Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi


Download 17.58 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi17.58 Kb.
#777809
Bog'liq
2 5300820843989833704
Alimov Azamat Xulqi og\'ish bolalar psixologiyasi 1-semensr, Xulqi og\'ishgan bolalar psixologiyasi 5-amaliy Alimov.A, Xulqi og\'ishgan bolalar psixologiyasi 1-amaliy Alimov.A, Pedagogika attestaciya, Презентация Microsoft PowerPoint (19), Itaraciyalıq túrleri, 2 5418091210860403165, 2 5316627852647469798, Pechura Metodika 19

Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi 7-1 BT-21M guruh talabasi Nishonova Nigoraning 2021-2022 o‘quv yilida qilgan ishlari
H I S O B O T I
70110501 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishining 7-1BT-21 guruh talabasi Nishonova Nigora 2021-2022 o‘quv yilida quyidagilarni bajardi:

  1. 1-semestr mobaynida ilmiy rahbarimiz tasdiqlandi. Ilmiy rahbarim B.S.Jamilova bilan birgalikda shaxsiy rejamni tayyorladim hamda dissertatsiya mavzusini tanlab, tasdiqlatdim.

  2. O’quv yili jarayonida Respublika konferensiyasida 2 ta tezis chiqardim.

  • Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matnlarni o‘qitish jarayonida foydalaniladigan ta’lim metodlari mazmuni va ahamiyati. Pedagogik ta’lim: Xalqaro Tajriba va innovatsion yondashuvlar. Ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 2022-yil, 6-aprel.

  • Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida badiiy matn tahliliga o‘rgatishda innovatsion metodlardan foydalanishning ahamiyati. “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muammolari: innovatsiya, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribalar” respublika ilmiy-amaliy anjuman. Buxoro, 2022-yil, 13-14 may.

  1. Aprel oyiga qadar 10 dan ortiq dars tahlillariga kirdim. Professor-o‘qituvchilar M.J. Saidova tomonidan 3-kurslar uchun o‘tilgan Matematika o‘qitish metodikasi fani, M.N. O‘rinova tomonidan 1-kurslar uchun o‘tilgan Davlat tilida ish yuritish fani, F.S. Safarov tomonidan 1-kurslar uchun o‘tilgan Ona tili leksikologiyasi va morfologiyasi fani, Pedagogik amaliyot rahbarim S.A.Qodirova tomonidan 2-kurslar uchun Ona tili o‘qitish metodikasi fani hamda L.T. Ochilova tomonidan 1-kurslar uchun o‘tilgan Boshlang‘ich matematika asoslari fani hamda U.S. Amonov va N.O‘. Xudoyberdiyevalar tomonidan 1-kurslar uchun o‘tilgan Badiiy matn tahlili fanlarini o‘tish jarayonlarida darslarini kuzatish uchun tahlilga kirganman.

  2. Bakalavr talabalari uchun 2 ta ochiq dars tashkillashtirdim. Bu ochiq dars 2-kurs bakalavr talabalari uchun Ona tili o‘qitish metodikasi fani 19-mayda ma’ruza darsi,26-may seminar darslarini tashkillashtirdim.

  3. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti yotoqxonasida 11.04.2022 kunida Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf – el ardoqlagan shoir” nomli tadbirlarni o‘tkazishda, kafedrada e’lon qilingan tanlovlarda o’zimning tayyorlagan videoroliklarim bilan ishtirok etdim. Kafedramizning professor-o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan seminar-treninglarda faol faol ishtirok etdim va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandim.

  4. Hozirgi vaqtga qadar dissertatsiya mavzumning asosnomasini tayyorlab, I bobi bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilmoqdaman.

  5. Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi va Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fanlaridan berilgan kurs ishimni tayyorlab, taqdimotini o’tkazdim.


Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va
metodikasi kafedrasi mudiri: M.J. Saidova


Ilmiy rahbar: B.S.Jamilova
Pedagogik amaliyot rahbari: S.A.Qodirova
Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling