Buxoro Tibbiyot insituti stomatologiya yo’nalishi 123-gurux talabasi Akmalov Nozimxojining kimyo fanidan “Biologik oksidlanish jarayonida redokspotensiallar hosil bo’lishi” mavzus


Download 0.75 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#243592
Bog'liq
Buxoro Tibbiyot Insituti Stomatologiya yo’nalishi 123-gurux talabasi Akmalov

Buxoro Tibbiyot Insituti Stomatologiya yo’nalishi 123-gurux talabasi Akmalov Nozimxojining kimyo fanidan “Biologik oksidlanish jarayonida redokspotensiallar hosil bo’lishi” mavzusi bo’yicha tayyorlagan mustaqil ishi

O’qituvchi: Choriqul Xayrullayev


Buxoro 2021

Biologik oksidlanish jarayonida redokspotensiallar hosil bo’lishi

Oksidlanish-qaytarilish hodisalari biokimyoviy jarayonlar yo‘nalishini belgilab beruvchi omillardan biridir. Tirik organizmlarda oziqa moddalardan olingan kimyoviy energiya elektr energiyaga va so‘ngra mexanik va issiqliqlik energiyalariga aylanadi. Bu hodisalar asosida turli hil oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yotadi. Tirik organizmlarda asosiy elektronlar donori vazifasini vodorod atomi o‘taydi, akseptori esa – bu kislorod atomlaridir. Ammo tirik organizmda vodorod bilan kislorodning to‘g‘ridan - to‘g‘ri birikishi yuz bermaydi. Organizmdagi murakkab hodisalar elektronlar va protonlar tashuvchisi vazifasini o‘tovchi redoks sistemalar orqali amalga oshadi. Organizmning tarkibidagi oksidlanish-qaytarilish sistemalari: sitoxromalar, gem-gematin, sistin-sistein, vodorod peroksid – suv, glutation sistemasi, qahrabo va fumar kislotalar va boshqalar. Sistemaning redoks-potensiali shu sistemani boshqa sistemaga elektron berishi yoki qabul qilishi xossasini baholovchi kattalikdir. Masalan: biologik oksidlanish jarayoni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining zanjiridir. Bu jarayon oksidlanayotgan substratdan kislorodga elektron va proton tashuvchi ma’lum fermentlar bilan boshqariladi. Bu zanjirning har bir bosqichiga aniq redoks potensialga ega bo‘lgan redoks sistema to‘g‘ri keladi. Organik va anorganik birikmalarning oksidlanish va qaytarilish jarayonlarning mexanizmi bilish va ularni tirik organizmga tatbiq qilish tibbiy amaliyotda muhimdir. Biologik sistemalardagi biokimyoviy jarayonlarning deyarli barchasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari asosida kechadi. Xususan, 280 o‘simliklardagi fotosintez jarayoni, tirik organizmgagi nafas olish – muhim bioredoks jarayonlardir. In vivo sharoitida ko‘pchilik holatda substratning oksidlanishi C – H bog‘i bo‘yicha kislorod atomining kiritilishidan iboratdir. Bu jarayon fermentlar ta’sirida borib, fermentativ gidroksillanish deyiladi. Oksidlanishda molekulyar kislorod ishtirok etib, uning bitta atomi – hosil bo‘layotgan gidroksil guruhi tarkibiga kirsa, ikkinchisi qaytarilib suv molekulasi tarkibiga o‘tadi, ya’ni kislorodning oksidlanish darajasi ortib, unga vodorod qo‘shiladi. Bu jarayonlarning barchasida energiya ajraladi.


Organizmning tarkibidagi oksidlanish-qaytarilish sistemalari: sitoxromalar, gem-gematin, sistin-sistein, vodorod peroksid – suv, glutation sistemasi, qahrabo va fumar kislotalar va boshqalar. Sistemaning redoks-potensiali shu sistemani boshqa sistemaga elektron berishi yoki qabul qilishi xossasini baholovchi kattalikdir. biologik oksidlanish jarayoni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining zanjiridir. Bu jarayon oksidlanayotgan substratdan kislorodga elektron va proton tashuvchi ma’lum fermentlar bilan boshqariladi. Bu zanjirning har bir bosqichiga aniq redoks potensialga ega bo‘lgan redoks sistema to‘g‘ri keladi. Potensiali kichik bo‘lgan modda (flavin fermenti) potensiali yuqori bo‘lgan moddalarni (sitoxromalarni) qaytarishi, potensiali kichikroq bo‘lgan moddalarni (degidrogenazani) oksidlashi mumkin. Teskarisi esa oksidlanish-qaytarilish jarayonlari nazariyasiga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘rib turibmizki oksidlanish-qaytarilish potensialining qiymatidan foydalanib u yoki bu biologik hodisani yo‘nalishini aniqlash mumkin ekan.
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling