C yasama so'zlar bir XIL gap bo'lagi vazifasini bajargan


Download 25.51 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi25.51 Kb.
#1478066
Bog'liq
30 ONATILI


1. O'tgan damlarni esladim va shundan g'oyat afsuslandimki, odamning irodasi eskirmaydi-yu, o 'zi charchab qolar ekan. Ushbu gapda qatnashgan yasama so'zlar haqida berilgan noto'g'ri fikrni toping.
A) Yasama so'zlar tuzilishiga ko'ra bir turga mansub. B) Yasama so'zlarning barchasi fe'l turkumiga oid.
C) Yasama so'zlar bir xil gap bo'lagi vazifasini bajargan.
D) Yasama so'zlar ikkinchi darajali bo'lak vazifasini bajargan.
2. Quyida berilgan juft so’zlardan qaysi biri yangi ma’no ifodalamaydi?
A) achchiq-chuchuk B) yosh-u qari C) ota-ona D) uzoq-yaqindan
3. Quyidagi gapda qatnashgan fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so’zlar qaysi so’z turkumlariga kiradi? Bag’rim yoniq, yuzim qora, ko’nglim siniq, bo’yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim.
A) ot va sifat B) ot va olmosh C) ot va fe’l D) faqat ot
4. Mehnat, halollik haqida bir ibratli rivoyat bor: bir bola ulg’aygach, otasi unga ishlab kelishni buyuradi. Ushbu gapda nechta yasama so’z mavjud? A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 6 ta
5. Quyidagi berilgan qaysi so’z tarkibida murakkab qo’shimcha mavjud?
A) so’rash, kulish B) boshlash, so’zlash C) ishlash, borish D) o’rtoqlash, suhbatlash
6. So’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud bo’lgan gapni toping?
A) Yormat boshini ko’tardi, bir qo’lini yerga tirab yonboshladi.
B) Tog’da don topolmay och qolgan kakliklar gala-galasi bilan daraga yopirilib tushgan.
C) Samarqand bilan yondosh Buxoroda xalqning amirlikka qarshi qudratli harakati yanada rivojlandi.
D) Laziz yoqilg’i to’la bochkalarni birin-ketin dumalatib ayvon tagiga taxladi.
7. Quyidagi tavsif kimning g’azalida uchraydi? Qizning go’zalligi, pokizaligi, tiniqligi shunchalikki, u qo’lini suvda yuvib tozalamaydi, balki qo’lini yuvib suvni poklaydi.
A) Atoyi B) Navoiy C) Bobur D) Lutfiy
8. Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Berilgan baytda qanday badiiy san’atlar qo’llanilgan?
A) Tashxis, tashbeh, ishtiqoq B) tarse’, tajnis, talmeh
C)Irsoli masal, tashbeh, mubolag’a D) Tanosub, iyhom, mubolag’a
9. Aniqlovchi vazifasida kelgan olmosh qatnashgan gapni toping?
A) Sizni nimalar qiziqtiradi? B) Shularni odam yaratgan, ularda odam qo’lining izi bor.
C) Kimning uyi yaqi? D) Nimadan gap ochishni bilmay turdi.
10. Ko’makchilarga xos xususiyat qaysi qatorda noto’g’ri izohlangan?
A) Ko’makchilar sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi.
B) Ko’makchilar harakat nomidan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi.
C) Ko’makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi.
D) Ko’makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiladi.
11. Tog’ yo’lidan allaqancha yo’l bosish kerak. Ushbu gapdagi “allaqancha” so’zi qaysi so’z turkumi hisoblanadi? A) gumon olmoshi B) miqdor-daraja ravishi C) o’rin ravishi D) miqdor-daraja sifati
12. Qaysi gapda –gina qo’shimchasi otga xos lug’aviy shakl yasovchi vazifasini bajarmagan?
A) Oyoqqinangga rahming kelmaydimi? B) Yakshanba kunlarigina Mehrinoz buvisinikiga borib turardi.
C) Bolaginam kasalxonada uzoq davolandi. D) Tarvuz va qovunginalar suvsizlikdan qovjirab qolibdi.
13. Ernest Seton-Tompsonning qaysi asari eng yaxshi ilmiy ishlar uchun beriladigan “Eliot” oliy darajali oltin medaliga sazovor bo’lgan? A) “Jonivorlar haqida hikoyalar” B) “Hayvonlar – qahramonlar”
C) “Yovvoyi hayvonlar hayoti” D) “Shimoliy hayvonlar hayoti”
14. Qaysi gapda belgisiz qaratqich kelishigi xato qo’llangan?
A) Yuzimdagi yomg’ir tomchilarini yengim bilan sidirib, tepamga qaradim.
B) Bobur ham bolaligi o’tgan Andijon osmonini esladi.
C) Bobur o’smirligida Hulkar yulduzlarini olmosdan yasalgan varrakka o’xshatardi.
D) Non yoqimli hidi butun saroyni tutib ketdi.
15. Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qsimi... Jumlani davom ettiring.
A) Hozirgi zamonni ifodalaydi B) sof fe’lni ifodalaydi
C) II shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi D) III shaxs birlikni ifodalaydi
16. Charchamang, ko’zlarim, boqay to’yguncha,Bu zavq daryosidan shimir, ey ko’ngil.
Ushbu parchada qatnashgan fe’llar haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) 1 o’rinda ravishdosh shaklidagi o’timsiz fe’l qatnashgan B) Fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan
C) 3 o’rinda sof fe’l shaklidagi o’timli fe’llar bor D) Buyruq-istak va xabar maylidagi sof fe’llar qatnashgan
17. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida Farididdin Attorning hayotini bir qop somon berib qutqarib qolgan dehqon haqidagi hikoyatni kim kimga so’zlab beradi?
A) Alisher Navoiy Husayn Boyqaroga B) Mirsaid Kobuliy G’iyosiddin kichkinaga
C) Kichkina bahodir o’g’li Alisherga D) ustozi Navoiyga
18. To’quvchilik so’zining yasalish asosini aniqlang. A) to’quvchilik B) to’qi C) to’quvchi D) to’quv
19. Taqlid so’z otlashgan gapni belgilang.
A) Eshiklar sharaq-shuruq ochilib-yopilar, shivir-shivir ovozlar eshitilar edi.
B) Yigitlar apil-tapil safga tizila boshladilar. C) Tashqarida ot tuyoqlarining dukur-dukuri eshitildi.
D) Fotoapparatlarning chaqmoqlari yilt-yilt yonib-o’char, ruchkalar oq qog’ozlarda qitirlardi.
20. Quyidagi gap tarkibida yuklamaning qaysi turi qo’llangan?
Tiq etgan ovoz eshitilmas, faqat shamolda tebrangan terak barglarigina shitirlardi.
A) so’roq B) ayiruv-chegaralov C) kuchaytiruv-ta’kid D) gumon
21. Qaysi qatordagi so’zda tor unli harf so’z yasovchi qo’shimcha bo’lib kelgan
A) sanamoq B) boyimoq C) o’ynamoq D) to’zimoq
22. Berilgan qaysi gapda ovozga taqlid so’z turlangan?
A) Bolalarning qiqirlashi quloqni qomatga keltirgan edi. B) Suvning shitirlashidan uyg’onib ketdim.
C) Shundan so’ng afg’ondan tarsaki yeganim bejiz emasligiga – mening navkar ekanligimga ishonishdi.
D) Tuyoqning dupuridan navkarlar bir safga chizilishgan edi.
23. Ne oshiqdir, yig'lar, ko'zda yoshi yo’q? Ne gavdadir, ikki kiftda boshi yo'q?
Ul ne ko'zdir, kiprigi yo'q, qoshi yo'q, Ko'zlilardan yaxshi narsalar ko‟rmish?
Ushbu she'riy matn haqida noto'g'ri fikr berilgan qatorni aniqlang.
A) Olmoshning 2 xil turi qo'llangan B) atash ma'nosiga ega bo'lmagan 8 ta so'z bor
C) bir o'rinda fonetik hodisa kuzatilgan D) o'zaro shakldosh qo'shimchalar uchramaydi.
24. Nizomiy Ganjaviy Arzinjon hokimi Faxriddin Bahrom shoxga bag’ishlab qaysi asarni yozgan?
A) “Gulshan ul-asror” B) “Haft paykar” C) “Matla ul-anvor” D) “Maxzan ul-asror”
25. “Kimki jahon ahlida Inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur”.
Ushbu misralar Alisher Navoiyning qaysi dostonida keltirilgan?
A) “Sabbayi Sayyor” B) “Layli va Majnun” C) “Hayrat ul-abror” D) “Farhod va Shirin”
26. …qirq yigitni olib, xachirlarga mol-dunyo ortib, Zangar yurtiga keladi. Bir bazzoz qiyofasiga kirib, ko’shk yonida mato sotib o’tirganda qiz o’z kanizaklariga bu yigitni saroyga olib kirishlarini buyuradi. Ushbu ma’lumot xalq dostonlaridan biridagi qaysi qahramon haqida?
A) Kuntug’mish B) Alpomish C) Ravshan D) Gurkiboy
27. “Sadoyi Turkiston” gazetasida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabar bosiladi…. Yozuvchilik faoliyatiga birinchi qadamni shu tarzda qo’yadi. Oradan ko’p o’tmay “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chiqadi. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Abdurauf Fitrat B) Abdulla Qodiriy C) Cho’lpon D) Hamza Hakimzoda niyoziy
28. Rasvo bo’lgan nomus-or uchun, Jangda o’lgan do’st uchun yig’lang,
Yov toptagan gul diyor uchun, Taqiqlangan so’z uchun yig’lang. Ushbu misralar kimga bag’ishlangan?
A) Anvar Obidjon B) Pablo Neruda C) Musa Jalil D) Hamid olimjon
29. “Qiyomat qarz” hikoyasida o’g’lidan qoraxat olgach ham 10 yil aza ochmagan obraz kim?
A) Sarsonboy ota B) G’ofirjon C) Kolxoz Raisi D) Madumar aka
30. “Alp otadan, zot onadan”, “Ot o’rnini toy bosar” kabi maqollar qaysi asar qahramoni tilida uchraydi?
A) “Yulduzlar mangu yonadi” B) “Ravshan” C) “Alpomish” D) “Oq kema”
Download 25.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling