Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.12.2020
Hajmi0.84 Mb.
#162265
  1   2   3
Bog'liq
milliy goya va manaviyat asoslari mashgulotlarida elektron darsliklardan foydalanish usullari


 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI   

 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI  

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI 

 

 

MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI 

YO‘NALISHI  II KURS TALABASI   

KAMOLOV NEMATULLO OTABEK O‘G‘LI 

REFERAT 

MAVZU: 

Milliy g`oya va ma`naviyat 

asoslari   fanini o`qitishda 

ko`rgazmalilik metodlari 

 

 

 

 

 

 

Tekshirdi:                                            S.S. Raupov

 

 

 



 



 



 

 

Buxoro – 2016 

Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari   

fanini o`qitishda ko`rgazmalilik 

metodlari 

 

 

 

Kirish 

Reja:  

1.   Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari   fanini o`qitish metodlari va 

usullaridan unumli foydalanishi 

2.  Milliy  g’oyani  o’qitish  metodlari  klassifikatsiyasi:og’zaki 

bayon,hikoya, 

monolog, 

dialog,suhbat,syujetli 

hikoya 


metodlarini 

o`zlashtirishi. 

3.    Fanning  o’qitishning  dolzarb  mavzularini  zamonaviy  metodlar 

bilan o’zaro aloqadorlida o`rgatish. 



Xulosa  

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Kirish 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  keyin  mamlakatimizda 

huquqiy demokratik davlat qurish va jaxon hamjamiyatidan rivojlangan davlat sifatida 

o'rin  olish  vazifasi  qo'yildi.  Albatta  yurtimizda  jaxon  talablariga  moskeladigan  har 

tamonlama  rivojlangan,  o'z  kasbini  puxta  egallagan,  vatanparvar  fidoyi  insonlarni 

tarbiyalab  etishtirishda  ta'lim  muassasalarida  o'qitishni  yanada  yuksak  bosqichga 

ko'tarish, uning tarbiya bilan uyg'unligini ta'minlash katta ahamiyatga ega. 

Xalq  ta'limi  yangicha  sharoitlarda  o'z  ishini  nihoyatda  sekinlik  bilan  qayta 

qurmokda.  Jaxon  bozoridagi  integratsiya,  ilmiy  -  texnikaviy  taraqqiyot  sur'atlari  xalq 

ta'limining  barcha  bo'g'inlari  o'rtasidagi  o'zaro  aloqalarni  mustahkamlashni  talab 

etmokda.  Binobarin,  bu  hol  tarbiya,  ta'lim,  siyosiy  va  kasbiy  tayyorgarlik  masalalarini 

hal etishga jamuljam yondoshishni taqoza etmoqda.” 

Shuningdek I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat engilmas kuch” asarida ta'lim 

-  tarbiyaning  ahamiyati  haqida  quyidagicha  yoziladi:  “Kelajagimiz  poydevori  bilim 

dargohlarida  yaratiladi,  xalqimizning  ertangi  kuni  qanday  bo'  lishi  farzandlarimizning 

bugun  qanday  ta'  lim  va  tarbiya  olishiga  bog'liq.  Buning  uchun  har  qaysi  ota  -  ona, 

ustoz  va murabbiy har bir bola timsolida avvalo  shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy 

talabdan  kelib  chiqqan  holda  farzandlarimizni  mustaqil  va  keng  fikrlash  qobiliyatiga 

ega  bo'lgan,  ongli  yashaydigan  komil  insonlar  etib  voyaga  etkazish  -  ta'lim  -  tarbiya 

sohasining  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo'  lishi  lozim,  deb  qabul  qilishimiz  kerak.  Bu 

esa ta' lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi”.

1

 



                                                 

1

 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch. T., O'zbekiston, 2008 



 

 

Shu  sababli  mustaqillikning  dastlabki  yillaridayok  sho'ro  xokimiyati  yillarida 



oyoq osti kilingan ma'naviyatimizni tiklash bosh vazifa kilib ko'yildi. 1992 yil iyulida, 

xali mustakillikka bir yil to'lmasdan turib yurtboshimiz “asrlar mobaynida boshka erga 

qaram bo'lib kelgan o'zbek xalkining iqtisodiy va ma'naviy ravnaq topishini ta'minlash - 

mustaqil O’zbekiston Respublikasining oliy burchi deb e'lon qildi”. 

Xar  bir  jamiyatning  ijtimoiy  -  iqtisodiy,  madaniy  taraqqiyoti  bevosita  uning 

ma'naviy  -  axloqiy  negizlarining  rivojlanishi  bilan  bog'liqdir.  Yurtboshimiz 

“O’zbekistonni  yangilash  va  rivojlantirishning  o'z  yo'li  to'rtta  asosiy  negizga 

asoslanadi.  Bu  negizlar:  umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqlik;  xalkimizning  ma'naviy 

merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon 

kilish, va vatanparvarlik” deb ko'rsatgan edi. 

Ma'naviyat soxasida belgilangan maqsadlarni amalga  oshirish uchun o'tgan davr 

ichida  mamlakatimiz  rahbariyati  tamonidan  juda  katta  ishlar  amalga  oshirildi.  1994 

yilda  Prezidentimizning  “Istiqlol  va  ma'naviyat”  to'plami  chop  etildi.  1994  yil  23-

aprelda Prezident tamonidan “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini 

yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Farmon e'lon kilindi.

2

 



1997  yil  29-avgustda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX  - 

sessiyasida  qabul  qilingan  “Ta'lim  to'g'risida”gi  Qonun  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”  da,  shuningdek  1999  yil  3-  centyabrdagi  “Respublika  ma'naviyat  ma'rifat 

kengashini  qo'llab-quvvatlash  to'g'risida”gi  Prezident  farmonidagi  xalqimizning 

ma'naviyati  masalasiga,  yoshlarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruxida 

tarbiyalashga juda katta ahamiyat berildi. 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta'limni islox qilish yo'nalishlarida 

“  milliy  mustaqillik  printsiplari  va  xalqning  boy  intelektual  merosi  hamda 

umumbashariy  qadriyatlarning  ustuvorligi  asosida  ta'limning  barcha  darajalari  va 

bo'g'inlarida  ta'lim  oluvchilarning  ma'naviy  va  axloqiy  fazilatlarini  rivojlantirish” 

alohida belgilab qo'yildi. 

Bu  masalani  o'ta  muhimligini  hisobga  olib  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

                                                 

2

 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz». T., O'zbekiston», 2000. 



 

 

Maxkamasining  1998  yil  24-iyulda  “Ma'naviy  -  ma'rifiy  islohotlarni  yanada 



chuqurlashtirish  va  uning  samaradorligini  oshirish  chora  tadbirlari  to'g'risida  ”  maxsus 

qarori  qabul  qilindi.  Bu  xujjatlarga  binoan  Respublika  Oliy  va  o'rta  maxsus  ta'lim 

vazirligi 1997 yildan boshlab barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida “Ma'naviyat 

va ma'rifat asoslari” maxsus kursini o'qitish to'g'risida qaror qabul qildi. 

Yuqorida  keltirilgan  faktlar  yoshlarimizning  ma'naviy  kamolati  masalasi 

haqiqatan  xam  dolzarb  vazifa  ekanligini  ko'rsatadi.  Prezident  Islom  Karimov  2000  yil 

22-yanvarda  bo'lib  o'tgan  Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

birinchi  sessiyasida  jamiyatimiz  taraqqiyotining  yaqin  kelajakdagi  maqsad  va 

vazifalarini  ko'rsatib  berdi.  U  o'z  nutqida  jamiyat  rivojining  etti  asosiy  yo'nalishini 

birma-bir  tavsiflab,  ularning  yaqin  istiqboliga  qaratilgan  maqsad  va  vazifalarini 

aniqladi. 

 

 

Mavzuning  dolzarbligi:  Mamlakatimizda  yuz  berayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlar,  xalq  ta'limi  tizimida  bo'layotgan  o'zgarishlar  “Ta'lim  to'g'risida”gi 

Qonunda  hamda  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  ko'rsatib  o'tilganidek  xar  bir 

maktab  o'qituvchisi  yoki  kasb-xunar  kolleji  o'qituvchisi  oldiga  muxim  vazifa 

qo'yilmoqda.  Bu  vazifalar  ta'lim  uchun  xos  bo'g'inlarni  ajratish  imkonini  beradiki,  bu 

bo'g'inlar  xilma-xil  o'quv  fanlari  dasturlarida,  o'quv  rejalarida,  darsliklarda  ta'limning 

joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin.

3

 



Davlat  ta'lim  sandartlarining  aniq  o'quv  fani  bo'yicha  emas,  balki  ta'lim  soxalari 

bo'yicha  ishlab  chiqilishi  o'quv  fanlarini  variativ  tanlash  asosida  o'quv-metodik 

majmualar  (dastur,  o'quv  rejasi,  darsliklar)  ni  yaratish  uchun  keng  imkoniyatlar  ochib 

beradi, shuningdek, o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili 

asosida  o'quv  fanlarining  ichki  bog'liqligi  va  fanlararo  aloqasini  ta'minlashga  xizmat 

qiladi. 


 

Mavzuning  maqsadi  va  vazifalari:  “Milliy  istiqlol  g`oyasi  va  ma`naviyat 

                                                 

3

 Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. T., 1994 



 

asoslari ”o'qituvchisining metodik tayyorgarligi deyilganda biz buni ilmiy dunyoqarash 



asosida  fanlarni  o'qitish  metodikasini  umumiy  pedagogik-psixologik  va  ijtimoiy 

tayyorgarlik  bilan  uzviy  bog'lanishda  tayyorlanishni  tushunamiz.  Bunday  tayyorlanish 

vazifasiga “Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari” fani sohasida malum bilim va 

o'quvlarni egallash va bolalarni o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi.

4

 

 



Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari   fanini o`qitish metodlari va 

usullaridan unumli foydalanishi

 

Ta’lim  berish,  har  bir  mavzuning  mag’zini  talabalar  ongiga  yetkazish  mahorati 

o‘qituvchidan ko‘p izlanishni, ko‘p mutolaa qilishni talab kiladi. Bilim  ummoniga boy 

bo‘lgan  ustozgina  mavzuni  mag’zini  talabalar  ongiga  mohirona  yetkaza  oladi. 

Mavzuning maqsadiga karab, ta’lim metodlarini tanlay biladi. 

Ta’limning,  o‘qitishning  vazifasi  fuqarolar,  yoshlarning  eng  asosiy 

Konstitutsiyaviy  huquqlaridan  biri  bo‘lgan  har  bir  kishining  aqliy-amaliy 

imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarish,  ijodiy  qobiliyatlarini  namoyon  etish,  intellektual 

jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xoxlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu 

sohada  baxtiyor  faoliyat  ko‘rsatish  uchun  moddiy-ma’naviy,  tarbiyaviy-didaktik  shart-

sharoit  yaratishdan  iboratdir.  Bu  umumiy  vazifadan  ta’limning  har  bir  bo‘gini,  turi  va 

bosqichlarining o‘ziga xos vazifalari kelib chiqadi.  

Tа’limdа 

izchilikkа 

riоya 

qilib 


o’qitish 

lоzim, 


tоki 

bugun 


o’rgаnilgаn   bilimlаr 

kеchа 


o’rgаnilgаnlаrni 

mustаhkаmlаsin, 

ertаgа 

o’rgаnilаdigаnlаrgа  zаmin hоzirlаnsin.     



 O’qitish  mеtоdlаri  bilimlаrni  bеrish    usullаri  sifаtidа  qаrаlаdi  vа  tаlаbаlаrning  

ilmiy  bilish  fаоliyatigа  rаhbаrlik  qilishgа  qаrаtilgаn  bo’lаdi  hаmdа  o’quv  jаrаyonidа  

pеdаgоgning  tаlаbаlаrgа  tа’sir ko’rsаtishini  shаkllаtirаdi. 

    O’rgаnish  mеtоdlаri    bilim,  mаlаkа  vа  ko’nikmаlаrni  ijоdiy  egаllаshgа  

hаmdа    mеtоdik  vа  g’оyaviy    -  siyosiy  e’tiqоdlаrni    ishlаb  chiqishgа  qаrаtilgаn  

tаlаbаlаrning ilmiy bilish fаоliyati usuli sifаtidа bеlgilаnаdi. 

                                                 

4

 «Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida» 



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. T. 1996 yil sentyabr'. 

  


 



   O’qitish  mеtоdi    “o’qitishning  mаqsаdi  –  mаzmuni,  mеtоdi,  shаkli, 



usullаri”tizimidа muhim o’rin egаllаydi.  

      Mеtоd  dеgаndа,  tа’limdа  mаqsаdgа  erishish,  mаsаlаlаrni  hаl  qilish  yo’llаri, 

usullаri  tushunilаdi.  O’qitish  mеtоdi  tаrkibidа  usullаr  аlоhidа  аjrаlib  turаdi.  Usul 

mеtоdning unsuri bo’lib, uning tаrkibiy qismi, mеtоdni аmаlgа оshirishdа bir mаrtаginа 

qullаnаdi vа аlоhidа qаdаm hisоblаnаdi. 

  O’qitish mеtоdi – murаkkаb, ko’p qirrаli, ko’p sifаtlаrgа eа bo’lgаn tа’limdir. 

    O’qitish  mеtоdidа  o’qitishning  оbyеktiv  qоnuniyatlаri,  mаqsаdlаri,  mаzmuni, 

tаmоyillаri,  shаkllаri  o’z  аksini  tоpаdi.  Mеtоdlаr  bоshqа  didаktik    kаtеgоriyalаrgа 

diаlеktik  bоg’liq    vа  biri  bоshqаlаrini  tаqоzо  qilаdi,  ya’ni  o’qitishning  mаqsаdi, 

mаzmuni,  shаkli  hоsilаsi    sifаtidа    mеtоdlаr  didаktik  kаtеgоriyalаrgа  аks  tа’sir  

ko’rsаtаdi. 

    O’qitish  mеtоdlаrining  ko’p  o’lchоvliligi  ulаrning  ko’plаb  tаsnifini  kеltirib 

chiqаrаdi. 

   O’qitish mеtоdlаri tаsnifi – muаyyan bаlgilаr аsоsidа tаrtibа sоlingаn tizimdir. 

   Eng аsоslаngаn o’qitish mеtоdlаri tаvsiflаrigа quyidаgilаr kirаdi: 

1.Аn’аnаviy  mеtоd  .Hоzirgi    dаvrdа  ulаrdаn  bеshtаsi  inоbаtgа  оlinаdi: 

аmаliy, ko’rgаzmаli, ifоdаli, kitоb bilаn ishlаsh vа vidео mеtоdlаr.  



      2. Mаqsаdigа ko’rа mеtоdlаr tаsnifi. 

-bilimlаrni egаllаsh; 

 

- mаlаkа vа ko’nikmаlаrni shаkllаntirish; 



-bilimlаrni qo’llаsh; 

-ijоdiy fаоliyat; 

-mustаhkаmlа mеtоdlаri; 

-bilim, mаlаkа vа ko’nikmаlаrni tеkshirish mеtоdlаri



3. Idrоk  etish – bilish fаоliyati хаrаktеrigа ko’rа mеtоdlаr tаsnifi:  

-  tushuntirish  –  illyustrаtiv  (  ахbоrоt  –  rеtsеptiv).  Ulаrning  хаrаktеrli 

хususiyatlаri;  bilimlаr  “tаyyor  hоldа”  tаvsiya  etilаdi;  bu  bilimlаrni  idrоk  qilish  tаshkil 

etilаdi; bilimlаr  idrоk  (rеtsеpsiya) qilinаdi vа tushunib оlinаdi, хоtirаgа jоylаshtirilаdi; 


 

-rеprоduktiv  mеtоd:  bilimlаr  tаyyor  hоldа  tаvsiya    etilаdi,  bilim  nаfаqаt  bаyon 



qilinаdi, bаlki tushuntirilаdi; bilimlаr оngli o’zlаshtirilаdi; ulаrning tushunilishi vа eslаb 

qоlinishigа erishilаdi hаmdа bilimlаrning mustаhkаmligi tеz – tеz tаkrоrlаsh  yo’li bilаn 

tа’minlаnаdi. 

-muаmmоli bаyon qilish mеtоdi; 

-qismаn  ijоdiy  (evristik)  mеtоd.  Bilim  tаyyor  hоldа  tаvsiya  etilmаydi,  bаlki  u 

mustаqil  rаvishdа  egаllаnаdi;  yangi  bilimlаrni  qidirish,  izlаsh  tаshkil  etilаdi;  bilish 

vаzifаlаri  bo’yichа  mustаqil  fikr  yuritilаdi,  muаm-  mоli  vаzifаlаr    yarаtilаdi  vа  hаl 

qilinаdi; 

 tаdqiqiy  mеtоd.  Bundа  muаmmо  bеlgilаb  оlinаdi,  muаmmоning  tаdqiqоti 

jаrаyonidа bilim egаllаnаdi . 



4. Didаktik mаqsаdi bo’yichа quyidаgilаr fаrqlаnаdi: 

- ilk bilimlаrni o’zlаshtirish mеtоdlаri; 

-egаllаngаn bilimlаrni mustаhkаmlаsh vа tаkоmillаshtirish mеtоdlаri

-olinishi  zаrur  bo’lgаn  nаtijаni  оldindаn  tахmin  kilish  (mаksаdni  аmаlgа 

оshirishgа erishish); 

 -tа’lim jаrаyonining yaхlitligini tа’minlаsh; 

- muntаzаm tаhlil kilib bоrish.

5

 

    “Mа’nаviyat  аsоslаri”  fаnini  o’qitish  mеtоdikаsidа    o’qitish  vа  o’rgаnish 

mеtоdlаri  quyidаgi  guruhlаrdаn  ibоrаt kеng  tаrqаlgаn  tаsniflаrgа  bоrib tаqаlаdi. 

    1.Bilimlаrni  bеrish,  idrоk  etish  vа  o’zlаshtirish  hаmdа    e’tiqоdni  

shаkllаntirishni    tа’minlоvchi  mеtоdlаr.  Mеtоdlаrning  bu  guruhigа    lеktsiya, 

tаlаbаlаrning  mustаqil  ishlаri,  mustаqil  tаhsil  оlish  bo’yichа    ishlаr,    mаslаhаtlаr, 

ko’rsаtmа bеrish, оmmаviy ахbоrоt, prоgrаmmаlаshtirilgаn  mаtеriаllаrni  idrоk etish vа 

bоshqаlаr kirаdi.  

   2.  Bilimlаrni  tаtbiq    etish  vа  mustаhkаmlаsh,  mаlаkа  vа  ko’nikmаlаrni    hоsil 

qilish  hаdа  e’tiqоdni    chuqurlаshtirish  mеtоdlаri.  Bu  guruhgа    sеminаr,  аmаliy  vа 

lаbоrоtоriya  mаshg’ulоtlаri,  nаzоrаt  ishlаrini  bаjаrish,  o’quv  vа  pеdаgоgik  аmаliyot 

kirаdi. 

                                                 

5

 M.Lafasov.F.M.Satarova.H.D.Norqulov.”Ma’naviyat asoslarini o’qitish metodikasi” Toshkent 2009  62-63b 



 

   3.  Bilimlаr,  e’tiqоdlаrni    shаkllаntirish  vа  tаlаbаlаrning    kаsbiy  tаyyorgаrligini 



аniqlаsh  mеtоdlаri.  Bu  o’quv  jаrаyonining    rеyting  bаhоlаri,suhbаt  o’tkаzish,  kurs  vа 

diplоm ishlаri  lоyihаlаri hаmdа  dаvlаt аttеstаtsiyasi  nаtijаlаrini  bаhоlаshdir.  

  Didаktikаgа  оid  аdаbiyotlаrdа    o’qitish  mеtоdlаrining  quyidаgi  bоg’liqliklаri 

qаyd qilinаdi: 

-  birinchidаn,  o’quv  mаshg’ulоtlаrining  didаktik  mаqsаdlаri  vа    vаzifаlаrigа  

bоg’liq; 

-  ikkinchidаn, bаyon qlinаdigаn mаtеriаlning  хаrаktеrigа  bоg’liq;  

-  uchinchidаn, tа’lim оluvchilаrning bilimi vа rivоjlаnish dаrаjаsigа bоg’liq; 

-  to’rtinchidаn,  o’quv  jаrаyonidа  o’rgаnilаyotgаn   fаn  аsоslаrining  muаyyan 

(hоzirgi) dаvrdаgi mеtоdlаrigа bоg’liq; 

-  bеshinchidаn, оliy o’quv yurti yoki kаfеdrаning shаrоitlаrigа bоg’liq; 

-  оltinchidаn, o’quv jаrаyonining  mоddiy – tехnik  tа’minоti bilаn bоg’liq; 

-  еttinchidаn,  o’qituvchining    pеdаgоgik  mаhоrаti,  uning  tаyyorgаrligi    vа 

o’quv  jаrаyonini  tаshkil  etish  dаrаjаsi  hаmdа  o’qituvchining  hоzirgi  zаmоn 

mеtоdlаri bo’yichа bilimlаrigа bоg’liq.  

 

Metod  (lotincha-metodos-yo‘l  so‘zidan)  tadkikot  yo‘li,  nazariya,  ta’limot  deb 



tarjima  qilinadi.  Ilmiy  tushuncha  sifatida  “metod”  so‘zi  keng  ma’noda  muayyan 

maqsadga  erishish  yo‘lini,  tor  ma’noda  -  tabiat  va  ijtimoiy  hayot  hodisalari  va 

qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.  

Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: 

1. So‘z orqali ifodalash usuli. 

2. Ko‘rgazmalilik usuli. 

3. Amaliy, namuna usuli. 

4. Rag’batlantirish va jazo usuli. 

Yuqoridagi metodlar (usullar) o‘z navbatida quyidagi guruxchalarga bo‘linadi: 

Birinchi guruh - so‘z orkali uzatish, maslaxat berish, ma’lumotlarni eshitish orkali 

kabul kilish, xikoya, ma’ruza, suxbat va boshka usullarga; 


 

10 


Ikkinchi  guruh  -  kinofilmlar,  tasviriy  san’at,  badiiy  san’at  va  boshka  ko‘rish 

orkali tarbiyalash usullariga; 

Uchinchi guruh - tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orkali berish. 

o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko‘rsatish; 

To‘rtinchi  guruh  -  o‘quvchi-talabalarning  yaxshi  bajargan  ishlarini,  o‘rtoqlari 

oldida  yoki  ota-onalar  majlisida  ma’qullash,  minnatdorchilik  bildirish,  iqtisodiy 

yordam,  stipendiyalarini  oshirish,  maqtov  yorliqlari  topshirish.  Suratlarini  hurmat 

taxtachasiga yopishtirish va boshka og’zaki, ”raxmat”, ”barakalla” kabi rag’batlantirish 

usullarini kiritish mumkin

6



Ta’lim  berish,  har  bir  mavzuning  mag’zini  talabalar  ongiga  yetkazish  maxorati 

o‘qituvchidan  ko‘p  izlanishni,  ko‘p  mutola  kilishni  talab  kiladi.  Bilim  ummoniga  boy 

bo‘lgan  ustozgina  mavzuni  magzini  talabalar  ongiga  moxirona  yetkaza  oladi. 

Mavzuning maksadiga karab, ta’lim metodlarini tanlay biladi. 

Ta’lim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o‘tish, o‘quvchilarni hayotda 

o‘z  o‘rnini  topishga,  ongning  shakllanishiga  katta  asos  bo‘lib  xizmat 

qiladi.O‘qituvchining ma’lum fan ilmini o‘quvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu 

o‘quvchilarni  bo‘lgusi  hayot  yo‘llarini  tanlashda  muhim  ahamiyatga  ega.  Oldin  bayon 

qilganimizdek,  ta’limning  moxiyati  inson  kamolotini  shakllantirishga  xizmat  kiladi. 

Ta’lim  metodi  ta’limning  maqsadi  va  vazifalariga  bog’liq.  Metodlar  o‘quvchilarning 

yoshiga,  ta’limning  mazmuniga  va  funksiyasiga  qarab  tanlanadi.  O‘qituvchi  o‘zining 

shaxsiy  sifatlari:  komilligi  bilan  talabalarga  o‘rnak  bo‘lishi,  ta’limiy  maksad  bilan 

tarbiyaviy  maksad  mutanosibligi,  fan  asoslari  va  g’oyalarini  chukur  bilishi  bilan 

talabalarga o‘rnak bo‘lishi talab kilinadi. 

Bunday o‘qituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak ekanligini 

idrok  qilib  beradilar.  Nazariy  bilimlar  amaliyotga  ko‘chirilganda,  uni  aniq  his  qilib, 

tasavvur  qilib  o‘zlari  amalda  bajaradilar,  masalalar  yechadilar.  So‘ngra  bilimlari 

mohiyatini tushunib oladilar. Shu mavzu bo‘yicha aniq ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Shu 

asnoda  boshqa  fanlardan  ham  bilim  olish  va  amaliy  mashg’ulotlar  evaziga  ularda 

ko‘nikmalari boyib boradi. 

                                                 

6

 O.J.Suyunov.”Pedagogika”ma’ruzalar matni   Samarqand 2008  77-b 



 

11 


Talabalar  o‘zlashtirib  olgan  bilimlarini  imkoniyatlariga  qarab  sekin-asta 

amaliyotga qo‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan muloqotda, ularga bilim berish 

jarayonida  o‘qituvchi  ta’lim-tarbiya  jarayonini  samarali  boshqarishi  lozim.  Ta’lim-

tarbiya  jarayoni  uzviy  jarayondir.  Ta’lim  berish  jarayonida  tarbiyalayotganligimizni 

unutmasligimiz  lozim.  Suxandonlik,  kinoyasiz  so‘zlash,  o‘qituvchiga  xos  kiyinish 

etikasi,  fikrni  erkin  bayon  kilish  va  uni  tamasiz  yetkaza  olish  xususiyatlari  o‘quvchilar 

uchun  amaliy  ko‘rgazma  ekanligini  unutmaslik  kerak.  Ta’lim  berishda  o‘qitish 

metodlari asosiy o‘rinni egallaydi. 

Ta’limning rag’batlantirish metodlari: 

1. Ta’limga qiziqishni rag’batlantirish metodi. 

2. Ta’limga burch va mas’uliyatini rag’batlantirish metodi. 

Mа’nаviyat   аsоslаri  fаnini    o’qitish   mеtоdikаsi   tа’lim   jаrаyoni  bilаn   bоg’liq  

bo’lgаn  quyidаgi  uch  sаvоlgа  jаvоb  bеrаdi: 

1. Nimа  uchun  mа’nаviyatni  o’rgаnish  kеrаk? 

2. Mа’nаviyatdаn  nimаlаrni  o’rgаnish  kеrаk? 

3.Mа’nаviyatni  kаndаy  tushunish  kеrаk? 

 Mа’nаviyat  аsоslаri  fаnini  o’qitish  mеtоdikаsi  hоzirgi  zаmоn  tа’lim  jаrаyonidа 

kаttа  o’rin  tutib,  eng  аvvаlо  tаlаbа  o’kuvchilаrni  umumiy  tizimdа  o’qitish  vа 

tаrbiyalаsh vаzifаsini qo’yadi Mа’nаviyat аsоslаrini o’qitish mеtоdikаsi tа’lim bеrishdа 

ijtimоiy-gumаnitаr fаnlаrning mаzmuni bilаn bоg’lаb o’qitishni nаzаrdа tutаdi.  

     Mа’nаviyatni  o’qitish    mеtоdikаsidа  аqliy  tаrbiya  shахsni  hаyotgа  vа 

mеhnаtgа tаyyorlаshning muhim jihаti  sifаtidа bеlgilаnаdi. Uning mоhiyati shundаki, 

intеllеktuаl    fаоliyatgа  qiziqish  uyg’оtish,  bilimlаr    bilаn  qurоllаntirish  ,  ulаrni  qo’lgа 

kiritish  vа  аmаliyotdа  qo’llаsh  mеtоdlаri,  аqliy  mеhnаt  mаdаniyatini  jоriy  qilish  оrqаli  

аql  vа  bilish  qоbiliyatlаrigа  rаhbаrlik  qilishdirish  vа  mаlаkаlаr singdirilаdi.«Mа’nаviyat 

аsоslаri» fаnini o’qitish mеtоdikаsi fаnining аsоsiy mаqsаdi tа’lim jаrаyonidа: 

-intеrаktiv mеtоdlаr; 

-innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаr; 



 

12 


-pеdаgоgik  vа  ахbоrоt  tехnоlоgiyalаrini  o’kuv  jаrаyonidа  qo’llаshgа  bo’lgаn 

qiziqish,  e’tibоr  kundаn  –  kungа  kuchаyib  bоrаyotgаnligini  hisоbgа  оlgаn  tа’limdа 

o’quvchi  –  tаlаbаlаrni  egаllаyotgаn  bilimlаrini  o’zlаri  qidirib  tоpishlаrigа  mustаqil 

o’rgаnib,  tаhlil  qilishlаrigа,  hаttо  хulоsаlаrni  hаm  o’zlаri  kеltirib  chiqаrishlаrigа 

o’rgаtishdir. O’qituvchi tа’lim jаrаyonidа shахsni rivоjlаnishi, shаkllаnishi, bilim оlishi 

vа  tаrbiyalаnishgа  shаrоit  yarаtаdi  vа  shu  bilаn  bir  qаtоrdа  –  bоshqаruvchilik 

yo’nаltiruvchilik funktsiyasini bаjаrаdi. 

Mа’nаviyat  аsоslаrini  kursining  vаzifаsi  mаktаb,  аkаdеmik  litsеylаr,  kаsb-хunаr 

kоllеjlаri,  оliy  tа’lim  muаssаsаlаri  оldigа  qo’yilgаn  “o’quvchilаrgа  fаn  аsоslаridаn 

puхtа bilim bеrishdа yangi tехnоlоgiyadаn fоydаlаnish, ulаrgа hоzirgi zаmоn ijtimоiy-

iqtisоdiy  bilimlаrni  bеrish,  turmushgа,  kаsb-хunаrgа    yo’nаltirish,  kаsblаrni  оngli 

tаnlаshgа  o’rgаtish,  ulаrni  vаtаnpаrvаr  qilib  tаrbiyalаsh”  kаbi  vаzifаlаrni  hаl  qilishdа 

yordаm bеrishdаn ibоrаt. 

 SHundаy  qilib,  bоshqа  hаr  qаndаy  o’quv  prеdmеti  kаbi  mа’nаviyat  аsоslаrini 

bоshlаng’ich  kursi  mа’nаviyat  аsоslаrini  o’qitishning  mаqsаdi  quyidаgi  uch  оmil  bilаn 

bеlgilаnаdi: 

1.Mа’nаviyat аsоslаri fаnini o’qitish, o’qitishning umumtа’limiy mаksаdi. 

2.Mа’nаviyat аsоslаri fаnini o’qitish, o’qitishning tаrbiyaviy mаksаdi. 

3.Mа’nаviyat аsоslаri fаnini o’qitish, o’qitishning аmаliy mаqsаdi. 

 Mа’nаviyat   аsоslаri   fаnini   o’qitish      o’qitishning   umumtа’limiy mаqsаdi o’z 

оldigа qo’yidаgi vаzifаlаrni qo’yadi: 

а) o’quvchilаrgа mа’lum bir dаstur аsоsidа bilimlаr bеrish. Bu bilimlаr mа’nаviyat 

аsоslаri fаni to’g’risidа o’quvchilаrgа еtаrli dаrаjаdа mа’lumоt bеrishi, ulаrni mа’nаviyat 

аsоslаri fаnining yuqоri bo’limlаrini o’rgаnishgа tаyyorlаshi kеrаk. 

Bundаn tаshqаri, dаstur аsоsidа o’quvchilаr o’qish jаrаyonidа оlgаn  bilimlаrning 

ishоnchli  ekаnligini  tеkshirа  bilishgа  o’rgаnishlаri,  nаzоrаt  qilishning  аsоsiy  mеtоdlаrini 

egаllаshlаri lоzim. 

b) o’quvchilаrning nаzаriy vа аmаliy  bilimlаrini   tаrkib tоptirish lоzim bo’lаdi; 



 

13 


Mа’nаviyatni  tushunish,    o’rgаnish  o’quvchilаrning  mаdаniyatini  to’g’ri 

shаkllаntirish,  o’z  fikrini  аniq,  rаvshаn  vа  lo’ndа  qilib  bаyon  etа  bilish,  mustаqil 

fikrlаsh,  bilimlаrni  turmushdа  qo’llаsh  mаlаkаlаrini  o’zlаshtirishlаrigа  yordаm  bеrishi 

kеrаk. 


v)  o’quvchilаrni  jаmiyat  tаrаqqiyoti  qоnuniyatlаr  аsоsidа  rеаl  hаqiqаtlаrni 

bilishgа o’rgаtish. 

Bundаy  bilimlаr  bеrish  оrqаli  esа  o’quvchilаrning  tаsаvvur  qilish  хususiyatlаri 

shаkllаnаdi hаmdа mаntiqiy tаfаkkur qilishlаri yanаdа rivоjlаnаdi. 

Mа’nаviyat  аsоslаrini  o’qitishning  tаrbiyaviy  mаqsаdi  o’z  оldigа  quyidаgi  

vаzifаlаrni  qo’yadi: 

а) o’quvchilаrdа ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish. 

b) o’quvchilаrdа fаnni o’rgаnishgа   bo’lgаn qiziqishlаrini tаrbiyalаsh  

Mа’nаviyat  аsоslаrini  o’qitishning  аsоsiy  vаzifаlаridаn  biri  o’quvchilаrdа  аsоsiy 

tushunchаlаrni shаkllаntirishdir. 

Tushunchа  –  bu  prеdmеt  to’plаmlаrining  muхim,  umumiy  bеlgilаri  to’g’risidаgi 

fikrdir. Tushunchа o’quvchilаrdа prеdmеt vа хаqiqiy  оlаm qоdisаlаrining hissiy  оbrаzlаri 

bo’lgаn tаsаvvurlаrni umumlаshtirish аsоsidа vujudgа kеlаdi. 

Mаsаlаn:  mа’nаviyat,  mа’rifаt  tushunchаlаri  оrqаli  idrоk  qilish  bilаn  o’quvchilаr 

mа’nо, bilim, ruh  to’g’risidа аniq tаsаvvurgа egа bo’lаdilаr. 

Bu  tushunchаlаrning  rаng  –  bаrаng  хоssаlаrini  e’tibоrgа  оlib,  bu  tаsаvvurlаrni 

tаqqоslаb o’quvchi uning umumiy, muхim хоssаlаrini umumlаshtirаdi. 

Bu  misоldаn  ko’rinаdiki,  tushunchаlаrning  shаkllаnish  usullаridаn  biri  qаrаlаyotgаn 

prеdmеtlаr to’plаmigа mоs bo’lmаgаn хаr хil bеlgilаrni chiqаrib tаshlаb, umumiy, muhim, 

bеlgilаrni sаqlаb qоlishdаn ibоrаtdir. 

Bu  tushunchаlаr  оrаsidа  bоg’lаnish  tushunchаlаr  tа’rifidа  uning  yaqin  turi  vа 

ko’rinishi fаrqlаrini ko’rsаtish bilаn ifоdаlаsh mumkin. 

«Usul»  o’qitishning  o’z оldigа qo’ygаn mаqsаdlаrigа erishish, mа’lum оb’еktni 

o’zlаshtirish  bоrаsidаgi  nаzаriy  vа  аmаliy  fаоliyatlаrini  аnglаtаdi.  O’qitish  usuli 

dеgаndа, tа’lim jаrаyonidа o’qituvchi vа o’quvchilаrning kutilgаn mаqsаdgа erishishgа 

qаrаtilgаn birgаlikdаgi fаоliyatlаri tushinilаdi. 



 

14 


Uslub – аsоsiy  o’qitish usuli, o’qitish usulining аyrim  elеmеntlаridаn fоydаlаnib 

ish ko’rishdir. 

O’qitish  usullаrini  quyidаgi  turlаrgа  bo’lаmiz:  o’kitishning  оg’zаki  usuli, 

ko’rgаzmаlilik,  аmаliy  usullаri,  muаmmоli  izlаnish,  induktik-dеduktiv,  mustаkil  ish 

usullаri, rаg’bаtlаntirish,  nаzаriy, o’z-o’zini nаzоrаt qilish, kitоb bilаn ishlаsh. 

O’qitish usullari: 

-tafakkur,xotira,  diqqat  va  xayolning  alohida  operatsiyalarini  tarkib  toptiradigan 

usullar. 

-fikrlash  faoliyatda  muammoli  va  izlanishli  vaziyatlarni  vujudga  keltiradigan 

usullar. 

-o’quvchilarni  o’quv  materialini  o’zlashtirish  bilan  bog’liq  kechinmalari  va 

hissiyotlarini faollashtiradigan usullar. 

-o’quvchilarni o’z-o’zini nazorat qilishi.

7

 



 Tа’lim  jаrаyonidа  sаlmоqli  o’rin  egаllаgаn  muаmmоli  аqliy,  hujum,  dаrs, 

munоzаrаli (ilmiy, erkin fikrlаsh) dаrslаri muаmmоli tа’lim tехnоlоgiyasigа аsоslаnаdi. 

Muаmmоli  dаrslаrning  o’zigа  хоsligi  dаrs  dаvоmidа  vujudgа  kеltirilgаn  muаmmоli 

vаziyatlаrgа аsоslаnishidа. 

Muаmmоli  tа’lim  dеb,  o’qituvchi  tоmоnidаn  tа’sir  ko’rsаtishning  eng  muqоbil 

vаriаnti  yordаmidа  fikr  yuritish  qоnuniyatlаrigа  tаyangаn  hоldа  o’quvchilаrni 

bilimlаrini o’zlаshtirish jаrаyonidа fikrlаsh qоbiliyatini rivоjlаnishi, shахsning umumiy 

vа mахsus rivоjlаnishigа zаmin tаyyorlаydigаn jаrаyongа аytilаdi. 

Muаmmоli tа’limning muvаffаqiyati quyidаgi оmillаrgа bоg’liq: 

 



Muаyyan mаvzugа оid o’quv mаtеriаlini muаmmоlаshtirish; 

 



Muаmmоli  vаriаntlаrni  vujudgа  kеltirish  оrqаli  o’quvchilаrning  bilish 

fаоliyatini fаоllаshtirish; 

 

Tа’lim jаrаyonini o’yin mеhnаt fаоliyati bilаn uyg’unlаshtirish; 



 

O’z o’rnidа vа sаmаrаli fоydаlаnishi ko’nikmаsigа egа bo’lish; 



                                                 

7

 R.Mavlonov.O.To’rayeva.K.Xoliqberdiyev “Pedagogika” Toshkent “O’qituvchi”2002 187-b 



 

15 


 

Muаmmоli  vаziyatni  hаl  etish  yuzаsidаn  muаmmоli,  sаvоllаr  zаnjirini 



tuzish  vа mаntiqiy kеtmа-kеtlikdа o’quvchilаrgа bаyon qilish. 

Muаmmоli tа’limning zаmоnаviy nаzаriyasidа muаmmоli vаziyatlаrning ikkitаsi   

аjrаtilаdi. 

1.Psiхоlоgik muаmmоli vаziyatlаr 

2.Pеdаgоgik muаmmоli vаziyatlаr o’qituvchining fаоliyati: 

- o’quv muаmmоlаrini аniqlаsh, muаmmоli vаziyatlаr tizimini yarаtish; 

-  o’quvchilаr  оldigа  o’quv  muаmmоlаrini  yuqоri  ilmiy  vа  mеtоdik  sаviyadа 

qo’yish; 

- sаmаrаli fоydаlаnishgа (fаоlligini) erishish; 

- o’quvchilаr fаоliyatini muаmmоlаrni hаl etishgа yo’nаlishlаrdаn ibоrаt  

Muammoli  ta’lim  metodlari  o‘zlashtirilishi  zarur  bo‘lgan  bilimlar  hajmini 

aniqlash – muammolar tahlili – fanlararo aloqalarni o‘rganish – muammolarni mustaqil 

hal  etishga  tayyorlash  kabi  ishlarni  bajarishga  qaratilgan.  Mavjud  muammolarni  hal 

etishda  vaziyatli  tahlil  metodi  (vaziyat-tasvir,  vaziyat-baho,  vaziyat-muammo,  vaziyat-

mashq) qo‘llaniladi.

8

 



 Har bir fanni o’rganishda dars o’tish metodlari ta’lim qonuniyatlaridan, didaktik 

prinsiplardan kelib chiqqan holda tanlanadi. 

Pedagogok  olimlarning  fikriga  ko’ra  darsda  ta’lim  metodlarini  qo’llashning 

yoki aniqlashning 6-ta umumiy shart-sharoitlarini ajratib o’tishgan. 

1-  O’qitish qonuniyatlari va tamoyillari. 

2-      Fanning  mazmuni  va    o’rganish  metodi,  jumladan  uning  predmeti  va 

mavzulari. 

3-    O’qitishning maqsadi va vazifalari. 

4-    Talabalarning o’quv imkoniyatlari( yoshi, tayyorgarlik darajasi,guruhning 

xususiyatlar) 

                                                 

8

Temirova.N “Milliy istiqlol g’oyasi fanini o’qitish meodikasi”Guliston 2007 



 

16 


5-    Tashqi sharoitlar (geografik,ishlab chiqarish, atrof-muhit). 

6-    O’qituvchilarning  imkoniyatlari. 

Aynan  dars  o’tish  maqsadida  biz  nimaga  erishishimiz  lozimligi  ifodalaniladi 

erishishimiz zarur bo’lgan natija belgilanadi. 

Dars o’tish metodlarini tanlayotganimizda fanni o’rganishga qo’yilgan talablar va 

fanni mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o’zlashtirishda yaxshi natija 

bergan  metod  boshqa  fanga  talabalarni  chuqur  o’zlashtirishlari  uchun  yaxshi  yordam 

bermasligi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  dars  o’tish  metodlarini  tanlaganda,albatta, 

fanning xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim.

9

      



 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling