Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti «neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5A 522504- «Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi» magistratura mutaxassisligi uchun
- U S L U B I Y K O` RSATMA
- yigilishida kurib chiqilgan va
- Ko’rib chiqilgan va 5 – bayoni
- Tuzuvchilar: k.f.n. Fozilov S.F.
- Takrizchilar: prof. Do`stov H.B.
- Laboratoriyada rioya qilinishi kerak bo`lgan xavfsizlik texnikasi koidalari.
- Zaxarli, oson alangalanadigan va portlovchi moddalar bilan ishlash.
- Kuyganda, yonganda, zaxarlanganda va boshka kungilsiz xodisalar ruy berganda birinchi yordam kursatish
- Kreking katalizatorlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO OZIQ-OVQAT VA ENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI
«NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI
5A 522504- «Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi» magistratura mutaxassisligi uchun
«NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASHDA KATALIZ»
U S L U B I Y K O` RSATMA
2
Bux OO va ESTI uslubiy kengashining 31.10.2007 yildagi yigilishida kurib chiqilgan va 2 – bayoni bilan tasdiklangan. «NGKIT» kafedrasi 12.05.2007 yildagi yigilishida Ko’rib chiqilgan va 5 – bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar: k.f.n. Fozilov S.F. k.f.n. Qalandarov J.A. t.f.d. Saydaxmedov SH.M. Takrizchilar: prof. Do`stov H.B. dots. Mavlonov B.A.
Annotatsiya Ushbu uslubiy ko`rsatma "Neft va gazni qayta ishlash va uning kimyoviy texnologiyasi" mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrlarga "Neft va gazni qayta ishlashda kataliz" fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash uchun yaqindan yordam beradi. Unda neft va gazni kimyoviy qayta ishlashdagi katalitik jarayonlar: kreking, riforming, gidrogenlash, alkillash izomerlanish va gidrokreking jarayonlari uchun qo`llaniladigan katalizatorlar haqida ma`lumotlar, laboratoriya ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash yo’llari bayon etilgan.
3
Mundarija
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi laboratoriyasida ishlash qoidalari ………………………………………..……………………..3 Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida katalitik jarayonlari haqida qisqacha nazariy ma`lumot ……………………………….7 Laboratoriya ishi №1. Katalizatorlarni granulametrik xarakteristikasini va uyilgan zichligini aniqlash ……………………...10 Laboratoriya ishi №2 Katalizatorlardagi suv miqdorini aniqlash ……………………………………………….………………………..13 Laboratoriya ishi №3 Katalizatordagi koks miqdorini aniqlash ………………………………………………………………………...14 Laboratoriya ishi №4. Alyumoslikatli katalizatorlarning indeks aktivligini aniqlash ………………………..16 Laboratoriya ishi №5 Alyumonikel’molibden katalizatorini tayyorlash………….….……………………………………….20 Laboratoriya ishi №6 Metall katalizatorlari sikletli nikel katalizatorlarini ishqor bilan ishlov berish usuli yordamida tayyorlash …………………………………………......21 Laboratoriya ishi № 7 Skletli nikel katalizatorlarini Bag usuli yordamida tayyorlash ………..………………...24 Laboratoriya ishi № 8 CHo`ktirish usuli bilan nikel katalizatorlarini tayyorlash …………………………………………………25
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASIDA ISHLASH QOIDALARI
1.Laboratoriyada ish boshlashdan oldin xalat kiyish, suv, elektr energiyasi, gaz borligini, murili shkafning ishlash – ishlamasligini kuzdan kechirish, sungra xavfsizlik texnikasi koidalariga rioya qilish kerak.
4 2.Xar bir talaba, iloji boricha, o`zi uchun ajratilgan joyda ishlashi kerak. 3.O`tkaziladigan tajribaning tavsifi, unda ishlatiladigan asbob va reaktivlar talabaning ish daftarida to`liq yozilgan bo`lishi lozim. Tajriba materialini talaba to`liq o`zlashtirganiga ukituvchi ikror bo`lganidan keyingina ishni bajarishga ruxsat etadi. 4.Tajribani boshlashdan oldin asbob va reaktivlarni kuzdan kechirish, asboblarining tugri tanlanganligiga (shlif ulangan erlariga yupka kilib vazelin yoki vakuum surkov moyi surtiladi), tayyorlangan reaktivlarning tozaligiga va kerakli miqdorda olinganligiga ishonch hosil qilish zarur. 5.Tajriba utkazilayotganda ozodlikka va saranjom – sarishtalikka rioya qilish kerak. 6.Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovkatlanish mumkin emas. 7.Ish vaqtida gaz yoki vodoprovod jumraklari va shunga uxshashlar, elektr asboblari, analitik tarozilar ishlamay qolsa, tezda ukituvchiga yoki laborantga murojaat qilish kerak. 8.Tajriba tugagach gaz gorelkasi va suv jumraklarini berkitish, elektr asboblarini uchirish, shuningdek tajriba natijalarini laboratoriya daftariga yozish kerak. 9.Tajriba natijalarida hosil bo`lgan chikindilarni, ya`ni kislotalar, ishkorlar, tez o`t oladigan moddalar, fil’tr kogoz, suvda erimaydigan moddalar, buyok moddalar va shunga uxshashlarni rakovinaga tukish man etiladi, ularni maxsus idishlarga yigish kerak. 10.Talaba ishlatilib bulingan reaktivlarni, uzi sintez kilgan moddani katta laborantga topshirishi lozim. Ishlatilgan idishlarni va asboblarni tozalab, shkaflarga kuyib, ish joyini toza koldirishi kerak. 11.Laboratoriya darsini koldirgan talabaning ukituvchisiz yoki katta laborantsiz tajriba o`tkazishi ruxsat etilmaydi.
Laboratoriyada rioya qilinishi kerak bo`lgan xavfsizlik texnikasi koidalari. Laboratoriyada kungilsiz xodisalar sodir bo`lmasligi uchun kuyidagi koidalarga rioya qilish kerak. 1.Laboratoriyada ut uchirgich, jun material, ximoya kuzoynagi, rezinka kulkoplari va yashikda kum bo`lishi kerak. 2.Elektr asboblari sim bilan erga ulangan bo`lishi kerak. 3.Laboratoriyada ikkita eshik (biri zapas) bo`lgani ma`qul. 4.Tajriba tugagach gaz, suv va elektr asboblarini uchirish kerak. 5.Natriy va kaliy metallarini bankadan kerosin, benzol yoki toluolda saklash lozim. Ular kiskich bilan olinib, fil’tr kogoz ustida skalpel’ yordamida mayda bulaklarga bulinadi. Natriy va kaliy metallarining mayda bulaklari, kolgan fil’tr kogozlarni rakovinaga va axlat chelagiga tashlash kat`iy man etiladi, chunki u yongin chikishiga sabab bo`lishi mumkin. Ularni maxsus idishlarga solish yoki spirtda eritib yuborish kerak. 6.Oson uchuvchan va tez yonuvchan organik erituvchilar (etil efir, metil spir, etil spirt, benzol, toluol, atseton, benzin, petroley efir va x.k. ) saklanadigan idish ogzini ochik holda alanga yoki elektr plitkalar oldida koldirish man etiladi. Bunday eritmalarni laboratoriyada bir litrdan ko`p saklash mumkin emas. 7.Reaktsiya olib borilayotgan probirka va kolbani kizdirish zarur bo`lsa, kizdirilayotgan idishning ogzini odam ishlamayotgan tomonga karatish kerak. 8.Tajriba utkazilayotganda asbobning ulangan joylarini kuzatib turish kerak. 9.Suyukliklarni yopik sistemali xaydash asbobida xaydash mumkin emas, aks holda xaydash asbobi yorilishi mumkin.SHuning uchun yiggich idish ochik bo`lishi kerak. 10.Vodoprovod suvi shisha sovutkichlarga rezina naylar orkali ulanadi, ulangan erlarni boglab qo`yish kerak. Vodoprovod jumragini ochishda jumrakni sekin burash kerak, aks holda nayda yigilib kolgan xavo bosim bilan chikib, shisha sovutgichni sindirishi mumkin.
5 11.Moy xammomidan foydalaniladigan bo`lsa, tajribani fakat murili shkafda o`tkazish kerak. Xammomni moyning kaynash haroratsigacha kizdirish mumkin emas. Undagi termometrning kursatkichining kutarilishini ximoya kuzoynagidan foydalanib kuzatish kerak. 12.Talabalar laboratoriyadagi reaktivlarga, idishlarga va asbob – uskunalarga raxbarlarning ruxsatisiz tegishi mumkin emas. 13.Laboratoriya eshigida, «Laboratoriyani kuzdan kechiring!» degan yozuvlar bo`lishi kerak.
Zaxarli, oson alangalanadigan va portlovchi moddalar bilan ishlash. Laboratoriyalarda organik moddalarni sintez qilishda zaxarli, oson uchuvchan, oson alangalanadigan, portlovchi reaktiv va erituvchilar bilan ishlashga tugri keladi. SHuning uchun ishlatiladigan organik moddalarning xossalarini bilish ish jarayonida yuz berishi mumkin bo`lgan kungilsiz xodisalarning oldini oladi. Reaktsiya uchun olingan reaktivlarning xossalarini bilish bilan birga reaktsiyada hosil buladigan oralik maxsulotlarning, shuningdek sungi maxsulotlarning xususiyatlarini xam bilgan ma`kul. Bu bilan tajriba utkazayotgan talaba birinchidan, uzining sogligini saklasa, ikkinchidan atrofidagilarni va muxitni zaxarlanishidan saklaydi. Organik moddalarni sintez qilishda ishlatiladigan moddlarning ko`pi zaxarli xisoblanadi. Masalan, dioksan, tetragidrofuran, yogoch
spirti,
piridin, akrilonitril, benzol, anilin.xlorangidridlar, tsianid kislota va uning tuzlari fosgen, uglerod va azot oksidlari, diazometan, vodorod sul’fid, simob, brom va boshkalar. Bunday moddalar bilan ishlashda kuyidagilarga amal qilish kerak.
1.Ko`p miqdordagi zaxarli moddlar bilan kilinadigan ishlar maxsus xonalarda olib boriladi. 2.Laboratoriyada zaxarli moddalar bilan ishlashda, birinchi navbatda, murili shkafning ishlashi, yigilgan asbobning ulangan erlari mustaxkam bo`lishi va sintezda ishlatiladigan tomizgich, ajratgich voronkalarining jumraklari puxta urnatilgan bo`lishi kerak. 3.Zaxarli moddalarni ulchashda yoki tarozida tortishda rezina kulkop kiyishi, ximoya kuzoynagi takish, ulardan foydalanib bo`lgandan keyin esa sovunlab yuvish kerak. 4.Zaxarli moddalarni yoki eritmalarni laboratoriyada koldirish mumkin emas, ularni ishlatib bo`lgandan sung laborantga topshirish shart. 5.Oson alangalanuvchan organik moddalar bilan ishlashda nixoyatda extiyot bulish kerak. etil efir, spirt, petroley efir, benzol, benzin, ligroin va boshkalar shular jumlasidandir. 6.Oson alangalanuvchan moddalarni ochik alangada kizdirish, alanga yakinida saklash man etiladi, fakat usti berk maxsus elektr plitkalarda, suv xammoshda kizdirish va xaydash mumkin. 7.Etil efirni xaydashda yiggich idish yakinida xech kanday alanga manbai bo`lmasligi kerak. 8.Oson alangalanuvchan moddalarni va erituvchilarni salkin va ventilyator urnatilgan omborlarda saklash lozim. Ularni issik xonalarda, termostat va isitish batareyalari oldida saklash man etiladi. 9.Zaxarli va oson alangalanuvchan moddalar koldiklarini rakovinaga, axlat idishga tukish man etiladi. Ularni murili shkaf tagiga kuyilgan maxsus idishlargagina qo`yish kerak. 10.Oson alangalanuvchan moddalar bilan tajriba utkazilayotgan xonada chekish kat`yan man etiladi. 11.Gazometrga vodarod yoki boshka yonuvchi gazlar tuldirilayotganda atrofda alanga bo`lmasligi kerak. 12.Kontsentrlangan nitrat kislotaga oson alangalanuvchan moddalar kushish man etiladi. 13.Kontsentrlangan kislotalar, ishkoriy metallar, ayrim organik moddlar tajriba vaqtida xamda reaktsiya yukori va past bosimda olib borilishi natijasida portlashi mumkin. SHuning uchun bunday tajribalarda ximoya kuzoynagini takishdan tashkari, organik shishadan yasalgan ximoya ekrani xam qo`yish lozim. 6 14.Natriy amidi, natriy va kaliy metallarini suv bilan aralashtirmaslik kerak, ask holda reaktsiya shidatli borib portlash, yongin va kungilsiz xodisalarga sabab bo`lishi mumkin SHuning uchun natriy solib kuritilgan efir suv xammomida emas, balki xavo xammomida xaydaladi. 15.Moddalarning erish haroratsini aniqlashda kontsentrlangan sul’fat kislota solingan asbobdan foydalaniladi. Bunday asbolb ichidagi aralashma kattik kizib ketish natijasida ba`zan kislota sachrashi mumkin bunday tajribalarda ximoya kuzoynagi takish kerak. 16.Ba`zi erituvchilar (dietil efir, tsiklogeksan va boshkalar) uzok turish natijasida peroksid birikmaga aylanib koladi. SHuning uchun bunday eritmalarni reaktsiya uchun ishlatishdan oldin tekshirish kerak. Buning uchun 1ml erituvchiga KL ning kislotali eritmasidan 1ml kuyilganda yod tufayli eritma kungir rangga buyalishi peroksidning borligini kursatadi.Eritma tarkibidagi peroksidni yukotish uchun unga uyuvchi natriy yoki uyuvchi kaliy ta`sir ettiriladi.
Xar bir lobaratoriyada aptechka bo`lishi shart, uning qaerda joylashganligini va undan kanday foydalanishni talabalar bilishi lozim. Aptechkada yodning spirtdagi 3 – 5 % eritmasi, soda, borat kislota, sirka kislotaning 1% li eritmasi, paxta, sterillangan bint, oddiy bint, leykoplastir, kaliy permanganat eritmasi, glitserin, vazelin, kuyganga surtiladigan maz, novshadil spirt, yurak dorisi, bosh va korin ogriganda ichiladigan dorilar bo`lishi lozim. 2. Issiklik ta`siridan kuygan joyga tezda spirt yoki kaliy permanganat eritmasi bilan xullangan paxta kuyiladi.
Kuzga yoki badanning boshka biror joyiga kislota sachrasa, usha erni dastlab yaxshilab suv bilan, sungra sodaning 3% li eritmasi bilan yuviladi.
Ishkor sachraganda esa dastlab suv bilan yaxshilab, sungra sirka kislotaning 1% li eritmasi bilan yuviladi.
Brom ta`sirida kuygan joy spirt bilan yuviladi. 6. Laboratoriya yongin chikishi bilan u erdagi alanga manbalarining hammasi uchiriladi, oson alanganiladigan moddalar esa laboratoriyadan boshka joyga olib chikiladi. YOngin kichik bo`lsa, uning ustiga kum sepiladi, yoki jun adyol yopib uchiriladi. YOngin urtacha bo`lsa ut uchirish asboblaridan foydalaniladi va tezda ut uchirish komandasiga xabar beriladi. YOnginda biror kishining ustboshi yona boshlasa, uni tezda jun adyolga urab, alanga uchiriladi, kuygan erlari kaliy permanganat eritmasi bilan yuviladi, sungra kuyganda surtiladigan maz surtib medpunktga olib boriladi.
Gazlar ta`sirida zaxarlanganda tezda novshadil spirt xidlatib, ochik xavoga olib chikiladi.
SHisha kesgan joy siniklaridan tozalanadi, sungra yodning 3% li eritmasi tekkiziladi va sterillangan bint bilan boglanadi.
Magistrlarga "Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida katalitik jarayonlar" fanining o`kitishdan asosiy maqsad, ularga keng va chuqur nazariy asosga ega bo`lgan, bilim olish uchun imkon yaratish va izlanuvchanlik malakalarini takomillashtirish uchun yordam berishdan iborat. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida katalitik jarayonlar muxim o`rinni egallaydi, ular orasida neft uglevodorodlarining gidrokreking, riforming va gidrotozalash jarayonlari tez sur`atlar
7 bilan rivojlanmokda. YUkori sifatli benzin, dizel va reaktiv yoqilғilari olish uchun katalitik riforming, alkillash, gidrokreking, gidrotozalash usullari qo`llaniladi. Bu jarayonlarni nazariy va texnologik asoslarini chukur o`zlashtirish uchun katalitik rsaktsiyalarni kinetikasini kuzatish, ularga ta`sir etayotgan omillar ta’sirini o`rganish, katalizatorni tayyorlash, reaktsiya olib boradigan asbob- uskuna va jihozlarni yiғish ishlarini amalga oshirishni bilish kerak. Katalitik jarayonlar borasida oladigan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llash uchun esa magistrlar tadqiqotlar o`tkazishlari, olingan natijalarni qayta ishlapg va tahlil qilish ko`nikmalariga ega bo`lishlari kerak. Bunday masalalarni xal qilishda laboratoriya mashғulotlarining ahamiyati katta, chunki ular ma`ruza natijasida olingan nazariy bilimlarni chuqur o`rganish, bajariladigan ishlardagi katalitik reaktsiyalar texnologiyasi xaqida keng ma`lumotga ega bo`lishga yaqindan yordam beradilar. SHuning uchun qo`lingizdagi neft va gazni qayta ishlashda kataliz fanidan laboratoriya ishlari bo`yicha uslubiy ko`rsatma chop etildi. Bu uslubiy ko`rsatmada kataliz jarayonlari olib borishda ko`llaniladigan metall, skeletli va oksidli katalizatorlarni sintez qilish, katalizator tashuvchilarni reaktsiya uchun tanlash, shuningdek katalitik gidrokreking, gidrotozalash, riforming va gidridlash jarayonlari uchun ishlatiladigan katalizatorlarni tayyorlash bo`yicha qator laboratoriya ishlarini bajarish yullari keltirilgan. Kimyo, neft kimyosi va neftni qayta ishlash, sanoat korxonalarida sodir bo`ladigan jarayonlar katalizatorlar qo`llash bilan uzviy boғlik. SHuning uchun, magistrantlarga kataliz va katalizatorlar haqidagi bilimlarini yanada mustaxkamlash uchun qisqacha ma`lumotlar beramiz. Kimyoviy modda ishtirokida kimyoviy reaktsiya tezligini o`zgarish jarayoniga kataliz deyiladi. Reaktsiyada ishtirok etayotgan bu kimyoviy moddani katalizator deyiladi. Katalizator reaktsiya natijasida hosil bo`ladigan mahsulotni tarkibiga kirmaydi. Katalizator ishtirokida sodir bo`ladigan reaktsiyaning tezligi oshishi xam, sekinlashishi xam mumkin. Bunda, birinchi holdagi rsaktsiyani ijobiy, ikkinchisini salbiy kataliz deyiladi. Kataliz jarayoni tabiatda va texnikada muxim axamiyatga ega. Katalizator tanlash orqali reaktsiya jarayonining tezligini boshqarish mumkin. Har bir katalizator o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, u bir reaktsiya yoki ma’lum bir turli reaktsiyalar guruxining tezligini o`zgartiradi. Kimyoviy reaktsiya uchun katalizator tanlanganda, asosan texnologik va iktisodiyot tomonlari e`tiborga olinadi. Katalizator yuqori faollikka, selektivlikka ega bo`lishi, ishlash jarayonida barqaror, xaroratga, zaxarlar ta`siriga sezgirliga past va yuqori mexanik mustaxkamlikka ega bo`lishi kerak. Katalizatorning mustaxkamligi, uning uzok vaqt davomida ishlashini ta`minlovchi ko`rsatkichdir. Birorta jarayon uchun katalizator tanlanganda, katalizator faolligi muhim axamiyatga egadir. Katalizator faolligi deganda uni ayni reaktsiya tezligini oshirish xususiyati tushuniladi. Katalitik kreking, riforming, gidrokreking va gidrotozalash jarayonlarni ijobiy tarzda sodir bo`lishini ta`minlovchi o`z katapizatorlar guruxi mavjud bo`lib, ularning ba`zi bir vakillari bilan tanishtiramiz. Kreking katalizatorlari. Katalitik kreking reaktsiyalari, asosan katalizator yuzasida sodir bo`ladi. Reaktsiyaning yo`nalishi katalizatorning xossasiga, xom-ashyoning turi va jarayonning parametrlariga boғlik. Kreking natijasida katapizatorda koks ajralishi ruy beradi, shuning uchun katalizatorni regeneratsiyalash (koksni yoqlash) jarayoni muhim ahamiyatga ega. Katalitik krekingda, asosan alyumosilikatli katalizatorlar ko`llaniladi. Ular tabiiy yoki sun`iy yul bilan olinadigan govaksimon, ichki yuzasi shakllangan, qattiq, mustaxkam moddalardir. Sanoatda sintetik alyumosilikat katalizatorlari olishning ko`p usullari mavjud. Asosan, amorf alyumo-silikat katalizatorlari suyuk shisha eritmasiga alyuminiy sul’fat A1 2 (SO
4 ) 3 va sul’fat kislotasi ta`sir ettirib, sintez kilinadi. Bu reaktsiyani kuyidagicha ifodalash mumkin: 7(Na 2
2 )+ A1
2 (SO
4 ) 3 +N 2 S0 4 =K
2 O (A1
2 O 3 ∙SiO 2 )+6Na 2 SO 4 +ZN 2 O Reaktsiyaga kirishayotgan dastlabki moddalarni tez aralashtirilganda natriy alyumosilikat kolloid eritmasi hosil bo`ladi, bir oz vaqt o`tgandan so`ng u ma`lum bir shakl va o`lchamga ega bo`lgan gidrogelga aylanadi. Hosil bo`lgan alyumosilikat gidrogeli mikrosferalari esa, termik ishlov berish, aktivlashtirish va yuvish jarayonlariga yuboriladi. Termik ishlov berish jarayonida katalizatorning yuqori mexanik xususiyati va kerakli diffuzion xususiyatini ta`minlovchi strukturasi shakllanadi. Bu bosqichda gidrogel zarrachasining o`lchamlari nisbatan kichiklashadi, chunki sinerezis, ya`ni moddani zichlashish va undagi intermitselyar suyuqlikni ajralishi sodir bo`ladi.
8 Oddiy xaroratda sinerezis jarayoni sekin boradi, uni tezlashtirish uchun eritmani isitish kerak. Hosil bo`lgan alyumosilikatni aktivlashtirish uchun, undagi natriy ionlarini alyuminiy ionlariga almashtiriladi. Buning uchun katalizatorga suyultirilgan alyuminiy sulfat eritmasi bilan ishlov beriladi, natijada natriyning miqdori 5-6%dan 0,5-0,05 % gacha kamayadi, alyuminiyniki esa 7- 9%dan 12-13% gacha ko`payadi. Aktivlashtirilgan katalizator tarkibidaga zararli birikmalarni, asosan SO 4
-2 ionlarini yo`qotish uchun distillangan suv bilan yuviladi, keyin sirt-aktiv modda shimdiriladi va kuritish, qizdirish ishlari bajariladi. Quritish boskichida suvning miqdori 9 - 92% dan 8-10% gacha kamayadi, zarrachalarning xajmi esa 7-8 marta kichiklashadi. Qizdirish bosqichida katalizatordagi namlik 1,0- 1,5%dan oshmaydi, bu esa uning yuqori mexanik mustaxkamlik va xaroratga chidamlik xususiyatlarini oshishini ta`minlaydi. Alyumosilikatli katalizatorlarning faolligi, ulardagi faol komponentlar nisbatiga boғlik. Ma`lumki, alyuminiy yoki kremniy oksidlari toza holatda (alohida-alohida) krekinglash xususiyatiga ega emas. Juda xam oz miqdorda qo`shilgan alyuminiy oksidi silikagel faolligini shakllantiradi. Katalizator tarkibidagi A1 2 O 3 miqdorining ma`lum bir qiymatgacha ko`payishi natijasida katalizatorning faolligi kuchayadi. Tabiiy minerallar orasida tarkibida suv bo`lgan natriy, kaltsiy va boshqa metallarning alyumosilikatlari - tseolitlar deb ataladigan katta guruxi mavjud. Ular ma`lum bir miqdordagi suvni yutish xususiyatiga egadirlar. Qizdirilganda tseolitlardagi suv ajralib chiqadi va ularda yacheykali struktura hosil bo`ladi. TSeolitlarning sirt yuzasi 700-1000 m 2 /g gacha bo`ladi. Suvsizlangan tseolitlar xar xil moddalar molekulalarini adsorberlash (yutish) xususiyatiga egadir. Sintetik tseolitlar struktura-sining turini lotin alfavitidagi A,X,U,VD,8,T,’ xarflari bilan belgilanadi. Xarfdan oldin kationning simvoli qo`yiladi, masalan : SaX - kaltsiy shaklidaga X turidagi tseolit. TSeolitli katalizatorning faolligi, asosan uning kimyoviy tarkibi vatuzilishiga boғlik (1-jadval ). TSeolitli katalizatorlar jadval-1 Katalizator nomi Kimyoviy tarkibi tseolit
A Na 2 O ∙ A1
2 O 3 ∙2SiO 2 ∙4,5N 2 O X Na 2 O ∙ A1 2 O 3 2,5 SiO 2 ∙ 6N 2 O Y Na 2 O ∙ A1 2 O 3 2,5 SiO 2 ∙ 6N 2 O Mordenit Na 8 [(Al 2 O 3 ) 8 (SiO 2 ) 40 ] 24H 2 O Offetit (Mg,K
2 ) 2,25 [(Al 2 O 3 ) 8 (SiO 2 ) 13 ] 15H
2 O TSeolitli katalizatorlarning X na U turlari katalitik kreking jarayonlarida ko`llaniladi, lekin katalizatorning U turi Xga nisbatan ancha faol, selektiv va barkarordir. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling