Buyrug‘iga asosan dan gacha o‘tkaziladi
Download 250.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Малакавий амалиет кундалиги (2)
8-mart-tadbiri, Ўзбекистон Республикасининг Қонуни Йул харакати хавсизлиги тугрисида, Magistratura talabalarining ish joylari(aniq fanlar), matematika, 2 5415835678720134623-конвертирован, 13-MA’RUZA, Toshkent moliya instituti “moliya” mustaqil ta’lim topshiriqlari, buyam bitta xujjat, 12121, BM maruza-11, 10 мавзу, 181-Dorivor roʻyhat, 5-topshiriq mustaqil, Abdurasulova Durdona
- Bu sahifa navigatsiya:
- MALAKAVIY AMALIYOT KUNDALIGI
- Talabalar uchun eslatma.
- Amaliyot davrida: I. a) talabalarning huquqlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI ___________________________________________________________________ fakulteti ___________________________________________________________ yo‘nalishi ____ kurs ______________- guruh talabasi _____________________________________________ ning MALAKAVIY AMALIYOT KUNDALIGI Malakaviy amaliyot universitet rektorining ______________ dagi ________________ buyrug‘iga asosan ________________ dan ____________________ gacha o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyot rahbari: ____________________________________________ Oltiariq – 2022 Talabalar uchun eslatma. Universitet talabalarining malakaviy amaliyoti o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlarga mos muassasalarda o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyotning maqsadi: talabalar olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va o‘quv tarbiyaviy ishlarga tadbiq etish, talabalarni o‘z kabsiga amaliy tayyorlash, kabsiy mahorat malakalari va fazilatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishdir. Amaliyot davrida: I. a) talabalarning huquqlari: Taklif va fikr-mulohazalari bilan universitetning o‘quv bo‘limiga, fakultet, kafedralar va maktab rahbarlari, o‘qituvchilariga murojaat qilish. Talabalar metodist-rahbarlarida uslubiy maslahatlar, yo‘l – yo‘riqlar olish. Kafedralar va o‘quv muassasalarining o‘quv moddiy-texnikaviy bazasini foydalanish. Ijodiy faoliyatlari doirasida malakaaviy amaliyotdagi faoliyatlarini kengaytirish. Talaba malakaviy amaliyotni ¾ qismini bajarib uzrli sabablar bilan malakaviy amaliyotni nihoyasiga yetkaza olmasa, o‘quv mashg‘ulotlaridan ajralmagan holda malakaviy amaliyotni davom ettirish va nihoyasiga yetkazish huquqi beriladi. b) talabaning burchlari: Malakaviy amaliyot darsida olti soatlik ish kuni davomiyligida amaliyotni o‘tayotgan xizmat manzilida bo‘lishi. Amaliyotchi talaba “malakaviy amaliyot dasturi” da ko‘rsatilgan ishlarni o‘z vaqtida bajarishi. muassasalarning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlari topshiriqlariga to‘la rioya qilishlari, ularni bajarishlari. Amaliyot davrida talabalardan biri shu gurh sardori qilib tayinlanadi. U amaliyot ishlarini tashkillash, uslubiy rahbarlar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishda tashkilotchilik qiladi. Malakkaviy amaliyotga doir ma’lumotlarni rasmiylashtirish, bayonnoma va ro‘ynomalarni yurgizishda yordam beradi. I. v) talabalarning vazifalari: 1. Talaba amaliyot davrida ichki mehnati intizomini buzsa, mazkur muassasa rahbariyati unga ma’muriy chora ko‘radi va bu haqida universitet ma’muriyati ma’lumot beradi. 2. Amaliyotchi talaba o‘z vaqtida maliyotni o‘tmasa, bir hafta muddatda sababsiz uzilish sodir etsa, amaliyotdan va o‘qishdan chetlatiladi. Bunday talaba keyingi o‘quv yilida chetlangan kursiga shartnoma asosida o‘qishini tiklashi mumkin. 3. Amaliyot rahbarlari tomonidan o‘quv, tarbiyaviy jamoatchilik topshiriqlarini bajarmagan tartib- qoidani buzgan talabani amaliyotdan chetlashga tavsiya berishi mumkin. 4. Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish uchun kundalik yuritadi. 5. Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirishi uchun beradigan beradigan barcha hujjat ma’lumot daftarlari talabada bo‘lishi zarur. Universitet ma’muriyati va nazorat organlari tomonidan so‘ralganda ko‘rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab qilingan vaqtda ish daftari yo‘q bo‘lsa, o‘sha daftar yoki hujjat yuritilmagan deb hisoblanadi. 6. Malakaviy amaliyotga borib-kelish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish har bir talabaning o‘z zimmasida bo‘ladi. II. Talaba agar pedagogik amaliyot o‘tsa: a) u darsga kirishdan avval darsning reja konspektini tuzadi, uni metodist va fan o‘qituvchisiga tadsiqlatib oladi. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar dasturi, tarbiyaviy soat konspektini tayyorlab, pedagogik rahbar, sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor muoviniga tadsiqlatib oladi; b) har bir talaba kamida uchta ochiq dars o‘tishi shart va sheriklari olib borgan uchta darsni tahlil etib, bayonnoma yozish kerak; v) amaliyotchi talaba ixtisosligi bo‘yicha va boshqa fan o‘qituvchilari guruhdoshlarining darslarini uslubiyot rahbari tomonidan berilgan sxema bo‘yicha tahlil qiladi. Dars va tarbiyaviy soatlarning tahlil maxsus daftarlarida aks ettirib boriladi; g) talaba amaliyot davrida o‘qituvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini kuzatadi. O‘qituvchilarning yosh va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Sinf tarbiyaviy soatlarini, darslarning ayrim qismlarini mustaqil o‘tadi, ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydi, fotomontajlar chiqaradi. To‘garak, fakultativ mashg‘ulotlar, tematik kechalar o‘tkazishda qatnashadi yoki uyushtiradi. Ma’naviy – ma’rifiy ishlarni tashkil etish, targ‘ib etishda faol ishtirok etadi. III. Amaliyot tugagach, bir hafta davomida amaliyotchi talaba yozma hisobotga quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi: a) kundalik daftar; b) amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki yo‘nalishni xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan mahsulotlardan namunalar; v) amaliyot o‘tagan muassasadan berilgan tavsifnoma. IV. Agar talaba amaliyotni maktab, kasb-hunar kolleji yoki akademik litseylarda o‘tkazsa, quyidagi hujjatlarni qo‘shib topshiradi: a) taqvimiy reja; b) har bir o‘tgan darsi uchun dars konspekti; v) ochiq dars konspekti; g) o‘zaro tahlil qilish daftari; d) ota-onalar yoki o‘quvchilar bilan o‘tkazgan ma’ruzalarning yozma bayoni; ye) amaliyotchi talabaga biriktirilgan sinf uchun tuzilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi; yo) sinfdagi ikkita o‘quvchiga psixologik tavsifnoma. Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrug‘i bilan tadsiqlangan komissiya oldida himoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baholanadi. Download 250.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling