Byudjet daromadi va xarajatlari tarkibi. Reja Byudjet daromadi va xarajatlari haqida tushuncha


Download 18.66 Kb.
Sana27.05.2022
Hajmi18.66 Kb.
#718433
Bog'liq
Byudjet daromadi va xarajatlari tarkibi
1- kurs Klinika ishni fan dasturi (2)-yangi, Doc2, Chiziqli tenglamalar sistemasini teskari matritsa, Gauss va Gaus, ДИНАМИКА МАТЕРИАЛЬНОЙ ТОЧКИ, Distributiv tahlil, A common problem of terminology work is that the importance and indeed the very nature of terminology is poorly understood, КОМПЬЮТЕРНЫЕ СЕТИ., Ishlab chiqarish sanitariyasi va mexnat gigeniyasi. Ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya normasiga asosan sniflanishi, sanitariya –himoya zonasi. Sanitariya –mayishiy xonalar, Локальные кампании сеты, Mexnatni muhofaza qilishni ta’minlashda muhandis va texnik xodimlarning vazifalari, xafsiz mexnatga o\'rgatish o\'qitish usullari, Sanoat korxonalaridaishlab chiqarish sanitariya va gigeniya qoidalari, Ishlab chiqarishda xafli zararli omillar, baxtsiz xodisalar zararlanish haqida umumiy tushunchalar, Xafli va zararli omil(faktor)larni inson organizimiga, STOL TENNISI TARIXI, Yengil atletikaning rivojlanish tarixi, CHIZIQLI TENGLAMALAR

Byudjet daromadi va xarajatlari tarkibi.
Reja

  1. Byudjet daromadi va xarajatlari haqida tushuncha

  2. Byudjet daromadi va xarajatlari xisoblash yo’llari



Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarining byudjettan tashqari jamg’armalari, jamg’armalar mablag’larini shakllantirish, hisobga olish va ularning nazorati yoritib berilgan. Byudjetdan tashqari jumladan rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining taqsimlanishi Toshkent Moliya instituti misolida tahlil qilingan. Jamag’armalar mablag’larini taqsimlash, ularni hisobga olish bo’yicha muammolar hamda ularning yechimi keltirib o’tilgan Kalit so’zlar: byudjet tashkiloti, byudjetdan tashqari jamg’arma, daromad, xarajat, ijaradan tushgan mablag’lar, homiylik mablag’lari, faoliyat turiga xos ishlab chiqarish, iqtisod qilingan mablag’lar, boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar. This article outlines the budget allocations, budgeting, accounting and supervision of budget funds. The allocation of the budget for the development budget was analyzed by the example of the Tashkent Financial Institute. Distribution of gross funds, accounting problems and their solutions. Key words: budget organization, extra-budgetary funds, income, expense, lease payments, sponsorship, business-type production, savings, other non-budgetary funds. В этой статье изложены бюджетные ассигнования, бюджетирование, учет и надзор за бюджетными средствами. Распределение бюджета бюджета развития было проанализировано на примере Ташкентского финансового института. Распределение валовых фондов, проблемы бухгалтерского учета и их решения. Ключевые слова: бюджетная организация, внебюджетные фонды, доходы, расходы, арендные платежи, спонсорство, производство бизнес-типа, сбережения, другие внебюджетные фонды. Kirish Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida byudjet mablag’lari bilan bir qatorda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobi va nazoratiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Byudjet ijrosi jarayonida Davlat byudjeti mablag’lari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari shakillanishi hamda sarflanishini uzluksiz hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va axborotlarni tizimli shakllantirish uchun byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tashkil etilmoqda. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va nazoratini takomillashtirish uning aniqligi va ishonchliligini oshirish yo’lida islohotlar olib boorish o’zining ijobiy natijasini berishi aniq. Bunday islohotlar natijasida byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 2 tashqari mablag’lari kelib tushishi ularning maqsadli va imtiyozli ravishda sarflanishi, byudjet tizimidagi mablag’lar bilan bog’liq o’g’irliklar, kamomadlar va zararlarning oldini olish imkonini yaratadi. Nazorat sohasining takomillashtirilishida mablag’larning maqsadli sarflanishi yuzasidan tizimli asos yaratilishi nazoratning aniq va kamchiliklardan holi bo’lishiga yordam beradi. Byudjet mablag’larini tejash va samarali foydalanish borasida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev nutqlarida quyidagilar ta’kidlab o’tilgan, “Byudjet tizimini isloh qilish sohasida mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari yanada kengaytirildi. Endi har bir hudud rahbari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, mas’uliyatni to’la o’z zimmasiga olishi, o’z aravasini o’zi tortishi kerak.Yaqin kelajakda barcha davlat xaridlarini amalga oshirish va davlat mulkini sotish uchun Internet tarmog’ida yagona maydon tashkil etish lozim. Bu byudjet xarajatlarini qisqartirish, davlat mulkini samarali boshqarish va katta moliyaviy mablag’larni iqtisod qilish imkonini beradi. 2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechamiz. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko’rsatishi uchun byudjet barqarorligi suv bilan havodek zarur”1 . Byudjet tashkilotlarini hususan, oliy ta’lim muassasalarini davlat byudjetidan moliyalashtirish hozirgi kungacha yuqori ko’rsatkichlarda ekani ijobiy holat emas. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni faoliyat turiga hos va mos holda shakllantirishga keng yo’l ochib berish, byudjet tashkilotlarini o’zini o’zi moliyalashtirish imkoniyatini yaratib, byudjet mablag’lari tejalishiga olib keladi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili Ushbu mavzu doirasida bugungi kungacha ilmiy ish shakllantirilmagan bo’lsada, ushbu mavzuga mamlakatimiz olimlaridan S.U.Mehmonov o’z munosabatini bildirgan. S.U.Mehmonov byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lariga “Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari - qonunchilikda nazarda tutilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag’lardir”[1] deya o’z ta’rifini keltirgan. Ushbu ta’rifdan bilish mumkinki, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari ularning faoliyat turlariga mos holda boshqa faoliyat turlarini kengaytirish orqali kelib tushadigan mablag’lardan iborat bo’ladi. Byudjetdan tashqari mablag’lar hajmini oshirish tashkilotni byudjetdan moliyalashtirish hajmini pasaytiradi. Bu esa davlat byudjeti uchun samarali hisoblanadi. Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’lari tashkil bo’lish manbalari quyidagilarga ajratilgan;  Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari;  Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari;  Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari;  To’lovlarning maxsus turlariga doir mablag’lar; 1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22 dekabr 2017 yil. “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 3  Boshqa byudjetdan tashqari maxsus mablag’lar.[2] Mamlakatimiz qonunchilik tizimida byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari jamg’armalar va ularning mablag’lariga taalluqli bo’lgan quyidagi me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan: Byudjet kodeksining 44-moddasiga ko’ra Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari quyidagilar:  Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armasi;  Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;  Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idorlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari;  Byudjet tashkilotlarining undiriladigan to’lovlar hisobiga shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablag’lari.[3] Qonunchilikda nazarda tutilgan byudjetdan tashqari mablag’lari esa Vazirlar Mahkamasining 414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarorida keltirib o’tilgan. Qarorga ko’ra byudjet tashkilotlariga Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasini shakllantirish huquqi berilgan. Ushbu qarorga muvofiq byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, Moliya vazirligining g’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet mablag’lari bo’yicha tejab qolingan mablag’lar, faoliyati turiga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun hujjatlariga muvofiq olingan mablag’larning bir qismi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg’araz yordam) hisobidan shakllantirilishi belgilangan. Shuningdek rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirishga yo’naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999 yil 6 avgustda 795 – son bilan ro’yxatdan o’tgan “O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi haqida”gi Nizomga ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushumi amalga oshiriladi va ushbu mablag’lar hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. Ushbu qarorda keltirilgan byudjetdan tashqari mablag’larni shakllantirish va sarflash yo’nalishlari bilan bir qatorda, bu yo’nalishlarni kengaytirish, erkinlik berish shu bilan bir qatorda muntazam nazoratda ushlab turish muhim hisoblanadi. Bu orqali byudjet tashkilotlarining byudjetga qaramligini oldi olinadi. Uslubiyot va tahlillar “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 4 Hozirgi vaqtgacha byudjet tashkilotlarida byudjetdan moliyalashtirish yuqoriligi kuzatilmoqda. Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari o’sishi kuzatilmasligini Toshkent Moliya institutining Rivojlantirish jamg’arrmasi mablag’larini 3 yillik harakati tahlilidan ham ko’rish mumkin. Ushbu rasmda Toshkent moliya institutining rivojlantirish jamg’armasi daromadlarining yillar bo’yicha shakllanishi foiz miqdorida keltiriligan(1-rasm). 1-rasm. Toshkent moliya instituti rivojlantirish jamg’armasi daromadlari (% miqdorida)2 Toshkent moliya institutida 2014 yilda rivojlantirish jamg’armasi daromadlarining katta qismini homiylik yordamidan kelgan mablag’lar tashkil etgan. 2015 yilda esa bu yuqori ko’rsatkich iqtisod qilingan va boshqa mablag’lar salmog’iga to’g’ri keladi. Iqtisod qilingan mablag’lar umumiy daromadning yarmidan ko’pini, ya’ni 64,0 foizni tashkil etgan. 2016 yilda iqtisod qilingan va homiylikdan kelgan mablag’lar jamg’armaning asosiy daromadini tashkil qilgan. 2017 yilda yuqori daromad, iqtisod qilingan va boshqa mablag’lar hisobiga to’g’ri keladi. Ijaradan tushgan mablag’lar umumiy daromadning yillar kesimida qaralganda 5 foizini ham tashkil etmaydi. O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775 son, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2919 son va “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151 son Qarorlaridan kelib chiqib Toshkent moliya institutida rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari daromadlari 2 Toshkent moliya instituti 2014-2017 yil moliyaviy hisobotlari ma’lumotlaridan olindi. 34,6 64,1 39,3 64,7 49,2 38,2 14,3 32,0 19,3 31,5 1,8 4,0 3,3 3,8 0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100% 2014 2015 2016 2017 Iqtisod qilingan va boshqa mablag'ar Homiylik yordami (beg'araz yordam) Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Ijaradan tushgan mablag'lar “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 5 tarkibi bo’yicha homiylik mablag’lari va tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga zaruriyat mavjudligi namoyon bo’lmoqda. Ushbu tushumlar quyidagi yo’nalishlarga sarflangan(2-rasm). Ushbu rasmda sarf xarajatlar foiz ko’rinishida keltirilgan bo’lib Toshkent moliya instituti Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari asosan tashkilotni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlariga sarflangan. 2014 yilda 98,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilga kelib 89,2%ni tashkil etgan. 2017 yilda 74 foizni tashkil etgan. O’tgan yilga nisbatan xodimlarni moddiy rag’batlantirish miqdori oshgan. Xodimlarni moddiy rag’batlantirish tadbirlariga xarajatlar yildan yilga oshib borgan. 2014 yilda 1,6% miqdorda qilingan xarajat 2017 yilga kelib 26,0 foizga yetgan. 2-rasm. Toshkent moliya instituti Rivojlantirish jamg’armasi xarajatlari(% miqdorida)3 Rasm ma’lumotlaridan ma’lum bo’ladiki 2017 yilga kelib rivojlantirish jamg’armasi mabag’lari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 414 son Qarori talablari bajarilgan. Oldingi (2014-2016yil) davrda esa rivojlantirish jamg’armasi mablag’larining deyarli barchasi moddiy-tehnik bazani rivojlantirishga sarflangan. Aslida esa, rivojlantish jamg’armasi mablag’larining 25 foizi xodimlarni moddiy rag’batlantirishga sarflanishi belgilangan. Xulosa va takliflar Bizningcha, Toshkent moliya instituti homiylik va faoliyat turiga xos mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi daromadlar tushumini kengaytirishi hamda ushbu mablag’larning 25 foizini qat’iy tartibda xodimlarni moddiy rag’batlantirishga sarflashi zarur. Byudjet tashkiloti faoliyat turiga xos mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasini tashkil etish va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish bilan bog’liq muammolar 3 Toshkent moliya instituti 2014-2017 yil moliyaviy hisobotlari ma’lumotlaridan olindi. 98,3 97,2 89,2 74,0 1,6 2,8 10,8 26,0 0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100% 2014 2015 2016 2017 Moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash Xodimlarni moddiy rag'batlantirish “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил 6 mavjud. Jumladan, ta’lim muassasasi ta’lim xizmatini tashkil etish orqali rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini shakllantirishi mumkin. Ammo, ushbu faoliyat asosiy dars mashg’ulotlari yakunlangach amalga oshiriladi va ma’lum bir vaqt davomida ta’lim xizmatini ko’rsatish uchun asosiy vositalardan foydalaniladi. Asosiy vositalarning eskirishi ushbu asosiy vosita kirim qilingan manba bo’yicha haqiqiy xarajatlarda aks ettirilishi belgilangan. Ma’lum vaqt oralig’ida foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi ko’rsatilayotgan ta’lim xizmati tannarxida aks ettirilishi zarur. Ammo, ushbu asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasining qancha qismini xizmat tannarxiga qaysi tartibda kiritish biror me’yoriy-hujjatda belgilanmagan. Shuningdek, ta’lim xizmatini ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan kommunal xizmatlar, internet xizmatlari, qo’riqlash xizmati va boshqa shu kabi xarajatlarni ta’lim xizmati tannarxiga kiritishning aniq tartibi mavjud emas. Bizningcha, ushbu muammoni ijobiy hal etish maqsadida byudjet tashkilotlarida ishlab chiqariladigan mahsulot, bajariladigan ish va xizmatlarning tannarxini aniqlash va hisoblashga qaratilgan alohida me’yoriy hujjat ishlab chiqilishi zarur. Ushbu me’yoriy hujjatda mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha xususiyatlarni inobatga olgan holda xarajatlarni tannarxga kiritish aniq belgilanishi kerak. Xususan, ta’lim xizmati tannarxi tarkibidagi eng katta xarajatlarning ulushidan kelib chiqib, asosiy vositalarning eskirishi, foydalaniladigan kommunal xizmatlar, internet xizmatlari, qo’riqlash xizmati va boshqa shu kabi xarajatlarni ta’lim xizmati tannarxiga kiritish maqsadga muvofiq. Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari iqtisod qilingan byudjet mablag’lari, homiylik mablag’lari, ijaradan tushumlar, faoliyat turiga xos ishlab chiqarish va ular realizatsiyasidan tushumlar hamda boshqa tushumlardan iborat ekanligi belgilangan. Shuningdek, byudjet tashkilotining boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha daromadlari ham mavjud. Ushbu holatda mavxumlik mavjud, ya’ni rivojlantirish jamg’armasining boshqa tushumlari tarkibi chagarasi aniq belgilanmagan. Bu o’z navbatida, rivojlantirish jamg’armasi daromadlarini bir vaqtning o’zida ham rivojlantirish jamg’armasi, ham boshqa byudjetdan tashqari daromadlar tarkibiga kiritishga olib keladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarida noaniqlikni keltirib chiqaradi. Bizningcha, ushbu holatni ijobiy hal etish uchun rivojlantirish jamg’armasi daromadlari tarkibini aniq belgilab olish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlariga kiritishning imkoni bo’lmagan daromadlarni esa, boshqa byudjetdan tashqari daromadlarga kiritish maqsadga muvofiq
Download 18.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling