qadimgi  podshohlaridan  biri.  Jamshid  jomi  —  Jamshid 



44 

 

yasattirgan  tilsimli  jom.   Jamshid  hakimlarga  buyurib,  ikkita  jom  yasattirgan, 



birining  oti  Jomi  ishratfizoy  —  bu  jomdagi  may  ichgan  bilan  tugamas,  to`liq 

turaverar  va  qiyshaytirilsa  ham  to`kilmas  ekan.  Ikkinchisining  oti  Jomi 

getiynamo—  bu  jomda  dunyoda  yuz  bergan  hodisalar  ko`rinib  turar  ekan.  Bu 

jomni — Jomi jahonbin ham deydilar. Bu baytda jomi ishratfizoy nazarda tutilgan 

bo’lib,  u  tuganmas  ishqni  bildiradi.  Xizr  suvi  esa,  fikrimizcha,  Allohga  nisbatan 

oshiq  ishqining  abadiyligini  anglatadi.  Yani,  oshiqning  ishqi  tuganmas.  U  ishq 

yo’lida gadoga aylangan. 

 

Jong’a la’ling mayi jomidur multamas, 



Ne Xizr suyi, ne jomi Jamdur havas. (7,164) 

 

Keltirilgan bayt g’azalning matlasi. Bu baytda yuqoridagi baytga zid ma’no 



yotadi.  Oshiqning  joniga  yorning  labidagi  may  jomi  bo’lsa  bas.  Unga  Xizr 

suvining ham, Jamshid jomining ham keragi yo’q. Oshiq shu darajada yor visoliga 

mahtalki,  uni  dunyo  qiziqtirmaydi.  Bu  baytdagi  mazmun  Allohning  ishqi  nasib 

bo’lgan oshiqning nafsni yengganini ham ifoda etadi. Xizrning umrboqiylik baxsh 

etuvchi hayot suvi ham oshiq uchun kerak emas. 

  

Xizr umri-yu Skandar mulki topqan yorsiz, 

Obi hayvon ichsa, zahr begumondurkim,  ichar. (7,131) 

 

“Yori  birla  boda  ichkan  no’shi  jondurkim  ichar,…”  deb  boshlanuvchi 



g’azaldan  olingan  bu  baytda  Xizr  bilan  birga  Iskandar  timsoli  ham  qo’llangan. 

Baytning  zohiriy  ma’nosiga  ko’ra,  oshiq  yorsiz  Xizr  umri-yu  Iskandar  mulkini 

topib, hayot suvini ichishni zahar ichish bilan teng ko’radi. Bu o’rindagi Xizr umri 

va Iskandarning hisobsiz mulkini g’azalda keltirish orqali shoir lirik qahramonning 

ishqi ko’lamini yaqqol ko’rsatgan.  

 

Tuttum o’lmakdin tirilmak hajrida tengdur manga, 



45 

 

Emdi bergil ziloli Xizr, agar jallod bo’l. (6,307) 



 

Ma’shuqa hajrida oshiqga o’lish ham tirilish ham teng. Shuning uchun lirik 

qahramon  yorga  murojaat  etib,  agar  jallod  bo’lsa  ham  endi  Xizr  suvini  berishini 

so’raydi. Zero, endi oshiqqa tirikligi ham o’lgani bilan teng. Keltirilgan parcha  “ 

Ko’nglung  istar  yorlar  birla  hamesha  shod  bo’l,  …”    misrasi  bilan  boshlangan 

g’azalning beshinchi bayti. Bunda Xizr obrazi umrboqiylik ato qiluvchi obihayotga 

ega  timsol  sifatida  qo’llangan.  Lekin  yor  hajrida  yuragi  ozurda  oshiq  uchun 

shunchalar  ulug’  ne’mat  ham  quvonch  baxsh  etmaydi.  Faqat  u  kurashishi  uchun 

tuganmas  umr  kerak.  Bunday  xususiyat  Navoiyning  lirik  qahramoniga,  qaysidir 

ma’noda shoirning o’zigagina xos. 

 

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o’lgum, vah, 



Manga bo’lsang ne Xizri rah, etib, ey obi hayvonim. (6,320) 

 

Yuqorida  “ Tun oqshom  bo’ldi-yu  kelmas  mening shami shabistonim, …” 



deb boshlanuvchi g’azalning beshinchi bayti keltirildi. Baytning mazmuniga ko’ra,   

ishq  ko’yidagi  zindonda  qolgan  oshiq  yoriga  bu  qorong’ulikdan  chiqishga 

ko’maklashishini  so’raydi.  Unga  mening  Xizrdek  yo’lboshlovchim  bo’l  deydi  va 

shunga  muvofiq  ravishda    ma’shuqasini  hayot  suviga  o’xshatadi.  Mazkur  baytda 

Xizr  alayhis-salomning  insonlarga  hamroh,  yo’lboshlovchilik  xususiyati  e’tibor 

markaziga olinadi. 

 

Qo’lda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qo’lini 



Kim, bu yo’l po’yasidin bag’ri aning toldi yana. (6,419) 

 

Keltirilgan  bayt  “Vahki  ul  sho’x  borib,  jonima  o’t  soldi  yana,  …”  deb 



boshlanuvchi  g’azalning  maqtasi.  Shoir  ishq  yo’lidagi  yelishlardan  charchaganini 

bildirib,  rahim  qilguvchi  Xizrdan  xasta  Navoiyning  qo’lini  qo’llashini  so’raydi. 

Alisher  Navoiy  g’azallaridagi  lirik  qahramon  ,  oshiq,  asosan  ,  uning  o’zi.  Ko’p 


46 

 

o’rinlarda  shoir  yorga  o’z  nomidan  murojaat  qilib,  uni  ta’rif-  tavsif  qila  turib, 



g’azal  maqtasiga  kelganda  o’z  nomini  keltirish  bilan  oshiq  o’zi  ekanini 

g’azalxonga  yetkazadi.  Navoiyning  lirik  qahramoni  ma’rifatli,  ishq  yo’lida 

azoblarga  mubtalo  bo’lgan  bo’lsada,  kurashuvchan  shaxs.  Alisher  Navoiydan 

oldingi  g’azalnavislikda  oshiq  tushkun,  g’amga  yengilgan  qahramon.  Bunday 

xususiyatlar esa Navoiyning lirik qahramoniga to’g’ri kelmaydi. Shu jihatdan ham 

oshiq  xususida shunday  xulosaga kelish  mumkin.  Bu  baytda  insonlarga  yo’ldosh, 

ezgulik ulashuvchi Xizr timsoli qalamga olingan . 

 

Yuz Xizr umridin ortug’roqdurur ming jon berib 



Bir qadam qo’ymoq, muyassar gar bo’lur, jonon sari. (6,480) 

 

Jonon sari bir qadam qo’yish  uchun oshiq  ming jon berishni afzal ko’radi. 



Unga  bu  hol  yuzta  Xizr  umridan  ham  ortiq.  Oshiq  shu  qadar  azob  chekyaptiki, 

uning ko’ziga bir qadam yor sari tashlamoq umrboqiylikdan ham afzal. Ushbu bayt 

“ G’am chekar jism-u ko’ngulni kulbayi ahzon sari, …” misrasi bilan boshlanuvchi 

g’azalning  sakkizinchi,  maqtadan  oldingi  bayti.  Bunda  lirik  qahramon 

kechinmalari o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqgan va bu kechinmalarning qay 

darajadaligini  yuzta  Xizr  umridan  ko’ra  yor  uchun  ming  jon  berishni  afzal 

ko’rishidayoq  bilish  mumkin.  Baytning  birinchi  misrasiyoq  oshiqning  ilojsiz 

bo’lsada,    qat’iy  qarorini  yaqqol  ifodalagan.  Bu  parchada  ham  Xizr  umrboqiyligi 

tasvirlansa-da,  lirik  qahramonning  ishqi  ko’lamini  g’azalxonga  yetkazishda  ayni 

muddao  bo’lgan.  Chunki,  tugamaydigan  umrning  yuztasidan  yor  sari  bir  qadam 

tashlash uchun voz kechish oshiqga cho’t emas. 

 

Manga jononsiz o’lmoq yaxshiroq, ey Xizr, yuz qatla, 



Ketursang mujda o’lmoq birla umri jovidondin ham.(7,310) 

 

Mazkur  misralar  “Bu  kun  ahli  jahondin  xasta  xotirmen  jahondin  ham,  …” 



deb  boshlanuvchi  g’azaldan  olingan  bayt  bo’lib,  unda  Xizr  alayhis-salom  timsoli 

47 

 

umrboqiylik  bilan  birga  xushxabar  keltiruvchi  sifatida  qalamga  olingan.  Oshiqga 



agar Xizr o’lim va abadiy umrdan xushxabar keltirsa ham, u jononsiz o’lishni afzal 

biladi.  Yoriga  yetisholmagan  oshiq  o’lim  va  tuganmas  umrdan  birini  tanlash 

imkoniyati bo’lganda ham dadil va keskin bir holatda o’limni tanlaydi. Bu o’rinda 

ham Alisher Navoiyning o’z ruhiyatiga xos mardona bir qarash aks etib turibdi.  

 

Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun, 



Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram. (7,312) 

 

“Sarvi ozodimni bog’ ichra xiromon istaram, …” misrasi bilan boshlanuvchi 



g’azalning  uchinchi  baytida  oshiqning  holati  shu  darajaga  yetganki,  u  Xizrdan 

hayot  suvini  dam-badam  tutishini  so’raydi.  Yori  uchun  har  lahza  bitta  jon  berish 

uchun. Xizr alayhis-salomning umrboqiylik suvi bilan birga ezgulik ulashishi ham 

yonma-yon  kelganini  ko’rishimiz  mumkin  bu  baytda.  Oshiq  yor  ko’yida  shu 

holatga kelganki, har lahza ma’shuqasi uchun o’lishga rozi. Yana shu narsa ko’zga 

tashlanadiki, oshiq uchun yordan visolidan ko’ra, Xizrdan  har lahza uchun bir jon 

olish  osonroq.  Birinchi  misradayoq  Xizrga  murojaat  etayotgan  lirik  qahramon  u 

bilan  ko’pdan  tanishdek  go’yo.  Ajablanarlisi,  bu  holat  g’azalxonga  odatiy  va 

ishonarli ko’rinadi. Bunchalar tabiiy tasvir faqat Navoiygagina xos. 

 

Jon fido qilg’umdurur, la’ling qabul etsun desam 



Derki: Ruhullah bu nav ishlarga begor aylamas. (6,169) 

 

Ushbu  baytda  oshiq  ma’shuqasidan  shikoyat  qiladi.  Jonimni  fido  qilaman 



la’ling  qabul  qilsin,  ya’ni  rozilik  javobini  bersin  desam,  Ruhulloh  bu  xil  ishlar 

uchun  begor  qilmaydi  dedi.  Begor,  tarixdan  bizga  ma’lumki,  majburiy 

o’tkaziladigan tekin hashar. Yor o’z labini Ruhulloh ataydi. Go’yo bir so’z bilan u 

jon  ato  qiladi.  Lekin  u  bu  xil  ishlar  uchun  tekin  hashar  qilmaydi.  Shunday  qilib, 

ikkinchi  misradagi    Ruhulloh  timsoli  yorning  labining  jonbaxshligini    badiiy 

tasvirlamoqda.  Bu  bayt “  Oh  o’qin  jon  ichra  asrab,  ko’nglum  izhor  aylamas,  …” 



48 

 

deb  boshlanuvchi  g’azalning  beshinchi  bayti.  Iso  Masihning  yana  bir  nomi 



bo’lmish  Ruhullohning  bu  o’rinda  keltirilishi,  uning  Alloh  yaratgan  ruhligi  va 

shunga  muvofiq  yorning  labi  ham  u  kabi  ilohiy  mo’jiza  ekanini  shoir  badiiy 

ifodalagan.  

 

La’lidin tirguzmak etsam orzu ayb etmangiz 



Kim, kishi o’lturmak etmaydur Masihodin tama’. (6,210) 

 

“Jismi  vasfin  qildim  ul  zulfi  sumansodin  tama,  …”  deb  boshlanuvchi 



g’azaldan  olingan  bu  bayt  .  Oshiq  yorning  labidan  tirilishni  orzu  qilganini  ayb 

etmasliklarini,  Masihdan o’lim tama qilinmasligi bilan asoslaydi. Bu baytda ham 

Masih  tiriltiruvchi  sifatida  qalamga  olingan.  Boshqa  jihatdan  qaraganda  esa,  bu 

o’rinda ma’shuqani Masihga o’xshatish uchun emas, fikrni dalillash uchun xizmat 

qilgan. Shu bilan birga, lirik qahramon uchun yor qanday mavqedaligini ko’rsatib 

turibdi. 

 

Ohim andoq tiyra qildi ko’knikim, topmas o’zin, 



Gar quyoshdin yoqmasa Isoyi Ruhulloh sham. (6,212) 

 

Bu  baytda  esa  oshiq  shunday  holga  kelganki,  ohi  ko’kni  qorong’u 



qilganidan,  agar  Alloh  yaratgan  ruh  Iso  quyoshdan  sham  yoqmasa  o’zini 

topmasligi  mumkin.  Bayt “Vasl  shomi  xilvatimda  yoqsalar  nogoh  sham,  …”  deb 

boshlanuvchi g’azaldan olingan. Bunda shoir Iso alayhis-salomning Alloh yaratgan 

ruh ekaniga ishora qilgan va yana oshiqning o’ta tushkun, qayg’uga botgan holatini 

o’ta ta’sirli  ifodalagan. Diniy  manbalardan  ma’lumki,  Iso Masih  Allohning ilohiy 

mo’jizasi  va  u  yaratgan  ruhdir.  Shuningdek,  unga  Alloh  tomonidan  tiriltiruvchi 

nafas  ato  qilingan.  Uning  oldiga  kelgan  birorta  bemor  shifosiz  ketmagan.  Yana  u 

“Bani  Isroil  ”  qavmini  hidoyatga  boshlagan  payg’ambar  sifatida  e’tirof  etilgan. 

Shunchalar  ilohiy  mo’jizalar  sohibi  ham  oshiqning  ohi  qora  qilgan  ko’kda 

quyoshdan sham yoqmasa o’zini topolmaydi. 



49 

 

  



Ne g’aming yuz zarra sargardonlig’idin, ey quyosh, 

Senki  rif’atdin Masiho kebi hamdam topqasen. (6,364) 

 

“Ko’nglim  uyin  har  nechakim,  istasang  g’am  topqasen”  misrasi  bilan 



boshlanuvchi  g’azaldan  olingan  mazkur  baytda  ,  oshiq  quyoshga  murojaat  qilib, 

yuzlab  sargardonlikdan  senga  nima  g’am  axir  rif’at  ,  ya’ni  yuqoridaliging  uchun 

ham  Masihday  hamdaming  bor  deya  o’zining  yolg’izligidan  o’kinadi.  Bu  o’rinda 

Masih  quyosh  bilan  hamdam  ,  hamnafas  deb  tasvirlanishi  Masih  bilan  birga 

quyoshning  ham  tabiatni  uyg’otuvchiligini  ifoda  etgan.  Yana  oshiq  o’zini 

sargardon quyoshga, ma’shuqasini Masihga mengzagan.  

 

Tikmagaymen tig’i zaxmin o’lsam ul ozor ila, 



Bo’lsa Iso ignasi Maryam igirgan tor ila. (7,379) 

 

Bu  o’rinda  shoir  oshiqning  ruhiy  iztirobini  tasvirlash  asnosida,  Iso  alayhis-



salomga  onasi  Maryamning  chin  e’tiqodi  tufayli  nasib  qilingan  ilohiy  mo’jizaga 

ishora  qiladi.  Oshiq  o’lsa  ham  ma’shuqaning  tig’i  hosil  qilgan  yarani  tikmaydi, 

agar Maryam to’qigan  ip bilan Iso  ignasi  bo’lsa  ham. Mazkur bayt matla’ bo’lib, 

unda oshiqning kechinmalarining dastlabki pog’onalari aks etgan. 

Shunday  qilib,  oshiq  ruhiy  holati  tasviridagi  g’azallarda  Xizr  va  Iso  Masih 

yangi  bir  sifatlar  bilan  namoyon  bo’lishini  uchratish  mumkin.  Xizr  alayhis-salom 

timsoli  umrboqiylik,  hayot  suvi  sohibi  kabi  ko’p  uchraydigan  xususiyatlari  bilan 

bir  qatorda  xushxabar  yetkazuvchi  sifatida  ham  qo’llangan.  Iso  Masih  o’lgan 

oshiqlarni tiriltiruvchi yorning so’zini , Maryam bilan birga qo’llanganda esa ilohiy 

ishqning  ilohiy  mo’jizalarini,  quyosh  bilan  birga  yorning  yuzidagi  qip-qizil 

jonbaxsh  labini dalillovchi timsoldir. Shuningdek, oshiqning turli ruhiy holatlarida 

Xizr va Iso Masih timsollari qanday  mazmun kasb etishini ko’rib chiqdik. 

 

 


50 

 

XULOSA 

         Ulug‘  shoir  va  mutafakkir  Nizomiddin  Mir  Alishеr  Navoiyning  boy  ijodiy 

mеrosi o‘z g‘oyaviy mazmuni va mundarijasiga ko‘ra umumbashariydir. 

Asrlar osha yangi ma'no qirralarining kashf etilishi bilan Sharq mumtoz adabiyoti, 

jumladan  ulug‘  so‘z  san'atkori  Alishеr  Navoiy  ijodi  mangulikka  daxldorlik  kasb 

etmoqda. Uning ko‘lami kеngligi va davrlar o‘tishi bilan yangicha talqinlarga asos 

bo‘la  olishi  bu  ijodiy  mеrosga  qayta-qayta  murojaat  qilishni  taqazo  qilayotir.  

Navoiyshunoslik  ilmi  mamlakatimiz  o‘z  istiqloliga  erishgach,  shoir  mеrosini 

yangicha o‘rganish borasida qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. 

Alisher  Navoiy  lirik  ijodining  salmoqli  qismini  tashkil  etuvchi 

g’azaliyotining asosiy mavzui ishq-muhabbat sanaladi. Ulug’ shoir boshqa mumtoz 

ijodkorlarning g’azallarida kuzatilgani singari bu mavzuni ancha keng tushunadi va 

shu mavzuga murojaat etish orqali o’zining muhim ijtimoiy-siyosiy, ilohiy-irfoniy, 

axloqiy-ta’limiy  qarashlarini  badiiy  talqin  etadi.  Uning  g’azallarida  qo’llangan  

payg’ambarlar  ichida  Xizr  va  Iso  Masih  timsollari  ko’p  o’rinlarda  qo’llanganligi 

bilan  ajralib  turadi.  Ular  ishtirok  etgan  g’azallarda  quyidagi  muhim  jihatlar 

namoyon bo’lganlini kuzatish mumkin. 

hamd  g’azallarida  Xizr  va  Iso  Masih  obrazlari  qo’llanishi  talmeh 



san’atining bir ko’rinishi bo’libgina qolmay, ular orqali  Qur’oni  karim g’oyalari 

ham keng targ’ib qilingan.  Shuningdek, Alisher Navoiy g’azallarida Xizr  va Iso 

Masih obrazlarini qalamga olish orqali  ular bilan bog’liq turli voqealar-u, ularning 

turli  xususiyatlarga  ishora  qiladi.    Xususan,  Xizr  a.s.  qalamga  olinganda,  

Allohning  abadligini,  obi  hayvonni  topib  unga  ega  bo’lishi  bilan  bog’liq 

voqealarni, ezguliklar ulashuvchilik,  mushkullarni oson qiluvchilik xususiyatlarini 

hamd  g’azallarda  ifodalab  keladi.  Iso  a.  s.    esa  hamd  g’azallarda  ,  avvalo, 

Allohning  ilohiy  mo’jizalarini,  Uning  qodirlik  sifatini,  o’zi    Masih  nafasi  bilan 

o’lganlarni  tiriltirishini,  o’lgan  qalblarni  uyg’otishini  ifodalaydi.  Umumiy 

qaraganda,  ikkala  payg’ambar  ham  hamd  g’azallarda  murdadillarga  Allohni 

anglatuvchi,  ularni to’g’ri yo’lga boshlovchi va hayotlari bilan Alloh mo’jizalarini 

dalillab keluvchi qahramonlardir.  



51 

 



na’t  g’azallarida  qo’llangan    payg’ambarlar  obrazi  mohiyatni  qiyosiy 

o’rganish  uchun  xizmat  qilgan.  Har  bir  xususiyat  tilga  olinganda,  u  bilan  birga 

nabiyning alohidaligi dalillangan. Hamda shoir bir baytga butun bir tugal tasavvur 

hosil  qilishga  yetarli  voqealar    tizimini  joylashtirganligi  hayratlanarlidir.  Islomiy 

g’oyalar bilan sug’orilgan na’t g’azallari o’zida butun bir diniy tarixni aks ettiradi. 

Odam  ,    Iso,  Sulaymon,  Muso  payg’ambarlar  obrazlari  qo’llangan  baytlar  tahlili 

misolida  olib  borgan  kichik  izlanishimizda,    Alisher  Navoiy  devon  tuzish 

qoidalariga  qat’iy  amal  qilganligi,  na’t  g’azallarida  ham  insonlarni  tasavvufiy, 

diniy  g’oyalar  asosida  iymon-  e’tiqodga  chaqirganligini  va  eng  muhimi,  talmeh 

san’atidan  ustalik  bilan  foydalanib  tugal  tarixlarni  baytlarda  aks  ettirganini 

aniqladik.  Shu  bilan  birga,    payg’ambar  maqtoviga  bag’ishlangan  bu  xildagi 

g’azallarda  mubolag’asiz  oddiy  haqiqatlar  tasvirlanganligi  g’azalxonni 

zeriktirmaydi. Aksincha, uni tubsiz ilm dengizida suzib zavqlanayotgan g’avvosga 

aylantiradi. 

Ma'shuqa  vasfi  tasvirida  Alisher  Navoiy  Xizr  va  Iso  Masih 



timsollarini  qo'llash  orqali  mazmunning  ta'sirchanligini  oshirishga,  badiiy 

san'atlarni  ham  shunchaki  qo'llamasdan  ularda  butun  bir  mohiyat  yaratishga 

erishgan.  Ko'pchilik o'rinlarda Xizr  umri, Iso nafasi tilga olingan bo'lsada, boshqa 

kichik  o'xshatishlar  va  timsollar  vositasida  ular  o'zgacha  taassurot  uyg'otgan.  Biz 

izlanishimizning   ma’shuqa  vasfi tasvirini  uning qoshi, ko’zi,  labi, so’zi, qaddi  va 

yurishi  kabilar  misolida  qisqa  baytlarda  ko’rib  chiqdik.  Hamda  shunday 

tasvirlarda,  Xizr  va  Iso  Masih  timsollari  badiiyatni  g’azalxonga  to’la  yetkazib 

berishga xizmat qilgan.  

Oshiq ruhiy holati tasviridagi g’azallarda Xizr va Iso Masih yangi bir 



sifatlar  bilan  namoyon  bo’lishini  uchratish  mumkin.  Xizr  alayhis-salom  timsoli 

umrboqiylik,  hayot  suvi  sohibi  kabi  ko’p  uchraydigan  xususiyatlari  bilan  bir 

qatorda  xushxabar  yetkazuvchi  sifatida  ham  qo’llangan.  Iso  Masih  o’lgan 

oshiqlarni tiriltiruvchi yorning so’zini , Maryam bilan birga qo’llanganda esa ilohiy 

ishqning  ilohiy  mo’jizalarini,  quyosh  bilan  birga  yorning  yuzidagi  qip-qizil 

jonbaxsh    labini  dalillovchi  timsoldir.    Shuningdek,  oshiqning  turli  ruhiy 



52 

 

holatlarida  Xizr  va  Iso  Masih  timsollari  qanday    mazmun  kasb  etishini  ko’rib 



chiqdik. 

Navoiy  g’azallarida  qo’llangan  payg’ambarlar  obrazi  diniy  va 



dunyoviy  ilmlarni  o’zida  mujassamlashtirgani  holda  ,  insoniy  tuyg’ularni  ham 

g’azalxonda shakllantirishda  katta ahamiyat kasb etadi. Alloh  hamdi, payg’ambar 

maqtoviga  bag’ishlangan  g’azallarda  chin  e’tiqod  sari  undovchi  ulug’vorliklar 

tasvir markaziga olinadi. Shu  bilan bir qatorda mashuqa vasfi va oshiq ruhiy holati 

tasviridagi  g’azallarda  ishq  va  oshiqlik,  yor  go’zalligi  tarannumi,  mehr-

muhabbatning    o’zgacha    talqini  ,  nafratning-da    inja  bir  yoqimli  tasvirinini 

kuzatishimiz mumkin.  

Shoir  g’azallarida  Alloh  hamdi  ,  payg’ambar  maqtovi,  ishq  va  oshiqlik 

talqinida  Xizr  va  Iso  Masih  ,  shuningdek,  Odam  ,    Iso,  Sulaymon,  Muso 

payg’ambarlar timsollariga murojaat etish orqali o’zining  muhim ijtimoiy-siyosiy, 

ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta’limiy qarashlarini ifoda etadi. Ayni choqda ushbu badiiy 

timsollar  shoir  g’azaliyotidagi  oshiqona,  orifona    g’azallarning  barkamolligini 

ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Alisher  Navoiy  ijodi  betimsol  xazina  bo’libgina  qolmay,  bizning  tariximiz, 

g’ururimiz  hamdir.  Uni  asrash,  avaylash,  kelajak    avlodga  yetkazish  har 

birimizning vazifamizdir. 



Download 376.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling