Buxoro yana mustaqil davlat sifatida uch yil yashadi. Rossiyadagi Muvaqqat hukumat Buxoro mustaqilligini tan oldi. Oktabr inqilobi ortidan Sovet hukumati ham Buxoro mustaqilligini tan oldi


Download 395.17 Kb.
Sana05.01.2023
Hajmi395.17 Kb.
#1080373
Bog'liq
Frunzening Buxoro amirligiga bosqini va o’sha paytdagi siyosiy vaziyat


Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti 5-2b tar 18 guruxi talabasi Toshev Javlonning O’zbekiston Tarixi fanidan yozgan

Mustaqil Ishi


Mavzu: Frunzening Buxoro amirligiga bosqini va o’sha paytdagi siyosiy vaziyat


Tekshirdi; Bobojonova F


Topshirdi: Toshev J
BUXORO 2021

Rossiya imperiyasida 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobidan keyin Buxoro amiri Olimxon zudlik bilan mustaqillikni e’lon qildi. Buxoro yana mustaqil davlat sifatida uch yil yashadi. Rossiyadagi Muvaqqat hukumat Buxoro mustaqilligini tan oldi. Oktabr inqilobi ortidan Sovet hukumati ham Buxoro mustaqilligini tan oldi. Rossiyalik tarixchi Sergey Kuzminning ta’kidlashicha, kommunistlarning bunday qadam tashlashiga sabab ular kommunistik inqiloblarni eksport qilishni maqsad qilishganida.


Buning uchun ular dastlab do‘stona aloqa o‘rnatgan davlatlarida kommunistik g‘oyalarni tarqatish maqsadida kommunistik yoki kommunizmga loyal bo‘lgan partiyalar va guruhlar tuzdi. Keyin esa ushbu partiyalar va guruhlar yordamida hokimiyatni qo‘lga olishga harakat qilindi. Xuddi Buxoro va Xivada bo‘lgani singari. Qizi armiya esa “o‘z burchini” bajarish uchun “yordam”ga oshiqdi. Natijada, hokimiyat bolsheviklar tomonidan boshqariladigan mazkur partiyalar qo‘liga o‘tdi.

Buxoro mustaqilligi yillarida aynan qanday voqealar yuz bergani to‘g‘risida obyektiv fikr bildirish uchun ikki tomon manbalari ham o‘rganilishi kerak bo‘ladi. Ammo asosiy saqlanib qolgan manbalar, tabiiyki, g‘olib tarafning manbalari va xotiralaridir. Sobiq Ittifoq davrida ko‘plab arxiv hujjatlari mafkuraviy yot deb topilgani sababli yo‘q qilib yuborilgan. Shuning uchun mahalliy hujjatlarning yetishmasligi muammosi paydo bo‘lgan

Buxoro operatsiyasi — qizil armiyaning Buxoro amirligini tugatish va uning hududida sho‘rolar hokimiyatini barpo etish maqsadida uyushtirgan bosqini (1920 yil 28 avg .— 2 sentabr).


Bolsheviklar xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, 1920 yil fevralda Xiva xonligini bosib olganlaridan so‘ng Buxoro amirligi sari yuzlandilar. 1920 yil may oyi boshlarida Moskvaga kelgan Turkkomissiya a’zolari Sh. Eliava va Ya. Rudzutak RSFSR tashqi ishlar vaziri G. V. Chicheringa "Turkkomissiya ertagayoq Buxoro amirligining mustaqilligini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi" degan bayonotini topshirdi. 1920 yil 22 mayda RKP(b) MK byurosi Buxoroga hujum qilish to‘g‘risidagi Turkkomissiya a’zolarining ushbu fikrini ma’qulladi. Turkiston qo‘shinlarining qo‘mondoni M. V. Frunze Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarni tezlashtirishni so‘rab 1920 yil 31 iyulda V. I. Leninga telegramma jo‘natgan. RSFSR qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni S. S. Kamenev bu telegrammaga "Qulay fursatda boshlashga ruxsat beriladi" deb qisqa javob yuborgan. 1920 yil 12 avg .da M. Frunze amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro guruhi(fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa amirlik chegaralariga 7 ming piyoda, 2,5 ming otliq askar, 5 og‘ir to‘p, 35 yengil to‘p, 206 zambarak, 5 broneavtomobil, 5 bronepoyezd va 11 aeroplan shay holatga keltirib qo‘yilgan. Amir Olimxon ixtiyorida 15 ming sarboz, 55 eski to‘p va 12 pulemyot bor edi, xolos. Harbiy kuchlar nisbatiga ko‘ra Turkiston fronti zamonaviy qurollarga ega edi. 16—18 avg .da Chorjo‘yda Buxoro kommunistlarining 4s’ezdi bo‘lib, u amirga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bolsheviklarning makkorona rejalari amalga osha boshlagan. Tarixda "yalpi qo‘zg‘olon" deb atalgan harakat 1920 yil 23 avg .da Beshim Sardor boshchiligidagi yollanma turkman otliqlarining Chorjo‘y yaqinidagi Saqor bozorni ishg‘ol qilishi bilan boshlandi. Beshim Sardor va Chorjo‘y kommunistlari darhol Eski Chorjo‘yni ishg‘ol qilganlar, yuzdan ortiq amaldorlar qamoqqa olingan. Chorjo‘y bekligi xazinasi qo‘lga kiritilib, bu boyliklar darhol Chorjo‘y revkomi va yangi hukumat qo‘liga utgan. Ilgaridan kelishuvga ko‘ra shu kuni Chorjo‘y revkomi "Butun Buxoro xalqi nomidan" Turkiston frontiga yordam so‘rab murojaat qilgan, vaholanki Buxoro xalqi s’ezd qaroridan ham, Beshim Sardor isyonidan ham bexabar edi. Buxoro taqdiri qizil qo‘shin ixtiyoriga topshirilgandi. M. Frunze "yordam" to‘grisidagi murojaatni olgach, qo‘shinlarini 4 ta zarbdor guruh (Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Chorjo‘y va Kogon)ga bo‘lgan. Samarqand guruhi 29—30 avg . da Shahrisabz — Kitob yo‘nalishi bo‘ylab harakat qilib Qarshi va G‘uzorni egallashi, Kattaqo‘rg‘on guruhi esa shu kunlari Xatirchi, Ziyovuddin va Karmanani olishi, Chorjo‘y guruhi bo‘lsa eski Chorjo‘yni egallab, Amudaryoning Afg‘oniston bilan chegaralarini nazorat qilishi, Forob va Qorako‘lni egallab, qo‘shimcha buyruqni kutib turishi lozim edi. Asosiy vazifa Kogon guruhi zimmasiga yuklandi. U ammani va hamma narsani taladilar. Umuman qizillar Buxoroni talash uchun kelgan edilar", deb yozgandi. Buxorodan so‘ng qizillar amirlik tarkibidagi 27 beklikni ham birinketin egallashgan va bu bilan Buxoro xonligita barham berganlar, uning hududida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgan. Qizil askar nayzalari ostida qilich va o‘t bilan "Buxoro inqilobi" amalga oshirilib, sobiq yosh buxorolik jadidlardan iborat Buxoro Xalq Nozirlar Sho‘rosi (raisi Fayzulla Xo‘jayev) tashkil topdi. Sovet davlatining Buxorodagi vakili A.E Akselrod Buxoroga qurolli hujum to‘g‘ri yo‘l emasligini aytgan edi. Armiyani muammosiz yengish mumkin, ammo 2,5 millionlik tog‘ aholisini bajarib bo‘lmasligidan ogohlantirdi. Ammo Turkistondagi Sovet hukumati bunga boshqacha ko‘z bilan qarar edi. Ayniqsa, Turkfront qo‘mondoni Mixail Frunze Buxoroda xalqning ko‘tarilishini yillab kutish kerakligini aytib, qurolli hujum bilan Buxoro masalasini hal qilishni taklif qildi.
U 1920-yil yoz bo‘yi mazkur masala bo‘yicha politbyurodan ruxsat so‘radi va bunga erishdi. Qizil Armiya urushga kirishi uchun u Yosh buxoroliklardan foydalanishni maqsad qildi va ularni o‘ziga qo‘shilishga chaqirdi. Amirga muxolif bo‘lgan yosh buxoroliklar unga qo‘shildi. Bu orqali Frunze o‘zining Buxoroga yurishini inqilobchilarga yordam berish bahonasi ila oqlashni maqsad qildi.
Shunday qilib, harbiy operatsiyalar 1920-yilning 28-avgustdan 29-avgustga o‘tar kechasi Chorjo‘yda boshlandi. Besh kun davomida Qizil Armiya bir nechta nuqtada urush qilib, mamlakat hududlarini egallab oldi. Eski Buxoroga hujum 29-avgust kuni boshlandi va 2-sentabrgacha davom etdi. Shahar qattiq mudofaa qilindi. Amir Olimxon Qizil armiyaning kutilmagan hujumi sababli himoyani yaxshi tashkil qila olmadi. Zotan, Sovet aeroplanlariga qarshi tura oladigan vositalarga ega emas edi.
Buxoro shahri samolyotlardan bombardimon qilindi. Shaharga 12 mingta snaryad otildi. Shuningdek, Qizil armiya tomonidan kimyoviy qurollar ham ishlatildi. Bu haqda Moskva vakili Mashitskiy o‘z xotiralarida yozib qoldirgan. Bunday ma’lumotlarni Aleksadr Genisning hujjatli materiallar asosida yozilgan “Buxoroni bir yoqlik qilish kerak” kitobida uchratish mumkin: “Inqilob hech qanday tayyorgarliksiz ekani ayon bo‘ldi va u Qizil Armiyaning hujumiga aylandi. Yashirib o‘tirishning hojati yo‘qki, u Buxoro xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash haqidagi huquqini poymol qildi va Buxoro bosib olingan hududga aylandi.
Buxoroga bir necha millionta o‘q, ko‘pchilik qismi kimyoviy bo‘lgan bir necha mingta snaryadlar otildi. Artilleriya va piyodalarning otishmalarining kuchi shu qadar katta ediki, Buxoro askarlarini inqilob tomoniga o‘tkazish imkoniyati o‘z-o‘zidan yo‘qoldi. Buxoro markaz va vokzalga olib boradigan unga tutash hududlarda butunlay vayron etildi. Tarixiy obidalar vayron qilindi. Masjidlar vayron etilib, qolganlari (uchdan ikki qismi) kazarma va otxonalarga aylantirildi. Boshlangan yong‘inlar va talonchilik nafaqat ommaning kayfiyatiga, balki Buxkomga (inqilobning eng sodiq o‘rtoqlari) ham salbiy ta’sir qildi, ularning jahli chiqib va ochiqchasiga “bolsheviklar Buxoroni talashmoqda” deb aytdi.


Xujumdan so’ng Minorai Kalon
Buxoroga qilingan hujum katta yong‘in keltirib chiqardi va 6-sentabrgacha Buxoro olov ichida qoldi. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Buxoroga hujum natijasida shaharda mingta do‘kon, 20 ta saroy, 29 ta masjid, uch mingta aholi uylari vayron etildi. Ark va uning atrofidagi 300 ta bino jiddiy talafot ko‘rdi. Baljuvoniyning yozishicha, Buxoro o‘z tarixida bunday vayronagarchilikni ko‘rmagan edi.
Amir esa 31-avgust kuni ming kishilik guruh bilan oila a’zolarini olib Buxorodan chiqib ketdi. Dastlab G‘ijduvon, keyinchalik sharqiy Buxoro (Tojikiston), undan keyin esa Afg‘onistonga amir Omonullaxon huzuriga ketishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, XVI asrda tashkil topgan Buxoro davlatida monarxiya ag‘darildi. Ammo Amir Olimxon Buxoro mujohidlarini qo‘llab-quvvatlab turdi. Dastlab, sharqiy Buxorodan, keyinchalik esa Afg‘onistondan turib ularni Sovet hokimiyatiga qarshi kurashga da’vat etib keldi.
Amir hokimiyati o‘rnida 6-sentyabr kuni ba’zi manbalarda 8-oktyabr kuni Buxoro Xalq sovet respublikasi tuzildi. Sovet Rossiyasi uni mustaqil davlat sifatida e’lon qilgan bo‘lsa-da, ortidan V.V. Kuybishev RSFSR vakili sifatida yuborildi va partiya ishlari uning qo‘l ostida amalga oshirildi. Bu esa amalda Buxoroning Sovet Rossiyasiga qaramligini anglatar edi.
Download 395.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling