Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 308.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.06.2020
Hajmi308.55 Kb.
#113047
Bog'liq
oquvchilar qalbi va ongiga milliy goya va manaviyat asoslarini singdirish usul va vositalar


 



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI   

 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI  

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI 

 

 

MILLIY G‟OYA, MA‟NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA‟LIMI 

YO„NALISHI  II KURS TALABASI   

KAMOLOV NEMATULLO OTABEK O„G„LI 

REFERAT 

MAVZU: 

O‟quvchilar qalbi va ongiga “milliy g‟oya va ma‟naviyat 

asoslari”ni  singdirish usul va vositalari. 

 

 

 

 

 

Tekshirdi:                                            S.S. Raupov

 

 

 



 

 

 

Buxoro – 2016 

 

 



O‟quvchilar qalbi va ongiga “milliy g‟oya va ma‟naviyat asoslari”ni  



singdirish usul va vositalari. 

 

REJA: 

 

Kirish 

I.  Bob    “MILLIY  G‟OYA  VA  MA‟NAVIYAT  ASOSLARI”NI  

SINGDIRISH USUL VA VOSITALARI. 

1.1.  O’quvchilar  qalbi  va  ongiga  ―Milliy  g’oya  va  ma’naviyat  asoslari‖ni  

singdirish usul va vositalari.  

1.2..  ―Milliy  g’oya  va  mafkurani  o’quvchilar  ongiga  singdirishga  o’quv 

jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashqil etish yo’llari. 

1.3.    Yoshlar  qalbiga  milliy  g`oya  va  ma`naviyat  asoslarini  singdirishda 

axborot vositalarining  ta`sir ko`rsatish mexanizmlari. 

II. Bob  Yoshlar ongiga  ma`naviy ta`sir etishni tashkil etish. 

2.1.  Milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongiga singdirish usullari  

2.2. Yoshlarni g`oyaviy tarbiyalash vositalari. 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 


 



KIRISH 



 

Milliy  g’oya:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar  kursida  mustaqil  taraqqiyot 

yillarida  to’plangan  tajriba,  dunyo  jamoatchiligi  tomonidan  «o’zbek  modeli»  deb 

atalgan  o’zimizga  xos  va  o’zimizga  mos  taraqqiyot  yo’lining  mazmun-mohiyati 

yanada  chuqurroq  ochib  berilgan.  Mazkur  fan,  kelajagi  buyuk  davlat  barpo  etish 

borasida  amalga  oshirilayotgan  barcha  tarixiy  o’zgarish  va  yangilanishlarning 

ijtimoiy  hayotdagi  o’rnini  kengroq  anglash  imkonini  beradi.  Fan  milliy 

mafkuraning  mohiyati,  ko’p  millatli  O’zbekiston  xalqining  ezgu g’oya  -  ozod  va 

obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  barpo  etish  yo’lidagi  asosiy  orzu  intilishlari, 

hayotiy ideallarini aks ettiradi. 

Shuningdеk,  Prеzidеnt  Islom  Karimov  «Jamiyatni  baxt-saodatga,  buyuk  va 

yorug`  kеlajakka  boshlab  boruvchi  yagona  kuch  -  ma'naviyatdir»  -  dеgan  edilar. 

Aql-zakovatli,  yuksak  ma'naviyatli  kishilar  tufayli  jamiyat  yangilanib,  kuchayib, 

taraqqiy  topib  boradi.  Yoshlar  ongida  g`oyaviy  bo`shliq  paydo  bo`lishiga  yo`l 

qo`ymaslik,  ularni  milliy  istiqlol  g`oyalariga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash  va 

Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga еtkazish bugungi 

kunning eng dolzarb vazifasidir.  

2001  yil  18  yanvarda  O`zbеkiston  Prеzidеntining  «Milliy  istiqlol  g`oyasi: 



asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  fani  bo`yicha  ta'lim  dasturlarini  yaratish  va 

rеspublika ta'lim tizimiga joriy etish to`g`risida»gi Farmoyishi qabul qilindi.

Erkin  va  farovon  hayot  asoslarini  yaratib,  yanada  olga  intilayotgan 



davlatimiz  o’z  mafko’rasini  umuminsoniy  qadriyatlar  va  demokratik  tamoyillari 

negizida  rivojalantirmoqda.  Mamlakatimiz  istikboli  ko’pchilik   davlatlar  istikboli 

singari   o’z  yoshlariga  boglik.  Shu  bois  avvalo  mustaqil  davlatimiz  uchun  fidoiy, 

erksevar  yosh  avlodni  tarbiyalashda  ular  ongiga  milliy  g’oyani  singdirishda 

nodavlat-notijorat  tashkilotlarning  faoliyati  ahamiyatli   albatta.      Bugungi  kunda 

NNT larning mas’uliyatli vazifalarini  hisobga olib Prezidentimiz Islom Karimov 

                                                 

1

 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар» фани бўйича 



таълим дастурларини яратиш ва республика таълим тизимига жорий этиш тўғрисида»ги Фармойиши. «Маърифат» 

газетаси. 2001 йил 20 январь. 



 

qo’yidigi fikrlarni bildirganlar: «Aynan mustaqillik davrida har tomonlama o’zini 



oqlagan, tobora hayotimizda ahamiyati kuchayib borayotgan fuqarolarning o’zini-

o’zi  boshqarish  organlari-mahalla  instituti,  turli  jamoat  birlashmalari  hamda 

tashkilotlarni  rivojlantirish  va  mustahkamlash  masalasi  bizning  doimiy 

e’tiborimizda  turishi  lozim.  Bu  masalada  fuqarolik  institutlari  va  o’zini-o’zi 

boshqarish  organlarini  rivojlantirish  uchun  eng  maqbo’l  tashkiliy-huquqiy 

mexanizmlarini,  ya’ni  tegishli  qonunchilik  asosini  shakllantirish,  tashkiliy-

texnikaviy, 

moddiy 


shart-sharoitlarni, 

davlat 


va 

jamoat 


birlashmalari  

hamkorligining  samarali  usul-uslublarini  vujudga  keltirish  uta  muhim  ahamiyat 

kasb etadi.  

Mavzuning  dolzarbligi:  Hozirda  O’zbekiston  Respublikasida  yoshlar 

ta’lim-tarbiyasi  bilan  shug’ullanuvchi  hamda  talabalarni  moddiy  va  ma’naviy 

ko’maklashuvchi   o’nlab  asosiy  nodavlat-notijorat  tashkilotlar  faoliyat 

ko’rsatmoqda. Ammo ular orasida o’zida 4,5 millionga yaqin a’zoni birlashtirgan 

va  hozirda  eng  katta  va  saloxiyatli  tashkilotlardan  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy 

harakatining  urni  bekiyosdir.  Aynan  uning  faoliyati  va  maksadi  haqida  fikr 

yoritmok bizning yoshlarga  bo’lgan e’tiborimizning bir ko’rinishidir. 2001 yil 25 

aprelda  tashkil  topgan  ushbu  tashkilot  nomi  qiska  vaqt  ichida  yoshlar  diliga  va 

tiliga kirib keldi.  

Mavzuning  maqsad  va  vazifasi:  Yoshlar  fikri  va  hoxish  irodasidan  kelib 

chiqib,  ularning  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilgan  holda,  sog’lom  turmush 

tarzi, asosida tarbiyalab,  yigit va qizlarimizning aql-zakovati, kuch-g’ayratini o’z 

tadbir  va  tanlovlarida   namoyon  qilishga  intilish.  Birgina  «Kelajak  ovozi»  ko’rik 

tanlovining  o’tkazilishi  yoshlarimizni  xohlagan  sohada  o’z  bilim  va  hunarlarini 

namoyon etishga, uni sinab ko’rishga imkon berish.  



 



I. Bob  “MILLIY G‟OYA VA MA‟NAVIYAT ASOSLARI”NI  



SINGDIRISH USUL VA VOSITALARI. 

1.1. O‟quvchilar qalbi va ongiga “Milliy g‟oya va ma‟naviyat 

asoslari”ni  singdirish usul va vositalari. 

 

O’quvchilar  qalbi  va  ongiga  milliy  g’oya  va  mafkurani  singdirish  va 



ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  shu  asosda  tashqil  etish  bugungi  dolzarb  vazifadir. 

Chunki  chetdan  bo’layotgan  yot  mafkuraviy  tajovuzlar  natijasida  ba’zi  yoshlar 

ongi  va  tafakkurida  cheklanishlar,  zararli  ta’sirlar  sezilmoqda,  boqibeg’amlik, 

loqaydlik alomatlari paydo bo’lib, ularning boshqa oqimlarga og’ib ketish holatlari 

ham  uchramoqda.  Bularning  barchasi  ayrim  yoshlar  qalbida  mustahkam  e’tiqod, 

ongida  yuksak  dunyoqarash  shakllanmaganligi  sababli  sodir  bo’lmoqda.  Bunday 

noxush  holatlarning  oldini  olish, yoshlarni  ozod va  obod  Vatan, erkin va  farovon 

hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy g’oya va 

mafkurani singdirishda ma’naviy-ma’rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab 

etmoqda. 

 

Bugun  Prezidentimiz  Islom  Karimov  asarlari,  ma’ruza  va  nutqlari, 



chiqishlaridagi ma’naviy-ma’rifiy mavzuda  ilgari surilgan fikrlar asosida to’zilgan 

«Milliy  istiqlol    g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  risolasi  asosiy  manba 

bo’lib  xizmat  qiladi.  Ana  shu  risolaning  ma’no-mazmunini    tarbiya  dasturlariga 

singdirish orqali  ta’lim-tarbiya mazmunini mustaqil fikrli, yuksak fazilatli, iymon-

e’tiqodli, barkamol insonlarni  tarbiyalashga qaratish lozim. 

 «Milliy  istiqlol    g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  risolasida  ilgari 

surilgan  g’oyalarni,  ma’naviyat  asoslarini  xalq  ta’limiga  joriy  etish  o’quvchilarni 

istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalash, ularda yangicha dunyoqarashni shakllantirish 

mezonlarini belgilab beradi. 

Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  milliy  g’oya  va  mafkura  tamoyillaridan  kelib 

chiqqan holda, yosh avlod qalbi va ongida quyidagi ma’naviy-ruhiy ko’nikmalarni 

shakllantirishga xizmat qiladi: 

- milliy g’oya va mafkuraga ishontirish; 


 

- ma’naviy-ruhiy rag’batlantirish; 



- g’oyaviy immunitetni shakllantirish; 

- yuksak e’tiqodni shakllantirish; 

-  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-madaniy  islohatlarning  mohiyatini 

chuqur anglab etish va faol ishtirok etishlariga ko’maklashish. 

Boy  tarixiy  va  madaniy  merosimiz,  milliy  an’analarimizga,    umuminsoniy 

qadriyatlarga    hurmat,  Vatanga  muhabbat,  milliy  g’oyaga  sadoqat  ruhida 

tarbiyalash,  keng  fikrli,  sog’lom,  jismoniy,  aqliy  va  ma’naviy  jihatdan  barkamol, 

iqtisodiy  islohatlarning  mohiyatini  tushunadigan  hamda  ularni  hayotga  tatbiq  eta 

oladigan, milliy g’oya va mafkura mustahkam bo’lgan shaxslarni shakllantirishda 

ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilishining  ahamiyati kattadir. 

Bunda    «Milliy  g’oya  va  mafkurani  o’quvchilar  ongiga  singdirishda 

ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  amalga  oshirish»  mazmuni  quyidagilardan  iborat 

bo’ladi: 

-  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  xalqimizning  boy  tarixiy,  madaniy  va 

ma’naviy  merosi  asosida  o’quvchilarda  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik, 

insonparvarlik,  iymon-e’tiqod,  mehr-shafqatlilik    kabi  insoniy  fazilatlarni 

shakllantirish; 

-  o’quvchilarni  Vatanga  muhabbat,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti, 

Konstitustiyasi va Davlat ramzlariga amaliy sadoqat ruhida tarbiyalash

-  ma’naviy,  aqliy,  jismoniy  barkamollik,  iqtisodiy,  huquqiy  savodxonlik, 

mehnatsevarlik,  iste’dodli  yoshlarni  aniqlash  va  tarbiyalash.  «Oila,  mahalla, 

maktab» konstepstiyasini hayotga tatbiq etish; 

-  yoshlarimiz  ongida  ona-vatanga,  Buyuk  ajdodlarimiz  merosi  va 

xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg’ularini singdirib 

borish; 

-  tarixiy  yodgorliklar  va  mustaqillik  davrida  bunyod  etilgan  ma’rifat 

maskanlari, muzeylar, ko’rgazmalarga ekskursiya va sayohatlar tashqil etish; 

- ota-onalarni ta’lim muassasalariga taklif etish, hokimiyat qoshidagi voyaga 

etmaganlar  bilan ishlovchi komissiyalar ishida, korxonalardagi maktab hamkorlik 


 

kengashlarida, bola ta’lim-tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan yig’ilishlarda, tarbiyaviy 



tadbirlarda qatnashish

-  xalqaro  terrorizm,  diniy  ekstremizmning  reakstion  mohiyatini  keng 

tushuntirish,  ularning  yoshlarga  ta’sirining  oldini  olish  bo’yicha  chora-tadbirlar 

ishlab chiqish hamda uni hayotga tatbiq etish; 

- respublikamizda yashovchi turli xalq va millatlar vaqillari o’rtasida do’stlik 

va totuvlikni targ’ib qilish va har tomonlama tushuntirish ishlarini olib borish; 

 - ta’lim – tarbiya jarayonini tashqil etishda vatan va o’z xalqi bilan faxrlanish 

,  uning buyuk tarixiga  hurmat  bilan qarash,  ularning  ulug’’  kelajagini ta’minlash 

uchun  daxldorlik  va  javobgarlik  tuyg’ularini  tarbiyalovchi  tadbirlarni  amalga 

oshirish; 

-  mamlakatimizda  nishonlanadigan  umumxalq  bayramlari  :  «Mustaqillik», 

«Konstitustiya»,      «Xotira  va  qadrlash»,    «O’qituvchilar  va  murabbiylar», 

«Xalqaro xotin-qizlar»,  «Vatan himoyachilari» kunlari va boshqa bayramlarning 

tarbiyaviy jihatdan yuqori saviyada o’tishini ta’minlash; 

- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali o’quvchilar ongiga mustaqillik mafkurasi 

va milliy g’oyani singdirish; 

-  pedagog, psiholog, tibbiyot  xodimlari, ichki  ishlar nazoratchisi, «Mahalla» 

faollari, ota-onalar bilan hamkorlikda tadbirlar tashqil etish; 

-  o’quvchilarni har tomonlama  kamol  toptirish, sport, badiiy, estetik, texnik, 

ekologik,  sayyohliq  va  o’lkashunoslik,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  yosh 

iqtisodchi, notiqlar, biznesmen, menejerlar tg’garaklariga, huquqiy savodxonlikka 

yo’naltiruvchi klublarga, ularning qiziqish, imkoniyat va qobiliyatlariga qarab jalb 

qilish; 

- sportning turli yo’nalishlari bo’yicha o’yinlar, «Umid nihollari», «Barkamol 

avlod»,  «Universiada» musobaqalari va boshqa sport tadbirlarini o’tkazish; 

-  iste’dodli  yoshlarni  har  tomonlama  qo’llab-quvvatlash,  o’quvchilarning 

qobiliyat  va  mahoratini  ochishga  keng  imkoniyatlar  yaratish,  turli  xil  ko’rik-

tanlovlar,  musobaqalar,  anjumanlar  o’tkazish,  ta’lim  muassasalari  faoliyatini 



 

muvofiqlashtirish, o’quvchilarning o’z  yo’nalishi bo’yicha  olgan kasb  mahoratini 



ochib berishga sharoit yaratish, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyatini kengaytirish. 

Respublika ommaviy tadbirlarini yuqori darajada tashqil etish, asosan, milliy 

g’oyani  o’quvchilar  ongiga  singdirish  va  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  amalga 

oshirish  maqsadida  umumta’lim  maktablarida  quyidagi  tadbirlarni  o’tkazish 

mumkin: 

Siz qonunni bilasizmi? ko’rik tanlov; 



Siz tarixni bilasizmi? ko’rik-tanlovi; 

Konstitustiya-hayotimiz qomusi ko’riktanlovi;  



«Suv – hayot manbai» ko’rik-tanlovi; 

 



«Kitobsevarlar» ko’rik-tanlovi; 

 «Ijodkor o’quvchi (o’quvchi)lar» anjumani



«O’zbekiston qo’shiq bayrami »; 

«Nafosat» yosh qalamkashlar anjumani; 



«Istiqlol chechaklari» ko’rik-tanlovi; 

Temir yo’llar orqali  «Vatanimiz tarixini o’rganamiz» sayohati; 



-        Buyuk  ipak  yo’li  marshruti  bo’yicha  xalqaro  yosh    velosayyohlar 

musobaqasi; 

«Yoshlar badiiy ijodiyot festivali» va hokazolar. 



Uzluksiz  ta’lim-tarbiya  tizimida    targ’ibot-tashviqotda  rasmiyatchilikka, 

tadbirbozlikka chek qo’yishimiz kerak. Shuni doim yodimizda tutishimiz kerakki, 

balandparvoz,    chiroyli  so’zlar,  quruq  ma’ruzalar  har  qanday  g’oyani 

obro’sizlantiradi.  Yoshlar  bilan  teng  muloqotga  kirishish,  ularning  qalblariga 

xalqchillik,  samimiyat  bilan  kirish,  qanotlantirish,  mafkuraviy  kurashlar  davrida 

milliy g’oya tashviqotini jangovar darajaga ko’tarish kerak. 

Dunyoda  bo’layotgan  o’zgarishlar    milliy  g’oyani  yoshlar  ongiga  singdirish 

orqali ularni hayotga tayyorlashda  yangicha innovastion uslublarni ta’lim-tarbiya 

jarayoniga tatbiq etib borishni taqozo etmoqda. 


 

Ilmiy xulosalarga ko’ra, odamning xotirasida 90 % hollarda  – o’zi bajargan 



ish,    50  %  hollarda  –  ko’rgani  va  10  %  hollarda  –  eshitgani  saqlanib  qoladi. 

Demak,  g’oyaviy  tarbiyada  yoshlarni  ko’proq  o’zlari    bevosita  ishtirok  etadigan 

amaliy mafkuraviy ishlarga jalb qilishimiz kerak. Buning uchun targ’ibot-tashviqot 

ishlarining rang-barang, ta’sirchan usullarini joriy qilish lozim. 

Yoshlar  tarbiyasi  ta’lim  muassasalarining  ustuvor  vazifasidir.  Shu  o’rinda 

«Biz  hech  kimdan  kam  bo’lmaganmiz,  hech  kimdan  kam  bo’lmaymiz  ham» 

tamoyilining yoshlar tarbiyasida tutgan o’rnini alohida ta’kidlab o’tish joiz. 

Ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  amalga  oshirishda  o’quvchilar    tarbiyasining 

asosiy  yo’nalishlarini  to’g’ri  belgilash  zarur.  Tarbiyaning  ijtimoiyligi,  tarixiyligi, 

umuminsoniy va milliy xususiyatlari hisobga olinishi kerak. Shu bilan bir qatorda 

tarbiya uslublarini takomillashtirib, zamonaviylashtirib borish zarur. 

Ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  ongli  intizom,  mas’uliyatlilik,  madaniy  xulq, 

insonparvarlik hislarini hamda fidoyilik, qat’iyatlilik fazilatlarini tarbiyalash zarur. 

O’zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi  davlat siyosati jamiyatda yuksak 

ma’naviy  muhitni  qaror  toptirishga    qaratilgan.  Jamiyatni  ma’naviy-axloqiy 

yangilash  milliy  taraqqiyot uchun zamin yaratibgina  qolmay, unga  kuch baxshida 

etadi.  Shuni  e’tiborga  olib,  o’quvchilarga  yangilanayotgan  O’zbekistonning 

ma’naviy-axloqiy negizlari haqida tushunchalar berib borish lozim. 

Davlat  va  jamoatchilik  tashqilotlari  bilan  ma’naviy-ma’rifiy  ishlardagi 

hamkorlikning  asosiy  yo’nalishlari  va  ishlash  tizimini  yaxshi    yo’lga  qo’yish 

lozim.  Bu  tizimning  samarali  ishlashi  uchun  zarur  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 



 

10 


1.2. “Milliy g‟oya va mafkurani o‟quvchilar ongiga singdirishga o‟quv 

jarayonini uzviylik-uzluksizlik asosida samarali tashqil etish yo‟llari. 

 

Yoshlar  ruhiyatining  rivojlanishi  va  kamol  topishida  balog’at  davri  muhim 



bosqich  hisoblanadi.  Xuddi  mana  shu  davrda  olamga  ham,  muhitga    ham 

qiziqishlar keskin ortadi. Barqarorlik belgilari namoyon bo’la boshlaydi. Aksariyat 

bolalarga 

atrofdagilar 

ularni 

tushunmayotgandek 



yoki 

tushunishni 

istamayotgandek    tuyo’ladi.  Yurish-turishlarida  keskin  o’zgarishlar  yuz  beradi. 

Yoshlarni duch kelishi mumkin bo’lgan turli ko’ngilsizliklardan asrash, ma’naviy 

kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga vafo, burch, vijdon, tashabbuskorlik, sadoqat, 

faollik,  mas’uliyat  kabi  hislatlarni  turli  ma’rifiy  usullardan  foydalangan  holda 

singdirib borish lozim. 

Bu borada yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashda ma’naviy-

ma’rifiy  ishlarning  interaktiv  metodlaridan  foydalanish  yaxshi  samara  beradi. 

Buning  uchun  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  interaktiv    metodlarni  qo’llash  shart-

sharoitlarini  bilim  muhim.  Bunda  faol,  hayotiy  pozistiyani  shakllantiruvchi 

metodlarni  qo’llash  samara  beradi.  Yoshlarda    lider  (sardorlik)  sifatlarini  hamda  

jamoada o’z o’rnini topa olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish zarur. 

Ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  o’zgalar  fikrini  hurmat  qilgan  holda  dalillash, 

ishontirish,  asoslash,  munozara  olib  borish  mahorati  yuksak  bo’lishi  zarur. 

Jamoaviy ijodiy faoliyat ham kuchaytirilishi talab etiladi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar 

taqdimoti,  natijalarini  sarhisob  va  e’lon  qilish  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  esa, 

kelajakda ma’naviy-ma’rifiy ishlar istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi. 

Globallashuv  jarayonida  milliy  g’oya  va  mafkurani  yoshlar  ongiga 

singdirishda  milliy    an’analardan  foydalanish  zarur.  Informastion  xurujlar 

kuchaydi.  Shuning  uchun  informastion  xurujlarga  qarshi  kurashning  shakli, 

mazmuni  va  turlarini  yoshlar  ongiga    ma’naviy-ma’rifiy    tadbirlarda  singdirib  

borish kerak. 

Tadbirlarni  amalga  oshirishda  yoshlarning  ma’naviy  ehtiyojlari  va  ularni 

shakllantiruvchi 

omillar 


hisobga 

olinishi 

kerak. 

Shunda 


yoshlarning 

 

11 


o’tkazilayotgan  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlarga  qiziqishi  ortadi  va  uning  faol 

ishtirokchisiga aylanadi. 

Yoshlar  o’rtasida  tarbiyaviy  ishlarni  tashqil  etishda  davlat  va  jamoat 

tashqilotlari  hamkorligi    imkoniyatlaridan  foydalanish    zarur.  Yoshlar    o’rtasida 

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda tarbiya ta’sirchanligini oshirish yo’llari va 

vositalarini qo’llash samara beradi. 

Maktab,  litsey,  kollej,  institut  va  universitetlarda  mafkuraviy    tarbiya  

izchilligini  ta’minlash  zarur.  Mafkuraviy  tarbiya  yoshlar  tarbiyasida  ulug’’vor 

maqsad  va  vazifalarni  o’z  oldiga  qo’yadi.  Shuning  uchun  bu  sohadagi  mas’ul 

xodimlar  o’quvchilarni  mafkuraviy  tarbiyalash  mazmuni  va  o’ziga  xos  jihatlari, 

mafkuraviy  tarbiyaning  uslub  va  vositalari,  mafkuraviy  tarbiyaning    milliy  va 

xorijiy tajribalari haqida tushunchalarga ega bo’lishlari lozim. 

Professor-o’qituvchilar  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  kuchaytirish    yo’llari, 

o’quvchilarning  yoshiga  mos  ravishda  milliy  g’oyani  singdirishning  pedagogik-

psihologik xususiyatlari haqida chuqur bilimga ega bo’lishi talab etiladi. 

Milliy g’oyaning yoshlar ongiga singdirishda, ularning ishonch va e’tiqodiga  

aylantirishga yangicha uslub, yondashuv va texnologiyalarni qo’llash muhim. 

Milliy  g’oyaning  yoshlar  ongiga  singdirishida  erkin  mavzular  tanlash  va 

taqdimotini  o’tkazishga  e’tibor  qaratish  lozim.  Milliy  g’oyani  targ’ib  etishda 

roliklar,  videokliplar,    ijtimoiy  reklamalar,  «Virtual  sayohatlar»,  «multimediya» 

dasturlaridan foydalanish lozim. 

Mamlakatimizning  boy  tarixiy-ma’naviy  merosidan,  tarixiy  obidalari, 

muzeylardan  foydalanishga    ham  e’tibor  qaratish  kerak.  Fidoyi  insonlar  hayoti, 

dunyoning  axborot  maydonida  bo’layotgan  o’zgarishlar,  OAV,  internet 

ma’lumotlari  haqida  to’g’ri  tushunchalar  shakllantirilishi  talablarda  to’g’ri 

xulosalar chiqara olish ko’nikmalarini shakllantirishga zamin yaratib beradi. 

Ma’naviy-ma’rifiy 

ishlarda 

o’quvchilarda 

mustaqil 

fikrlay 

olish 


ko’nikmalarini  shakllantirishga  qaratilgan  bahs,  munozaralarga  alohida  e’tibor 

berish  maqsadga  muvofiq.  Mavzularni  iloji  boricha  hayot  bilan  bog’lab  tashqil 

qilish yaxshi samara beradi. 


 

12 


Yoshlarni milliy g’oya va mafkura ruhida tarbiyalashga  qaratilgan ma’naviy-

ma’rifiy  tadbirlarda  Konstitustiya  va  qonunlar  targ’ibotini  amalga  oshirish 

usullaridan keng foydalanish zarur. 

Respublikamizda  bevosita  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  mustahkamlashga 

qaratilgan  qonunlar  qabul  qilingan. Ammo  mazkur  qonunlarni  yoshlar  tomonidan 

anglash  va hayotda qo’llay  olish ko’nikmalari  hozircha ko’ngildagidek emas.  Bu 

esa, yoshlarning qonunlar to’g’risida bilim va ko’nikmalarini izchil rivojlantirishni 

talab etadi. 

Fuqarolik jamiyati asoslarining pirovard  maqsadi  – inson hayotini muayyan 

ma’naviy  maromlarda    muvofiqlashtirish,  har  bir  shaxsning  insoniy  potenstialini 

yuzaga  chiqazishdan  iboratdir.  Zero,  inson  omilini  faollashtirishda  kishilarning 

huquqiy bilimliligi roli kattadir. Ya’ni, huquqiy madaniyati yuksak bo’lgan jamiyat 

mustahkam bo’ladi va millat birligi kuchayadi. 

Har  qanday  jaholatdan  insonni  ma’rifat  qutqaradi.  Shuni  hisobga  olib, 

yoshlarga  «Jaholatga  qarshi  ma’rifat  »  tamoyili  mohiyatini  tushuntira      borish 

lozim. 


Yoshlarga  ma’naviy-ma’rifiy  ishlarda  diniy  ekstremizm,  terrorizmga  qarshi 

kurashning  xalqaro  siyosiy-huquqiy  asoslari  to’g’risida  tushunchalar  berib  borish 

zarur.  Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashning  ma’naviy-ma’rifiy 

asoslarini  tushuntirish  va  diniy-ma’rifiy  targ’ibot  ishlariga  usto-murabbiylarni 

keng jalb etish lozim. 

Bunda  yoshlar  tarbisiga  ta’sir  etayotgan  ijobiy  (oliy  ta’lim  mazmuni, 

ma’naviy-ma’rifiy  ishlar,  OAV,  oila,  davlat  va  jamoatchilik  tashqilotlari,  san’at, 

madaniyat  va  h.k.)  va  ayrim  salbiy  (diniy  ekstremizm,  terrorizm  mafkurasi, 

missionerlik,  prozeletizm,  loqaydlik,  befarqlik,  tarbiyaviy  ishlarda  uchrayotgan  

kamchiliklar va h.k.) omillar ochib berilishi, ulardan ogohlantirish zarur. 

Ijobiy  omillar  samaradorligini  oshirish,  faoliyatini  muvofiqlashtirish,  salbiy 

omillar ta’sirini bartaraf etishning yo’nalishlari, metod va vositalaridan ma’naviy-

ma’rifiy ishlarda samarali foydalanish lozim.  


 

13 


Yoshlarni ogohlik , hushyorlik va g’oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalash, 

axloqsizlik  g’oyasini  yoyib,  xalqni  ma’naviy  jihatdan  bo’zishg  intilayotgan  qora 

kuchlarga qarshi kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-

ma’rifiy kurashda yoshlar faolligini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan diniy-ma’rifiy 

tadbirlarga diniy idoralar vaqillarini jalb etish muhim ahamiyatga ega. 

Chunki, yoshlarni begona mafkura: diniy ekstremizm va terrorizm mafkurasi 

tazyiqlaridan  himoya  qilishda  dinshunos  olimlar  va  din  ulamolari  bilan 

hamkorlikda ishlarni tashqil etish samarali usul hisoblanadi. 

Diniy ekstremizm tahdididan yoshlarni himoya qilishda professor-o’qituvchi, 

tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifalari borki, ular bevosita yoshlarni bu yovuz 

kuchlarning  g’oyalariga  qarshi  mafkuraviy  immunitetni    shakllantirishga  e’tibor 

qaratib  borishlari  talab  etiladi.    Chunki    bugungi  kunda  din  niqobi  ostidagi  har 

qanday  ekstremistik    ko’rinishlarga  qarshi  kurashmog’imiz  dolzarb  masaladir. 

Masalan, umumlashgan tushunchada «terror» degani u yoki bu ko’rinishda siyosiy 

maqsadlarga erishish uchun kurash vositasi bo’lib, unda hech bir gunohsiz kishilar 

terrorning  nishoni  bo’lishadi.  Demak,  terror  begunoh  odamlarga    qarshi 

zo’ravonlikni  anglatadi,  uni  ma’naviy  jihatdan  hech  qachon  oqlab  bo’lmaydi. 

Bunga 2005 yil Andijon shahrida ro’y bergan voqealar yaqqol misoldir. 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijalarini sarhisob qilish, erishilgnan yutuqlarni va 

kamchiliklarni  aniqlab,  tahlil  qilib  borish  lozim.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tizimli 

rejalashtirilib  amalga  oshirilsa  va  baholansa,  istiqboldagi  vazifalarni  aniq 

belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O’quvchilar  qalbiga  milliy  g’oya  va  mafkurani  singdirishda  pedagogik 

hamkorlik  texnologiyalarini  yaratish zarur. Bunda birgalikdagi  harakat, tarqatma 

material, mustaqil ish, trening, o’yinlar, sstenariy, ishontirish  va h.k.larni  amalga 

oshirish tavsiya etiladi. 

Mamlakatimizda  inson  salomatligini  asrash  va  sog’lom  turmush  tarzi 

madaniyatini  shakllantirish  ustuvor  vazifaga  aylangan.  Sog’lom  turmush  tarzi 

g’oyalarini  yoshlar  o’rtasida  targ’ib  etish  shakllari  va  vositalaridan  samarali 

foydalanish yo’llarini ishlab chiqish va tatbiq etishga e’tibor qaratish lozim. 



 

14 


Jismonan  va  ma’nan  barkamol  shaxsni  tarbiyalashga  qaratilgan  ma’naviy, 

madaniy  va  jismoniy  tarbiya  ishlarini  tashqil  etish  davlat  siyosati  darajasiga 

ko’tarildi.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  tizimida  jismoniy  tarbiya  va  sportning  rolini 

oshirishdagi  dolzarb  vazifalarni  ro’yobga  chiqarishda  mavjud  imkoniyatlar  ishga 

solinishini ta’minlash zarur. 

Shuni  aytish  kerakki,  milliy  g’oya    ta’lim-tarbiya,  ilm-fan,  madaniyat, 

adabiyot va san’at, din, ma’naviy-ma’rifiy, sport sohalarida ham aks etadi. Shuning 

uchun  ta’lim  muassasalarida  shu  sohalardan  milliy  g’oya  va  mafkurani 

shakllantirishda keng foydalanish lozim. 

Ustoz  va  shogirdlik  –  milliy  tarbiya  an’anasi.  Shunday  ekan,  bu  tizim 

yoshlarni  milliy  g’oya  va  mafkura  ruhida  tarbiyalashda  muhim  omil  vazifasini 

o’taydi.  Ta’lim  muassasalarida  mavjud  guruh  murabbiyligi  va  ustoz-shogirdlik 

tizimlarining o’ziga xos xususiyatlarini va ularning aniq vazifalarini belgilab olish 

lozim.  Unda,  professor-o’qituvchilarning  ustoz  sifatidagi  ma’naviy  burch  va 

huquqlari    hamda  o’quvchining  shogird  sifatidagi  ma’naviy  burchlari  yoritilishi 

kerak. 


O’zbekiston Respublikasining  din masalalariga oid qonunlari qabul qilingan. 

Bu  sohada  xalqaro  hujjatlar  mavjud.  O’zbekiston  Respublikasida  vijdon  erkinligi 

qonun bilan kafolatlangan. Diniy ekstremizmga yo’l qo’ymaslik choralarini qurish 

yuzasidan  tadbirlar  amalga  oshirilmoqda.  Bu  borada  yoshlarda  qonunchilik 

asoslari  bo’yicha  tushunchalarni    shakllantirish  dolzarb  vazifa  sifatida    tadbirlar 

mazmuniga  kiritilishi    zarur.  Bunda  asosiy  e’tibor  O’zbekistonda  diniy 

bag’rikenglikning tarixiy ildizlari va hozirgi darajasi haqida ma’lumotlar berishga 

qaratilishi maqsadga muvofiq. Shu bilan bir qatorda o’quvchilargama’naviyatning 

qaror  topib  borishida  madaniyat  va  dinning  o’rni,  diniy  dunyoqarashning  inson 

hayotidagi  ahamiyati  va  islomiy  qadriyatlar,  dunyoqarash  erkinligini  ta’minlash 

jarayonida  har  bir  insonda  shaxsiy  fikr,  mustaqil  mavqening  shakllanishi  haqida 

ham tushunchalar singdirilishi lozim. 

O’quvchilar  ongida  mafkuraviy  immunitetni  (ma’naviy  nuqtai  nazardan) 

hosil  qilish  juda  muhimdir.  «Toki  ular  milliy  ildizlari  baquvvat,  dunyoni  chuqur 



 

15 


anglaydigan,  zamon  taraqqiyoti  bilan  barobar  qadam  tashlaydigan  insonlar  bo’lib 

etishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, 

biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga ta’sirini o’tkaza olmaydi». 

Bayramlar  ma’naviy  sohaning  tarkibiy  qismi  sifatida  davlat  siyosati 

darajasiga  ko’tarildi,  davlatning  asosiy  e’tiboridagi  omilga  aylandi.  Bayramlar 

yoshlarni  milliy  g’oya  va  mafkura  ruhida  tarbiyalashda  muhim  o’rin  to’rtadi. 

Bayramlarga  (jumladan,  tadbir  sstenariysi  va  rejissurasiga  )  oid  ko’rik-tanlovlar 

o’tkazib  turish  yaxshi  natija  beradi.  Ta’lim  muassasalarida  bayram-marosimlarni 

o’tkazish alohida e’tiborni talab qilmoqda. Buning uchun yoshlar tashabbuskorligi 

va  faolligini  oshirish  juda  muhim.  Ta’lim  muassasalarida  bayramlarni  tashqil 

etishda  aynan  yoshlar  faoliyatidan  keng  foydalanishimiz  ma’naviy  ishlarning 

samarasini oshiradi.   



 

16 


1.3.  Yoshlar  qalbiga  milliy  g`oya  va  ma`naviyat  asoslarini  singdirishda 

axborot vositalarining  ta`sir ko`rsatish mexanizmlari. 

 

Ommaviy  axborot  vositalari  eng  asosiy  qudratli  va  ta`sirchan  mafkura 



vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o`ziga xos tarbiyachisi, 

muhim  tadirlarning  tashkilotchisi,  dolzarb  muammolarni  hal  qilishning  ta`sirchan 

quroli  bo`lib  xizmat  qiladi.  Aynan  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  milliy 

qadriyatlarimiz  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  milliy  g’oya  va  demokratik 

tamoyillar targ’ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya 

va  so`z  erkinligining  o`ziga  xos  o`lchovi,  ko`rsatkichi  bo`lib  kelgan.  erkin  va 

mustaqil  ommaviy  axborot  vositalari  demokratik  taraqqiyotni  rag’batlantiradi  va 

mustahkamlaydi. 

Totolitar  tuzumda  ommaviy  axborot  vositalari  axborot  uzatish  vositasi  va 

yakka  hukmron  g’oyani  singdirish  quroli  bo`lib  xizmat  qilganligini  hammamiz 

yaxshi  bilamiz.  ―Majburiy  yakkafikrlash‖  davri  deb  atash  mumkin  bo`lgan  bu 

pallada  ommaviy  axborot  vositalarida  hayot  faqat  yorqin  buyoqlarda  tasvirlanib, 

muammolar haqida gapirilmagan edi.  

Chunki  o`sha  paytda  muammolar  va  illatlar  haqida  gapirish  –  kommunizm 

singari  ―benuqson  va  mukammal‖  tuzumga  xalqning  ishonchini  pasaytirib 

yuborishi  mumkin  edi.  Yakkayu  yagona  partiya,  yakkayu-yagona  mafkura  va 

yakkafikrlash  siyosati  har  qanday  plyuralizmni,  fikrlar  xilma-xilligini  va  ayniqsa 

g’oyalar  xilma-xilligini  mutlaqo  inkor  qilar  edi.  Barcha  jurnalistlar  sobiq 

markazdagi ―mutassadi rahbarlar‖ning og’zini poylab, bo`yrug’ini kutib, ularning 

ko`rsatmasiga qat`iy amal qilgan holda faoliyat yuritar edi.  

Hayotiylik  –  bugungi  kunda  ommaviy  axborot  vositalarining  faoliyatiga 

qo`yilayotgan  asosiy  talab,  berilayotgan  axborotlarning  asosan  yutuqlarini 

ko`rsatish  maqtovlardan  iborat  bo`lishi  targ’ibotga  qanchalik  foydali  yoki  zararli 

ekanini  chamalab  ko`rish  lozim.  Hayot  bor  ekan,  muammolar,  kamchiliklar, 

nuqsonlar bo`laverishi tabiiy.  

Bu isbot – talab qilmaydigan aksioma. 



 

17 


Shunday ekan, muammolarning mavjdligi fojea sifatida emas, odatdag narsa 

debyu  qarashga  o`rganish  kerak.  Ularning  borligini  ko`rib,  o`zini  ko`rmaganlikka 

olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin.  

Demak,  muammolarni  o`z  vaqtida  tan  olish,  ularni  hal  qilishga  kirishish 

lozim.  

Bugungi  kunda  O`zbekistonda  ommaviy  axborot  vositalarini  haqiqiy 

―to`rtinchi  hokimiyat‖ga  aylantirish  muammosi  o`sha  dolzarb  bo`lib  turmoqda. 

Ularni  mustaqil  ijtimoiy  kuchga,  siyosiy  tizimning  to`laqonli  bug’iniga  va 

jamoatchilik  fikrini  shakllantiruvchi  ta`sirchan  vositaga  aylantirish  vazifasi  shuni 

talab  etmoqda.  Ommaviy  axborot  vositalarining  erkin  va  mustaqil  faoliyat 

yuritishlari  uchun  mustahkam  huquqiy  asos  yaratilgan  jurnalistlarni  tayyorlash 

masalasiga davlat darajasida e`tibor berilmoqda. 

Jurnalist  kadrlarni  o`zimizda  tayyorlash  bilan  qanoatlanmay,  bu  soha 

mutaxassilarining  xorijda  ta`lim  olishlaridan  mablag’  ayamayotir.  Ko`rinib 

turibdiki,  ommaviy  axborot  vositalarining  rivojlanishi  uchun  qulay  muhit 

yaratilgan.  Zamon,  davr  va  avlodlar  o`zgaradi,  lekin  milliy  g’oyaga  zaruratning 

qolishi  muqarrar.  Milliy  g’oya  boyib,  rivojlanib  borishi  tabiiy.  Dunyodagi 

o`zgarishlar milliy g’oya oldida ham yangi-yangi vazifalarni usul va vositalardan 

foydalanishni  talab  qiladi.  Uni  hisobga  olish,  ―mafkura  maydonida‖  ezgu  va 

bunyodkor  g’oyalarning  doimo  ustuvorlik  qilib  qolishini,  ma`rifiy  taraqqiyotning 

istiqbolini belgilaydi.  


 

18 


II. Bob  Yoshlar ongiga  ma`naviy ta`sir etishni tashkil etish. 

2.1.  Milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongiga singdirish usullari 

 

Bugungi  sharqona  demokratiyada  bag'rikenglik,  hamjihatlik,  qadr,  oqibat, 



andisha,  kattalarga  hurmat,  ona  zaminni  e'zozlash  borasida  o'ziga  xoslik  yaqqoi 

namoyon bo'ladi. Bularesamilliy istiqlolg'oyasiningamal njlishida nihoyatda muhim 

ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g'oyasini amalga oshirish kuchli davlatdan kuchli 

jamiyat  sari  borish  konsepsiyasini  ainalga  oshirish  jarayoni  bilan  uyg'un  holda  olib 

boriladi. 

Milliy  istiqlol  g'oyasining  amal  qilish  jarayonida  shaxs  erkinligi  muhim  o'rin 

tutadi.  O'z  haq-ququqini  taniydigan,  o'z  kuchi  va  imkoniyatlariga  tayanadigan, 

atrofida  sodir  bo'layotgan  voqea-hodisalarga  mustaqil  munosabat  bildiradigan, 

shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlan bilan uyg'un holda ko'radigan 

insongina milliy g'oyamiz tamoyillarini to'g'ri baholay oladi. 

"Erkinlik"  tushunchasi  g'oyatda  keng  qamrovli  boiib,  ijobiy  va  salbiy 

jihatlarga  ega.  Shaxs  moddiy  va  ma'naviy  ne'matlardan  oqilona  foydalanishga 

intilib, bu  yoidagi xatti-harakatlari bilan  o'zgalar  manfaatlarigaziyonyetkazmasa-

bu erkinlikning ijobiy jihatidir. Aksincha, inson o'z maqsadlariga erishish jarayonida 

boshqalar manfaatini tan olmasa, erkinlik salbiy ma'no kasb etadi. 

Shunday  qilib,  milliy  istiqlol  g'oyasining  asosiy  tamoyillari  ko'p  va  keng 

qamrovli  bo'lib,  ular  mafkuramizning  amal  qilish  yo'nalishlarini  belgilashda  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

«Milliy  istiqlol  g'oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar»  risolasida 

aytilganidek:  «Milliy  istiqlol  mafkurasi  turli  siyosiy  partiya  va  ijtimoiy  guruhlar 

mafkurasida  ustun  sotsial  fenomen  -  ijtimoiy  hodisa.  Bu  mafkurada  biron-bir 

dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy hokimyatni mustahkamlash 

maqsadida  qurolga  aylantirilmaydi».  Umuminsoniy  mazmunga  ega  boigan  bu 

mafkura  hammaning  ijtimoiy  -siyosiy  taraqqiyotiga  xizmat  qiladi,  barcha  siyosiy 

partiyalar,  millat  va  qavmlar,  guruh  va  qatlamlarning  yuqorida  qayd  etilgan 

umumiy manfaatlarini ifodalaydi. 



 

19 


Milliy Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy  qadriyatlarni e'tirof etadi va 

ulardan oziqlanadi: 

qonun ustuvorligi; 



-inson haq-huquqlari va hurfikrlilik; 

-turli millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; 

- diniy bag'rikenglik; 

- dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik; 

- o'zga  xalqning  ilg'or  tajribalari  va  madaniyatini  o'rganish  va  hokazo. 

Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan 

 g'oyalar  anashu  tamoyillargaxizmat  qiladi.  «Milliy  g'oya-  deb  ta'kidlaydj 

Prezidentimiz Islom Karimov, - birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, 

el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik 

fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madadkor bo' lishi zarur». 

Milliy  istiqlol  g'oyasi  inson  qalbi  va  ongiga  ijobiy  ta'sir  etadigan 

tushunchalar, go'zal  va  hayotiy  tuyg'ularni  o'zida  mujassam  etadi.  Bu  mafkura har 

bir  fuqaroning  ezgu  niyatlarini  ro'yobga  chiqarishiga  imkon  beradigan  eng  maqbul 

yo'lni  ko'rsataoladi.  Ushbu  g'oyaxalq  vajamiyatni  birlashtiruvchi  kuch,  yuksak 

ishonch-e'tiqod manbai bo'Hb, O'zbekistonda yashovchi barcha millat, elat, ijtimoiy 

qatlam va din vakillariga birday taalluqlidir.  

Milliy istiqlol mafkurasi quyidagi milliy xususiyatlarni aks ettiradi: 

-jamoa boiib yashash ruhining ustunligi

- oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi; 

- ota-ona, mahalla-ko'y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e'tibor; 

- ona tiliga muhabbat; 

- kattaga - hurmat va kichikka - izzat; 

- ayol zotiga ehtirom;  

- sabr-bardosh va mehnatsevarlik; 

halollik, mehr-oqibat va hokazo. 



 

 

20 


2.2. Yoshlarni g`oyaviy tarbiyalash vositalari. 

 

Nima uchun milliy istiqlol g’oyasini inson ongi va qalbiga singdirish zarur 

va  muhim?  Milliy  istiqlol  g’oyasining  targ’iboti  nimaga  xizmat  qiladi  va  bu 

jarayon qanday tashkil qilinishi kerak? Umuman milliy g’oyaning targ’iboti bilan 

kimlar va qanday tuzilmalar shug’ullanishi kerak? Mazkur mavzuni o`rganish shu 

kabi  savollarga  javob  topish  imkonini  beradi.  XXI  asrni  axborot  asri,  axborot 

texnologiyalari  asri  deb  atash  tobora  rasm  bo`lmoqda.  Chunki  asrimizda  keng 

qamrovda  va  jadal  sur`atlarda  tarqalayotgan  informaciyalar  insonning  istaklarini, 

didini o`zgartirishga, fikriga ta`sir qilishi mumkin. 

Tan  olish  kerak,  tamoshaga  qilinayotgan    seriallardan  tortib  bolakaylarga 

aytib  beriladigan  ertakkacha,  boringki,  o`qitayotgan  kitoblarimiz  ham  qandaydir 

mafkuraviy  ta`sir  samarasiga  ega  ularda  muayyan  g’oyalar  targ’ib  qilinadi.  Bu 

holat ―eng asosiy narsani ko`z bilan ilg’ab bo`lmaydi‖ degan fikrni yana bir karra 

tasdiqlaydi.  Bunday  ko`zga  ko`rinmas  qudratli  targ’ibot  kuchlari  kishini  hamma 

erda  va  har  kuni  qurshab  turadi.  Bu  kuchlarning  maqsadi  –  insonni  nimagadir 

ishontirish, nimagadir undagi, nimagadir og’dirish. Tarbirlar mahsulotini reklama 

qilib,  uni  sotib  olishga  undaydi.  Diniy  arboblar  o`z  diniga  e`tiqod  qilishga 

chaqiradi.  Xalqaro  maydonda  ba`zi  davlatlar  o`zining  ―katta  og’a‖  ekanini 

uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bo`ladi-ku. 

Agar  o`sha  molini  maqtayotgan  tadbirkor  tamaki  sotayotgan  bo`lsa-chi? 

Uning  zarari  haqida  odamlarni  kim  ogohlantiradi.  Agar  o`sha  dindor,  din  chetda 

qolib,  davlat  tuzimini  ag’darishga  chaqirayotgan  bo`lsa-chi?  Bunday 

buzg’unchiliklardan  xalqni  kim  qaytaradi  yoki  jahonda  ―katta  og’a‖larning 

qo`lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Bu kabi 

targ’ibotni yoki aksi targ’ibotni kim tashkil qilishi kerak? 

Bugungi  kunda  rivojlangan  davlatlar  qudratli  targ’ibot  tizimiga  ega 

bo`lishga  intilayotganini  alohida  ta`kidlash  lozim.  Masalan,  o`z  faoliyatining 

targ’ibotga AQSh hukumati yiliga 2,5 millard dollar sarflashi bejiz bo`lmasa kerak. 

Franciya  ham  o`z  siyosatini  aholiga  tushuntirish  ishlariga  yiliga  100  million 


 

21 


frankni  bekorga  sarflamayotgandir?  Bu  ma`lumotlar  targ’ibot  nafaqat  dinda, 

biznesda muhimligini balki siyosatda ham, ma`naviy-ma`rifiy ishlarda ham muhim 

ahamiyat kasb etishni ko`rsatadi.  

Demak  rivojlangan  demokratik  davlatlar  ham  mafkuraviy  faoliyatdan  sira 

voz kechmagan. 

Puxta  ishlab  chiqilgan  strategik  yo`nalish  davlatning  istiqbolini  belgilaydi. 

O`zbekistonning  strategik  maqsadlari  Islom  Karimovning  qator  asarlarida, 

jumladan  ―O`zbekiston  XXI  asr  bo`sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik 

shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari‖  hamda  ―O`zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda‖ 

asarlarida  belgilab  berilgan.  Shu  maqsadlar  sari  insonlarni  safarbar  qilish  ularni 

g’oyalar  shaklida  singdirish  zaruratini  keltirib  chiqaradi.  O`zbekistonda 

mafkuraviy  jarayonlarni  tashkil  etishning  ustivor  yo`nalishlari  quyidagilardan 

iborat:  

belgilangan  tadbirlarning  yuqori  darajada  uyushqoqlik  bilan 



o`tkazilishini ta`minlash; 

 milliy istiqlol g’oyasini targ’iboti sifatini muntazam oshirib borish; 



davr  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  mafkuraviy  ishlarni  tashkil 

etishning yangi samarali yo`llarini izlash; 

bu  sohada  eski  uslublarning  mutloqlashtirishga  andozolashtirishga 



yo`l qo`ymaslik; 

mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish; 



mafkuraviy  jarayonlarni  tashkil  etishdauchraydigan  rasmiyatchilik  va 

majlisbozlik ko`rinishlariga barham berish; 

mafkuraviy  faoliyatining  qanchalik  samarali  olib  borilayotganini 



bilish maqsadida uning manitoringini tashkil etish; 

 

Fuqaro  tarbiyaga  muhtojmi?  Nahotki,  tarbiya  e`tiborsizlik  kimlarnidir  – 



halokatga  uchratishi  mumkin?  Umuman,  alloma  bu  fikri  bilan  farzand  tarbiyasini 

nazarda tutdimi, avlod tarbiyasinimi yoxud millat tarbiyasi haqida gapiradimiG har 

holda  yosh  vaqtidan  bolaning  ―maslakini  tuzatmoq‖  zarurligini  ta`kidlaganida 


 

22 


A.Avloniy fikr tarbiyasini nazarda tutgan ko`rinadilar.  Va tabiiyki, bunday tarbiya 

markazida  birgina  bola  emas,  bir  oilaning  farzandlari  emas  balki  butun  millat, 

butun xalq turadi.  

Tarbiyani  millat  qismatini  hal  etuvchi  darajaga  ko`tarilishining  boisi  ham 

shunda.  

Avlodni  kim  tarbiyalaydi,  millat  qaysi  sinflarda  tarbiya  topadi,  fikr  qaysi 

kitoblar  yoojamida  tarbiyalanadi?  Bularning  barchasi  haqida  kim  qayg’urishi 

kerak? Bu savolga tayyor javob bor: ota-ona, muallim, maktab, ta`lim vazirligi va 

oxir-oqibat  davlat,  jamiyat.  Darhaqiqat,  har  bir  davlat  o`z  fuqarolari  bilimi,  haq-

huquqni taniydigan, ma`naviy barkamol, bir so`z bilan aytganda komil inson bo`lib 

voyaga etishi haqida qayg’uradi. 

O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov bu xususida shunday deydi:  

―Biz  komil  inson  tarbiyasini  davlat  siyosatining  ustuvor  sohasi  deb  e`lon 

qilganmiz.  Komil  inson  deganda  biz  avvalo,  yangi  yuksak  mustaqil  fikrlay 

oladigan, xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni 

tushunamiz‖

1

.  


Biroq  ta`kidlash  joizki,  turli  davlatlarda  ―barkamol  inson‖  tushunchasiga 

turli sifatlar nisbat beriladi. Har bir davlat o`z fuqarolarida zamon talablariga mos 

sifatlar  va  jamiyat  maqsadlariga  mos  qadritlarni  qaror  toptirishga  harakat  qiladi. 

Doimiy yuksalish haqida qayg’uradigan etakchi davlatlarning bu boradagi tajribas 

bilan topish foydadan xoli emas.  

Xo`sh,  jahonning  etakchi  davlati  sanalmish  AQShDa  fuqaro  tarbiyasi 

qanday  yo`lga  qo`yilgan?  Amerikaliklarga  qanday  g’oya  va  qadriyatlar 

singdirilmoqda?  Bu  savollarga  javob  topish  uchun  fuqaro  tarbiyasi  qanday 

g’oyaviy  ustunlarga tayanishini aniqlash  kifoya.  AQSh  fuqarolari  Konstituciyani, 

Amerika  davlatchiligining  asoslari  va  demokratik  tamoyillarini  muqaddas  deb 

biladilar va bu tuyg’uni yoshlar ongiga singdirish haqida tinimsiz qayg’uradilar. 

“Salohiyat insonlarda yashirin” 

                                                 

1

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.: ―Sharq‖, 1998, 81-b. 



 

23 


Yaponiya  mamlakatining  oltin  qoidasiga ko`ra, insondan qimmatroq  boylik 

yo`q. Xo`sh, davlat Yapon kishisida qanday qadriyat va sifatlarni qaror toptirishga 

harakat  qiladi?  Aslida,  mehnatsevarlik,  intizomlilik  va  javoaviylik  Yapon  milliy 

harakatlariga  xos  xususiyatlar  sanaladi.  Biroq,  davlat  bu  bilan  qanoatlanmay,  o`z 

fuqarolarida  ushbu  sifatlarni  mustahkamlash  va  kuchaytirish  vazifasini  maorifga 

yuklaydi.  

Natijada,  maktablar  guruhiy  birdamlikni  tarbiyalashga  alohida  e`tibor 

qaratiladi. Bunda kollektivning yutug’i ham, mag’lubiyati ham guruhning har bitta 

a`zosiga  bog’liq  ekanligi  haqidagi  g’oya  singdiriladi.  Muhimi,  boladan  umumiy 

shunda o`z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas`uliyatni his qilish talab etiladi.  

Yoshlarda  mehnatga  ishtiyoq  uyg’otish  tirishqoq  va  serg’ayrat  shaxsni 

tarbiyalash,  shaxsni  o`zi  ustida  qunt  bilan  ishlashga  o`rgatish  unda  o`ziga 

ishonchni qaror toptirishdan ham manfaatdormiz. 


 

24 


Xulosa 

 

Xalqimiz  qalbiga  va  ongiga  milliy  istiqlol  g’oyasini  singdirish  ta’lim 



muassasalaridagi faqat ijtimoiy gumanitar yo’nalishdagi fanlarning vazifasi bo’lib 

qolmasdan,  balki  o’rta  maxsus,  kasb  hunar  ta’limi  o’quv  rejasidan  o’rin  olgan 

barcha  o’quv  fanlarining  vazifasi  sanaladi.  Bu  boradagi  ma’naviy  ma’rifiy  ishlar 

keng  ko’lamda  olib  borilib,  ta’lim  tarbiya  jarayonining  barcha  jabhalarida  asosiy 

o’rinni egallashi lozim. 

   Xususan,  o’quvchilarda  Vatan  tuyg’usini  shakllantirish    Ona  Vatanga, 

uning tabiatiga mehr muxabbat uyg’otish va boyliklarini asrab avaylash, tabiatdagi 

o’simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to’g’ri munosabatni tarkib toptirish, 

ekologik madaniyatni yuksaltirishni maqsad qilib qo’yadi. 

«Hozirga vaqtda eng muhim, eng dolzarb vazifamiz  jamiyatimiz a’zolarini, 

avvalambor,  voyaga  yetib  kelayotgan  yosh  avlodni  kamol  toptirish,  ularning 

qalbida  milliy  goya,  milliy  mafkura,  o’z  Vataniga  mehr  sadoqat  tuyg’usini 

uyg’otish,  o’zligini  anglash,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida 

tarbiyalashdan iboratdir. 

    Shunga ko’ra, hozirgi kunda har tomonlama kamol topgan, o’zida yuksak 

ahloqiy  fazilatlarni  mujassamlashtirgan,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga 

hurmat,  mustaqillik  prinsiplari  va  Ona  Vatanga  sadoqat  ruhida  tarbiyalangan, 

ta’lim va kasbhunar dasturlarini ongli tanlab, puxta o’zlashtirgan, jamiyatimizdagi 

ijtimoiyiqtisodiy o’zgarishlarga, turmushga moslashgan, sog’lom turmush tarzi va 

mehnat ko’nikmalari shakllangan, jamiyat,  Karimovning  "Milliy istiqlol g’oyasi: 

Asosiy  tushunchalar  va  tamoyillar"  risolasida  qayd  etilishicha,  milliy  istiqlol 

g’oyasi  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlar,  demokratiya  tamoyillariga  asoslanadi,  xalqimizning  asrlar  davomida 

shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning 

o’lmas merosidan oziqlanadi.

1

 



                                                 

1

  (  Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushunchalar  va  tamoyillar.  Toshkent  «O’zbekiston»  2000        I.A.Karimov 



Xushyorlikka dav’at    Toshkent «Uzbekiston» 1999 yil 16 bet )  

 


 

25 


    Shu  o’rinda  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  nimalar  kiradi?  degan 

savol tug’ilishi tabiiy. 

  Milliy  qadriyatlar  alohida  olingan  xalq,  millat  va  elatlarning  o’z  tarixiy 

taraqqiyoti  davomida  yaratgan  va  yaratadigan  barcha  moddiy  va  ma’naviy 

boyliklari,  urf  odatlari,  marosimlari,  bayramlari  va  millatning  o’zligini 

belgilaydigan  o’ziga  xos  tamoyillari  yig’indisidan  iboratdir.  Bu  o’ziga  xoslik 

moddiy,  ma’naviy,  ijtimoiy,  oilaviy  hayot,  turmush  tarzida  namoyon  bo’ladi. 

Bundan  tashqari  xalq  amaliy  san’ati,  xalq  o’yinlari,  rasmrusumlari,  urf  odatlari, 

marosimlari ham milliy qadriyatlarga kiradi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

26 


Foydalanilgan adabiyotlar : 

 

1.  O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: ―O`zbekiston‖, 2003. 

2.  Karimov I.A. O`Zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. 

T.: ―O`zbekiston‖, 1996. 

3.  Karimov  I.A.  Bizdan  ozod  va  obod  Vatan  qolsin.  2-jild,  T.: 

―O`zbekiston‖, 1996. 

4.  Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.: ―O`zbekiston‖, 

1996. 


5.  Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. 4-jild. T.: ―O`zbekiston‖, 1996. 

6.  Karimov  I.A.  Yangicha  fikrlash  va  ishlash  –  davr  talabi.  5-jild.  T.: 

―O`zbekiston‖, 1997. 

7.  Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  barqaror  taraqqiyot  yo`lida.  6-jild.  T.: 

―O`zbekiston‖, 1998. 

8.  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T.: ―Sharq‖, 1998, 81-b. 

9.  Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  –  pirovard 

maqsadimiz. 8-jild. T.: ―O`zbekiston‖, 2000.  

10. Karimov  I.A.  Vatan  ravnaqi  uchun  har  birimiz  mas`ulmiz.  9-jild.  T.: 

―O`zbekiston‖, 2001. 

11. Karimov  I.A.  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  10-jild.  T.: 

―O`zbekiston‖, 2002. 

12. Karimov I.A. BIz tanlagan yo`l – demokratik taraqqiyot va ma`rifiy dunyo 

bilan hamkorlik yo`li. 11-jild. T.: ―O`Zbekiston‖, 2003. 

13. O`zbekistonning  mustaqil  taraqqiyoti  va  mafkuraviy  jarayonlar.  mas`ul 

muharrir Q.Nazarov. Toshkent  2001 y. 

14. Insoniyat tarixi g`oya va mafkuralar tarixidir. Mas`ul muharrir Q.Nazarov. 

Toshkent — 2001 y. 

15. Q.Nazarov.  Milliy  istiqlol  royasining  asosiy  maqsad  va  vazifalari. 

Toshkent — 2001 y. 

16. Bunyodkor g`oya. Mas`ul muharrir K.Nazarov. Toshkent —  2001 y. 

17. 


Bugungi dunyoning mafkuraviy  manzarasi.   Mas`ul  muharrir  Q.Nazarov. 

Toshkent — 2001 y.

 

18. 


 Milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent  2001 y. 

19. 


 Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar.  Mas’ul 

muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y. 

20. 

 Milliy  g’oya  inson  va  zamon.  mas’ul  muharrir  Q.Nazarov. Toshkent 



— 2001 y. 

21.  Milliy istiqlol g’oyasi: nazariya va amaliyot. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. 

Toshkent — 2001 y. 

22.  


www.ziyonet.uz

 

23.  



www.google.co.uz

 

Download 308.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling