Buyuk ipak yo`li: shakillanish, rivojlanish bosqichlari


Download 45.1 Kb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi45.1 Kb.
#1106054
  1   2
Bog'liq
Buyuk ipak yo`li


Buyuk ipak yo`li: shakillanish, rivojlanish bosqichlari. Samarqandning buyuk ipak yo’lida tutgan o’rni


Reja:

1.Buyuk ipak yo`liniing paydo bo`lishi va rivojlanishi

2.Buyuk ipak yo`lining tarmoqlari.

3.Buyuk ipak yo`lining tarixiy axamiyati.

Mil. av. 3000 yillikka kelib O`rta Osiyoning ko`pgina xududlari qadimgi axoli tomonidan o`zlashtirib bo`lingan edi. Ammo, cho`l va dasht xududlarida o`zlashtirilmagan, xududlar xam mavjud edi. Bu xududlardagi chorvador axoli voxalaridagi o`troq axoli bilan o`zaro aloqalarini bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlaridan ma’lum bo`lishicha buyuk Ipak yo`li tashkil topmasdan ancha ilgariroq qadimgi sharq va o`rta Osiyo xududlarida o`zaro almashinuv yo`llari mavjud edi. Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishda savdo va transsik yo`llarining amxamiyati nixoyatda kattadir. Shunday yo`llardan biri sharq bilan g`arbni bog`lovchi Buyuk Ipak yo`li. Bizning maqsadimiz ushbu yo`lning shakllanish, rivojlanish jarayonlarini, tarmaoqlarini va axamiyatni to`liq yoritib berishdir.

Bronza davridagi (mil. av. III - II ming yilliklar) ana shunday yo`llardan biri “lojuvard yo`li” deb atalib, uning bir tarmog`i Badaxshon, Bakteriya va Marg`iyona xududlarini Xorazm, Sug`diyona Markaziy Qozog`iston va Ural bilan bog`lagan yana bir tarmog`i esa Baktriya va Marg`iyonani Mesopotamiya bilan bog`langan. Bu yo`l Pomir tog`laridan boshlanib Eron, Old Osiyo, Misr orqali o`tgan. Badaxshon lojuvardining Xind vodisi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaxo toshning qadimgi sharqda nixoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi.

Qadimgi yo`llardan yana biri Eron axmoniylarining yo`li bo`lib bu yo`lning bir tarmog`i mil.av. VI-IV- asrlarda kichik Osiyo shaxarlarini xamda O`rta Yer dengizi bo`yidagi Efes, Sardi shaxarlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan bog`lagan bo`lsa, yana bir tarmog`i Eron, Baqtriya orqali Sug`diyona, Toshkent axolisi va Qozog`iston xududlaridan o`tib Oltoygacha borgan. Tarixiy adabiyotlardan bu yo`l “Shox yo`li” deb ataladi.

Mil. av. 138-yilda Xitoy imperatori U-Di Chjan Szyanning Osiyo yerlariga jo`natadi. Elchi Chjan Szyan (mil. av. 138-126-yillarida) Xitoyning xumlariga qarshi kurashi uchun itifoqchi izlab kelgan edi. Mil. av. II-I asrlarga kelib Chjan Siyan yurgan yo`llari Xitoyni O`rta va G`arbiy Osiyo bilan bog`laydigan karvon yo`li bo`ladi. Bu yo`l Buyuk Ipak yo`l i deb atalib umumiy uzunligi 12 ming killometrdan iborat edi. Ilk o`rta asrlarga kelib Ipak yo`lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O`z davrida nixoyat katta axamiyatga ega bo`lgan bu yo`lning dastlabki tarmog`i Xitoyning Sian shaxridan boshlashib Sharqiy Turkiston O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Yer denigizigacha cho`zilgan.

Buyuk Ipak yo`li –Xitoy, O`rta Osiyo va YAqin Sharq mamlakatlari o`rtasidagi qadimgi savdo yo`li. Bu yo`l orqali qadimgi Xitoydan, Xindiston, O`rta Osiyo va Kichik Osiyoga asosan ipak eksport qilinganligi sababli tarixda u “Ipak yo`li” nomi bilan shuxrat topgan.

Buyuk ipak yo`li mil. av. I ming yillikning 2- yarmidan to millodiy 15-asrgacha, ya’ni suv yo`llari qaror topguncha sharqni g`arb bilan bog`lagan asosiy savdo yo`li bo`lib, u Xitoy, Xindiston, O`rta Osiyo, yaqin Sharq xamda O`rta dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishida muxim rol o`ynagan.

Buyuk Ipak yo`li Xitoydagi Xuan Xe daryosining o`rta oqimida joylashgan Sian shaxridan boshlanib Lanch jou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda u ikkiga ajralib biri-shimoli – g`arbga, ikkinchisi janubiy–g`arbga yo`nalgan. Shimoliy yo`l Turfon orqali. Tarim voxasiga va bu yerdan Qashqar Davon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi bo`lgan Samarqand va Marg`iyona (Marv)ga yo`nallgan. Janubiy yo`l Xo`tan, Yorkent va Pomir –tizma tog`lari orqali o`tib, Baqtriyaning poytaxti Zariaspa (Balx)ga borgan. Balxda janubiy yo`l ikkiga ajralib biri Xindistonga, ikkinchisi g`arbga yo`nalgan va Marvda shimoliy yo`l bilan tutashgan. Marvda Buyuk Ipak yo`li Parfiyaning poytaxti Niso, Eronning Gekatompil, Apaliya vaEkbatana (Xammadon shaxarlari) orqali Mesopotamiyaga borgan. U yerda Ktesifon va Bog`dod shaxarlaridan o`tib Dajla (Tigr) daryosining o`ng qirg`og`i bo`ylab shimolga yo`nnalagan va Nisbin xamda Antioxiya (Antokiya) shaxarlari orqali Damashqqa borgan. Damashqqdan Tira shaxri bilan Quddusga va Misrga yo`nnalgan. Buyuk Ipak yo`li orqali Xitoydan tashqi savdo uchun ipak, Xitoyga esa xar xir gazlama gilam va paloslar, oyna, metall, zeb zinat buyumlari, qimmatbaxo tosh va dorivlorlar Baqteriya va Dovondan ot va tuyalar olib borilgan. Buyuk Ipak yo`li tufayli Xitoyning O`rta Osiyo YAqin Sharq mamlakatlari bilan savdo va elchilik aloqalari birinchi ikkinchi asrlardayoq kengayib borgan. Xitoydan xar yili katta savdo karvonlari elchichlar bilan g`arb mamlakatariga jo`nadilar va g`arbdan turli tuman mollar, ortilan karvonlar bilan elchilar kelar edi. Garchi Xitoy sayyoxi Gai In 97 yili Fors qo`ltig`iga yetib borgan bo`lsa, Makidoniyalik Gay Titsian 100 yili Lanch - monagacha yetib kelgan. Lekin Buyuk Ipak yo`lining uzoqligi va sermashaqatligi sababli Xitoy G`arb davlatlari bilan bevosita aloqa olib borishi mumkin bo`lmagan. Shuning uchun xam Buyuk Ipak yo`li orqali olib borilgan savdo elchilik aloqalarida osiyoliklar ayniqsa so`g`dlar, baqteriyaliklar va eronliklar vositachilik rolini o`ynaganlar. III-IV- asrlarda Buyuk Ipak yo`li Xitoydan Xidistonga borib ziyorat qiluvchi budda monaxlari uchun xizmat qildi. X asrlarda Xitoy bilan arab xalifaligi va Vizantiya o`rtasida savdo va elchilik munosabatlarining kengayishi natijasida Buyuk Ipak yo`lining xalqaro axamiyaiti yanada kuchaydi. XIII-XIV- asrlarda Buyuk Ipak yo`li mo`g`illar imperiyasining chekka o`lkalarini Mo`g`iliston bilan bog`lashda katta rol o`ynadi. XV asrdan boshlab (Buyuk geografik kashfiyotlar) Italiyalik Xristofor Kolumb, Florensiyalik Amerigo Vespuchchi, Portugaliyalik Vasko Da Gama kabi sayohlarning sayohatlari va shuningdek, dengiz orqali suv yo`llarining kengayishi va unda savdo-sotiqning keng yo`lga qo`yilishi natijasida Buyuk ipak yo`lining ahamiyati sekin pasaytirdi.

O`tmishga bir nazar tashlasak: Yer yuzasining kattagina qismini egallangan-na siyosiy, na davlat chegaralarini bilmaydigan, qadimda bobolar solgan yo`l Buyuk ipak yo`li va bu yo`lning chinakam buyukligini va mahobatini ko`z o`ngimizda gavdalantirib turadigan va o`z ko`rki-jamolini saqlab kelayotgan qo`rg`onlar, karvonsaroylar, shaharlar namoyondir.

O`rta Osiyo Buyuk ipak yo`li chorrahalarida joylashgan bo`lganligi uchun ham bu yo`lning ta’siri va ahamiyati juda katta bo`lgan. Buyuk ipak yo`li orqali dunyo madaniyatining beshigi bo`lgan mamlakatlar o`rtasidagi jug`rofiy va milliy to`siqlardan ustun turadigan chinakam xalqaro muloqotlarga yo`l ochilgan. Bugun jahon madaniyati erishgan cho`qqidan sezayotganligini guvohi bo`lamiz. Demak, shunday ekan yana mavzuning uchi O`rta Osiyo o`tmishiga borib taqaladi.

O`rta Osiyo, uning Ko`hna Urganch, Xiva, Buxoro va shu kabi qadimgi shaharlar tuprog`i afsonalar mamlakati ekaniga, go`zal me’moriy obidalari jahon madaniy merosining ajralmas qismi ekaniga amin bu tarixiy shaharlar Buyuk ipak yo`lidagi ko`rki-tarovati, boy o`tmishi bilan benihoyat katta e’tiborni talab etadi.

Buyuk ipak yo`li faqat savdo-tijorat yo`ligina bo`lib qolmay, turli xalqlar qatorida O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlarning o`zaro bir-birini boyitishiga kuchli ta’sir ko`rsatgan, shaharlar va shaharsozlikning vujudga kelishiga, xunarmandchilik va madaniy qatlamlarning shakllanishiga bebaho hissa qo`shgan, ijtimoiy jarayonlarni harakatga keltirgan.

Masalan: Xitoy chinnisi va ipagining dovrug`i ham shu yo`llar orqali yoyilgan edi (Chinni IV-VI asrda Xitoyda vujudga kelgan va ayniqsa VII-XIII asrlarda chinnisozlik san’ati yuksak darajaga ko`tarilgan). Beruniy Eronda g`oyat mashhur bo`lgan uch xil Xitoy chinnisi haqida ma’lumot bergan. O`rta Osiyodagi oyna tayyorlash texnologiyasi esa 424 yili Xitoyga olib o`tilib, bu o`lkaning turli viloyatlarida oynasozlikning keng taraqqiy etishiga turtki bergan. Xitoydagi nafis qog`oz tayyorlash usullari (qog`oz birinchi martda II asrda Xitoyda Say Dun tomonidan o`simlik tolalarining suvli suspenziyasini sim to`rdan o`tkazib hosil qilingan) Turkistonga ko`chib, bu sohaning Samarqandda ravnaq topishga sabab bo`lgan. Shuningdek, karvon yo`lida joylashgan qadimgi shaharlarda hozirgi kunga qadar saqlanib kelgan tarixiy obidalaryuvropada, Lotin Amerikasida taraqqiyot yo`li uyg`onmagan, hatto inklar madaniyati ham bo`lmagan (inklar II-XIII asrlarda Peruning kechua tillari gruppasiga kiruvchi indeyets qabilalari) ming yillar burun bu yerda madaniyat gullab-yashnaganligini ko`rsatadi. Shuning uchun ham hanuzgacha bu Buyuk ipak yo`lidagi yodgorliklar jahon jamoatchiligining diqqatini o`ziga jalb qilmoqda.

3 savol. O`rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo`li bilan uzviy bog`liqdir. Xususan, mil.av. II asrdan boshlab Xitoy va O`rta Osiyo viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Farg`ona, So`g`d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yo`li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib O`rta Osiyo orqali o`tuvchi ipak yo`li tarmoqlari nazoratini mahalliy so`g`diy aholi qo`lga oldilar. Qo`shni davlatlar xam Ipak yo`lidan manfaatdor bo`lganligi sababli ilk o`rta asrlardan Eron va Vizantiya xukmdorlari so`g`diylar bilan qonli kurashlar olib bordilar.

Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg`or madaniyatli davlatlari, asosan to`rttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga bo`linar edi. G`arbda Britan orollaridan sharqda Tinch okean sohillarigacha cho`zilgan bu zabardast saltanatlar insoniyat tarixida birinchi bo`lib “Buyuk ipak yo`li” deb nomlanuvchi yo`l bilan bog`landilar. Ipak yo`li rivojlanib borgan sari podsholarning o`zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg`alar in’om etishlari an’anaga aylandi. Savdo-sotiq misli ko`rilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, Sharq bilan G`arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchaydi. Davlatlar rivojlanishidagi ko`plab madaniy o`xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.

Buyuk ipak yo`li bo`ylab ko`plab karvonsaroylar, shaharlar barpo etildi. Bu yo`ldan borayotgan savdogarlar ko`pincha yo`lining oxirigacha bormas edilar. O`rta Osiyo viloyatlari bu yo`lning o`rtasida joylashganligi sababli savdogarlar Xorazm, Samarqand, Termiz va boshqa hududlarda o`z mollarini sotib, mahalliy mahsulotlarini xarid qilar edilar. O`rta asrlar O`rta Osiyo bozorlarida chetdan keltirilgan ko`plab mahsulotlar mavjud ediki, hozirgi kunda ipak yo`li ustidagi ko`hna shaharlar va manzilgohlarda arxeologik qazilmalar natijasida topilayotgan topilmalar fikrimizning dalilidir.

Mil. av. II asrda paydo bo`lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat ko`rsatgan Buyuk ipak yo`li shu davr ichida Sharq va G`arb xalqlarining keng miqyosdagi o`zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yo`l orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning o`zaro hamkorlik, almashinuv va madaniyatlarining boyib borishi tinch va taraqqiyot uchun asos bo`lib, xizmat qildi. O`zbekiston xududlari bu yo`lning chorrahasida joylashgan bo`lib, bu yerga turli malakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va me’morlar tashrif buyurganlar.

YUNESKO tomonidan “Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining ishlab chiqilishi Yevroosiyodagi 30 dan ortiq yetakchi davlatlarning 2000 yilga qadar ilmiy-madaniy faoliyatiga o`rganish uchun yo`nalish bo`ldi. Respublikamiz hududlarida ham bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etildi. Buning natijasida ko`pgina tarixiy-madaniy obidalar o`rganildi, qadimgi yo`llar va yo`nalishlar aniqlandi, milliy va ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o`rganildi. Juda ko`pchilik tadqiqotchilar ishtirok etayotgan “Buyuk ipak yo`li – muloqot yo`li” dasturining asosiy vazifasi Sharq va G`arb xalqlari o`rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar o`rnatgan hamda rivojlantirgan bu yo`lni xalqlarning birodarlik, o`zaro hamkorlik va samimiy muloqot yo`liga aylantirishdan iboratdir.

Jahonning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar karvonsaroylar tarixini ipidan-ignasigacha qizg`in muhokama qilishib, bu manzilgohlar Buyuk ipak yo`lining islomga qadar karvonsaroy, so`ng esa rabot deb atalgan shoh bekatlari ekanligini ta’kidlashdi. Ekspeditsiya a’zolari hayratga soluvchi tarixiy obidalarning qadimiyligi, go`zalligi haqida so`z yuritishib, lekin ularning ko`pchiligi ta’mirlashga, yordamga muhtojligiga to`xtalib, mas’uliyatli vazifalar haqida bosh qotirishdi. Buxoro, Xiva va boshqa shaharlardagi tarixiy yodgorliklarni asrab qolish yo`llarini izlash uchun jahonning ilmiy kuchlarini safarbar etishga tayyor ekanliklarini, shuningdek, ota-bobolaridan shunday mahobatli obidalar, mo`jizaviy go`zalliklar meros bo`lib qolgan xalq ham ularni gard yuqtirmasdan saqlash uchun jon kuydirishi zarur ekanligini ta’kidlashdi. Jumladan, ekspeditsiyaning ilmiy kotibi Axmad Xasan Doni Oqsaroy haqida shunday fikrlarni bildirdi: “Jahonda yodgorliklar ko`p. Biroq mening nazarimda ulug`vor Oqsaroy – Muxammad Temur saroyi mahobatini xech narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi. U betakror ijod mahsulidir. Bu obidaning hozirgi holati uning ulug`vorligi va ahamiyati aslo kam emas. Men uni hayrat bilan tomosha qilib shunday fikrga keldimki, mutaxassislar Shaxrisabzda yashovchi butun aholi bu yodgorlikka nihoyatda katta e’tibor qaratmoqlari lozim... Agar bu ishlar amalga oshirilsa, butun dunyoda juda ko`plab sayyohlar faqat Oqsaroynigina emas, shaharning san’at va madaniyat tarixiga doir ko`plab monumental yodgorliklarni ham hayratlanib tomosha qilgan bo`lardilar... Shu shahar ahliga, o`zidan keyin mana shunday ulug`vor va muhtasham me’moriy yodgorliklar qoldirgan buyuk insonga ulug` davlat arbobiga va lashkarboshiga ta’zim bajo, ehtiromimni bildiraman”.

Xullas, buyuk ipak yo`li va uning karvonsaroylari, tarixi yildan-yilga chuqur izlanishlar natijasida yangi-yangi qirralarini ko`rsatib, kelajak avlodlari uchun ham qimmatli tarixiy yodgorlik bo`lib qoladi.



Download 45.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling