Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#204398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
qurilish mexanikasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 

 

 

BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT 

TEXNOLOGIYASI INSTITUTI  

 

 

 

 

 

 

 

"MEXANIKA" KAFEDRASI 

 

 

 



 

―QURILISH MEXANIKASI‖ 

fanidan ma`ruzalar matni 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Buxoro-2011 

 

 



“Mexanika” kafedrasining yig’ilishida ma`qullandi (majlis bayoni №                 yil) va 

―Mexanika‖ fanlari bo’yicha metodik komissiyada ma`qullandi (bayonnoma №          2011  yil). 

 

 

 



 

 

 



 

Matnni tayyorladi:   

 

dotsent. Sh. M. Murodov 

 

 

            katta o’qit. D.O.Barotova 

 

 

 

  

 

 

 

 

 

 

Taqrizchilar:    

Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya instituti Buxoro filiali                                                                                                                                               

―Gidromelioratsiya‖ fakulteti dekani, dotsent, t.f.d. N.M.Murodov 

 

Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti   



―Mexanika‖ kafedrasi progessori,t.f.n.  N.S.Bibutov 

 

 

 

 

Texnik bezatuvchi:   

 

 

Matn oliy o’quv yurtlari bosh boshqarmasi tomonidan (             .2011 yilda) tavsiya etilgan 

namunaviy dasturga asosan yozildi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

1 - MA`RUZA  

QURILISH MEXANIKASI FANIGA KIRISH.  

 

REJA: 

1.  Qurilish mexanikasi fanining mohiyati. 

2.  Inshootlarni hisoblash sxemasi haqidagi tushuncha. 

3.  Fermalar, ramalar va kombinatsiyalashgan inshootlar. 

4.  Geometrik o`zgarmas sistemalar (statik aniq sistemalar) 

5.  Statik aniqmas sistemalar. 

6.  Geometrik o`zgaruvchan sistemalar. 

7.  Tayanchlar va ularning turlari. 

8.  Tashqi yuklar va ularning turlari. 

 

Qurilish  mexanikasi–konstruktsiya  va  inshootlarning  mustahkamligi,  bikrligi  va 



ustivorligini  hisoblash  printsiplari  hamda  metodlari  to`g’risidagi  fandir,  unda 

inshootlarning  mustahkamligini hisoblash bilan birga ularning tashqi kuchlargi chidamli 

bo`lishini  ta`minlash  masalasi  tekshiriladi.  Inshootlarning  ustivorligini  hisoblashda 

konstruktsiyalarning  aynan  o`rni  muvozanat  holdagi  shaklini  deformatsiyalangandan 

keyin ham saqlab qolish qobiliyati aniqlanadi. 

Inshootlarning  katta  ko`chish  (siljish),  tebranishlar  ta`siriga  chidamliligini, 

ulardan  normal  foydalanishni  aniqlash  maqsadida  bikrlikka  hisoblanadi.  Qurilish 

mexanikasining  asosiy  vazifalaridan  biri  –  inshootlarda  hosil  bo`ladigan  ichki  zo`riqish 

kuchlari va deformatsiyalarni hisoblashdan iborat. Agar inshoot elementlarining materiali 

va  o`lchamlari  ma`lum  bo`lsa,  aniqlangan  ichki  kuchlar  va  deformatsiyalarning 

miqdoriga ko`ra elementlarning mustahkamligi, bikrligi va ustivorligini qanoatlantiruvchi 

o`lchamlarni aniqlash mumkin. Bunday hisoblash usuli tekshirish hisobi deyiladi.  

 

Agar  inshoot  elementlarining  o`lchamlari  noma`lum  bo`lsa,  u  holda  aniqlangan 



ichki  kuchlar  va  deformatsiyalarning  miqdoriga  ko`ra  elementlarning  mustahkamligi, 

bikrligi  va  ustivorligini  qanoatlantiruvchi  o`lchamlarini  aniqlash  mumkin.  Bunday 

hisoblash usuli loyihalash hisobi deyiladi. 

 

 



 

 

 



 


Qurilish  mexanikasi  statik  va  dinamik  kuchlar  ta`sirida  bo`lgan  inshootlarni 

hisoblash  nazariyalari  to`g’risida  ma`lumot  beradi.  Tashqi  kuchlar  ta`sirida  inshoot 

qismlarida  hosil  bo`ladigan  ichki  zo`riqish  kuchlari  bilan  deformatsiyalar  orasidagi 

bog’lanishlar  ma`lum  bo`lgandagina,  inshootlarning  yangi,  ratsional  shakllarini  tanlash 

mumkin.  Demak,  qurilish  mexanikasining  yana  bir  vazifasi  –  inshootlarning  tuzilishi, 

uning  elementlarining  bir  –  biriga  biriktirilish  konunlarini  tekshirish  va  ularning  eng 

ratsional (xavfsiz, tejamli) shakllarini yaratishdan iborat. 

Ba`zan  qurilish  mexanikasida  yaratilgan  yangi  nazariy  metodlar  bilan 

inshootlarni  hisoblash  natijasida  olingan  ichki  zo`riqish  va  deformatsiya  miqdorlari 

hamda  boshqa  natijalarning  to`g’ri  ekanligini  bilish  maqsadida  konstruktsiyalarning 

modeli  yoki  natural  ko`rinishini  eksperimental  metodlar  bilan  tekshirilib  ko`riladi. 

Inshootlarning  natural  ko`rinishini  eksperimental  metod  bilan  tekshirishdan  olingan 

ma`lumotlar  asosida  yangi  nazariy  metodlar  yaratish  mumkin.  Demak,  qurilish 

mexanikasi nazariy va eksperimental fandir. 

 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling