Buxoro davlat universiteti Lingvistika:o’zbek tili yo’nalishi Saidova Xurshida Substansial (mohiyat-hodisaviylik) tahlil metodi O’zbek tilshunosligi ichida XX asrning 60-yillarida shakllana boshladi va milliy istiqlol sharofati bilan 90-yillarda keng rivojlanib,ona tili va filologik oliygohlarda o’zbek tilining ilmiy talqini va ta’limi sohalariga kirib bordi,ommalashdi.
Hozirgi o’zbek substansial tilshunosligining rivojlanishi Buxoroda ishlagan leningradlik, turkolog professor Ivanov Sergey Nikolayvich nomi bilan bog’liq .
O’zbek substansial tilshunosligining taraqqiyoti va hozirda O’zbekistonda ommalashishi Sergey Ivanovning shogirdi 1961-1977-yillarda Leningrad tilshunosligi ta’limini ko’rgan buxorolik olim Hamid G’ulomovich Ne’matov va u yaratgan lingvistik maktab nomi bilan bog’liq.
O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA IKKI MUHIM G’OYA
Hamid Ne’matov o’zbek tilshunosligida ikki muhim g’oyani ilgari surdi:
1. Til va nutqni farqlash.
2.Ilmiy izlanish va tadqiqotlarda dialektik falsafaga,uning qonun va kategoriyalariga asoslanish,til va nutq hodisalarining mohiyatini (substansiyani )ochish.
Mohiyat va hodisa o’zaro bog’liq bo’lib predmetlarning ichki va tashqi tomonini xarakterlaydi
Substansiya
Hodisa
Mohiyat
Mohiyat narsalarning ichki mazmuni bo’lib, ularning turli tuman xossalari va munosabatlarini yaxlit aks ettiradi
Falsafiy tushunchalar
Hodisa narsaning biror tarzda zohir bo’lishi,tashqi mavjudlik shaklidir.
Falsafiy tushunchalar
MOHIYAT
Narsalarning tabiatini tashkil etgan narsa
Narsalarning doimo o’zgarib ,rivojlanishi jarayonida ularning mohiyati o’zgaradi
HODISA
Insonning bilishi dastlab hodisalarni bilishdan boshlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |