Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.11.2020
Hajmi1.34 Mb.
#144090
1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda koppartiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi
МАВЖУД БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИГА ТАНЛОВ ЭЪЛОН, matematika 1996 2007 misol va masala, Matematika, men ham namoz uqiyman, men ham namoz uqiyman, Mavzu Fuqarolik jamiyati ijtimoiy tuzilmasida mulkdorlar sinfin (1), Investitsiya loyihalari tahlili, Investitsiya loyihalari tahlili, МАВЖУД БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИГА ТАНЛОВ ЭЪЛОН, МАВЖУД БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИГА ТАНЛОВ ЭЪЛОН, 6-sinf-tarix-savolnomasi, 2 5314640541214837240, 3-mavzu, 3 maruza topshiriq

Birinchidan,  sobiq  sho’rolar  hukmroligi  sharoitida  kommunistik  partiya, 

mintaqa  xalqlari  azaldan  qon-qardosh  bo’lishlariga  qaramasdan,  ularni  zo’rma-

zo’raki “birlashtirib” turgan edi. 

 

Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’zlarining mustaqilligini qo’lga 



kiritishi bilan bu barbod bo’ldi. 

 

Ikkinchidan,  mintaqadagi  mamlakatlar  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritgan 

bo’lishiga  qaramasdan,  1991  yilgacha  sobiq  markaz  hali  o’z  hukmronligini 

qaytadan  tiklashga  moyil  edi.  Shuning  uchun  ham  u  mintaqa  mamlakatlarini  bir-

biriga  qarama-qarshi  qo’yish,  millatlararo  ziddiyatlarni  keltirib  chiqarish  kabi 


22 

 

siyosatni davom ettirdi. Bu o’z navbatida, o’sha davrda, ma‘lum darajada, mintaqa 



xalqlarining o’zaro munosabatlariga ham muayyan ta‘sir ko’rsatdi. 

Uchinchidan,  mustaqillikni qo’lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini o’z 

ta‘sir  doirasiga  o’tkazish  uchun  yana  boshqa  bir  qator  mamlakatlar  ham  harakat 

boshlab  yubordi.  Ularning  ko’pchiligi  tashqaridan  beg’araz  yordam 

ko’rsatayotganday bo’lib ko’rinsalarda, aslida har bir ko’rsatayotgan “yordamlari” 

evaziga  mintaqada  o’z  mavqeini  mustahkamlashga  harakat  qildilar.  Ularda  ham 

mintaqa davlatlari va xalqlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga intilishlar yo’q 

emas. 

 

To’rtinchidan, SSSR parchalanib ketgandan keyin, - Prezidentimiz iborasi 



bilan  aytganda,  -  bizning  irodamiz  yoki  intilishimizga  bog’liq  bo’lmagan  holda 

O’zbekiston  amalda  front  yaqinidagi  davlatga  aylanib  qoldi.  Uning  tashqi 

chegaralarida – Afg’oniston va Tojikistonda so’nggi yillarda yuz minglab insonlar 

hayotiga zomin bo’lgan ikkita tanglik o’chog’i alanga olib turibdi.

1

 

 



Beshinchidan,  sobiq  SSSR  tugab,  O’zbekiston  mustaqil  taraqqiyot  yo’liga 

qiyinchiliklar paydo bo’lib turgan dastlabki kezlarda jamiyatimizning taraqqiyotini 

bundan keyin har qanday mafkuradan butunlay holi qilgan holda davom ettirishni 

targ’ib-tashviq  qiluvchilar  ham  kam  emas.  Shuning  uchun  ham  biz  kelajakka 

tomon  ko’zni  yumib,  taxminlarga  asoslanib,  tavakkalchasiga  ish  tutib  bora 

olmaymiz. 

 

Siyosiy  partiyalar  bilan  birga  uning  xalqaro  uyushmalari  ham  ma‘lum 



siyosiy  manfaatlarni,  maqsadlarni  amalga  oshirishga  yo’naltirilgan  siyosiy 

faoliyatdir.  Uning  asosida  jamiyat  a‘zolari  turli  qatlamlarining  maqsad  va 

manfaatlari  yotadi.  Dunyoning  turli  mamlakatlarida  ryo’  berayotgan  bunday 

harakatlar  faqat  milliy  xususiyatga  ega  bo’lib  qolmay,  ular  xalqaro  maydonda 

umuminsoniy mohiyat kasb etmoqda. 

 

 

                                                 

1

 Qarang: I. Karimov. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 



kafolatlari. Toshkent. 1997 yil, 20-21 betlar 

23 

 

1.2. O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimini yaratish uchun zaruriy 



huquqiy asoslarining yaratilishi

Bugungi  qunda  demokratik  huquqiy  davlatni  siyosiy  partiyalarsiz  tasavvur 

etib  bo‘lmaydi.  Demokratik    jamiyatda  siyosiy  partiyalar  jamiyat  siyosiy 

tizimining  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  ular  bevosita  davlat  faoliyatining 

ustuvorligi yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etadi. O‘zbekiston  Respublikasida 

siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8 dekabrda qabul 

qilingan  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  asosida  bo‘lsada,  lekin  unga 

qadar  qabul  qilingan    “Jamoat  birlashmalari  to‘g‘risida”gi  qonuni  bu  boradagi 

qonunlarning  dastlabkisi  hisoblanadi.  1991  yil  15  fevralda  qabul  qilingan  ushbu 

qonunning  1-moddasida  “o‘z  huquqlari,  erkinliklarini  hamda  siyosat,  iqtisodiyot, 

ijtimoiy  rivojlanish,  fan,  madaniyat,  ekologiya  va  hayotning  boshqa  sohalaridagi 

qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish 

irodalarini  erkin  bildirishlari  natijasida  vujudga  kelgan  ixtiyoriy  tuzilma  jamoat 

birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-

qizlar,  yoshlar  va  bolalar  tashkilotlari,  veteranlar  va  nogironlar  tashkilotlari  ilmiy 

texnikaviy, ma’daniy – ma’rifiy, fizkultura-sport va boshqa ko‘ngilli birlashmalar, 

ijodiy  uyushmalar,  yurtdoshlar  uyushmalari,  assotsiatsiyalar  va  fuqarolarning 

boshqa  birlashmalari  jamoat  birlashmalari  deb  e’tirof  etiladi”

1

  deb  ko‘rsatib 



o‘tilgan.  

Asosiy  qonunimizda  siyosiy  partiyalar  tashkiliy  huquqiy  asosining  ustuvor 

yo‘nalishlari  belgilangan  bo‘lib,  uning  siyosiy  partiyalar  huquqiy  maqomi 

belgilanishi  bilan  bir  qatorda,  fuqarolarning  siyosiy  partiyalarga  uyushishi 

huquqlari ham belgilangan (34-modda). Siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy 

institut  sifatida  konstitutsiyamizning  XII  jamoat  birlashmalari  bobi  60-moddasida 

“siyosiy  partiyalar  turli  tabaqa  va  guruhlarning  siyosiy  irodasini  ifodalaydilar  va 

o‘zlarining  demokratik  yo‘l  bilan  saylab  qo‘yilgan  vakillari  orqali  davlat 

hokimiyatini  tuzishda  ishtirok  etadilar.  Siyosiy  partiyalar  O‘zbekistonda  

                                                 

1

  O’zbekiston  Respublikasi  “Jamoat  birlashmalari  to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi 



axborotnomasi. 1991-4-son. 76 bet 

24 

 

faoliyatining moliyaviy ta’minlash manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakillik 



qilgan belgilangan holda oshkora tartibda hisobotlar berib turadilar.”

1

 



Shu  bilan  birga  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaning  jami  13  ta 

moddasida  partiyalarga  doir  qoidalar  keltirilgan.  Asosiy  qonunimiz  bo‘lgan 

Konstitutsiyada siyosiy partiyalarga doir bu qadar e’tibor respublikamizda siyosiy 

partiyalarni muhim konstitutsiyaviy institut ekanligidan dalolat beradi. 

Siyosiy  partiyalarning  jamiyat  hayotidagi  o‘rni  va  roli  hamda  ular 

faoliyatining  bunday  konstitutsiyaviy-huquqiy  jihatdan    mustahkamlanishi 

zamonaviy    konstitutsiyaviy  qonunchilikda  quyidagi  bir  necha  yondashuvlar 

mavjud ekanligini ko‘rsatadi: 



birinchi  yo‘nalish,  konstitutsiyalarda  siyosiy  partiyalar  to‘g‘risidagi  so‘z 

bormaydi, 



ikkinchi  yo‘nalish,  Konstitutsiyalarda  to‘la  yoki  qisman      siyosiy 

partiyalarning  roli  va  siyosiy  partiyalarning  ayrim  tamoyillari  haqida  qoidalar 

mavjud; 

uchinchi  yo‘nalish,  Konstitutsiyalarda  yagona,  boshqaruvchi  va  rahbariy 

partiyalarning mavjud bo‘lishini nazarda tutadi va boshqa partiyalarning faoliyati 

taqiqlanadi; 

to‘rtinchi  yo‘nalish,  barcha  partiyalar  ta’qiqlanadi  va  shu  sabali  siyosiy 

partiyalar to‘g‘risida so‘z bormaydi; 



beshinchi  yo‘nalish,  aniq  ko‘rsatilgan  partiyalarga  yoki  muayyan  sohadagi 

partiyalarga ruxsat beriladi va boshqa partiyalar ta’qiqlanadi. 

Mamlakatimiz  Konstitutsiyasida  siyosiy  partiyalarga  doir  qoidalarning 

sezilarli  darajada  mavjudligi    Konstitutsiyamizni  ikkinchi  guruhga  taalluqli 

ekanligini ko‘rsatadi va Konstitutsiya  belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar asosida 

siyosiy partiyalar faoliyatini aniq yo‘nalishlarini tartibga solishga maqsadida qator 

qonunlar qabul qilindi.  

Milliy  mustaqillik  davrida  tashkil  topgan  siyosiy  partiyalardan  biri  bu  – 

O’zbekiston  Xalq  Demokratik  partiyasidir.  Partiyaga  uning  1991  yilning  1-

                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent .: O’zbekiston, 2014y.  13 bet.  



25 

 

noyabrida  bo’lib  o’tgan  ta’sis  quriltoyida  asos  solindi.  Quriltoyda  qabul  qilingan 



partiya  dasturida  asosiy  maqsadlar  quyidagicha  ifodalanadi:  “Biz  insonga  uning 

siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  turmush  shakllarini  erkin  tanlashni  kafolatlaydigan 

jamiyatning siyosiy va davlat tuzilmasini bunyod etish tarafdorimiz. Bu: 

- siyosiy  va  iqtisodiy  erkinlik,  demokratiya,  tenglik  va  ijtimoiy  adolat 

jamiyati; 

- har  bir  fuqaroga  davlat  va  jamoat  ishlarida,  iqtisodiyot  va  madaniyatda, 

siyosiy hayotda bab-baravar ishtirok etish imkoniyatlarini kafolatlash jamiyati; 

- mulkchilik  va  mehnatning,  tadbirkorlik  va  raqobatning  barcha  shakllariga 

teng  huquq  beriladigan  xo’jalik  va  iqtisodiy  faoliyatga  mafkuraviy  aralashishga 

yo’l qo’ymaydigan jamiyat; 

- aholini  ish  bilan  bandligi,  birinchi  navbatda  qariyalar  va  bolalarni, 

nafaqachilar  va  nogironlarni,  ko’p  bolali  oilali  bolalarning,  o’quvchilar  va 

talabalarning,  kam  ta’minlangan  fuqarolarning  hayot  kechirish  uchun  eng  zarur 

narsalar bilan ta’minlanishi kafolatlanadigan jamiyat; 

- respublikada yashayotgan barcha xalqlarning an’analari va urf-odatlari, dini, 

tili  va  madaniyati  hurmat  qilinadigan,  yagona  mafkura,  dunyoqarash  hukmronlik 

qilmaydigan, so’z va vijdon erkinligi, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik 

kafolatlanadigan, ilm-ma’rifat kamol topadigan jamiyat bo’lishi kerak”.

1

  

O’zbekiston  XDP  siyosiy  hayotda  ishtirok  etish,  xalq  bilan  hokimyat  tizimi 



o’rtasida  vositachilik  qilish,  partiyaviy-siyosiy  faoliyat  yuritishning  yangicha 

uslublarini  shakllantirish  maqsadlari to’g’risida  esa  quydagi  dasturiy  maqsadlarni 

ilgari  suradi:  “O’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi  shunga  aminki,  bundan 

buyon hech qanday siyosiy partiya bevosita hokimyat vakolatlarini o’z zimmasiga 

olmasligi  kerak. Biz har  qanday  ijtimoiy-siyosiy  kuchning haqiqat va  adolatli  o’z 

monopoliyasiga  aylantirishga,  erkin  fikrlashni  bo’g’adigan  mafkurani  jamiyatga 

tiqishtirishga, muxoliflikka va siyosiy kelishmovchiliklarni hal etish usuli sifatida 

“dushman obrazi” ni shakllantirishga qarshimiz. 

                                                 

1

 O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi dasturi. Toshkent,1995-yil, 5-bet. 



26 

 

Partiya  o’z  dasturlarini  ishlab  chiqib,  jamiyatga  taqdim  etish  va  o’zga  ijtimoiy-



siyosiy  kuchlar  bilan  erkin  musobaqalashish  orqali  siyosiy  rahnamolikka 

erishmoqchi. U, qonunga muvofiq ravishda oz nomzodlarini hokimyat organlariga 

saylovlarda  ko’rsatadi  va  ularning  qo’llab-quvvatlanishini  va  saylanishini 

ta’minlaydi. Biz o’zimizning siyosiy yo’limizni davlat hokimyati va jamoat o’zini-

o’zi 

boshqarishorganlariga 



saylangan 

partiya 


a’zolarimiz 

orqali 


o’tkazmoqchimiz”.

1

 



“O’zbekiston  ovozi”,  “Golos  Uzbekistana”  gazetalari  va  “Muloqot”  jurnali 

O’zbekiston XDP ning markaziy matbuot nashrlaridir.

2

 

O’zbekiston  Milliy  tiklanish  demokratik  partiyasi(MTDP)  1995-yilning  3-



iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida 

partiyaning  maqsadlari  quyidagicha  belgilanadi:  “Partiya  umum,insoniy 

qadriyatlarni  milliy  qadriyatlar  bilan  uzviy  bog’langan  holda  Konstitutsiyada 

belgilab  qo’yilgan  haq-huquqlar  asosida  o’z  siyosatini  yuritadi  va  mamlakatda 

yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini va fuqarolik erkinliklarni 

hurmat  qiladi.  Partiya  oily  maqsad  –  Milliy  tiklanish  g’oyasini  amalga  oshirish 

yo’lida o’z harakatining asosiy yo’nalishlari  deb quydagilarni belgilaydi: 

- millatning ma’naviy  birligi; 

- Vatan (Turkiston) – yagona oila; 

- kuchli demokratik davlat; 

- milliy qadriyatlar; 

- ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya; 

- zamon kishisi; 

-  milliy istiqbol. 

Partiya  mana shu yonalishlar milliy tiklanishimizning  mazmuni  – mohiyatini 

tashkil etadi deb hisoblaydi”.

3

 

                                                 



1

 O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturi, 14-bet. 

2

  Jalolov  A.  O’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi.  O’zbekiston  Respublikasi:  ensiklopediya.  Tahrir  hay’ati: 



M.Aminov(mas’ul muharrir) va boshq. Toshkent, “Qomuslar Bosh tahririyati”, 1997-yil, 218-bet. 

3

 O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining nizomi va dasturi. Toshkent, 1995-yil, 2-bet. 



27 

 

Partiya o’zining siyosiy tizimda ishtirok etish usullari va shakllari to’g’risida 



quyidagi nizomiy qoidalarni qabul qiladi: 

“Partiya  o’zining  siyosiy  faoliyatini  Oliy  Majlis,  viloyat,  tuman  va  shahar 

kengashlariga  deputatlikka  nomzodlar  etib  ko’rsatadi  va  bu  nomzodlarning  xalq 

tomonidan  saylanishi  uchun  umumpartiyaviy  saylov  kompaniyalarini  o’tkazadi. 

saylangan  deputatlarni  partiya  fraksiyalariga  birlashtirib,  ular  vositasida  qonunlar 

qabul  qilish,  hukumat  va  uning  joylardagi  organlarini  shakllantirishda, 

hukumatniong ichki va tashqi siyosatini belgilashda ishtirok etadi”.

1

 



O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi (SDP) 1995-yil 18-fevralda 

tashkil topdi. Partiyaning maqsad va vazifalari quydagicha belgilanadi: 

Partiyaning  asosiy  maqsadi  –  demokratik  huquqiy  davlatni,  ijtimoiy 

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga  asoslangan  kuchli  adolatli  fuqarolik  jamiyatini 

barpo  etishda  hamda  O’zbekiston  hududida  yashayotgan  barcha  millat  va 

elatlarning  umumiy  manfaatlariga  mos  keladigan,  fuqarolarning  qonun  oldida 

tengligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan 

jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etishdir. 

Partiyaning vazifalari: 

- O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini 

yaratish borasida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish; 

- O’zbekiston  fuqarolariga  o’z  qonuniy  huquqlari,  erk  va  burchlarini 

anglashga ko’maklashish, ularning siyosiy ongi va madaniyatini oshirishda yordam 

ko’rsatish; 

- millatlararo  munosabatlarni  takomillashtirish,  do’stlik  va  hamjihatlikni 

rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi 

kurash  olib  boorish,  dinlararo  bag’rikenglikni,  tinchlik  va  barqarorlikni, 

millatlararo totuvlikni targ’ib qilish;  

- kuchli  ijtimoiy  siyosat  olib  borishga,  aholining  boylar  va  kambag’allarga 

keskin bo’linib ketishiga yo’l qo’ymaslikka, aholi turmush sifati ko’rsatkichlarini 

yaxshilashga ko’maklashish 

                                                 

1

 O’sha joyda, 11-bet. 



28 

 

- iqtisodiy o’sish natijalarini aholining turli guruh va qatlamlari turmush sifati 



va  darajasini  oshirishga  adolatli  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotining  ijtimoiy 

yo’nalishini  chuqurlashtirishga  qaratilgan  faoliyatni  amalga  oshirish.  Bu 

iqtisodiyot,  fan  va  texnikaning  eng  zamonaviy  yutuqlariga,  iqtisodiy 

jarayonlarning  samarali  boshqaruviga,  ilg’or  innavatsion  tafakkurni  tarbiyalovchi 

ta’lim tizimiga tayangan innavatsion turdagi iqtisodiyot bo’lishini ta’minlash;  

- qonun  ustuvorligini  ta’minlash,  mamlakatda  sud-huquq  sohasidagi  keng 

ko’lamli islohotlarni izchil davom ettirishga, sud hokimyati mustaqilligini yanada 

mustahkamlashning  amaliy  shakl  va  uslublarni  ishlab  chiqishga,  fuqarolar  huquq 

va  erkinliklarini  sudda  himoya  qilish  samaradorligini  oshirishga  faol 

ko’maklashish; 

- boshqaruvda  ochiqlik,  oshkoralik  va  hisobdorlik  tamoyillarni  amalga 

oshirish, davlat hokimyati organlarida, o’z Vatani, xalqini sevadigan va el-yurtiga 

sadoqat  bilan  xizmat  qiladigan  mas’ulyatli  va  yuqori  malakali  kadrlarning 

ishlashiga erishish 

- partiyaning  barcha  faoliyat  yo’nalishlari  bo’yicha  jamoatchilik  bilan  o’zaro 

aloqalarni  amalga  oshirish  uchun  fuqarolar  orasida  siyosiy-ma’rifiy,  tashviqot-

targ’ibot va boshqa shu kabi ishlarni olib boorish; 

- O’zbekiston “Adolat SDP O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga, 

viloyat  va  Toshkent  shahar  hokimlari  zimmalariga  nomzodlar  yuzasidan 

maslahatlashuvlar  jarayoni  hamda  Oliy  Majlis  va  xalq  deputatlari  viloyat  va 

Toshkent  shahar  Kengashlarida  ularni  lavozimiga  tasdiqlash  uchun  ovoz  berish 

jarayoni  orqali  O’zbekiston  Respublikasi  hukumatini,  mahalliy  hokimyat  ijroiya 

organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi”

1

  



O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan  partiyalardan  yana  biri-O’zbekiston 

milliy  tiklanish  demokratik  partjyasi  O’zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 

1995-yil 9-iyunda MTDP ni ro’yxatga olgan. 

Partiya  oliy  maqsadi  milliy  tiklanish  g’oyasini  amalga  oshirish  yo’lida  o’z 

harakatining  asosiy  yo’nalishlarini  quyidagicha  belgi-laydi:  millatning  ma'naviy 

                                                 

1

 O’zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Ustavi. Toshkent, 2011-yil, 4-5-betlar. 



29 

 

birligi;  Vatan—yagona  oila;  kuchli  demokratik  davlat;  milliy  qadriyatlar;  ilmiy-



texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqbol. 

O’zbekiston  MTDPsining  oliy  organi  5  yilda  chaqiriladigan  qurultoy  bo’lib, 

unda  rahbar  organlar  saylanadi.  Joylarda  103  ta  viloyat,  shahar  va  tuman  partiya 

tashkilotlari va bo’g’inlari ish olib bormoqda. Partiyaning 10 mingga yaqin a'zosi 

bor.  Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  2000-yiI  21- 

yanvardagi  qarori  bilan  MTDPning  10  kishidan  iborat  deputatlar  fraksiyasi 

ro’yxatga  olingan.  O’zbekiston  MTDPsining  „MiIliy  tiklanish"  haftalik  gazetasi 

nashr etilmoqda  

Eng  yosh  va  mamlakatimiz  hayotida  katta  nufuzga  ega  bo’lib  borayotgan 

partiya  bu  tadbirkorlar  va  ishbilarmonlar  harakati  O'zbekiston  liberal  demokratik 

partiyasi  bo’lib,  2003-yil  oxirlarida  tashkil  topdi.  Uning  maqsadi  tadbirkorlar  va 

ishbilarmonlar 

manfaatini 

himoya 


qilish, 

jamiyat 


hayotini 

yanada 


erkinlashtirishdan  iborat.  O'zLiDePning  „XXI  asr"  haftalik  gazetasi  nashr 

etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010-yil qarori bilan O'zbekiston 

liberal  demokratik  partiyasining  53  kishidan  iborat  deputatlar  fraksiyasi  ro'yxatga 

olingan. 

O’zbekistonda  ko’ppartiyaviylik  tizimining  qaror  topishida  1996  –yil  25- 

dekabrda  Oliy  Majlis  qbul  qilgan  “Siyosiy  partiyalar  to’g’risida”  gi  qonunning 

ahamiyati  muhim  bo’ladi.  Qonun  17  moddadan  iborat  bo’lib,  unda  siyosiy 

partiyalarning  demokratik  qoidalar  asosida  faoliyat  yuritishlari  uchun  yetakchi  va 

ilg’or mamlakatlar mezonlari talablaridagi huquqiy asoslar yaratildi. Qonunning 5-

moddasiga  binoan,  “davlat  siyosiy  partiyalar  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari 

muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o’z maqsadlari va vazifalarini 

bajarishlari  uchun  ularga  teng  huquqiy  imkoniyatlar  yaratib  beradi”.  shuningdek, 

Qonunning  12-moddasida  siyosiy  hayotda  birinchi  marta  siyosiy  partiyalarning 

huquqlarini  aniq  va  ravshan  ko’rsatib  berildi:  “Siyosiy  partiyalar  quyidagi 

huquqlarga ega: 

- o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish o’z g’oyalari, maqsadlari 

va qarorlarini targ’ib qilish; 


30 

 

- saylab  qo’yiladigan  davlat  organlaridagi  o’z  vakillari  orqali  tegishli 



qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish

- qonunda  belgilab  qo’yilgan  tartibda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti, 

davlat hokimyati organlari saylovlarida ishtirok etish; 

- partiya  faoliyati  bilan  bog’liq  yig’ilishlar  konfrensiyalar  va  boshqa 

tadbirlarni o’tkazish; 

- qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  tartibda  ommaviy  axborot  vositalari 

ta’sis etish va boshqa OAV dan foydalanish; 

- O’zbekiston  Respublikasining  siyosiy  partiyalari  bilan  ittifoq  (blok)  tuzish 

ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish. 

Siyosiy  partiyalar  ushbu  qonunda  hamda  O’zbekiston  Respublikasining 

boshqa  qonunlarida  nazarda  tutilgan  o’zga  huquqlarga  ham  ega  bo’lishlari  ham 

mumkin


1

”. 


Fuqarolik  jamiyatining  muhim  belgilaridan  biri,  bu  –  davlatning  siyosiy 

institutlarida  turli  xil  fikrlarning  erkin  ifoda  qilinishiga  huquqiy  asoslar  yaratib 

berish,  shuningdek  huquqiy  davlat  fuqarolari  –  plyuralistik  siyosiy  madaniyatga 

ega  bo’lgan  shaxslarni  shakllantirishdir.  Shu  maqsadlarda  qonunning  13-

moddasida  Oliy  Majlisdagi  partiyaviy  fraksiyalarning  erkin  faoliyat  yuritishlari, 

ularning  hozirgi  davr  ilg’or  mamlakatlaridagi  me’yorlar  talablariga  muvofiq 

jamiyatning  siyosiy  rivojlanishiga  hissa  qo’sha  olish  darajasiga  ko’tarilishlarini 

huquqiy  jihatlardan ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O’zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisidagi  fraksiyalari  siyosiy  partiyalar  tomonidan 

ko’rsatilgan  deputatlarning  ta’sis  yig’ilishlarida  o’z  partiyalarining  siyosatini 

uyushqoqlik bilan o’tkazish uchun tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan 

tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro’yxatga olinadi. 

Siyosiy  partiyaning  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisidagi  fraksiyasi 

quydagi huquqlarga ega: 

- sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish; 

                                                 

1

 Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar. 



31 

 

- sessiya  kun  tartibidagi  har  bir  masala  bo’yicha  muzokaralarda  fraksiya 



vakiliga kafolatlangan so’z berilishi; 

- tegishli  ravishda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Raisiga  va 

O’zbekiston 

Respublikasining 

Hukumatiga, 

vazirlarga, 

boshqa 

davlat 


organlarining rahbarlariga so’rovlar bilan murojaat etish; 

- Oliy  Majlis  rahbarligiga,  qo’mita  va  komissiyalar  raisligiga  nomzodlar 

bo’yicha takliflar kiritish; 

- sessiyada  muhokama  qilinayotgan  masala  bo’yicha  fraksiya  fikrini 

deputatlar orasida tarqatish

- O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi  deputatlari  uchun  qonun  hujjatlarida 

nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish. 

Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi. 

Fraksiyaning  faoliyatiga  tashkiliy,  taxnikaviy  va  boshqa  xizmatlar  ko’rsatish 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibyati tomonidan ta’minlanadi”.

1

 

Shuningdek,  qonunda  siyosiy  partiyalarning  demokratik  tamoyillar  faoliyat 



asosida  faoliyat  ko’rsatishi  uchun  zarur  bo’lgan  barcha  huquqiy  asoslar  o’z 

ifodasini topdi.  

Jumladan,  qonunda  siyosiy  partiyalarni  tuzish,  partiyaga  a’zolik,  siyosiy 

partiya  faoliyatining  kafolatlari,  ustavi,  ro’yxatga  olish,  partiyalarning  mulkiy 

munosabatlariga 

doir 


barcha 

huquqiy 


maqomlarning 

mujassamlashgani 

O’zbekistonda  ko’ppartiyaviylik  tizimining  qaror  toptirishning  kafolatlaridan 

biriga aylandi. 

Mazkur qonunga binoan siyosiy partiyalar fuqarolarning demokratik irodalari 

shakllanishini  ta’minlash  uchun  erkinlik  huquqiga  ega  bo’ldilar,  partiyalarning 

o’zaro  huquqiy  tengligi,  shuningdek  ularning  jamiyat  oldidagi  mas’ulyati 

qonunlashtirildi. 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdagidek  1996  yil  26  dekabrda  Oliy  Majlis 

tomonidan “Siyosiy  partiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda 

siyosiy partiya tushunchasi, siyosiy partiyalarni tuzish va ularni faoliyat qo‘rsatish 

                                                 

1

 Siyosiy partiyalar to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so’zi” 1997-yil, 7-yanvar. 



32 

 

prinsiplari,  ular  faoliyatining  qafolatlari,  siyosiy  partiyalar  ustavi  va  dasturi, 



siyosiy  partiyalarga  a’zolik,  siyosiy  partiyalarni  ro‘yxatga  olish,  siyosiy 

partiyalarning  huquqlari,  siyosiy  partiyalarning  Oliy  Majlis  Qonunchilik 

palatasidagi fraksiyalari, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda 

mahalliy  hokimiyat  vakillik  organlarigi  partiyalar  guruxlari,  siyosiy  partiyalar 

mulki,  siyosiy  partiyalarni  mablag‘  bilan  ta’minlashga  oid  qoidalar  belgilangan. 

Qonunning  1-moddasida  siyosiy  partiyaga  ta’rif  berilib,  uni  quyudagicha 

izohlanadi:  “Siyosiy    partiyalar  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarini  qarashlar 

manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati vakillik 

organlarini  shakllantirishda  jamiyatning  muayyan  qismining  irodasini  ro‘yobga 

chiqarishga  intiluvchi  hamda  o‘z  vakillari  orqali  davlat  va  jamiyat  ishlarini  idora 

etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir.”

1

  



O‘zbekiston  Respublikasi  “Siyosiy    partiyalar  to‘g‘risida”gi  qonuni    ayrim 

yo‘nalishdagi  siyosiy partiyalarni tuzishni man etadi. Ular quyudagilar: 

Birinchidan, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qiluvchi, 

Ikkinchidan,  O‘zbekiston  Respublikasi  suveriniteti,  yaxlitligi  va  xavfsizligiga, 

fuqarolarning qonstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, 

Uchinchidan, urishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, 

To‘rtinchidan, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatigi tajovuz qiluvchi, 

Beshinchidan, milliy va diniy ruxdagi partiyalar. 

   

Bu  yo‘nalishlarni  ayrim  tadqiqodchilar  toraytirib  yoki  kengaytirib 



yuboradilar. Jumladan  I.Bekov o‘z ilmiy ishida bu ro‘yxatga kasbiy yo‘nalishdagi 

partiyalarni  ham  qonunchilikka  kiritishni  tavsiya  qilib,  bir  kasb  egalari 

manfaatlparini  ko‘zlaydigan  siyosiy  partiyalarning  jamoat  birlashmasidan  farqi 

qolmasligini dalil sifatida keltiradi.

2

 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ba’zi  buzg‘unchi,  mamlakatda  demokratik 



tuzumni ag‘darish bilan yo‘g‘rilgan g‘oyalarni ilgari suruvchi partiyalar faoliyatni 

                                                 

1

  O’zbekiston  Respublikasi    “Siyosiy    partiyalar  to’g’risida”gi  qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 



axborotnomasi.1997 yil 2-son. 36 bet. 

 

2



  I.Bekov  “Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasini  faoliyatida  siyosiy  partiyalarning  huquqiy  asoslari  .yu.f.n.  dis.. 

Toshkent.:  35-b. 



33 

 

ta’qiqlash  masalasiga  atroflicha  yondoshar  ekan  shunday  fikrlarni  bildiradilar: 



“Ayni  zamonda  mavjud  konstitutsiyaviy  hokimiyatni  kuch  bilan  ag‘darishni 

maqsad  qilib  olgan  partiyalar  va  harakatlar,  shuni  aniq  aytishim  kerak,  ta’qiqlab 

qo‘yilishi  kerak.  Respublikasi  chegaralari  daxlsizligi  va  xavfsizligiga  qarshi 

kurashuqchi,  fashizm,  irqchilik,  zo‘ravonlik,  milliy  va  diniy  nizolarni  targ‘ib 

qilivchi,  demokrat  erkinliklar  va  xalqning  ma’naviyatiasoslariga  tajovuz  qiluvchi  

xar  qanday  partiyalar  va  jamoat  harakatlari  qonunga  xilof  deb  e’lon  qilinishi 

lozim.”

1

  



Siyosiy partiyalar faoliyatda uning ustavi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har 

bir  partiya  ustavida  partiyaning  faoliyat  yo‘nalishi,  rejasi,  uning  siyosiy  taktikasi 

belgilangan  bo‘ladi.  Partiyalar  ustavlarini  shartli  ravishda  partiyalarning  pasporti 

deb  xisoblasak  bo‘ladi.  Chunki  Ustavda  partiyaning  nomi,  maqsad  va  vazifalari, 

partiyaning  tuzilishi,  partiya  a’zoligiga  qabul  qilish  va  undan  chiqish  shartlari, 

partiya  a’zolaring  huquq  va  majburiyatlari,  partiya  tashkilotlari  raxbpr 

organlarining  vakolatlari,  ularni  vakolatlari,  partiya  mablag‘lari  shakllantirish 

manbalari, partiya  rahbar  organi  manzili, partiya  faoliyatini  qayta  tashkil  etish  va 

tugatish,  shuningdek  partiya  faoliyatiga  oid  boshqa  ma’lumotlar  ko‘rsatiladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tish uchun ustav qabul 

qilingandan so‘ng bir oydan kechiktirmay zaruriy  hujjatlarni taqdim etadi. Adliya 

vazirligi  bir  oy  ichida  hujjatlarni  ko‘rib  chiqib  ro‘yxatdan  o‘tkazadi  va  partiyalar 

yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.  

Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 9-moddasida  siyosiy partiyalarni 

ro‘yxatga  olishni  rad  etish  tartibi  belgilangan,  unga  ko‘ra    “Agar    siyosiy 

partiyaning  ustavi,  maqsadlari,  vazifalari  va  faoliyat  uslubi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiya,  ushbu  qonunga  hamda  boshqa  qonun  hujjatlariga  zid 

bo‘lsa  yoki  oldinroq  xuddi  shunday  nomdagi  siyosiy  partiya  yoki  jamoatchilik 

harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.”

2

 



                                                 

1

  I.A.Karimov.Istiqlol  yo’li:  muommolar  va  rejalar//O’zbekiston  :  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura. 



Toshkent.1.-Tom., 1996.-17-b. 

2

  O’zbekiston  Respublikasi  “Siyosiy  partiyalar  to’g’risida”  gi  Qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 



axborotnomasi -1997. 2-son, 36 bet.

 


34 

 

Bundan tashqari Respublikada faoliyat yuritayotgan biror-bir siyosiy partiya  



O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiya,  siyosiy  partiyalar  to‘g‘risidagi  qonun  

yoki  O‘zbekiston  ustavini  buzgan  taqdirda    O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligi buzilgan normani xisobga olgan xolda partiyaning raxbar organiga yozma 

xabar yuborib bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agarda 

belgilangan  muddatda  davomida  buzilishlar  bartaraf  etilmasa,    Adliya  vazirligi 

yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudi  siyosiy  partiyaning  faoliyatining  olti  oygacha  to‘xtatib 

quyishi mumkin. 

Siyosiy  partiyaning  faoliyat  ushbu  holatlarda  butunlay  tugatiladi:  -

partiyalarning  o‘z  ustaviga  muvofiq  tarqalib  ketishi  orqali,  bu  haqda  partiya  oliy 

organi  uch  kunlik  muddat  ichida  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligiga 

xabar qiladi; 

        Partiyalar  siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi qonunning 3- moddasining ikkinchi 

qismida  nazarda  tutilgan  xatti-xarakatlarni  sodir  etgan  xollarda  yoki  o‘zfaliyati 

to‘xtatib  qo‘yilgandan  so‘ng  bir  yil  muddat  ichida  o‘sha  xatti  xarakatlarni  takror 

sodir  etgan  xollarda  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligining  O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  prokurorining  taqdimnomasiga  binoan  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  sudining  qarori  bilan.  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligining  siyosiy  partiyaning  faoliyati  to‘xtatilganligi  to‘g‘risidagi  qarori 

ommaviy axborot vositalaridagi e’loni siyosiy partiyalar faolitini yakunlaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  siyosiy  partiyalarning  rivojlanish  tarixida 

partiyalarning tugatilishi va birlashishi jaroyoni bir necha marta sodir bo‘ldi. Lekin 

ikki  palatali  professional  parlamentimiz  shakllangandan  beri  partiyalarning 

faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi holatlari sodir bo‘lmadi. Shu 

o‘rinda  “Siyosiy  partiyalar  to‘g‘risida”gi  qonunda  siyosiy  partiyalar  faoliyati 

vaqtincha to‘xtatilganda yoki tugatilgandagi Oliy Majlis Qonunchilik  palatasidagi 

fraksiya  huquqiy    xolati  ko‘rsatib  berilish  masalasi  ochiq  qoldirilgan.  Ushbu 

holatlar  sodir  bo‘lganda    siyosiy  partiya  fraksiyaning  qanday  tartibda  faoliyat 

yuritilishi qonunda aniq belgilab qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. 


35 

 

Shu o‘rinda  aytish  lozimki,  partiyalarning  ijtimoiy-siyosiy  xayotda  faoliyat 



ko‘rsatishlarining  kafolati,  bu  ularning  uzliksiz  moliyaviy  asoslarga  ega 

bo‘lishlaridir.  “Hozirgi  davr  qonunchiligi  siyosiy  partiyalar  faoliyatining  barcha 

yo‘nalishlaridagi  moliyaviy  mablag‘larini  aniqlashtirib,  ularning  partiyalar 

faoliyati  turlariga  qo‘ra  taqsimlanish,  partiyalarning  aniq  manbalardan  mablag‘ 

olish  shartlari  va  ishlatish  tartibini  huquqiy    jihatlarini  mustahkamlab  bermoqda. 

Bu  faoliyatdagi  turli  cheklovlarni,  ya’ni  xayriya  berish  me’yorlari  xarajatlar 

kabilarni  muvofiqlashtirishga  doir  huquqiy  asoslar  ishlab  chiqilgan.  Siyosiy 

partiyalar 

belgilangan 

shartlarni 

bajarmasliklari 

yoki 


ularni 

buzishlari  

huquqbuzarlik  sifatida  talqin  etilib,  partiyalarga  turlicha    to  ularni  tarqatib 

yuborishga qadar sanksiyalar berishning huquqiy amaliyoti ham o‘rnatilgan.”

1

 

Bugingi  kunda  Yevropa, Shimoliy  Amerika, Yaponiya,  Avstraliya, Janubiy 



Koreya  va  Hindiston  kabi  demokrat  mamlakatlarda  siyosiy  partiyalar  faoliyati 

kengayishi  va  bu  sohada  ularning  sarf-xarajatlari  yildan-yilga  kengayib  borishi 

natijasida  ularning  serqirra  faoliyatini  davlat  tomonidan  ta’minlash  muommolari 

kelib chiqmoqda. Partiyalarning rivojlanish tarixidan ma’lumki, partiyalar uzliksiz 

keladigan moliyaviy mablag‘larsiz o‘z  maqsadlarini to‘liq bajara olmaganlar. Shu 

munosabat bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari qonunchiligi partiyalarni davlat 

tomonidan  moliyalashtirishga  ahamiyat  bera  boshladi.  Demokratik  huquqiy  

mamlakatlar  qonunchiligiga  e’tibor  bersak,  siyosiy  partiyalarni  ta’minlashga 

bog‘liq uch xil yondashuvga guvoh bo‘lamiz. 

Birinchi  guruh,  partiyalarni  xususiy  mablag‘lari  ya’ni  partiyaga  kirish  va 

a’zolik badallari, partiya tadbirlaridan ( ko‘rgazmalar, ma’ruzalar  va boshqa mab.) 

olinadigan tushumlar va tadbirkorlik faoliyati va mulkdan keladigan daromadlar. 

Ikkinchi  guruh,  partiyalarni  qisman  moliyalashtirish.  Bunda  davlat    siyosiy 

partiyalarni ayrim faoliyatlarini moliyalashtiradi. 

                                                 

1

  M.Qirg’izboyev.  Uzbekiston  na  puti  grajdanskomu  obshestvu//O’zbekiston  fuqorolik  jamiyati  sari.  Sbornik 



statey.Otyured.: R.Alimov.- Toshkent.: Sharq . 2003. B-209. 

36 

 

Uchinchi 



guruh, 

partiyalarni 

davlat 

tomonidan 



moliyalashtirish.Bu 

moliyalashtirish    siyosiy  partiyalar  to‘g‘risidagi    hozirgi  davr  qonunchiligining 

asosiy tamoyillaridan biriga aylanmoqda.  

Respublikamizda  ham  siyosiy  partiyalarni  moliyaviy 

mustaqilligini 

mustahkamlash  maqsadida,  2004  yil  30  aprelda  “Siyosiy  partiyalarni 

moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi  qonun  ishlab  chiqildi.  Ushbu  qonunda  partiyalarni 

davlat tomonidan moliyalashtirish, partiyalarning moliyaviy manbalari va ularning 

qanday  foydalanishlari  to‘g‘risidagi  normalalar  kiritilgan.  Qonunning  2- 

moddasida  “Siyosiy  partiyalar,  agar  u  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 

Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston  Respublikasi Oliy 

Majlisi  Qonunchilik  palatasi  to‘g‘risidagi    O‘zbekiston  Respublikasi  qonuniniga 

muvofiq  Qonunchilik  palatasida  siyosiy  partiyalar  fraksiyani  tuzish  uchun  zarur 

miqdorda  deputatlik  o‘rinlarini  olgan  bo‘lsa,  o‘zining  ustavida  nazarda  tutilgan 

faoliyatni moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi”

9

 



deb belgilab qo‘yilgan. Demak mamlakatimizdagi qonunchiligi siyosiy partiyalarni 

davlat  tomonidan  moliyalashtirishni  sharti  sifatida  Oliy  Majlis  Qonunchilik  

palatasida fraksiya tuzish uchun zarur bo‘lgan deputatlik o‘rinlarini  

( 9 nafar) talab etadi.  

Saylov  yakunlariga    ko‘ra  zarur  deputatlik  o‘rinlariga  ega  bo‘lgan  siyosiy 

partiyalar ustavida nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan 

davlat  mablag‘larining  yillik  hajmi  shu  mablag‘lar  olinishi    uchun  mo‘jallangan 

yildan  oldingi  yilning  1  yanvar  holatida  belgilangan  eng  kam  ish  haqining  ikki 

foizini Qonunchilik  palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro’yxatiga 

kiritilgan  fuqarolar  soniga  ko‘paytmasi  o‘z  deputatlari  soniga  mutanosib 

belgilangan mablag‘lardir

1

. Bugunda mavjud siyosiy partiyalarimizning faoliyatini 



kengayib  turli  yangi  yo‘nalishlar  ochilayotganini  va  bozor  munosabatlariga 

tortilayotgani  sababli  ulaning  yanada  samarali  faoliyati  uchun  ushbu  moddadagi 

                                                 

O’zbekiston  Respublikasi  “O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasi  to’g’risidagi” 



Konstitutsiyaviy qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi. 2002 12-son, 215 bet 

 

 



 

37 

 

miqdorni ko‘paytirish lozim. Siyosiy partiyalarga bugungi kunda fuqarolar orasiga 



yanada  chuqurroq  kirib  borishi  va  boshqa  aniq  maqsadli  vazifalarining  amalga 

oshirish  uchun  davlat  mablag‘larining  yillik  hajmi  shu  mablag‘lar  olinishi    uchun 

mo‘jallangan  yildan  oldingi  yilning  1  yanvar  holatida  belgilangan  eng  kam  ish 

haqining  ikki  foizini  to‘rt  foizga  qadar  oshirilishi  maqsadga  muvofiq  deb 

hisoblayman.    

Shu  o‘rinda  siyosiy  partiyalarning  moliyalashtirishga  doir  ayrim 

cheklovlarga    ham  to‘xtalib  o‘tish  lozim.  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish 

to‘g‘risida”gi  qonunning  5-moddasida  siyosiy  partiyalarga  xayriya  yordamini 

cheklashga  doir  normalar  ko‘rsatilgan.Unga  ko‘ra  siyosiy  partiyalarga  pul  va 

boshqa ko‘rinishdagi mablag‘larni: 

- Chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari

- Xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari  

- Chet el investitsiyasi asosidagi korxonalar, 

- Chet el fuqarolari, 

-  Fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar

1

  tomonidan  berilishiga  yo‘l  qo‘yilmaydi. 



Qonunchilikdagi  bunday  cheqlovlarning  mavjud  bo‘lishi  siyosiy  partiyalarning 

ba’zi  xorijiy  “xayrixohlar”dan  halos  etib,  mamlakat  barqarorligi  va  mavjud 

hokimiyatning samarali faoliyati uchun zaruriy jarayondir. Oxirgi yillarda Ukraina, 

Gruziya  va  qo‘shni  Qirg‘izistonda  sodir  bo‘lgan  “rangli  inqiloblar”  da  asosiy 

harakatlanuvchi  kuchlar  turli  jamoat  tashkilotlari,  jumladan,  siyosiy  partiyalar 

ekanligi bu cheklovlarning mavjudligi ijobiy hol ekanligini isbotladi. 

“Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to‘g‘risida”gi  qonunining  13,  14 

moddalaridagi  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  va  jismoniy  shaxslarining 

xayriya  yordamlarining  miqdorini  ham  ko‘rib  chiqilishi  lozim.  Qonunda  siyosiy 

partiyaning yil davomida bir yuridik shaxs tomonidan olinadigan xayriya yordami 

yilning birinchi yanvardagi holatiga ko‘ra belgilangan eng kam ish haqining besh 

ming  barobaridan,  O‘zbekiston  Respublikasining  jismoniy  shaxslarining  xayriya 

                                                 

1

  “Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish  to’g’risida”gi  qonun.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  axborotnomasi 



2004. 5-son, 86- bet 

 


38 

 

yordamlarining  miqdori  besh  yuz  barobaridan  oshmasligi  belgilangan.  Ushbu 



miqdorni siyosiy partiyalar faoliyatini yanada faollashtirishni nazarda tutgan holda 

ikki  barobarga  O‘zbekiston  Respublikasining  yuridik  shaxslari  uchun  o‘n  ming 

barobargacha,  jismoniy  shaxslar  uchun  ming  barobargacha  oshirish  maqsadga 

muvofiqdir. 

Siyosiy partiyalarning moliyaviy jihatdan barqarorligining oshishi  ularning 

faoliyatining    jonlanishini,  raqobatdoshligini  oshiradi,  saylovlar  oralig‘idagi 

ishlash  mexanzlarinining  ham  takomillashishiga,  partiyalarning  joylardagi 

bo‘linmalarini  kengayishiga  olib  keladi.  Shu  bilan  birga  partiyalarning  yillik 

hisobotlariga jamoatchilikning e’tibori oshishiga xizmat qiladi. 

Ma’lumki  siyosiy  partiyalar  respublikamizda  jamoat  birlashmalari  sifatida 

ko‘rsatiladi.  Shu  o‘rinda  siyosiy  partiyalarning  jamoat  birlashmalaridan  farqli 

jihatlarini  anglab  olish  zarur.  Nemis  olimi  doktor  Raynxard  Krumm  bu  borada 

qarashlarni  bayon  etib,  “birinchidan  partiyalarni  nodavlat  notijorat  tashkilotlari 

bilan  aralashtirib  yubormaslik,  ikkinchidan  bir  semantik  tushuncha  ostida  siyosiy 

partiyalarning  har  xil  turlari  umumlashtirmasligi    uchun  ushbu  tushunchaning 

semantik doiralarini haddan tashqari toraytirib qo‘ymaslik zarur.”

1

  

Muallif  partiya  tushunchasi  quyudagi  mezonlarga  javob  berishini  nazarda 



tutadi:  jamoatchilik  fikrini  shakllantirishga  ta’sir  o‘tkazish,  tashkilish 

tuzulmalarning  ochiq  oshkoraligi,  jamoatchilikning    keng  qatlamlari  uchun 

ochiqlik  va  ular    bilan  o‘zaro  hamkorlik  qilishdan  manfaatdorlik.  Muayyan 

miqdorda partiya a’zolaring bo‘lishi kerakligi va nihoyat faqat saylov kompaniyasi 

davrida emas, faoliyati davomida faoliyatining tartibga solinishi.  

Mamlakatimiz  mustaqilligining  o‘tgan  davri  mobaynida  fuqarolik  jamiyati 

institutlari,  xususan,  siyosiy  partiyalar  demokratik  jarayonlarda  erkin  va  faol 

ishtirok etishi uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. 

Ma’lumki,  qonunchilikka  muvofiq,  siyosiy  partiya  O‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarolarining  qarashlar,  manfaatlar  va  maqsadlar  mushtarakligi  asosida  tuzilgan, 

                                                 

1

 Germaniyaning siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonuni.T.: Mas’ul muharrirlar A.Saidov, Raydrad  Krumm Inson 



huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi.2007.B-5. 

39 

 

davlat  hokimiyati  organlarini shakllantirishda  jamiyat  muayyan  qismining  siyosiy 



irodasini  ro‘yobga  chiqarishga  intiluvchi  hamda  o‘z  vakillari  orqali  davlat  va 

jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmadir. 

Siyosiy  partiyalar  faoliyatining  konstitutsiyaviy  kafolatlarini  ta’minlash  bilan 

bog‘liq  xalqaro  tajriba  tarixiga  nazar  tashlasak,  o‘tgan  asrning  50-yillariga  kelib 

Germaniya,  Fransiya,  Italiya  va  Yaponiya  kabi  davlatlar  Konstitutsiyalarida 

siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ilk qoidalar o‘z aksini topganini ko‘ramiz. 

Keyinchalik  konstitutsiyalarda  belgilangan  me’yorlarni  mustahkamlaydigan  va 

rivojlantiradigan  siyosiy  partiyalar  faoliyati  to‘g‘risidagi  alohida  qonunlar  qabul 

qilina boshladi. Xususan, bunday qonunlar Germaniyada (1967 yil), Portugaliyada 

(1974 yil), Avstriyada (1975 yil), Ispaniyada (1978 yil) va boshqa mamlakatlarda 

qabul qilindi. 

Taraqqiy  topgan  mamlakatlar  tajribasidan  kelib  chiqib,  respublikamizda  ham 

siyosiy  partiyalarning  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatidagi  huquqiy  asoslari 

shakllandi. 

Siyosiy 

partiyalarning 

davlat 

va 


jamiyat 

boshqaruvini 

demokratlashtirishdagi  rolini  kuchaytirish  maqsadida  konstitutsiyaviy  qonun,  bir 

necha qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy 

partiyalar «jamoat birlashmalari» sifatida e’tirof etiladi. Bosh Qomusimizning 58-

moddasi bilan esa davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari 

faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi Konstitutsiyaviy me’yor joriy 

qilingan. 

Siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi Konstitutsiyamizning 60-moddasida 

ifodasini topgan. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy 

irodasini ifodalaydi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari 

orqali  davlat  hokimiyatini  tuzishda  ishtirok  etadi.  Siyosiy  partiyalar  o‘z 

faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil 

qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. 

«O‘zbekiston  Respublikasida  jamoat  birlashmalari  to‘g‘risida»gi  qonun 

qabul  qilinishi  mamlakatimizda  siyosiy  partiyalar  faoliyati  yo‘lga  qo‘yilishida 


40 

 

muhim  huquqiy  asos  bo‘ldi.  1996  yil  12  dekabrda  bevosita  siyosiy  partiya 



tushunchasi,  faoliyatining  huquqiy  asoslari,  faoliyat  ko‘rsatish  prinsiplari, 

huquqlari  va  ular  faoliyatiga  tegishli  boshqa  me’yorlarni  belgilagan  «Siyosiy 

partiyalar  to‘g‘risida»gi,  shuningdek,  2004  yil  30  aprelda  siyosiy  partiyalarni 

moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «Siyosiy partiyalarni 

moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. 

Qonunchilikka  muvofiq,  ikki  palatali  parlamentning  shakllantirilishi  va 

Qonunchilik  palatasi  deputatligiga  nomzodlar  ko‘rsatish  huquqining  siyosiy 

partiyalarga berilishi siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat qurilishidagi o‘rni va 

rolini oshirishga sharoit yaratdi. 

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  siyosiy  partiyalar  davlat  organlari  shakl-

lanishi,  ayni  paytda,  faoliyati  demokratlashishi  jarayonida  faol  ishtirok  etmoqda. 

Bunda  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun,  shuningdek,  Mamlakatimizda  demokratik 

islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 

konsepsiyasi  asosida  ishlab  chiqilib,  qabul  qilingan  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish 

to‘g‘risida(78,  80,  93,  96  va  98-moddalariga)»gi  qonun  orqali  joriy  qilingan 

me’yorlarni hayotga izchil tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ma’lumki,  Konstitutsiyamizning  98-moddasiga  «O‘zbekiston  Respublikasi 

Bosh  vaziri  nomzodi  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 

palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng 

miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya 

tomonidan  taklif  etiladi»  degan  qoida  kiritildi.  Demak,  Qonunchilik  palatasiga 

o‘tkazilgan saylov jarayonida qaysi siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari va 

ularda  belgilangan  maqsad  va  vazifalar  saylovchilar  tomonidan  ko‘proq  qo‘llab-

quvvatlansa,  quyi  palatada  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  olgan  siyosiy  partiya 

yoki  teng  miqdordagi  eng  ko‘p  deputatlik  o‘rinlarini  qo‘lga  kiritgan  bir  necha 

siyosiy partiya hukumat rahbari, ya’ni Bosh vazir nomzodini taklif etish orqali o‘z 


41 

 

dasturlari  ijrosini  ta’minlash  imkoniga  ega  bo‘ldi.  Bu  mamlakatimizda  kuchli 



fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  jarayonida  siyosiy  partiyalar  faoliyatining  bevosita 

ta’siri kuchaytirilganligidan dalolatdir. 

«Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish 

to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonunga  muvofiq  siyosiy  partiyalarning 

Qonunchilik  palatasidagi  fraksiyalariga  Bosh  vazirni  iste’foga  chiqarish,  xalq 

deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlariga esa viloyat hokimlarini 

iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi siyosiy 

partiyalarning  mamlakat  hayotidagi  ta’sir  kuchi  yanada  ortishiga  qulay  sharoit 

yaratib berilganini ko‘rsatmoqda. 

O‘tgan  davr  mobaynida  siyosiy  partiyalar  faoliyatiga  aloqador  bir  necha 

qonunosti  hujjatlari  ham  qabul  qilindi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

«Jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  isloh  qilish  hamda 

modernizatsiyalash  maqsad  va  vazifalarini  amalga  oshirish  Dasturi  to‘g‘risida»gi, 

«O‘zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  institutlarini  rivojlantirishga  ko‘maklashish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarorlari,  shuningdek,  Vazirlar  Mahkamasining 

«Siyosiy  partiyalarning  ustavda  nazarda  tutilgan  faoliyatini  davlat  tomonidan 

moliyalashtirish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash  haqida»gi  qarori  shular 

jumlasidandir. 

Amalga  oshirilayotgan  ushbu  siyosiy-huquqiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarning  huquqiy  kafolati  mamlakatimiz  Konstitutsiyasida  mustahkamlab 

qo‘yilgan. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  xulosa  qilish  mumkinki,  demokratik 

tamoyillar  asosida  faoliyat  yurituvchi  siyosiy  partiyalarning  jamiyat  hayotidagi 

mavqei  oshib  borishi  mamlakatimizning  rivojlangan  davlatlar  qatoridan  munosib 

o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 

 

 


42 

 

II Bob. Demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda siyosiy partiyalarning 



o’rni va ahamiyati. 

2.1. O’zbekistonda davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirishda 

siyosiy partiyalarning o’rni va roli. 

Bugungi  kunda  demokratik  jarayonlarni  saylovlarsiz  tasavvur  etib 

bo‘lmaydi. Saylovlar  fuqarolarning eng muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biri 

bo‘lib, ushbu huquq orqali ular davlat boshqaruvida ishtirok etadilar va  fuqarolik 

faolliklarini  ko‘rsatadilar.  Saylovlarning  ahamiyati  to‘g‘risida  Prezidentimiz 

to‘xtalib o‘tar ekan quyudagi fikrlarni bildiradilar: “Saylovlar jarayonida har qaysi 

davlat  har  qaysi  jamiyat  xilma-xil  fikrlar,  odamlarning  xohish-irodasi  orzu 

umidlari ijtimoiy kayfiyatlari ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga har 

qanday  siyosiy  harakatlar  va  kuchlar  saylovga  tayyorgarlik  ko‘rishi  o‘z 

platformalarini  belgilab  olishi,  bularning  barchasi  tabiiy  holdir.  Bu  siz  o‘zi  hayot 

ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.”

1

  



    

Demokratik 

davlatning 

asosiy 


belgilaridan 

biri 


bu 

parlamentni 

ko‘ppartiyaviylik  tamoyili  asosida  tashkil  etilishidir.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  saylovlar  asosida  shakllanar  ekan,  bu  jarayon 

siyosiy  partiyalarning  ishtirokisiz  amalga  oshmaydi.  Siyosiy  partiyalarni 

parlamentni shakllantirishdagi ishtiroki ularning asosiy elektoral funksiyasi yo‘lida 

hizmat  qilib,  bu  uning  davlat  hokimiyatini  egallash  v  amalga  oshirish  uchun 

mo‘ljallangan  tashkilot  sifatidagi  mohiyatini  belgilab  beradi.  Demokratik 

jamiyatda  ushbu  maqsadga  faqatgini  qonuniy  yo‘l  bilan  erishish,  ya’ni  siyosiy 

partiyalarning  saylovlarda,  avvalambor,  markaziy  davlat  institutlarida  davlat 

boshlig‘i  va  parlamentni  shakllantirishda  qatnashishi  bilan  amalga  oshirilishi 

ko‘zda tutiladi. 

     

Respublikamiz  siyosiy  partiyalarining  Qonunchilik    palatasi  saylovlarida 



ishtiroki 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Oliy Majlisga saylov 

to‘g‘risida”gi    qonuni  bilan  kafolotlangan.  Ushbu  qonunning  1-moddasida 

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) besh yil 

                                                 

1

 Karimov.I.A.Biz o’z kelajagimizni o’zqo’limiz bilan quramiz.T.7.-Toshkent.:O’zbekiston .1995. 310-b 



43 

 

muddatga  saylanadigan  150  deputatdan  iborat.  Qonunchilik    palatasining  bir  yuz 



o‘ttiz  besh  deputati  hududiy  bir  mandatli  saylov  okruglari  bo‘yicha 

ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida 

yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi”

1

.  



    

Ushbu  qonunda  siyosiy  partiyalarning  Qonunchilik    palatasiga  nomzodlar 

ko‘rsatish  tartibi,  nomzodlarning  ro‘yxatga  olish  tartibi  va  saylov  jarayonlarida 

siyosiy  partiyalarga  teng  imkoniyatlar  yaratilishi  belgilandi.    Siyosiy  

partiyalarning  Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasiiga  sayloviga  oid    vakolatlarning 

eng  asosiysi  ularning  nomzodlar  ko‘rsatish  huquqiga  ega  ekanligidir.  Bunday 

vakolat O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (12 modda) va 

O‘zbekiston  Respublikasi  “Oliy  Majlis  saylov  to‘g‘risida”gi  (20  modda) 

qonunlarida mustahkamlangan.   

   


O‘tgan  yillar  davomidagi  saylovlarda  nomzodlar  ko‘rsatishga  doir 

qonunchilikdagi o‘zgartirishlarga e’tibor bersak, ular toboro siyosiy partiyalarning 

saylovlardagi  ishtirokini  mustahkamlab  borayotganiga  guvoh  bo‘lamiz.  Bu  holat 

siyosiy  partiyalarning  saylovlarda  haqiqiy  raqobat  olib  borishi  uchun  zamin 

tayyorlaydi. 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy 

Majlis saylov to‘g‘risida”gi qonuni 20- moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodlar 

ko‘rsatish  huquqiga  Qoraqolpog‘iston  Respublikasi  Jo‘qorg‘i  Kengesi,  Xalq  

deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari ham ega edi.

2

  

 



Siyosiy  partiyalarning  saylovlardagi  ishtiroki  etish  huquqi  2008  yil  25 

dekabrda  Prezidentimiz  tomonidan  yangi  “Saylov  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari 

takomillashgani  munosabati  O‘zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun 

hujjatlariga  o‘zgartirish  va  qo‘shimchchalar  kiritish  haqida”  gi  qonuniga  imzo 

chekishi    yanada  kengayishiga  olib  keldi.  Ushbu  qonunga  ko‘ra  saylov 

jarayonlarida  tashabbuskor guruhlarning ishtiroki bekor etildi.  

                                                 

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risidagi qonun  yangi  tahriri. O’zbekiston Respublikasi  Oliy 



Majlis axborotnomasi. 9-10 son,132 bet 

2

  O’zbekiston  Respublikasi  OliyMajlisiga  saylov  to’g’risidagi  qonuni  eski  tahriri.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 



Majlisining axborotnomasi.1994 yil, 1 son.6 bet 

44 

 

  



 Chunki  tashabbuskor  guruhlari  tomonidan  nomzodlar  ko‘rsatish  yildan-

yilga  takomillashib  borayotgan  ko‘ppartiyaviylik  tizimida  samarasiz  institutga 

aylanib  qoldi.  Bu  institut  bekor  qilingunga  qadar  bo‘lgan  oxirgi  saylovlarda 

mustaqil  deputatlar  siyosiy  partiyalar  bilan  raqobatlasha  olmadilar.  Mustaqil 

deputatlar  guruhlari  to‘g‘risida  professor  Akmal  Saidov  to‘xtalar  ekan,  o‘z 

fikrlarini  quyudagicha  bayon  etadi:  “parlament  saylovlari  shuni  ko‘rsatadiki, 

mustaqil nomzodlarning aksariyati saylovlarda qatnashish tajribasiga ega emaslar. 

Ularning  yetarli  darajada  yo‘lga  qo‘ygan  saylov  kompaniyasini  o‘tkazish 

mexanizmi  ham  yo‘q.  Siyosiy  partiyalar  bu  borada  ulardan  ustundirlar.  Mustaqil 

nomzodlarning  aksariyati  siyosat  bilan  yaqindan  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liq 

bo‘lmaganliklari uchun ularning professional siyosatchilar bilan raqobatlashishi va 

keyinchalik parlamentda o‘z manfaatlarini qat’iyatlik bilan himoya qila olishlarini 

qiyinlashtiradi”

1



   Mamlakatimiz  saylov  jarayonlarida  fuqarolar  tashabbuskor  guruhlari 

tomonidan  nomzodlar  ko‘rsatish  institutini  bekor  etilishi  siyosiy  partiyalar  uchun 

ham imkoniyat ham mas’uliyat sifatida baholashimiz mumkin.   

  

Yevropa  va  dunyoning  boshqa  rivojlangan  mamlakatlarida  davlat 



hokimiyatining barcha jabhalarida faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat arboblari 

partiyalardan yetishib chiqadi. AQSH da prezident  saylovlarida g‘alaba qozongan 

prezident  bo‘shab  qolgan  ikki  yarim  mingdan  ziyod    davlat  mansablarini 

aksariyatiga o‘z partiyasining tavsiyasi bilan kadrlarni tanlab oladi. CHunki ushbu 

shaxslar  partiyaviy  raqobatlar  natijasida  o‘zini  shaxsiy  va  ilmiy  salohiyatlarini 

ko‘rsatishga 

erishib, 

siyosiy 


jihatdan 

yetuk 


darajada 

tarbiyalanadi. 

Mamlakatimizning  mavjud  partiyalarida  ham  barcha  sohalarda  halol  raqobat  va 

munozaralar tizimli ravishda tashkil etilmasdan turib g‘oyaviy va siyosiy jihatdan 

yetuk arboblarni shakllantirish mumkin emas.  

Saylovoldi  tashviqoti  davrida  saylovchilarga  beriladigan  nomzodlar  va 

ularning dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning  aniq ravshan bo‘lishi zarur. Ular 

                                                 

1

A.X.Saidov.  O’zbekiston  saylov  tizimida  fuqorolarning  tashabbuskor  guruhlari.//  O’zbekiston  Respublikasi 



Markaziy saylov komisyasi axborotnomasi. Toshkent. 2004.№ 4.B-17 

45 

 

o‘z  dasturlarida  siyosiy,  iqtisodiy  masalalar  bilan  qatorda  ma’naviy-ma’rifiy 



dasturlarini ilgari surishlari lozim.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasiga  saylovlarda  

siyosiy  partiyalarning  muvaffaqqiyatli    ishtiroki  Qonunchilik  palatasidagi  

partiyalar  faoliyatiga  yo‘l  ochib  beradi.  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi faoliyatida siyosiy partiyalar ishtiroki esa har bir rivojlangan 

demokratik-huquqiy  davlat parlamentida siyosiy partiyalar faol ishtiroki  muqarrar 

bo‘lgani  kabi  tabiiy  va  muhim  hodisadir.  Chunki  siyosiy  partiyalar  siyosiy 

tizimning  markaziy  bo‘lagi  sifatida  ijtimoiy-siyosiy  tizim  yoki  hayotda  muhim 

o‘rin egallaydilar.”

1

  



Ko‘ppartiyaviylik tizimi amal qilayotgan davlatlarda parlament  har doim o‘z 

tarkibiga  ko‘ra  partiyaviy  xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Zero,  ushbu  holatda,  “siyosiy 

partiyalarsiz parlamentarizm qurib bo‘lmaydi” degan mashhur  qoida amal qiladi.  

Zotan  demokratik  huquqiy  davlatda  parlament  shakllanish  shakli  sifatida 

ko‘ppartiyaviylik  asosida    o‘tkazilgan  saylov  yagona  maqsadi  bo‘lgan  yo‘l 

bo‘lganidek,  parlament  tashkil  etilishi  va  faoliyatida  ham  siyosiy  partiyalar    va 

ularning birlashmalari o‘rni va ahamiyati  yuqori bo‘ladi. Demokratik davlat barpo 

etishda  siyosiy  partiyalarning  parlament  faoliyatidagi  ishtiroki  shaklini 

quyudagicha tasniflab, tadqiq etish maqsadga muvofiq: 

– siyosiy partiya vakillarining parlamentdagi faoliyati; 

– siyosiy 

partiya 


vakillari 

birlashmalari 

(deputalik 

birlashmalari, 

guruhlari,fraksiyalari) ning parlamentdagi faoliyati; 

Bir  necha  siyosiy  partiyalar  fraksiyalarining  birgalikdagi  faoliyati.  Bunda 

siyosiy    partiyalar  fraksiyalarining  blokka  birlashishi  qonunda  nazarda  tutilgan 

huquqlarini amalga oshirishda ularning mustaqilligi cheklab qo‘yilmaydi.

2

 

Hozirda  Respublikamizda    mavjud  siyosiy  partiyalar  2014  -  yil  21  -  



dekabrdagi  saylovlarda  18  million  400  ming  nafar  saylovchi  ishtirok  etdi. 

                                                 

1

 Ahmedov D.  Xorijiy mamlakatlarda siyosiy partiyalar va  partiyaviy tizim.Toshkent.: TDYuI, 2004. B-5 



2

I.Bekov  “Oliy  Majlis  Qonunchilik    palatasini  faoliyatida  siyosiy  partiyalarning  huquqiy  asoslari  .yu.f.n. 

dissertatsiya  

 


46 

 

Ma’lumotlarga  ko’ra,  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasiga  135  saylov 



okrugining  113  tasida  deputatlar  saylandi.  Xususan  Tadbirkorlar  va 

ishbilarmonlar  harakati  –  O’zbekiston  Liberal  demokratik  partiyasidan  47 

nafar,  O’zbekiston  “Adolat”  sotsial  demokratik  partiyasidan  17  nafar, 

O’zbekiston  Milliy  tiklanish  demokratik  partiyasidan  28  nafar,  O’zbekiston 

Xalq  demokratik  partiyasidan  21  nafar  deputat  saylandi.  Ekologik 

harakatdan 15 nafar deputat saylandi. Qonunchilikka ko’ra, 50 foizdan ortiq 

ovoz  to’plagan  nomzod  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  eng  ko’p 

deputatlik  o’rnini  olgan  siyosiy  partiya  tomonidan  taklif  etiladi.  Bu  siyosiy 


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling