Byudjet hisobi va nazorati
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Byudjet hisobi va nazorati OUM
Reja, DroidInfo, issiqlik almashinish qurilmalari, Спикинг, Спикинг, Спикинг, Спикинг, Спикинг, 7 o'zbek 2-yarmi, lesson 4, LABA, Факлсафа топшириқ 31.10.20, iqtisodiyot nazariyasi fanidan seminar mashgulotlar uchun oquv-uslubiy korsatma , 10-амалий машғулот тарқатма, 10-амалий машғулот тарқатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari. 2. Byudjet hisobi va nazorati” fanining predmeti va usullari.
2 I-MODUL. BYUDJET HISOBI VA NAZORATINING NAZARIY ASOSLARI 1-BOB. “BYUDJET HISOBI VA NAZORATI” FANIGA KIRISH. FANNING MAZMUNI, PREDMETI VA USULLARI REJA: 1. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari. 2. Byudjet hisobi va nazorati” fanining predmeti va usullari. 3. O‘zbekiston Respublikasida byudjet hisobi va nazoratini tashkil etish va yuritish. 4. Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda byudjet nazoratining o‘rni va ahamiyati. 5. Byudjet nazoratining shakllari, turlari va usullari hamda nazorat organlarining vakolatlari. 1.1. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari Byudjet hisobi va nazorati -byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‘zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash, ro‘yxatdan o‘tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir. Byudjet hisobi va nazoratini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo‘yicha to‘liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. “Byudjet hisobi va nazorati” fanini o’qitishning maqsadi - talabalarga byudjet tizimi byudjetlarida hisobni tashkil etish haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida O’zbekiston Respublikasida byudjet sohasidagi siyosatining asosiy yo’nalishlari va ularni hayotga tadbiq etish yo’llari hamda byudjet mablag’laridan samarali foydalanish bo’yicha nazoratni tashkil etish borasida asosiy ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat. 3 Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi vazfilarni o‘z ichiga oladi: 1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash; 2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‘liq va to‘g‘ri xujjatlashtirilishini aniqlash; 3. Davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti daromadlari va xarajtlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash 4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to‘g‘riligini aniqlash; 5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish; 6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish; 7. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to‘g‘ri umumlashtirilishi va hisobtlarni xaqqoniyligini tekshirish; 8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish. Oksford lug‘atida keltirilishicha, Byudjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadga Byudjet so’zi 15-asrlarda paydo bo’lgan bo’lib, O’rta asrlardagi Fransuz tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “bulga” so’zidan olingan bo’lib, “charm sumka” degan ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g’aznachilik vaziri fiskal rejalarini o’zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa ma'nosi 18-asrda “yangiliklar shodasi” bo’lib ko’chdi, shu sababdan bu so’zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan. 4 muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug‘atiga ko‘ra, Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq holda sarflanishga qodir bo‘lgan pul mablag‘i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to‘lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko‘ra: “Byudjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi” 1 . O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va xududiy moliya organlari yuqoridagi vaziflarni amalga oshirish chog‘ida davlat Byudjetining ijrosini nazorat qiladi va quyidagilarga e’tibor qaratadi: 1. Byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi; 2. Byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalari organlaridan axborotlar oladi; 3. Byudjet tashkilotlaridan Byudjet va Byudjetdan tashqari mablag‘larning tushumi va sarflanishi to‘g‘risida ma’lumotlar talab qilib oladi; 4. Qonun xujjatlariga muvofiq banklardan Byudjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi; 5. Byudjet mablag‘larini oluvchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini auditdan o‘tkazadi. Keltirilgan vazifalarni bajarilishi umumiy maqsad, ya’ni Byudjet ijrosi jarayoni ustidan nazoratni ta’minlab beradi. Tekshirish tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishlarni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: - smeta-moliya hujjatlarini, bunda Byudjet mablag‘laridan qonunchilikka va Byudjet mablag‘larining tejamli yo‘naltirilishiga qat’iy rioya etilishiga erishgan holda, chuqur tahlil qilishni va har tomonlama o‘rganishni amalga oshirish; - O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, hokimiyatlarning tegishli boshqarmalari va bo‘limlarida xarajatlar 1 Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p.2 5 smetasini ko‘rib chiqish, tasdiqlash va o‘z vaqtida tashkilotlarga etkazish bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirishga erishish; - daromadlarning to‘liq hisobi, pul mablag‘larining o‘tuvchi qoldiqlari, bu mablag‘lardan tejamli va samarali foydalanishni inobatga olgan holda, Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasining tuzilishining qonuniyligi va rejalashtirishning asoslanganligini e’tiborga olish; - smetani rejalashtirishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda tezkor holda chora-tadbirlarni qo‘llash, smeta xarajatlari bo‘yicha aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini bu haqda tashkilot rahbariga xabar bergan holda o‘z vaqtida Byudjetdan moliyalashtirish miqdorini qisqartirish. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, hokimiyatning boshqarmalari va bo‘limlarida smetani rejalashtirish holatini tekshirish natijalari bo‘yicha zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli hokimiyatlarga axborot berilishi, qoida buzilishlarni yo‘qotish bo‘yicha takliflar berilishi va aniqlangan ortiqcha ajratilgan mablag‘lar summasini xarajatlar smetasi bo‘yicha tayinlash kamaytirilishi mumkin. Tashkilotlarning smeta xarajatlarining to‘g‘ri tuzilishi, tasdiqlanishi va o‘z vaqtida etkazilishi bo‘yicha tekshirish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlarida muntazam umumlashtiradi va ko‘rib chiqiladi hamda ushbu ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling